

<!DOCTYPE html>

<html lang="en-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/en/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1247836" id="onLBC-1247836">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC8850"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar;</span></div><div id="LBC18933"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-1247836" id="onLS-1247836">[<b>TSZ:</b><div id="LS3680"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;</span></div><div id="LS3777"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">Moliya / Sugʻurta]</span></div></div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-1248063" id="-1248063">Oʻzbekiston Respublikasining qonuni</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-1248064" id="-1248064">“SUGʻURTA FAOLIYATI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA</div></div><div class="GRIF_PARLAMENT"><div name="-1248066" id="-1248066">Qonunchilik palatasi tomonidan 2007-yil 29-iyunda qabul qilingan <br />Senat tomonidan 2007-yil 24-avgustda maʼqullangan </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1248067" id="-1248067"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-5749196" id="-5749196"><em>Mazkur Qonun Oʻzbekistan Respublikasining 2021-yil 23-noyabrdagi OʻRQ-730-sonli “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi </em><a href="/en/acts/-5739117?ONDATE=25.02.2022 00#-5742294">Qonuniga </a><em>asosan 2022-yil 25-fevraldan oʻz kuchini yoʻqot</em><em>adi.</em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248068" id="-1248068"><strong>1-modda.</strong> Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 5-aprelda qabul qilingan “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi 358-II-sonli <a href="/en/acts/-40253">Qonuniga </a>(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 4-5, 68-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248069" id="-1248069">1) 5-moddaning <a href="/en/acts/-40253?ONDATE=28.05.2002 00#-221834">ikkinchi qismi</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248070" id="-1248070">“Sugʻurtalovchilar, sugʻurta vositachilari, adjasterlar, aktuariylar, sugʻurta syurveyerlari, shuningdek assistans sugʻurta bozorining professional ishtirokchilaridir”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248071" id="-1248071">2) <a href="/en/acts/-40253?ONDATE=28.05.2002 00#-40496">6-moddaning</a> matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248072" id="-1248072">“Tegishli turdagi sugʻurtani amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan va sugʻurta shartnomasiga muvofiq sugʻurta tovoni (sugʻurta puli) toʻlovini amalga oshirish majburiyatini oluvchi tijorat tashkiloti boʻlgan yuridik shaxs sugʻurtalovchi deb eʼtirof etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248073" id="-1248073">Sugʻurtalovchilar sugʻurtani amalga oshirishga bevosita bogʻliq boʻlmagan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishlari mumkin emas, ushbu Qonunning 61-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248074" id="-1248074">3) quyidagi mazmundagi 6<sup>1</sup>-modda bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-1248075" id="-1248075">“6<sup>1</sup>-modda. Sugʻurtalovchining huquq va majburiyatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248076" id="-1248076">Sugʻurtalovchi quyidagi huquqlarga ega:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248077" id="-1248077">qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda va shartlarda sugʻurta (qayta sugʻurta qilish) shartnomalari tuzish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248078" id="-1248078">oʻz majburiyatlarini belgilangan tartibda qayta sugʻurta qilish, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida qayta sugʻurta qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248079" id="-1248079">maxsus vakolatli davlat organi belgilaydigan tartibda va shartlarda investitsiya faoliyatini amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248080" id="-1248080">sugʻurta (qayta sugʻurta qilish) sohasidagi mutaxassislar malakasini oshirish bilan bogʻliq faoliyatni, shuningdek sugʻurta agenti sifatida sugʻurta vositachiligini amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248081" id="-1248081">sugʻurta hodisalari yuz berishining oldini olish va ogohlantirish chora-tadbirlarini maxsus vakolatli davlat organi belgilaydigan tartibda va shartlarda moliyalashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248082" id="-1248082">sugʻurtalovchi tomonidan amalga oshiriladigan sugʻurta turlariga doir qoidalarni (shartlarni) qonun hujjatlariga muvofiq belgilash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248083" id="-1248083">sugʻurta tovoni miqdorini belgilash uchun zarur boʻlgan tegishli axborot va hujjatlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlardan, sudlar, tibbiyot, seysmologiya, veterinariya, gidrometeorologiya tashkilotlari hamda boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248084" id="-1248084">sugʻurta agentlari, sugʻurta va qayta sugʻurta brokerlari, sugʻurta bozorining boshqa professional ishtirokchilari bilan tegishli shartnomalar tuzish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248085" id="-1248085">sugʻurta tovoni toʻlashni qonun hujjatlarida va (yoki) sugʻurta (qayta sugʻurta qilish) shartnomasida belgilangan hollarda hamda tartibda rad etish, sugʻurta (qayta sugʻurta qilish) shartnomasini muddatidan ilgari bekor qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248086" id="-1248086">sugʻurta qildiruvchi tomonidan taqdim etilgan axborotni tekshirishni, sugʻurta qildiruvchining sugʻurta shartnomasi talablari va shartlarini bajarishi ustidan nazoratni sugʻurta (qayta sugʻurta qilish) shartnomasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248087" id="-1248087">chet el sugʻurtalovchilariga syurveyer va adjaster xizmatlari koʻrsatish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248088" id="-1248088">ilgari sugʻurtalovchi tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun olingan yoki sugʻurta shartnomasini amalga oshirish natijasida uning ixtiyoriga oʻtgan mol-mulkni realizatsiya qilish yoki ijaraga berish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248089" id="-1248089">Oʻzbekiston Respublikasining reyting tashkilotlari va chet el reyting tashkilotlari reytinglarini olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248090" id="-1248090">oʻzining alohida boʻlinmalarini tashkil etish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248091" id="-1248091">Sugʻurtalovchi qonun hujjatlariga va oʻzi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248092" id="-1248092">Sugʻurtalovchi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248093" id="-1248093">sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248094" id="-1248094">sugʻurta faoliyatini amalga oshirish chogʻida olingan axborotning maxfiyligini qonun hujjatlari talablariga muvofiq taʼminlashi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248095" id="-1248095">oʻzi vakolat bergan sugʻurta agentlarining reyestrini yuritishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248096" id="-1248096">qonun hujjatlarida belgilangan axborotni maxsus vakolatli davlat organining talabiga binoan taqdim etishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248097" id="-1248097">sugʻurta hodisasi yuz bergan taqdirda, qonun hujjatlarida yoki sugʻurta (qayta sugʻurta qilish) shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda barcha zarur hisob-kitoblarni amalga oshirishi va sugʻurta tovoni toʻlashi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248098" id="-1248098">firmaning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli yoki joylashgan yeri oʻzgargan taqdirda, bu haqdagi axborotni sugʻurta qildiruvchilarga ushbu Qonunda belgilangan tartibda yetkazishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248099" id="-1248099">sugʻurta zaxiralarini maxsus vakolatli davlat organi belgilaydigan tartibda va shartlarda shakllantirishi hamda joylashtirishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248100" id="-1248100">qonun hujjatlarida belgilangan tartibda har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248101" id="-1248101">maxsus vakolatli davlat organi belgilagan tartibda bir yilda kamida bir marta aktuariyni (aktuar tashkilotni) aktuar xizmatlar koʻrsatish uchun jalb etishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248102" id="-1248102">maxsus vakolatli davlat organi belgilagan shaklda, tartibda va muddatlarda yillik moliyaviy hisobotni eʼlon qilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248103" id="-1248103">qonun hujjatlarida belgilangan tartibda buxgalteriya hisobini yuritishi, moliyaviy, statistika, soliq hisobotlarini va boshqa hisobotlarni tuzishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248104" id="-1248104">Sugʻurtalovchining zimmasida qonun hujjatlariga va oʻzi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248105" id="-1248105">4) <a href="/en/acts/-40253?ONDATE=28.05.2002 00#-40512">7-modda</a> quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248106" id="-1248106">“Sugʻurta brokeri sugʻurtalovchining ustav fondida ishtirok etishga haqli emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248107" id="-1248107">Sugʻurta brokeri oʻzi bilan sugʻurta qildiruvchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatadi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248108" id="-1248108">5) <a href="/en/acts/-40253?ONDATE=28.05.2002 00#-40518">8-modda</a> quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248109" id="-1248109">“Qayta sugʻurta brokeri sugʻurtalovchining ustav fondida ishtirok etishga haqli emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248110" id="-1248110">Qayta sugʻurta brokeri oʻzi bilan sugʻurta qildiruvchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatadi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248111" id="-1248111">6) quyidagi mazmundagi 8<sup>1</sup>-modda bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-1248112" id="-1248112">“8<sup>1</sup>-modda. Sugʻurta hamda qayta sugʻurta brokerlarining huquq va majburiyatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248113" id="-1248113">Sugʻurta va qayta sugʻurta brokerlari quyidagi huquqlarga ega:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248114" id="-1248114">sugʻurtaning (qayta sugʻurta qilishning) har qanday turi boʻyicha vakolatlar doirasida vositachilik faoliyatini amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248115" id="-1248115">sugʻurta (qayta sugʻurta qilish) shartnomasi tuzilgan taqdirda, sugʻurtalovchini (qayta sugʻurtalovchini) tanlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248116" id="-1248116">sugʻurtalovchidan litsenziyaning mavjudligi, ustav fondining miqdorlari, sugʻurta zaxiralari va qabul qilingan majburiyatlar toʻgʻrisida, shuningdek sugʻurtalovchining toʻlovga qobiliyatliligi va moliyaviy barqarorligiga doir boshqa koʻrsatkichlar haqida maʼlumotlar olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248117" id="-1248117">ekspert va maslahat xizmatlari koʻrsatish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248118" id="-1248118">Sugʻurta va qayta sugʻurta brokerlari qonun hujjatlariga hamda oʻzlari tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248119" id="-1248119">Sugʻurta va qayta sugʻurta brokerlari:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248120" id="-1248120">sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248121" id="-1248121">sugʻurta shartnomasini tuzish va ijro etish boʻyicha toʻliq, ishonchli hamda xolisona axborotni mijozlarning soʻrovlariga koʻra taqdim etishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248122" id="-1248122">mijozning tijorat sirini va boshqa sirini tashkil etadigan maʼlumotlarni oshkor qilmasligi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248123" id="-1248123">Sugʻurta va qayta sugʻurta brokerlarining zimmasida qonun hujjatlariga hamda oʻzlari tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248124" id="-1248124">7) 9-moddaning <a href="/en/acts/-40253?ONDATE=28.05.2002 00#-40529">uchinchi qismi</a> quyidagi mazmundagi uchinchi—oltinchi qismlar bilan almashtirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248125" id="-1248125">“Sugʻurta agenti oʻz faoliyatini sugʻurtalovchilar bilan tuzilgan topshiriq shartnomalari (agent bitimlari) asosida amalga oshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248126" id="-1248126">Sugʻurta agenti faqat oʻzi bilan topshiriq shartnomasi (agent bitimi) tuzgan sugʻurtalovchi reyestriga kiritilganidan keyin oʻz faoliyatini amalga oshirishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248127" id="-1248127">Quyidagilarga:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248128" id="-1248128">sugʻurta agentining tegishli turdagi sugʻurtani amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlmagan sugʻurtalovchilar nomidan sugʻurta shartnomalari tuzishiga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248129" id="-1248129">agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi hududida sugʻurta boʻyicha sugʻurta agentining Oʻzbekiston Respublikasi hududida belgilangan tartibda roʻyxatga olinmagan chet el sugʻurta tashkilotlari nomidan sugʻurta shartnomalari tuzish bilan bogʻliq boʻlgan vositachilik faoliyatiga yoʻl qoʻyilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248131" id="-1248131">Sugʻurta agenti — jismoniy shaxs oʻz nomiga, toʻlovlar naqd pullar bilan amalga oshirilganida esa yaqin qarindoshlari (otasi, onasi, xotini, eri, oʻgʻli, qizi, opa-singillari va aka-ukalari) nomiga sugʻurta shartnomalari boʻyicha hujjatlar yozishga, shuningdek oʻz foydasiga sugʻurta shartnomalari tuzishga va bunda mazkur sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta agenti sifatida ish koʻrishga haqli emas”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248132" id="-1248132">8) quyidagi mazmundagi 9<sup>1</sup>—9<sup>9</sup>-moddalar bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-1248133" id="-1248133">“9<sup>1</sup>-modda. Sugʻurta agentining huquq va majburiyatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248134" id="-1248134">Sugʻurta agenti quyidagi huquqlarga ega:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248135" id="-1248135">sugʻurtalovchi tomonidan berilgan vakolatlar doirasida sugʻurtaning har qanday turi, shu jumladan majburiy sugʻurta turlari boʻyicha vositachilik faoliyatini amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248136" id="-1248136">sugʻurtaga qabul qilinayotgan sugʻurta tavakkalchiligini baholashda, sugʻurta hodisasi yuz berganda sugʻurta toʻlovini toʻlashda va sugʻurta qildiruvchining sugʻurta mukofotini toʻliq hajmda hamda sugʻurta shartnomasida belgilangan muddatlarda toʻlashida zarur koʻmak koʻrsatish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248137" id="-1248137">sugʻurtalovchidan litsenziyaning mavjudligi, ustav fondi miqdorlari, sugʻurta zaxiralari hamda qabul qilingan majburiyatlar toʻgʻrisida, shuningdek sugʻurtalovchining toʻlovga qobiliyatliligi va moliyaviy barqarorligiga doir boshqa koʻrsatkichlar toʻgʻrisida maʼlumotlar olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248138" id="-1248138">sugʻurta shartnomasi (sugʻurta polisi) tuzish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248139" id="-1248139">sugʻurta qildiruvchidan qabul qilib olinayotgan tavakkalchiliklar toʻgʻrisida sugʻurtalovchiga toʻliqroq axborot berish maqsadida barcha uchun ochiq boʻlgan manbalardan tavakkalchilik va sugʻurta qildiruvchi toʻgʻrisida sugʻurta qildiruvchining shaxsiy hayotiga aralashmagan holda maʼlumotlar toʻplash.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248140" id="-1248140">Sugʻurta agenti qonun hujjatlariga va oʻzi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248141" id="-1248141">Sugʻurta agenti:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248142" id="-1248142">sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248143" id="-1248143">sugʻurta shartnomasi tuzishda va sugʻurta tovoni toʻlashda hujjatlarni oʻz vaqtida rasmiylashtirishga koʻmaklashishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248144" id="-1248144">sugʻurta tariflari, sugʻurtalovchilar tomonidan taklif etilayotgan sugʻurta shartlari haqida, litsenziyaning mavjudligi, ustav fondi miqdorlari, sugʻurta zaxiralari hamda qabul qilingan majburiyatlar toʻgʻrisida, shuningdek sugʻurtalovchining toʻlovga qobiliyatliligi va moliyaviy barqarorligiga doir boshqa koʻrsatkichlar haqida axborotga ega boʻlishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248145" id="-1248145">sugʻurta shartnomasini rasmiylashtirishda sugʻurta qildiruvchi toʻgʻrisida zarur axborotga ega boʻlishi, unga sugʻurta tavakkalchiligini pasaytirish va sugʻurta hodisasi yuz berishi ehtimolini kamaytirishga qaratilgan aniq tadbirlarni amalga oshirishni taklif etishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248146" id="-1248146">sugʻurta qildiruvchilarning soʻroviga koʻra ularga sugʻurtaning amaldagi shartlari toʻgʻrisida axborot berishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248147" id="-1248147">sugʻurta shartnomalarini belgilangan tartibda tuzishi va yangi muddatga oʻz vaqtida qayta rasmiylashtirishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248148" id="-1248148">tuzilgan sugʻurta shartnomalari va olingan sugʻurta mukofotlari summalari hisobini belgilangan shaklda yuritishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248149" id="-1248149">sugʻurta hujjatlarining saqlanishini taʼminlashi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248150" id="-1248150">mijozning tijorat sirini yoki boshqa sirini tashkil etgan maʼlumotlarning maxfiyligini saqlashi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248151" id="-1248151">sugʻurta shartnomasining amal qilish muddati mobaynida tavakkalchilik shart-sharoitlarining jiddiy ravishda oʻzgarishiga taalluqli axborotni sugʻurtalovchi oʻz vaqtida olishini, shuningdek sugʻurta eʼtirozlari yuzaga kelganda hamda ularni tartibga solish jarayonida sugʻurtalovchi va sugʻurta qildiruvchi oʻrtasida axborotning oʻz vaqtida almashinishini taʼminlashi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248152" id="-1248152">tegishli bitim mavjud boʻlgan taqdirda, sugʻurtalovchining topshirigʻiga koʻra va uning hisobidan sugʻurta toʻlovlari toʻlanishini tashkil etishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248153" id="-1248153">Sugʻurta agentining zimmasida qonun hujjatlariga va oʻzi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-1248154" id="-1248154">9<sup>2</sup>-modda. Adjaster</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248155" id="-1248155">Adjaster sugʻurtalovchining (sugʻurta qildiruvchining) topshirigʻi boʻyicha quyidagi xizmatlarni koʻrsatuvchi, oʻz shtatida tegishli mutaxassislarga ega boʻlgan yuridik shaxs yoki professional bilim va malakaga ega boʻlgan jismoniy shaxsdir:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248156" id="-1248156">sugʻurta hodisasi yuz berganidan keyin sugʻurta obyektini koʻzdan kechirish va tekshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248157" id="-1248157">sugʻurta hodisasi faktlarini va tavakkalchilik holatlarini tahlil qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248158" id="-1248158">sugʻurta obyektining shikastlanish sabablarini va sugʻurta hodisasi mavjudligini aniqlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248159" id="-1248159">sugʻurta hodisasi mavjud boʻlgan taqdirda — sugʻurta hodisasi oqibatida vujudga kelgan shikastlanish darajasi va zarar miqdorini belgilash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248160" id="-1248160">toʻlanishi kerak boʻlgan sugʻurta tovoni summasini aniqlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248161" id="-1248161">sugʻurtalovchi uchun sugʻurta hodisasi boʻyicha xulosa tuzish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248169" id="-1248169">Adjaster oʻz faoliyatini sugʻurtalovchi (sugʻurta qildiruvchi) bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248163" id="-1248163">Adjaster:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248164" id="-1248164">sugʻurtalovchi sifatida sugʻurta va qayta sugʻurta qilish operatsiyalari oʻtkazishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248165" id="-1248165">sugʻurta boʻyicha vositachilik faoliyatini amalga oshirishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248166" id="-1248166">sugʻurtalovchilarning ustav fondlarida ishtirok etishga haqli emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248167" id="-1248167">Adjaster xizmati koʻrsatish natijalari hisobot tarzida rasmiylashtirilib, undan sugʻurtalovchi zararlarning oʻrnini qoplash va nizolarni hal qilish chogʻida foydalanishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248168" id="-1248168">Adjasterning hisobotida koʻrsatilgan xulosalar mustaqil sugʻurta ekspertizasi jarayonida qayta koʻrib chiqilishi mumkin.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-1248170" id="-1248170">9<sup>3</sup>-modda. Adjasterning huquq va majburiyatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248171" id="-1248171">Adjaster quyidagi huquqlarga ega:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248172" id="-1248172">adjaster xizmatlari koʻrsatiladigan sugʻurtalovchini (sugʻurta qildiruvchini) erkin tanlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248173" id="-1248173">sugʻurta voqeasini (sugʻurta hodisasini) oʻrganish uchun sugʻurta qildiruvchidan (sugʻurtalovchidan) zarur axborotni soʻrash va olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248174" id="-1248174">sugʻurta hodisasi yuz berganidan soʻng sugʻurta obyektini koʻzdan kechirish va tekshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248175" id="-1248175">oʻzi sugʻurta obyektini sirtdan (zarur hollarda — texnika vositalarini qoʻllagan holda) koʻzdan kechirganligi toʻgʻrisidagi dalolatnomani rasmiylashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248176" id="-1248176">faoliyati sugʻurta obyektlariga daxldor boʻlgan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan yuridik ahamiyatga molik zarur maʼlumotlarni belgilangan tartibda soʻrash va olish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248177" id="-1248177">Adjaster qonun hujjatlariga va oʻzi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248178" id="-1248178">Adjaster:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248179" id="-1248179">sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248180" id="-1248180">sugʻurta hujjatlarining saqlanishini taʼminlashi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248181" id="-1248181">mijozning tijorat sirini yoki boshqa sirini tashkil etadigan maʼlumotlarning maxfiyligini saqlashi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248182" id="-1248182">sugʻurta hodisasiga taalluqli maʼlumotlarni oʻz vaqtida tahlil qilish uchun chora-tadbirlar koʻrishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248183" id="-1248183">Adjaster zimmasida qonun hujjatlariga va oʻzi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-1248184" id="-1248184">9<sup>4</sup>-modda. Aktuariy</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248185" id="-1248185">Aktuariy quyidagilarni oʻz ichiga oladigan aktuar xizmatlari koʻrsatuvchi yuridik yoki jismoniy shaxsdir:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248186" id="-1248186">sugʻurta voqeasi yuz berishining matematik jihatdan ehtimolligi hisob-kitobini amalga oshirish, ham alohida tavakkalchilik guruhlarida, ham umuman sugʻurta majmui boʻyicha zarar yetkazilishining takroriyligini va ularning oqibatlari ogʻirligi darajasini belgilash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248187" id="-1248187">sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) zarur sugʻurta zaxiralari va fondlarini matematik jihatdan asoslash hamda hisob-kitob qilish, ularni shakllantirish usullarini ishlab chiqish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248188" id="-1248188">sugʻurtalovchining investitsiyalar sifatida toʻplangan badallardan foydalanishida kapital qoʻyilma normasi va netto-stavka miqdori oʻrtasidagi bogʻliqlikni tarif stavkalarini investitsiya daromadi summasiga kamaytirishga koʻmaklashadigan tarzda aniqlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248189" id="-1248189">sugʻurta jarayonini tashkil etish uchun zarur xarajatlarni asoslash va sugʻurta xizmatlari tannarxini hisob-kitob qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248190" id="-1248190">sugʻurtaning (qayta sugʻurta qilishning) har bir turi boʻyicha tarif stavkalarini sugʻurtalovchilar uchun ularni oʻtkazishning uzoq muddatli va qisqa muddatli xususiyatini hisobga olgan holda belgilash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248191" id="-1248191">sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) investitsiya faoliyati natijalarini aktuar hisob-kitoblardan foydalangan holda baholash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248192" id="-1248192">sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) daromadlarini sugʻurtaning (qayta sugʻurta qilishning) har xil turlari boʻyicha rejalashtirish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248193" id="-1248193">Aktuariy sugʻurtalovchi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq faqat aktuar xizmatlari koʻrsatadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248194" id="-1248194">Aktuariy, agar u aktuar tashkilot shtatida turgan boʻlsa yoki aktuar tashkilot tomonidan u bilan fuqarolik-huquqiy shartnoma tuzilgan taqdirda, aktuar xizmatlari koʻrsatishga jalb etilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248195" id="-1248195">Aktuariy sifatsiz aktuar xizmatlarini koʻrsatganlik, tijorat yoki boshqa sirni oshkor qilganlik va aktuar tashkilot zarar koʻrishiga olib kelgan oʻzga xatti-harakatlar natijasida yetkazilgan zarar uchun aktuar tashkilot oldida javobgar boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248196" id="-1248196">Aktuar xizmatlari koʻrsatish uchun aktuariy maxsus vakolatli davlat organi belgilagan tartibda aktuariy malaka sertifikatini olishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248197" id="-1248197">Yuridik shaxs boʻlgan aktuariy oʻz shtatida aktuariy malaka sertifikatiga ega boʻlgan kamida bitta aktuariyga ega boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248198" id="-1248198">Aktuariy:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248199" id="-1248199">sugʻurtalovchi sifatida sugʻurta va qayta sugʻurta qilish operatsiyalari oʻtkazishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248200" id="-1248200">sugʻurta boʻyicha vositachilik faoliyatini amalga oshirishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248201" id="-1248201">sugʻurtalovchilarning ustav fondlarida ishtirok etishga haqli emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248202" id="-1248202">Aktuariy faoliyati natijalari hisobot tarzida rasmiylashtiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248203" id="-1248203">Aktuariy hisobotida koʻrsatilgan xulosalar mustaqil sugʻurta ekspertizasi jarayonida qayta koʻrib chiqilishi mumkin.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-1248204" id="-1248204">9<sup>5</sup>-modda. Aktuariyning huquq va majburiyatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248205" id="-1248205">Aktuariy quyidagi huquqlarga ega:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248206" id="-1248206">aktuar xizmatlari koʻrsatiladigan sugʻurtalovchini (qayta sugʻurtalovchini) erkin tanlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248207" id="-1248207">aktuar xulosasini tuzish uchun zarur boʻlgan axborot sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) tomonidan taqdim etilmagan taqdirda, aktuar xizmatlari koʻrsatishni rad etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248208" id="-1248208">boshqa aktuariylarni va oʻzga mutaxassislarni aktuar xizmatlari koʻrsatishda ishtirok etishga belgilangan tartibda jalb etish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248209" id="-1248209">Aktuariy qonun hujjatlariga va oʻzi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248210" id="-1248210">Aktuariy:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248211" id="-1248211">sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248212" id="-1248212">aktuar xizmatlari koʻrsatish chogʻida olingan axborotning maxfiyligiga rioya etishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248213" id="-1248213">aktuar xulosasida aktuar hisob-kitoblarning kamchilik faktlarini va ularni bartaraf etishga doir takliflarni aks ettirishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248214" id="-1248214">Aktuariy zimmasida qonun hujjatlariga va oʻzi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-1248215" id="-1248215">9<sup>6</sup>-modda. Sugʻurta syurveyeri</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248216" id="-1248216">Sugʻurta syurveyeri quyidagilar boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi, oʻz shtatida tegishli mutaxassislarga ega boʻlgan yuridik shaxs yoki professional bilim va malakaga ega boʻlgan jismoniy shaxsdir:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248217" id="-1248217">sugʻurta shartnomasi tuzilguniga qadar sugʻurta obyektini koʻzdan kechirish va tekshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248218" id="-1248218">sugʻurta shartnomasi tuzilguniga qadar barcha faktlarni va tavakkalchilik holatlarini tahlil qilish, tavakkalchilik darajasini aniqlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248219" id="-1248219">tekshirilayotgan sugʻurta obyekti boʻyicha xulosa tuzish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248220" id="-1248220">Sugʻurta ekspertizasini oʻtkazishga vakolatli mutaxassislarning (ekspertlarning) ish tartibi sugʻurta syurveyeri tomonidan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248221" id="-1248221">Sugʻurta syurveyeri oʻz faoliyatini sugʻurtalovchi (sugʻurta qildiruvchi) bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248222" id="-1248222">Sugʻurta syurveyeri:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248223" id="-1248223">sugʻurtalovchi sifatida sugʻurta va qayta sugʻurta qilish operatsiyalari oʻtkazishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248224" id="-1248224">sugʻurta boʻyicha vositachilik faoliyatini amalga oshirishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248225" id="-1248225">sugʻurtalovchilarning ustav fondlarida ishtirok etishga haqli emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248226" id="-1248226">Sugʻurta syurveyeri ishining natijalari boʻyicha hisobot taqdim etiladi, sugʻurtalovchi (sugʻurta qildiruvchi) bu hisobotdan sugʻurta (qayta sugʻurta qilish) shartnomasi tuzish chogʻida foydalanishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248227" id="-1248227">Sugʻurta syurveyerining hisobotida koʻrsatilgan xulosalar mustaqil sugʻurta ekspertizasi jarayonida qayta koʻrib chiqilishi mumkin.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-1248228" id="-1248228">9<sup>7</sup>-modda. Sugʻurta syurveyerining huquq va majburiyatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248229" id="-1248229">Sugʻurta syurveyeri:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248230" id="-1248230">xizmatlar koʻrsatiladigan sugʻurtalovchini (sugʻurta qildiruvchini) erkin tanlashga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248231" id="-1248231">sugʻurta obyektini oʻrganish uchun sugʻurta qildiruvchidan (sugʻurtalovchidan) zarur axborotni soʻrash va olishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248232" id="-1248232">davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan, faoliyati sugʻurta obyektlariga daxldor boʻlgan boshqa tashkilotlardan zarur maʼlumotlarni soʻrash va olishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248233" id="-1248233">Sugʻurta syurveyeri qonun hujjatlariga va oʻzi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248234" id="-1248234">Sugʻurta syurveyeri:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248235" id="-1248235">sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248236" id="-1248236">sugʻurta ekspertizasi oʻtkazish uchun taraflar taqdim etgan hujjatlarning saqlanishini taʼminlashi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248237" id="-1248237">mijozning tijorat sirini yoki boshqa sirini tashkil etadigan maʼlumotlarning maxfiyligini saqlashi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248238" id="-1248238">Sugʻurta syurveyeri zimmasida qonun hujjatlariga va oʻzi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-1248239" id="-1248239">9<sup>8</sup>-modda. Assistans</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248240" id="-1248240">Assistans sugʻurta qildiruvchilarga (sugʻurtalangan shaxslarga, naf oluvchilarga) hamda sugʻurtalovchilarga sugʻurta shartnomasi doirasida assistans xizmatlari, texnik, tibbiy va boshqa xizmatlar koʻrsatuvchi, shuningdek ularga moliyaviy koʻmak beruvchi yuridik yoki jismoniy shaxsdir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248241" id="-1248241">Assistans oʻz faoliyatini sugʻurtalovchi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248242" id="-1248242">Assistans xizmatlariga sugʻurta qildiruvchilar (sugʻurtalangan shaxslar) ishtirokisiz faqat sugʻurtalovchilar tomonidan haq toʻlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248243" id="-1248243">Assistans:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248244" id="-1248244">sugʻurtalovchi sifatida sugʻurta va qayta sugʻurta qilish operatsiyalari oʻtkazishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248245" id="-1248245">sugʻurta boʻyicha vositachilik faoliyatini amalga oshirishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248246" id="-1248246">sugʻurtalovchilarning ustav fondlarida ishtirok etishga haqli emas.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-1248247" id="-1248247">9<sup>9</sup>-modda. Assistansning huquq va majburiyatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248248" id="-1248248">Assistans quyidagi huquqlarga ega:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248249" id="-1248249">assistans xizmatlari koʻrsatilishi boʻyicha sugʻurtalovchilar bilan mustaqil ravishda shartnoma tuzish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248250" id="-1248250">assistans xizmatlari koʻrsatilishi uchun zarur boʻlgan barcha axborot sugʻurtalovchi tomonidan taqdim etilmagan taqdirda, assistans xizmatlari koʻrsatishni rad etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248251" id="-1248251">tegishli mutaxassislarni assistans xizmatlari koʻrsatishda ishtirok etishga belgilangan tartibda jalb etish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248252" id="-1248252">Assistans qonun hujjatlariga va oʻzi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248253" id="-1248253">Assistans:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248254" id="-1248254">sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248255" id="-1248255">sugʻurta qildiruvchilardan (sugʻurtalangan shaxslardan) sugʻurta voqealari (sugʻurta hodisalari) toʻgʻrisidagi xabarlar kecha-kunduz qabul qilinishini tashkil etishi va sugʻurta shartnomasi doirasida, taqdim etilgan sugʻurta polisi asosida sugʻurta qildiruvchilarga (sugʻurtalangan shaxslarga) zarur yordam koʻrsatishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248256" id="-1248256">sugʻurta hodisalarini koʻrib chiqish va tartibga solish chora-tadbirlarini koʻrishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248257" id="-1248257">Assistans zimmasida qonun hujjatlariga va oʻzi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248258" id="-1248258">9) 10-moddaning <a href="/en/acts/-40253?ONDATE=28.05.2002 00#-40532">ikkinchi qismi</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248259" id="-1248259"><a href="/en/acts/-40253?ONDATE=28.05.2002 00#-40539">beshinchi xatboshisi</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248260" id="-1248260">“sugʻurtalovchilarning sugʻurta zaxiralari mablagʻlarini shakllantirish hamda joylashtirish tartibi va shartlarini, shuningdek bunday mablagʻlar hisobini yuritish hamda ular boʻyicha hisobotlar tuzish tartibini belgilaydi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248261" id="-1248261"><a href="/en/acts/-40253?ONDATE=28.05.2002 00#-40543">yettinchi xatboshisi</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248262" id="-1248262">“sugʻurtalovchilar tomonidan taqdim etiladigan moliyaviy hisobotlarning va eʼlon qilinadigan yillik moliyaviy hisobotning shaklini, shuningdek uni taqdim etish hamda eʼlon qilish tartibi va muddatlarini belgilaydi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248263" id="-1248263">quyidagi mazmundagi oʻn birinchi—oʻn toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248264" id="-1248264">“sugʻurtalovchilarning investitsiya faoliyatini amalga oshirish, shuningdek sugʻurta hodisalari yuz berishining oldini olish va ogohlantirish chora-tadbirlarini sugʻurtalovchilar tomonidan moliyalashtirish tartibi hamda shartlarini belgilaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248265" id="-1248265">aktuar xizmatlari koʻrsatish tartibini belgilaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248266" id="-1248266">aktuariy malaka sertifikatini olish uchun oʻquv dasturlarini hamda malaka imtihonlari topshirish tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, mazkur sertifikatni olish huquqi uchun malaka imtihoni oʻtkazadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248267" id="-1248267">belgilangan tartibda aktuariy malaka sertifikati beradi, uning amal qilishini tugatadi va uni bekor qiladi, malaka sertifikatiga ega boʻlgan aktuariylar reyestrini yuritadi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248268" id="-1248268"><a href="/en/acts/-40253?ONDATE=28.05.2002 00#-40551">oʻn birinchi xatboshisi</a> oʻn beshinchi xatboshi deb hisoblansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248269" id="-1248269">10) <a href="/en/acts/-40253?ONDATE=28.05.2002 00#-40556">11-modda</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-1248270" id="-1248270">“11-modda. Sugʻurta bozorining professional ishtirokchilarini tuzish va davlat roʻyxatidan oʻtkazish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248271" id="-1248271">Sugʻurtalovchilar va sugʻurta brokerlari, shuningdek sugʻurta bozorining yuridik shaxs boʻlgan boshqa professional ishtirokchilari qonunlarda nazarda tutilgan tashkiliy-huquqiy shakllarda tuziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248272" id="-1248272">Sugʻurtalovchilar va sugʻurta brokerlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi, sugʻurta bozorining boshqa professional ishtirokchilarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish esa, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248273" id="-1248273">11) 12-moddaning <a href="/en/acts/-40253?ONDATE=28.05.2002 00#-40565">toʻrtinchi qismi</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248274" id="-1248274">“Sugʻurtalovchining boshlangʻich ustav fondi litsenziya olinadigan paytga qadar muassislar tomonidan shakllantirilgan boʻlishi va qonun hujjatlarida belgilangan ustav fondining eng kam miqdoridan kam boʻlmasligi kerak”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248275" id="-1248275">12) <a href="/en/acts/-40253?ONDATE=28.05.2002 00#-40665">26-modda</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248276" id="-1248276">quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248277" id="-1248277">“Sugʻurta faoliyatini amalga oshirishning umumiy shartlari, tavsiya etilayotgan sugʻurta bitimlari va operatsiyalarining roʻyxati, sugʻurta tariflari, sugʻurta turlari hamda muddatlari ochiq axborot boʻlib, sugʻurta siri predmeti boʻlishi mumkin emas”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248278" id="-1248278"><a href="/en/acts/-40253?ONDATE=28.05.2002 00#-40670">ikkinchi—toʻrtinchi qismlari</a> tegishincha uchinchi—beshinchi qismlar deb hisoblansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1248279" id="-1248279"><strong>2-modda.</strong> Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-1248280" id="-1248280">Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2007-yil 15-sentabrdagi 184 (4337) - sonida eʼlon qilingan.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-1248281" id="-1248281">Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1248282" id="-1248282">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1248283" id="-1248283">2007-yil 14-sentabr,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-1248284" id="-1248284">OʻRQ-108-son</div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-1248065" id="-1248065">(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 37-38-son, 376-modda)</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
