Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 23.07.2008
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
“QIMMATLI QOGʻOZLAR VA FOND BIRJASI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh TARTIBI HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Qaror Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 22-iyuldagi OʻRQ-163-sonli “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Qimmatli qogʻozlar va fond birjasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 1994-yil 1-yanvardan eʼtiboran amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oylik muddat ichida:
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini “Qimmatli qogʻozlar va fond birjasi toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiqlashtirish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga takliflar taqdim etsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini “Qimmatli qogʻozlar va fond birjasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin hamda Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari oʻz normativ hujjatlarini qarab chiqib, ushbu Qonunga zidlarini bekor qilishlarini taʼminlasin;
ushbu Qonunni roʻyobga chiqarish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilsin.
3. Belgilab qoʻyilsinki, ushbu Qonun 1994-yilning 1-yanvarigacha muomalaga chiqarilgan mehnat jamoalari yoki korxonalarning aksiyalariga amal qilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1993-yil 2-sentabr,
919-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 326-modda)