Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 15.07.2021
O‘zbekiston Respublikasi qonuni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING 2001 YIL 12 MAYDA QABUL QILINGAN “AMALGA OShIRILIShI UChUN LITSENZIYALAR TALAB QILINADIGAN FAOLIYAT TURLARINING RO‘YXATI TO‘G‘RISIDA”GI 222-II-SONLI QARORINING 1-ILOVASIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan
2007-yil 22-martda qabul qilingan

Senat tomonidan 2007-yil 29-iyunda ma’qullangan
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekistan Respublikasining 2021-yil 14-iyuldagi O‘RQ-701-sonli “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
1-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 12-mayda qabul qilingan “Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi 222-II-sonli Qarorining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 6-7, 105-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda) 1-ilovasiga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) to‘qqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Axborotning kriptografik himoya vositalarini loyihalashtirish, tayyorlash, ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, ta’mirlash va ulardan foydalanish”;
2) quyidagi mazmundagi yetmish ikkinchi va yetmish uchinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Tamaki xomashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish.
Mikrokredit tashkilotlari faoliyati”.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
 LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq so‘zi” gazetasining 2007-yil 18-iyuldagi 139 (4292) - sonida e’lon qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 17-iyul,
O‘RQ-102-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 29-30-son, 295-modda)