|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 30.04.2021
|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA” 2001 YIL 13 FEVRALDAGI PF-2810-SONLI FARMONIGA OʻZGARTIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 6-apreldagi PQ-616-sonli qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida” 2001-yil 13-fevraldagi PF-2810-sonli Farmoni:
2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
4-bandining ikkinchi xatboshisidagi “amaldagi mehnat, aholi bandligi va uni ijtimoiy muhofaza qilish boʻlimlari saqlanib qoladi” soʻzlari “Bandlikka koʻmaklashish markazlari ishlab kelmoqda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-bandining uchinchi xatboshisidagi “mehnat, aholi bandligi va uni ijtimoiy muhofaza qilish boʻlimlari” soʻzlari “Bandlikka koʻmaklashish markazlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Mamlakatni isloh qilish va yangilashning huquqiy bazasini takomillashtirish masalalari boʻyicha Davlat maslahatchisining xizmati (I.B. Abdullayev) zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 22-may,
PF-3879-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 22-son, 225-modda)