Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.12.2025
Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklari va MDH davlatlaridagi korxonalar oʻrtasida korkrespondent hisobvaraqlar ochish toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
 LexUZ sharhi
Mazkur qarorga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11-fevraldagi 69-son “Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 28-iyundagi 318-son qaroriga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq qoʻshimchalar kiritilgan.
Rossiya, Ukraina, Belarus va Qozogʻistonda yetkazib beruvchilar va isteʼmolchilar bilan hisob-kitoblarni tezlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzsanoatqurilishbank, Oʻzagrosanoatbank va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga Rossiya, Ukraina, Belarus va Qozogʻiston tijorat banklarida vakillik hisobvaraqlarini ochishga ruxsat berilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga barcha mulk shaklidagi yirik korxona va tashkilotlarga Rossiya, Ukraina, Belarus va Qozogʻiston tijorat banklarida subschyotlar ochish uchun ruxsatnomalar berish tavsiya etilsin.
3. Ochiq vakillik va subschyotlar boʻyicha operatsiyalarning qonuniyligi uchun Oʻzsanoatqurilishbank, Oʻzagrosanoatbank, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raislari va xoʻjalik jamiyatlari rahbarlari zimmasiga shaxsiy javobgarlik yuklansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklari, Moliya vazirligi, Davlat soliq bosh boshqarmasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda vakillik va subschyotlar boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirish tartibini ishlab chiqsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 28-iyun,
318-son