Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.07.2022
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “2003-2004 YILLARDA KORXONALARNI DAVLAT TASARRUFIDAN ChIQARISh VA XUSUSIYLAShTIRISh DASTURI TO‘G‘RISIDA” 2003 YIL 17 APRELDAGI 185-SON QARORIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChA KIRITISh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasini xususiylashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2004-yil 29-sentabrdagi 453-son qarorining 4-bandiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2003-2004-yillarda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida” 2003-yil 17-apreldagi 185-son qaroriga 3-ilovaga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 4-son, 30-modda) quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritilsin:
627-pozitsiyada 6 va 7-ustunlardagi “30” va “64,2*” raqamlari tegishli ravishda “45” va “49*****” raqamlari bilan almashtirilsin;
izohga quyidagi mazmundagi matn qo‘shilsin:
“***** — aksiyalar paketi xorijiy investorga sotiladi”.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2004-yil 10-noyabr,
534-son