Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.04.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “TADBIRKORLIK SUBʼEKTLARINI DAVLAT ROʻYXATIGA OLISh VA HISOBGA QOʻYIShNING XABARDOR QILISh TARTIBINI JORIY ETISh TOʻGʻRISIDA” 2006 YIL 24 MAYDAGI PQ-357-SONLI QARORIGA OʻZGARTIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-yanvardagi PF-4940-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan 2017-yilning 1-aprelidan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Soliq maslahati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq hamda soliq maslahatchilari tashkilotlarini roʻyxatga olish va hisobga qoʻyish tartibini yoʻlga qoʻyish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 24-maydagi PQ-357-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatiga olish va hisobga qoʻyishning xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
3-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “bozorlar hamda”, “bozorlar va” soʻzlari “bozorlar hamda soliq maslahatchilari tashkilotlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
6-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati qarorlari bilan tashkil etiladigan aksiyadorlik kompaniyalari (shu jumladan davlat aksiyadorlik kompaniyalari va xoldinglar) shaklidagi xoʻjalik boshqaruvi organlari va bozorlar” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati qarorlari bilan tashkil etiladigan aksiyadorlik kompaniyalari (shu jumladan davlat aksiyadorlik kompaniyalari va xoldinglar) shaklidagi xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek bozorlar va soliq maslahatchilari tashkilotlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Mamlakatni isloh qilish va yangilashning huquqiy bazasini takomillashtirish masalalari boʻyicha Davlat maslahatchisining xizmati (I.B. Abdullayev) zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 20-mart,
PQ-606-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 12-son, 108-modda)