Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.07.2022
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “AVTOMOBILDA XORIJIY YuK TAShUVChILARNING O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIGA KIRIShLARI, BO‘LIShLARI, YuK OLIB O‘TIShLARI VA UNDAN ChIQIB KETIShLARI TARTIBI TO‘G‘RISIDA” 1995 YIL 11 YaNVARDAGI 11-SON QARORIGA O‘ZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zavtoyo‘l” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 14-noyabrdagi PQ-511-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining “Avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishlari, bo‘lishlari, yuk olib o‘tishlari va undan chiqib ketishlari tartibi to‘g‘risida” 1995-yil 11-yanvardagi 11-son qarori 5-bandining to‘rtinchi xatboshidagi “hududiy yo‘l qurilishi shu’ba tashkilotlari” so‘zlari “hududiy yo‘l-ekspluatatsiya tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 3-yanvar,
6-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 1-2-son, 12-modda)