|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 20.01.2001
|
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI KORXONALAR TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-sonli “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasining1991-yil 15-fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasidagi korxonalar to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 4, 78-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu Qonun mulkchilikning barcha shakliga mansub korxonalarni barpo etishning, ular faoliyatining, ularni qayta tashkil etish va tugatishning umumiy huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslarini belgilab beradi.
Qonun foyda (daromad) olishni ko‘zlab ish olib boradigan korxonalarning mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, ularning huquqlari va mas’uliyatini belgilaydi, boshqa korxonalar va tashkilotlar, davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari bilan munosabatlarini tartibga solib turadi”.
2. 2-modda:
“jismoniy shaxslarning xususiy mulkiga asoslangan korxonalar;
shirkat (jamoa) mulkiga asoslangan jamoa, oila, mahalla korxonalari, ishlab chiqarish kooperativlari; xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlariga jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlarga qarashli korxonalar hamda jamoa mulkining boshqa shakllariga asoslangan korxonalar”;
davlat mulkiga asoslangan respublika davlat korxonalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat korxonalari, viloyatlararo, viloyat, tumanlararo, tuman, shahar davlat korxonalari va boshqa turdagi korxonalar”;
beshinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
oltinchi xatboshisi beshinchi xatboshi deb hisoblanib, quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“aralash mulkka asoslangan davlatlararo va qo‘shma korxonalar hamda mulkchilikning turli shakliga mansub, to‘liq yoki hissabay yo‘sinda ishtirok etishga asoslangan boshqa korxonalar”;
2-bandining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasida korxonalarning respublika qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan holda tuzilgan boshqa turlari ham ish olib borishi mumkin”.
3. 3-modda:
1-bandining birinchi jumlasida “Korxonalar” degan so‘z “Mulkchilikning barcha shakliga mansub korxonalar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5-bandining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Assotsiatsiya, birlashma uning tarkibiga kiruvchi korxonalarning, sud yoki xo‘jalik sudining qaroriga binoan tugatiladi”.
4. 4-modda:
1-bandining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Mulkchilikning barcha shakliga mansub korxonalarni barpo etish va ularning faoliyati bilan bog‘liq munosabatlar ushbu Qonun hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solib turiladi”.
3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. O‘zbekiston Respublikasining, boshqa davlatlar yuridik shaxslari va fuqarolarining to‘liq yoki hissabay mulki bo‘lgan korxonalarni (davlatlararo korxonalar va qo‘shma korxonalarni) barpo etish hamda ular faoliyatining xususiyatlari O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va davlatlararo shartnomalar (bitimlar) bilan belgilab qo‘yiladi”.
5. 5-modda:
3-bandidagi “xalq deputatlari tegishli Soveti” degan so‘zlar “davlat hokimiyatining tegishli idorasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
6. 6-modda:
1-bandining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Korxona davlat ro‘yxatidan korxona joylashgan erdagi davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarida, basharti O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida o‘zgacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, o‘tkaziladi”.
2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Korxonani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilab qo‘yadi”;
3-bandining uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sud korxonani ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilganligini asossiz deb topsa, bu hol davlat hokimiyatining korxonani ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etgan idorasini moddiy javobgarlikka tortishga (sud chiqimlaridan tashqari) sabab bo‘ladi. Moddiy javobgarlikning miqdori xo‘jalik sudi tomonidan belgilanadi va qonunda belgilab qo‘yilgan tartibda undirib olinadi”;
4-bandining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Olingan mablag‘ davlat hokimiyatining korxona ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi idorasi budjeti hisobiga o‘tkaziladi”.
7. 7-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Korxona yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan shu’ba korxonalar barpo etish va bu korxonalarning ustavlarini tasdiqlash huquqiga ega.
Korxona, shuningdek joriy va hisob-kitob schyotlari ochish huquqiga ega bo‘lgan shu’balar, vakolatxonalar, bo‘limlar va boshqa alohida bo‘linmalar barpo etish hamda ular to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash huquqiga ega.
2. Bunday korxonalar va bo‘linmalarni joylashtirish masalasi davlat hokimiyatining tegishli mahalliy idoralari bilan amaldagi qonunlarda belgilangan tartibda kelishib olinadi”.
8. 9-modda:
2-bandi quyidagi mazmundagi qism bilan to‘ldirilsin:
“Mulkchilik shaklidan qat’i nazar, korxonalarning ustav bilan boshqarilmaydigan barcha munosabatlari ushbu Qonun hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solib turiladi”.
9. III bo‘limning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“III bo‘lim. Korxona mol-mulkining egasi”
10. 10-modda:
2-bandida “fuqarolar” degan so‘z “O‘zbekiston Respublikasining, boshqa davlatlarning fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
11. 11-modda:
3-bandining yettinchi xatboshisida “fuqarolar” degan so‘z “jismoniy shaxslar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4-bandi “Korxona” degan so‘zdan keyin “mol-mulkining egasi (egalari) yoki u (ular) vakolat bergan idoralar” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Korxona mol-mulkining egasi (egalari) yoki u (ular) vakolat bergan idoralar, basharti qonun hujjatlarida va ustavda o‘zga qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, ishlab chiqarish vositalari va boshqa moddiy boyliklarni sotish, bepul topshirish, ijaraga berishga haqlidir, O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq fuqarolarning mulki bo‘la olmaydigan yoki ular foydalana olmaydigan ishlab chiqarish vositalari va o‘zga moddiy boyliklar bundan mustasno”.
12. 12-modda:
2-bandining ikkinchi qismi chiqarib tashlansin.
13. 13-modda:
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Korxonaning yuridik va jismoniy shaxslar mablag‘larini jalb etishi”;
1-bandidagi “huquqiy shaxslar va fuqarolarning” degan so‘zlar “yuridik va jismoniy shaxslarning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
14. 14-modda:
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yuridik va jismoniy shaxslar, davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari tomonidan korxonaning mulkiy huquqlarini buzish natijasida unga yetkazilgan zarar sud yoki xo‘jalik sudi qaroriga ko‘ra korxonaga to‘lanadi”.
15. 15-modda:
2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Korxona rahbarini yollash (tayinlash, saylash) va bo‘shatish korxona mol-mulki egasining huquqi bo‘lib, bu huquqni u bevosita, shuningdek o‘zi vakolat bergan idoralar orqali yoki korxonani boshqarish huquqi berilgan korxona kengashi, boshqaruvi yoxud boshqa idoralar orqali amalga oshiradi”.
16. 16-modda:
2-bandidagi “mamlakatdagi va chet eldagi” degan so‘zlar “respublikadagi va boshqa davlatlardagi” degan so‘zlar bilan, “direksiyaning” degan so‘z esa “ma’muriyatning” degan so‘z bilan almashtirilsin.
17. 17-modda:
1-bandining birinchi qismi “kengashi” degan so‘zdan keyin “(boshqaruvi)” degan so‘z bilan to‘ldirilsin;
2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Korxona kengashi (boshqaruvi)ning huquq va burchlari korxona mol-mulkining egasi yoki u vakolat bergan idoralar tasdiqlaydigan Kengash (boshqaruv) to‘g‘risidagi nizom bilan belgilab qo‘yiladi”.
18. 18-modda:
birinchi qismidagi birinchi jumla “o‘tadi” degan so‘zdan keyin “va qonunlarda nazarda tutilganidan bo‘lak hollarda tortib olinmaydi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
ikkinchi qismi chiqarib tashlansin.
19. 19-moddaning 2-bandidagi “hujjatlari”, 21-modda 4-bandining birinchi qismidagi va 26-modda 2-bandining ikkinchi qismidagi “qonun hujjatlari” degan so‘zlar “qonunlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
20. 21-modda:
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Korxonaning boshqa korxonalar, tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslar bilan xo‘jalik munosabatlari”;
1-bandidagi “va fuqarolar” degan so‘zlar “yuridik va jismoniy shaxslar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
21. 24-modda:
1-bandi “Foyda” degan so‘zdan keyin “(daromad)” degan so‘z bilan to‘ldirilsin;
4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Ish haqi to‘lash, budjetga to‘lovlar, shuningdek davlat majburiy sug‘urta turlari yuzasidan sug‘urta to‘lovlari va nafaqa fondiga to‘lovlar barcha korxonalar, shu jumladan qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun ham birinchi galdagi to‘lovdir. Hisob-kitoblarning boshqa turlarini korxonalar taqvim tartibiga muvofiq amalga oshiradilar”;
5-bandi “boshqa korxonalarga” degan so‘zlardan keyin “yoki banklarga” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
22. 26-modda:
2-bandining ikkinchi qismidagi ikkinchi jumla “valyuta mablag‘ini” degan so‘zlardan keyin “qonunlarda nazarda tutilganidan bo‘lak hollarda” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
23. 27-modda:
1-bandining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Korxona amaldagi qonunlarda belgilab qo‘yilgan tartibda va miqdorda davlat ijtimoiy sug‘urta fondiga hamda aholini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish fondiga pul o‘tkazishi shart”.
24. 28-modda:
2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Mehnat jamoasining vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, korxonani barpo etish to‘g‘risidagi ta’sis hujjatlari, korxona ustavi, korxona ma’muriyati (mol-mulki egasi) bilan mehnat jamoasi o‘rtasida tuzilgan shartnomalar bilan belgilab beriladi.
Korxona mehnat jamoasi vakolatlarini amalga oshirishning asosiy shakli umumiy yig‘ilish (konferensiya)dir”.
25. 29-modda:
to‘rtinchi xatboshisi “kengashiga” degan so‘zdan keyin (boshqaruviga)” degan so‘z bilan to‘ldirilsin;
beshinchi xatboshisidagi “otpuskalar” degan so‘z “ta’tillar” degan so‘z bilan almashtirilsin.
26. 31-modda:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Respublika va mahalliy davlat, jamoat hamda kooperativ idoralari va ularning mansabdor shaxslari korxonaga daxldor qarorlar qabul qilish chog‘ida va o‘zlarining shu korxona bilan munosabatlarida ushbu Qonunning qoidalariga rioya etilishi uchun javobgardirlar”;
ikkinchi qismi “Davlat idoralari” degan so‘zlardan keyin “va o‘zga idoralar” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; “davlat hakamligiga” degan atama “xo‘jalik sudiga” degan atama bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi oxirgi jumla quyidagi tahrirda bayon etilsin: “3ararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi nizolarni xo‘jalik sudi o‘z vakolatlariga muvofiq holda hal qiladi”.
27. 33-modda:
1-bandining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat statistika hisobotining shakllarini davlat statistika idoralari, bunday hisobotlarni taqdim etish tartibini esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi”;
2-bandi “intizomiy” degan so‘zdan keyin “ma’muriy” degan so‘z bilan to‘ldirilsin.
28. 36-modda:
1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Korxona moliya-xo‘jalik faoliyati korxona mol-mulki egasining tashabbusiga binoan taftish qilinishi mumkin”;
2-bandiga “yuklangan soliq” degan so‘zlardan keyin “moliya” degan so‘z, “davlat idoralari” degan so‘zlardan keyin “auditorlik xizmatlari” degan so‘zlar kiritilsin.
29. 37-modda:
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Korxonaning davlat hokimiyati mahalliy idoralari bilan munosabatlari”;
birinchi qismidagi “xalq deputatlari mahalliy Sovetlari” degan atama “davlat hokimiyatining mahalliy idorasi” degan atama bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “xalq deputatlari mahalliy Sovetining” degan atama “davlat hokimiyati mahalliy idorasining” degan atama bilan almashtirilsin;
3-bandidagi “xalq deputatlari mahalliy Sovetlari” degan atama “davlat hokimiyatining mahalliy idoralari” degan atama bilan almashtirilsin.
30. 38-modda:
birinchi jumlasida “hakamlikning” degan so‘zlar “xo‘jalik sudining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Singan korxonalarni tugatish tartibi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan tartibga solib boriladi”.
31. 39-modda:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Korxona mol-mulk egasi yoki u vakolat bergan idora tuzgan, korxona singan taqdirda esa xo‘jalik sudi tuzgan tugatish komissiyasi tomonidan tugatiladi. Mol-mulk egasining qaroriga binoan korxonani uning boshqaruv idorasi tugatishi mumkin”;
ikkinchi qismida “(hakamlik)” degan so‘z “(xo‘jalik sudi)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2-bandining ikkinchi qismida “davlat hakamligi yoki sud” degan so‘zlar “xo‘jalik sudi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
32. 40-modda:
1-bandi quyidagi mazmundagi qism bilan to‘ldirilsin:
“Yuridik shaxs — garovga qo‘yuvchi qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan taqdirda garovga oluvchi garov bilan ta’minlangan majburiyatning ijro muddatidan qat’i nazar undirishni garovga qo‘yilgan mol-mulkka qaratish huquqini qo‘lga kiritadi”;
3-bandida “sud yoki davlat hakamligiga” degan so‘zlar “xo‘jalik sudiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
34. 2-moddaning 2-bandidan, 34-moddaning 2-bandidagi ikkinchi qismidan “SSSR Hukumati” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
35. 2-moddaning 2-bandidagi birinchi qismida, 4 va 8-moddaning 2-bandlarida, 34-moddaning 2-bandidagi ikkinchi qismida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Kabineti” degan atama “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi” degan atama bilan almashtirilsin.
36. 26-moddaning 2-bandidan “Ittifoq” degan so‘z chiqarib tashlansin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 7-may,
862-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)