Ushbu Qonun davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, mulk shaklidan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va birlashmalar, O‘zbekiston Respublikasining harbiy tuzilmalari va fuqarolarining respublika hududidagi hamda uning tashqarisidagi faoliyatining barcha turlarida davlat sirlarini saqlashning huquqiy asoslarini belgilab beradi.
Davlat tomonidan qo‘riqlanadigan va maxsus ro‘yxatlar bilan chegaralab qo‘yiladigan alohida ahamiyatli, mutlaqo maxfiy va maxfiy harbiy, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va o‘zga xil ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasining davlat sirlari hisoblanadi.
Davlat sirlarini saqlashning huquqiy asosi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va unga muvofiq ravishda chiqariladigan O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlaridan iborat.
Oshkor etilishi respublika harbiy-iqtisodiy imkoniyatlarining sifat holatiga salbiy ta’sir etishi yoki O‘zbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyati, davlat xavfsizligi, iqtisodiy va siyosiy manfaatlari uchun boshqa og‘ir oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar davlat sirini tashkil etadi.
Oshkor etilishi O‘zbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyati, davlat xavfsizligi va Qurolli Kuchlari uchun og‘ir oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan harbiy xususiyatga ega ma’lumotlar harbiy sirni tashkil etadi.
Oshkor etilishi O‘zbekiston Respublikasi manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan fan, texnika, ishlab chiqarish va boshqaruv sohasiga doir ma’lumotlar xizmat sirini tashkil etadi.
Alohida tartibga bo‘ysunuvchi, alohida muhim va muayyan tartibga bo‘ysunuvchi obyektlar ro‘yxati, shuningdek ularning sirasiga mansub deb topish tartibini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
Axborotlarni maxfiylashtirish va maxfiylikdan chiqarish ushbu Qonunga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan ma’lumotlarning maxfiylik darajasini aniqlash va belgilash tartibi to‘g‘risidagi Nizom va O‘zbekiston Respublikasida maxfiylashtirilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar ro‘yxatiga muvofiq amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti belgilab qo‘yadigan davlat sirlarini saqlashni ta’minlovchi davlat organlari O‘zbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslarining mulki hisoblangan axborotlarni maxfiylashtirish va maxfiylikdan chiqarishga haqlidir.
Davlat sirlariga taalluqli ma’lumotlarga ega bo‘lgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, ayrim fuqarolar bunday ma’lumotlar maxfiylashtirilishi zarurligi to‘g‘risidagi masala hal etilishi uchun davlat sirlari saqlanishini ta’minlovchi organlarga murojaat etishlari lozim.
Maxfiylashtirilishi fuqaroning shaxsiy xavfsizligiga tahdid soladigan axborot davlat sirlariga mansub deb topilishi mumkin emas.
Axborot egalari axborotlarni maxfiylashtirish yoki maxfiylikdan chiqarishga oid g‘ayriqonuniy xatti-harakatlar ustidan sudga shikoyat qilishga haqlidirlar.
Axborotlarni maxfiylashtirish, ular bilan tanishish uchun ijozat berish tartibini hamda shu bilan bog‘liq cheklovlarni, shuningdek davlat sirlaridan foydalanish tartibini o‘zida mujassam etuvchi davlat sirlarini saqlash tizimini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga maxfiy ma’lumotlar bilan ishda foydalanish uchun berilgan ijozatni to‘xtatish yoki bundan mahrum qilish fuqaroni o‘ziga ma’lum bo‘lgan davlat sirlarini oshkor qilmaslik majburiyatidan xalos etmaydi.
Axborotlar maxfiylashtirilishining qanchalik asosli ekanligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda har besh yilda qayta ko‘rib chiqiladi.
Davlat siri yoki harbiy sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar bilan ishlayotgan yoki ishlagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining o‘zi yozma ravishda bergan roziligi bilan maxfiylik muddati tugaguniga qadar, lekin ko‘pi bilan besh yilga huquqlari cheklanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi O‘RQ-522-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-moddaning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi O‘RQ-522-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)
davlat sirlari saqlanishini, aloqaning maxsus turlari va shifr ishi xavfsizligini, chet el razvedkasining texnikaviy vositalariga qarshi harakatlarni ta’minlash ustidan nazoratni yo‘lga qo‘yadi;
davlat boshqaruvi organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va birlashmalarda maxfiylik tartibi tekshirilishini amalga oshiradi. Bunda davlat sirlari saqlanishiga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rish yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar taqdim etadi;
davlat siri yoki harbiy sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar bilan ishda foydalanishga ijozatni rasmiylashtirishda fuqarolarning roziligi bilan ularni maxsus tekshiruvdan o‘tkazadi;
davlat sirlarini saqlash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan o‘zga chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat sirlarini saqlash – bunday sirlarga ega bo‘lgan barcha davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining mansabdor shaxslari va fuqarolarining burchi. Davlat sirlaridan foydalanish bilan bog‘liq biron-bir ishlar bunday sirlarni saqlash yuzasidan choralar ko‘rilganidan keyingina amalga oshiriladi.
Davlat sirlarini saqlash bo‘yicha mas’uliyat davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va birlashmalarning rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.
Davlat sirlarini oshkor etganlik, bunday sirlar ifodalangan hujjatlar va buyumlarni yo‘qotganlik uchun yoki axborotlarni qonunga hilof ravishda maxfiylashtirganlik uchun aybdorlar O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.