LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-apreldagi O‘RQ-473-sonli “Davlat mukofotlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonuniga asosan yangi tahrirda qabul qilingan.
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari mehnat va jangovar xizmatlari, samarali davlat, ijtimoiy va ijodiy faoliyatlari uchun davlat mukofotlari bilan taqdirlanishlari mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi uchun xizmat ko‘rsatgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlanishlari mumkin.
“O‘zbekiston Qahramoni” unvoni, O‘zbekiston Respublikasining ordenlari, medallari, faxriy unvonlari va Faxriy yorlig‘i davlat mukofotlari hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidentini davlat mukofotlari bilan taqdirlash Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat mukofotlari guvohnomalarining namunalari, davlat mukofotlariga taqdim etish va ularni topshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidentiga davlat mukofotlari bilan taqdirlashga doir taqdimnoma Oliy Majlis Raisi, Vazirlar Mahkamasi, Konstitutsiyaviy sud Raisi, Oliy sud Raisi, Oliy xo‘jalik sudi Raisi, Bosh prokuror, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari, vazirliklar, idoralar va jamoat birlashmalari respublika organlarining rahbarlari tomonidan kiritiladi. Chet el fuqarolarini taqdirlashga doir taqdimnoma O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlash shaxsning vafotidan keyin ham amalga oshirilishi mumkin.
Fuqarolar navbatdagi mukofotga avval mukofot bilan taqdirlangan vaqtidan keyin kamida uch yil o‘tgach taqdim etiladilar. Favqulodda hollarda fuqarolar navbatdagi mukofotga avval taqdirlangan vaqtidan qat’i nazar taqdim etilishlari mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat mukofotlari bilan taqdirlash to‘g‘risidagi farmonlari ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
“O‘zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan shaxslarga “Oltin Yulduz” medali va unvon berilganligi to‘g‘risidagi hujjat topshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-modda O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 30-avgustdagi 110-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 7-8-son, 202-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlari berilgan shaxslarga belgilangan namunadagi ko‘krak nishoni va unvon berilganligi to‘g‘risidagi hujjat topshiriladi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlarini ta’sis etish to‘g‘risida”gi Qonuni.
Ordenlar, medallar va boshqa mukofotlarning nishonlarini taqib yurish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Ordenlar, medallar va boshqa mukofotlarning nishonlarini taqib yurish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 6-apreldagi PF-1095-son Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasining ordenlari, medallarini, plankalardagi orden lentalari, medal lentalarini taqib yurish Qoidalari hamda orden va medallar lentalarining tavsifi”da, shuningdek, ordenlar, medallar va boshqa mukofotlar to‘g‘risidagi alohida nizomlarda belgilangan.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat mukofotlari bilan fuqarolar bilan bir qatorda ayrim hollarda korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, ijodiy jamoalar va harbiy bo‘linmalar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy birliklari ham mukofotlanishi mumkin.
(15-modda O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustdagi 255-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1996-y., 9 -son, 120-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat mukofotlari bilan taqdirlangan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq imtiyozlardan foydalanadilar hamda bir marta beriladigan pul mukofoti yoki shu qiymatdagi esdalik sovg‘asini oladilar.
(16-modda O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustdagi 255-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1996-y., 9 -son, 120-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat mukofotlari, shuningdek ularga doir hujjatlar yo‘qolgan taqdirda, taqdirlanganlar mukofotlarga nisbatan o‘z huquqlarini saqlab qoladilar.
Davlat mukofotlari tang ahvolga tushish natijasida yo‘qotilgan taqdirda istisno tariqasida ordenlar, medallar va ko‘krak nishonlarining asliga teng nusxalari berilishi mumkin.
Mukofot bilan taqdirlanganlik to‘g‘risidagi hujjatlar, shuningdek Faxriy yorliq yo‘qolgan taqdirda ularning asliga teng nusxalari belgilangan tartibda beriladi.
shaxs og‘ir jinoyat sodir etgani uchun hukm qilinganida — sudning qonun hujjatlarida belgilangan asoslar va tartibdagi taqdimnomasiga binoan;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 52-moddasi va Jinoyat-protsessual kodeksining 531-moddasi yettinchi qismi.
shaxs o‘z sha’nini badnom etuvchi xatti-harakatlar sodir etganida — taqdirlash to‘g‘risida taqdimnoma kiritish huquqiga ega bo‘lgan organning taqdimnomasiga binoan mahrum etiladi.
Davlat mukofotlaridan mahrum bo‘lganlik, belgilangan imtiyozlardan ham mahrum qilinishiga sabab bo‘ladi.
Davlat mukofotlaridan mahrum etilgan shaxsga qarashli davlat mukofoti va mukofotga doir hujjat qaytarilishi lozim.
Noqonuniy hukm qilingan va to‘la oqlangan fuqarolarning davlat mukofotlariga nisbatan huquqlari tegishli organlarning iltimosnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan tiklanishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketayotgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar o‘zlariga qarashli bo‘lgan davlat mukofotlari va ularga doir hujjatlarni o‘zlari bilan olib ketish huquqiga egadirlar.
Tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan davlat mukofotlarini olib chiqib ketish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilab beriladi.
Orden, medal, faxriy unvonga doir ko‘krak nishonini noqonuniy ravishda taqib yurish, sotib olish, sotish, almashish yoki o‘zga tarzda haq evaziga birovga berish qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
LexUZ sharhi
Orden, medal, faxriy unvonning ko‘krakka taqiladigan nishonini qonunga xilof ravishda taqib yurish, sotib olish, sotish, ayirboshlash yoki birovga boshqacha tarzda haq evaziga berganlik uchun javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 209-moddasida belgilangan.
Tashqi ko‘rinishi davlat mukofotlariga o‘xshash bo‘lgan ko‘krak nishonlarini ta’sis etish va tayyorlash taqiqlanadi.