O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ulgurji va chakana savdoni liberallashtirish hamda uni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 23-fevraldagi PF–3722-son Farmonini hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2006-yil 6-martdagi PQ–300-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
chakana savdo korxonalari respublika hududida joylashgan joyidan qat’i nazar, ulgurji tashkilotlar bilan hamda iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan shartnomalar tuzish huquqiga ega ekanligi prinsipiga rioya etilishini hisobga olgan holda, ulgurji va chakana savdo o‘rtasida faqat ixtiyoriy va sherikchilik asosida shartnomaviy munosabatlarni rivojlantirishda;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda — mintaqalarda viloyat, viloyatlararo va tumanlararo bazalarni, shu jumladan tovarlarning asosiy guruhlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bazalarni bosqichma-bosqich shakllantirishda Respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralariga ko‘maklashsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralarini, hududiy (viloyat, viloyatlararo va tumanlararo) bazalarni ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek ular tomonidan ulgurji savdoni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tarkibiga kiruvchi Respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralari, hududiy (viloyat, viloyatlararo va tumanlararo) bazalar, shuningdek viloyatlar “Matlubotsavdo” aksiyadorlik kompaniyalarining iste’mol tovarlari ulgurji savdosini amalga oshirish faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
ichki iste’mol bozori konyunkturasini puxta o‘rganish asosida uni tovarlar bilan to‘ldirish dasturini shakllantirsinlar, iste’mol tovarlari ishlab chiqaradigan respublika korxonalari bilan uzoq muddatli savdo aloqalari tizimini tashkil etishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirsinlar;
ishlarni samarali tashkil etish hamda chakana savdo va aholi ishonchini qozonish yo‘li bilan ulgurji bozorda o‘z mavqelarini izchil mustahkamlasinlar;
chakana savdo uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan iste’mol kreditlari berish, shuningdek kelgusida o‘z chakana savdo tarmog‘ini rivojlantirish maqsadida yetarli resurslar va tajribani asta-sekin shakllantirsinlar.
Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi I yarim yillik va umuman 2006-yil yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijalari to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Belgilansinki, Respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralarining, ularning hududiy bazalarining yo‘qotishlardan va nolikvid tovarlar narxini pasaytirishdan ko‘rgan zararlari faqat bazalarning o‘z daromadlari hisobiga qoplanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Tijorat banklariga Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tarkibiga kiruvchi Respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralariga, hududiy (viloyat, viloyatlararo va tumanlararo) bazalarga ularning mamlakatimiz korxonalaridan iste’mol tovarlari xarid qilishga yo‘naltiriladigan aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun qisqa muddatli kreditlar ajratish tavsiya etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tarkibiga kiruvchi Respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralari va hududiy (viloyat, viloyatlararo va tumanlararo) bazalarni ro‘yxatdan o‘tkazsin;
Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tarkibiga kiruvchi ko‘rsatib o‘tilgan baza-kontoralarga, hududiy bazalarga, viloyat “Matlubotsavdo” aksiyadorlik kompaniyalariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 23-fevraldagi PF–3722-son Farmonida va mazkur qaror bilan tasdiqlangan normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan talablarga rioya qilishni hisobga olgan holda iste’mol tovarlari ulgurji savdosini amalga oshirish huquqiga litsenziyalar bersin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda hududiy “Matlubotsavdo” aksiyadorlik kompaniyalari faoliyatini mufassal o‘rganib chiqsinlar hamda ular faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish, qishloq joylardagi, borish qiyin bo‘lgan hamda tog‘li tumanlardagi aholining zarur iste’mol tovarlariga ehtiyojlarini yanada to‘liq qondirish yuzasidan aniq takliflar kiritsinlar.
8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari V.A. Golishev zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralarini va hududiy (viloyat, viloyatlararo va tumanlararo) bazalarni ro‘yxatdan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralari, hududiy (viloyat, viloyatlararo va tumanlararo) bazalar muassislari tomonidan taqdim etiladigan ta’sis hujjatlarida:
Keyingi tahrirga qarang.
shakllantiriladigan ustav fondi (ulgurji savdo korxonalari — aksiyadorlik jamiyatlari uchun — qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda, boshqa ulgurji savdo korxonalari uchun — eng kam oylik ish haqining kamida 3500 baravari miqdorida, ulardan pul mablag‘lari bilan — eng kam oylik ish haqining kamida 1200 baravari miqdorida) to‘g‘risidagi;
Keyingi tahrirga qarang.
3. Respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralari va hududiy (viloyat, viloyatlararo va tumanlararo) bazalar (keyingi o‘rinlarda sotuvchilar deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladigan iste’mol tovarlari ulgurji savdosini amalga oshirish huquqiga litsenziya mavjud bo‘lganda ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish uchun sotuvchilarda o‘zining yoki ijaraga olingan omborxona binolari, sovutish (zaruriyat bo‘lganda), ko‘tarish-tushirish va transport uskunalari, tegishli infratuzilma — avtomobil va temir yo‘l kirish yo‘llari, elektr energiyasi va suv ta’minoti tarmoqlari mavjud bo‘lishi kerak.
5. Sotuvchilar tovarlarning yetkazib beruvchilarini va xaridorlarini shartnoma asosida mustaqil ravishda tanlab olish huquqiga ega hamda sotilgan tovarlarning keyinchalik foydalanilishi uchun javob bermaydilar.
6. Sotuvchilar tomonidan iste’mol tovarlari hududiy joylashuvidan qat’i nazar, har qanday xo‘jalik yurituvchi subyektlarga, shu jumladan belgilangan tartibda chakana savdo faoliyati bilan shug‘ullanayotgan va nazorat-kassa mashinalari bilan jihozlangan turg‘un savdo tarmog‘iga ega bo‘lgan yuridik shaxslarga, maxsus iste’molchilarga, davlat ta’minotidagi muassasalarga, ishlab chiqarish korxonalariga ulgurji sotiladi.
Tovarlar jismoniy shaxslarga faqat yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma va qonun hujjatlarida belgilangan shakldagi chakana savdoni amalga oshirishga ruxsat beruvchi guvohnoma mavjud bo‘lganda ulgurji sotiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralari iste’mol tovarlarini ularning tarkibiga kiruvchi hududiy bazalarga, shuningdek viloyatlar “Matlubotsavdo” aksiyadorlik kompaniyalariga ulgurji sotish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Tovarlarni ulgurji sotish faqat tuzilgan shartnomalar asosida va o‘zaro hisob-kitoblarning naqdinasiz shaklida amalga oshirilishi mumkin.
tovarlarning sotib olinganligini tasdiqlovchi (shartnoma, schyot-faktura, tovar-yo‘l hujjatlari) hujjatlarga;
muvofiqlik sertifikatiga, tovarlarning ishlab chiqarish korxonalarida sertifikatlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yoki ularning nusxalariga — majburiy tartibda sertifikatlanishi lozim bo‘lgan tovarlar sotilganda.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Litsenziyasiz yoxud litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib turilgan davrda ulgurji savdoni amalga oshirish qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka olib keladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ulgurji va chakana savdoni liberallashtirish hamda uni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 23-fevraldagi PF–3722-son Farmoniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2006-yil 6-martdagi PQ–300-son qaroriga muvofiq quyidagilarning:
Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tizimiga kiruvchi Respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralari va hududiy (viloyat, viloyatlararo va tumanlararo) bazalarning;
viloyatlar “Matlubotsavdo” aksiyadorlik kompaniyalarining va ular tarkibiga kiruvchi ulgurji savdo korxonalarining iste’mol tovarlari ulgurji savdosini amalga oshirish faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
hududiy joylashuvidan qat’i nazar, xo‘jalik yurituvchi subyektlarga, shu jumladan belgilangan tartibda chakana savdo faoliyatini amalga oshirayotgan va nazorat-kassa mashinalari bilan jihozlangan turg‘un savdo tarmog‘iga ega bo‘lgan yuridik shaxslarga, maxsus iste’molchilarga, davlat ta’minotidagi muassasalarga, ishlab chiqarish korxonalariga tovarlarni ulgurji sotish;
faqat yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasi va qonun hujjatlarida belgilangan shakldagi chakana savdoni amalga oshirishga ruxsat beruvchi guvohnomasi mavjud bo‘lgan jismoniy shaxslarga tovarlarni kichik turkumlar bilan ulgurji sotish huquqini beradi.
Respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralari va ularning hududiy bazalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ulgurji va chakana savdoni liberallashtirish hamda uni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 23-fevraldagi PF–3722-son Farmoniga muvofiq besh yil muddatga mulk solig‘i to‘lashdan ozod qilingan.
Keyingi tahrirga qarang.
Respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralari Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tizimiga kiruvchi hududiy (viloyat, viloyatlararo va tumanlararo) bazalarga, shuningdek viloyatlar “Matlubotsavdo” aksiyadorlik kompaniyalariga va ular tarkibiga kiruvchi ulgurji savdo korxonalariga iste’mol tovarlarini ulgurji sotish huquqiga ham egadirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Mazkur Nizomning 1-bandida ko‘rsatilgan korxonalarning iste’mol tovarlari ulgurji savdosini amalga oshirish faoliyatini litsenziyalash O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan (keyingi o‘rinlarda litsenziyalovchi organ deb ataladi) amalga oshiriladi.
4. Litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya talabgorining arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida yig‘im undiriladi. Litsenziya berish yuzasidan hujjatlar ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im summasi litsenziyalovchi organ hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Litsenziya berilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida davlat boji undiriladi. Davlat boji summasi respublika budjetiga o‘tkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Iste’mol tovarlari ulgurji savdosi faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya cheklanmagan muddatga beriladi.
7. Quyidagilar iste’mol tovarlari ulgurji savdosi faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirishni tartibga soluvchi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga rioya etilishi;
ulgurji savdo korxonalari — aksiyadorlik jamiyatlari uchun — qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda, boshqa ulgurji savdo korxonalari uchun — eng kam oylik ish haqining kamida 3500 baravari miqdorida, ulardan pul mablag‘lari bilan — eng kam oylik ish haqining kamida 1200 baravari miqdorida shakllantirilgan ustav fondining mavjud bo‘lishi;
Keyingi tahrirga qarang.
o‘zining yoki ijaraga olingan omborxona binolari, sovutish (zaruriyat bo‘lganda), ko‘tarish-tushirish va transport uskunalari, tegishli infratuzilma — avtomobil va temir yo‘l kirish yo‘llari, elektr energiyasi va suv ta’minoti tarmoqlari mavjud bo‘lishi;
muvofiqlik sertifikatlari yoki mahsulotlarning ishlab chiqarish korxonalarida sertifikatlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yoxud ularning nusxalari mavjud bo‘lishi — majburiy tartibda sertifikatlanishi lozim bo‘lgan tovarlar sotilganda;
litsenziya talabgorining Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi yoki viloyat “Matlubotsavdo” aksiyadorlik kompaniyalari tizimiga kirishi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami, faoliyatning litsenziyalanadigan turi ko‘rsatilgan holda litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza;
b) ulgurji savdo korxonalari uchun shakllantirilgan ustav fondining mavjudligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
Keyingi tahrirga qarang.
v) o‘zining yoki ijaraga olingan omborxona binolari, sovutish (zaruriyat bo‘lganda), ko‘tarish-tushirish va transport uskunalari, tegishli infratuzilma — avtomobil va temir yo‘l kirish yo‘llari, elektr energiyasi va suv ta’minoti tarmoqlarining mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar;
g) litsenziya talabgorining Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tizimiga kirishini tasdiqlovchi hujjatlar;
Keyingi tahrirga qarang.
d) litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza litsenziyalovchi organ tomonidan ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.
9. Litsenziya talabgoridan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlar taqdim etilishini talab etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
10. Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita yoxud ular olinganligini tasdiqlovchi bildirishnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali beriladi.
11. Hujjatlar litsenziyalovchi organning mas’ul xodimi tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, uning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana ko‘rsatilgan holda litsenziya talabgoriga yuboriladi (topshiriladi).
12. Hujjatlarni ko‘rib chiqish va iste’mol tovarlari ulgurji savdosi faoliyatini amalga oshirishga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish muddati ro‘yxatdan o‘tkazish uchun belgilangan muddatdan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Litsenziyalovchi organ litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilingan kundan keyin bir ish kuni mobaynida xabardor qiladi.
Litsenziya berishga qaror qilinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bank hisob raqamining rekvizitlari va davlat bojini to‘lash muddati ko‘rsatilgan holda yozma shaklda litsenziya talabgoriga yuboriladi (topshiriladi).
14. Litsenziya bitimi litsenziyalovchi organ bilan litsenziat o‘rtasida tuziladi hamda unda quyidagilar bo‘lishi kerak:
litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini litsenziyalovchi organ tomonidan nazorat qilish tartibi.
15. Litsenziyalar litsenziyalovchi organ tomonidan mazkur Nizomga ilovaga muvofiq shakldagi blankalarda rasmiylashtiriladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining vakolatli o‘rinbosari tomonidan imzolanadi.
Litsenziya blankalari qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega bo‘ladi.
Litsenziya blankalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-dekabrdagi 488-son qaroriga muvofiq tayyorlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontorasi tarkibiga kiruvchi hududiy bazaga (filial, sho‘ba korxonaga) litsenziya tarkibiga baza kiruvchi Respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontorasining tartib raqamiga kasr orqali hududiy bazaning indeksi (tartib raqami) qo‘shilgan holda beriladi.
Viloyat “Matlubotsavdo” aksiyadorlik kompaniyasi tizimining ulgurji savdo korxonasiga litsenziya tarkibiga ulgurji savdo korxonasi kiruvchi viloyat “Matlubotsavdo” aksiyadorlik kompaniyasining tartib raqamiga kasr orqali ulgurji savdo korxonasining indeksi (tartib raqami) qo‘shilgan holda beriladi.
17. Litsenziya talabgori tomonidan davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan kunda litsenziya bitimi tuziladi va litsenziya beriladi.
18. Litsenziat litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida litsenziyalovchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmagan yoxud litsenziya bitimini imzolamagan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziyani bekor qilishga haqlidir.
19. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha rad etilishi mumkin.
Litsenziya berishni boshqa asoslar bo‘yicha, shu jumladan maqsadga muvofiq emasligi sabablariga ko‘ra rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Litsenziya talabgori litsenziya berish rad etilishi to‘g‘risidagi qaror, shuningdek litsenziyalovchi organ mansabdor shaxsining xatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
20. Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga tegishli qaror qabul qilingandan keyin bir kun mobaynida rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
21. Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berish rad etilishiga asos bo‘lgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab bir ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.
Litsenziya berish rad etilganligi to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
22. Litsenziat qayta tashkil etilganda, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgarganda litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan yoxud joylashgan joyi o‘zgargandan keyin bir hafta muddatda ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun litsenziyalovchi organga murojaat qilishi shart.
23. Litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar litsenziat litsenziyada ko‘rsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
24. Litsenziyalovchi organ litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalar reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish litsenziyalovchi organ tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza olingan kundan boshlab ikki kun mobaynida amalga oshiriladi.
Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Litsenziya qayta rasmiylashtirilganligi uchun yig‘im summasi litsenziyalovchi organ hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Yo‘qotib qo‘yilgan yoki yaroqsiz holga kelib qolgan litsenziya o‘rniga litsenziatning arizasiga ko‘ra uning dublikati berilishi mumkin.
Litsenziat litsenziya dublikati olish uchun litsenziyalovchi organga, yuridik shaxsning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli ko‘rsatilgan holda, litsenziya dublikati berish to‘g‘risida ariza hamda litsenziya dublikati berilgani uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etadi.
Litsenziya dublikati berishda qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Litsenziya dublikati berilgani uchun yig‘im summasi litsenziyalovchi organ hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi ustidan nazorat tegishli nazorat organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirishlar o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Tegishli nazorat organlari litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida paydo bo‘ladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni so‘rashi va olishi mumkin.
Tekshirishlar natijalari asosida tekshirish dalolatnomasi tuziladi. Buzilishlar aniqlangan taqdirda tekshirish dalolatnomasida litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlari ko‘rsatiladi.
Tekshirish dalolatnomasi nusxasi litsenziyalovchi organga yuboriladi, litsenziyalovchi organ litsenziatga litsenziya talablari va shartlarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qaror chiqaradi hamda bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilaydi.
27. Tekshirish dalolatnomasi ikki nusxada tuziladi, ulardan bir nusxasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi nazorat organida qoladi.
28. Litsenziyaning amal qilishini o‘n ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq, litsenziyalovchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Litsenziyaning amal qilishini o‘n ish kunidan ortiq muddatga to‘xtatib turish sud tartibida amalga oshiriladi.
Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziat oldida litsenziatga yetkazilgan zarar miqdorida javob beradi.
29. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish va litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23 va 24-moddalariga muvofiq amalga oshiriladi.
a) litsenziatlar to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar: yuridik shaxsning to‘liq va qisqartirilgan nomi, ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (ro‘yxatdan o‘tkazish sanasi, ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning berilgan sanasi va tartib raqami, STIR), pochta manzili hamda mavjud bo‘lsa telefon, faks raqami, elektron pochta manzili;
g) litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, amal qilish muddatini to‘xtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
32. Litsenziyalar reyestridagi ma’lumotlar manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarning ular bilan tanishishi uchun ochiq hisoblanadi hamda aniq litsenziatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar reyestrdan ko‘chirma tarzida yozma so‘rov asosida va so‘rov uchun haq to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilganda uch kun muddatda beriladi.
33. Reyestrdan bir litsenziat to‘g‘risida ma’lumot berilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining yarmi miqdorida to‘lov undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
34. Reyestrdan ma’lumot berilganligi uchun yig‘im summasi litsenziyalovchi organ hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Iste’mol tovarlari ulgurji savdosini amalga oshirish faoliyatini
litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining | |
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi | |
LITSENZIYA | |
Mazkur litsenziya bilan __________________________________________________________ ga | |
(litsenziya egasining to‘liq nomi) | |
_______________________________________________________________ | |
(faoliyatning ruxsat berilgan turi) | |
_______________________________________________________________________________ | |
_____________________________ ni amalga oshirishga ruxsat beriladi. | |
Litsenziya egasining joylashgan joyi (pochta manzili): _______________________________ | |
________________________________________________________________________________ | |
Soliq to‘lovchi-litsenziya egasining identifikatsiya raqami:____________________________ | |
Litsenziya berilgan sana _____________ yil _____________ | |
Litsenziyaning amal qilish muddati cheklanmagan. | |
Reyestr bo‘yicha tartib raqami ______________________________________________________ | |
Vakolatli shaxs: | |
___________________________________ | ___________ |
(F.I.O.) | (imzo) |
M.O‘. | |
Keyingi tahrirga qarang.