23.03.2006 yildagi PQ-308-son
Hujjat 21.04.2008 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
4-ilovaga muvofiq zotli mollarni shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklariga auksionlar orqali sotish nazarda tutilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
4. “Homiylar va shifokorlar yili” Dasturiga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan qishloq joylardagi ehtiyojmand va ko‘p bolali oilalarga, eng avvalo maktabgacha va maktab yoshidagi bolalari bo‘lgan oilalarga har bir qishloq tumani bo‘yicha kamida 100—200 oilani qamrab olgan holda, homiylar, shuningdek, nodavlat hayriya tashkilotlarining mablag‘lari hisobiga bir bosh sigir berish yo‘li bilan hayriya yordami ko‘rsatish bo‘yicha aniq tadbirlar ishlab chiqilgani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Qishloq joylardagi ehtiyojmand ko‘p bolali oilalarga qoramolni bepul berish shartlari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin, unda chorva mol boqish ko‘nikmalari, sharoit va imkoniyatlari mavjudligi, jumladan omuxta yem va shirali ozuqa bilan ta’minlash imkoniyatlarini hisobga olgan holda ehtiyojmand oilalarni aniqlashning qat’iy mezonlari nazarda tutilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-apreldagi PQ-842-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2008-y., 17-son, 130-modda)

T/r

Hujjat nomi

Hujjat turi

Tasdiqlash muddati

Mas’ul ijrochilar

1.

Shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarda yirik shoxli qoramol boqayotgan va chorvachilik mahsulotlari yetishtirayotgan fuqarolarning ish bilan bandligi to‘g‘risidagi nizomi

Vazirlar Mahkamasining qarori

2006-yil mart

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Adliya vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi

2.

Shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarda qoramol boqish bilan band bo‘lgan jismoniy shaxslar o‘rtasida namunaviy mehnat shartnomasi

Namunaviy shartnoma

2006-yil mart

3.

Qishloq joylardagi ehtiyojmand va ko‘p bolali oilalarga yirik shohli qoramolni bepul berish shartlari to‘g‘risidagi nizomi

Vazirlar Mahkamasining qarori

2006-yil mart

Moliya vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Adliya vazirligi

4.

Shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarida chorvachilikni rivojlantirish uchun kam ta’minlangan oilalardan iborat fuqarolarga majburiy garov taqdim etmagan holda fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari kafilligi ostida tijorat banklari tomonidan imtiyozli maqsadli mikrokreditlar ajratishning soddalashtirilgan tartibi

Markaziy bank va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining qarori

2006-yil aprel

Markaziy bank, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi

5.

Naslchilik xo‘jaliklari �aqomini berish, tartibi, shuningdek ular faoliyatiga qo‘yiladigan talablar

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tartibi

2006-yil may

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Naslchilik ishlari bo‘yicha davlat inspeksiyasi

6.

Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklariga naslli mollarni auksion orqali sotishni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida nizom

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi qarori

2006-yil aprel

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Adliya vazirligi

7.

Maxsus so‘yish korxonalarida va maydonchalarida chorva mollari so‘yish, chorva mollarni so‘yish bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga ruxsat guvohnomalari berish va ro‘yxatga olish tartibi

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi qarori

2006-yil aprel

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi

8.

Bozorlarda va savdo joylarida go‘sht mahsulotlarini sotishga qo‘yiladigan talablar

O‘zstandart, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi qo‘llanmasi

2006-yil aprel

O‘zstandart, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi

9.

Zooveterinariya punktlari va chorva mollarini sun’iy urchitish punktlari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha talablar

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi qo‘llanmasi

2006-yil may

Veterinariya bosh boshqarmasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi

10.

Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida yetishtiriladigan chorva mollari mahsulotlarini fyucher shartlari hisobga olgan holda sotib olish uchun namunali shartnoma

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi qarori

2006-yil may

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Adliya vazirligi

11.

Fuqarolar yig‘inlarida xo‘jalik hisobotining shakllari. Chorvachilikni rivojlantirish va aholini uy xo‘jaliklarida chorvachilik faoliyati bilan band qilish ko‘rsatkichlari

Vazirlar Mahkamasining qarori

Davlat statistika hisoboti shakllariga qo‘shimchalar

2006-yil may

Statistika bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi