Avtomototransport vositalarini sotib olish, ulardan foydalanish va ularni boshqa shaxsga berishni hamda ularni rasmiylashtirishni yanada tartibga solish, avtomototransport vositalari bilan bitishuvlarni sodir etishda fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash hamda jinoyatchilikning oldini olish va huquq-tartibotni mustahkamlash chora-tadbirlarini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligi rahbariyatiga avtomototransport vositalari bilan bog‘liq ishonchnomalar va bitishuvlarni rasmiylashtirishning belgilangan tartibini ta’minlash, belgilangan qoidalarga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilangan tartib buzilishi aniqlangan taqdirda aybdor mansabdor shaxslar javobgarlikka, zarur hollarda jinoiy javobgarlikkacha tortilsin.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-fevraldagi 46-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 65-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
notariuslar tomonidan avtomototransport vositalaridan foydalanish va (yoki) ularni tasarruf etish ishonchnomalarini, boshqa shaxsga berish (oldi-sotdi, almashtirish, hadya etish, renta), ijaraga berish, tekin foydalanish, garovga qo‘yish, lizing shartnomalarini notarial tasdiqlash faqat “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan tayyorlanadigan, himoya darajasiga, seriyaga, tartib raqamiga va hududiy kodga ega bo‘lgan qat’iy hisobot beriladigan gerbli (maxsus) blankalarda amalga oshiriladi;
notarial tasdiqlangan boshqa shaxsga berish shartnomalari ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak, foydalanish va (yoki) tasarruf etish huquqiga ishonchnomalar va ijaraga berish, tekin foydalanish, garovga qo‘yish, lizing shartnomalari esa O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining DYHXX organlarida hisobga qo‘yilishi kerak
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 16-oktabrdagi 229-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 43-son, 434-modda)
3. Belgilab qo‘yilsinki, avtomototransport vositalaridan foydalanish va ularni tasarruf etish huquqiga oldin berilgan ishonchnomalar mazkur qarorga muvofiq ular amal qilishining qolgan muddatiga qayta rasmiylashtirilishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligi ko‘rsatib o‘tilgan ishonchnomalar 2007-yil 1-yanvargacha davlat boji undirilmasdan qayta rasmiylashtirilishini ta’minlasinlar.
Ishonchnomalar qayta rasmiylashtirish uchun taqdim etilmagan taqdirda 2007-yil 1-yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Avtomototransport vositalari bilan bog‘liq bitimlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining DYHXX organlari aybdor shaxslarni qonunda belgilangan javobgarlikka tortgan va ularni transport vositasini boshqarishdan vaqtincha chetlatgan holda avtomobil egalari tomonidan avtomototransport vositalarini rasmiylashtirish tartibiga rioya etilishi ustidan tegishli nazoratni amalga oshirsin.
(4-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 16-oktabrdagi 229-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 43-son, 434-modda)
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin;
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri B. Mustafoyev va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri B. Matlyubov zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 16-oktabrdagi 229-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 43-son, 434-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom avtomototransport vositalaridan foydalanish va (yoki) ularni tasarruf etish ishonchnomalarini, boshqa shaxsga berish (oldi-sotdi, almashtirish, hadya etish, renta), ijaraga berish, tekin foydalanish, garovga qo‘yish, lizing shartnomalarini (keyingi o‘rinlarda “avtomototransport vositalari bilan bog‘liq bitimlar” deb yuritiladi) rasmiylashtirish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 16-oktabrdagi 229-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 43-son, 434-modda)
yuridik shaxslar tomonidan mazkur yuridik shaxslarning xodimlariga avtotransport vositalaridan foydalanishga ishonchnomalar berilishi hollariga;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
yengil avtomobillarni, mototransport vositalarini ijaraga berish xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar hamda jismoniy shaxslar o‘rtasida yengil avtomobillarni, mototransport vositalarini ijaraga berish yuzasidan o‘ttiz kungacha oddiy yozma shartnomalar tuzish hollariga;
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-oktabrdagi 863-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2018-y., 09/18/863/2098-son)
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlarida (keyingi o‘rinlarda DYHXX deb ataladi) ro‘yxatdan o‘tkazilmaydigan transport vositalariga tatbiq etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Avtomototransport vositalari bilan bog‘liq bitimlar notariuslar tomonidan notarial tartibda tasdiqlanishi kerak. Avtomototransport vositalarini:
ixtisoslashtirilgan savdo korxonalari (avtomototransportni ishlab chiqaruvchi korxonalar, ularning vakillari va vositachi (distribyutorlik) tashkilotlar);
lizing shartnomalari bo‘yicha lizing xizmatlari ko‘rsatadigan tashkilotlar (yengil avtotransport vositalari lizingidan tashqari);
yuridik shaxslar bilan lizing shartnomalari bo‘yicha mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yengil avtotransport vositalarini kamida 2,0 mlrd so‘m miqdorida ustav kapitaliga ega bo‘lgan kredit tashkilotlari va asosiy faoliyat turi lizing hisoblangan tashkilotlar;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-oktabrdagi 876-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y., 09/19/876/3927-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat raqobat qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi hududiy boshqarmalarining tuman (shahar) bo‘limlari davlat ijrochilari tomonidan belgilangan tartibda kimoshdi savdolarida sotish holatlari bundan mustasno.
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 639-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 864-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
“Notariat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq avtomototransport vositalaridan foydalanish va ularni tasarruf etish huquqiga ishonchnomalar belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalari konsullari tomonidan ham tasdiqlanadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 29-martdagi 57-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 13-son, 98-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasi hududiga boshqa davlatlardan olib kelingan avtomototransport vositalari bilan bog‘liq bitimlar tuzish ular bojxona organlarida rasmiylashtirilgandan va DYHXX organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin amalga oshiriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 16-oktabrdagi 229-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 43-son, 434-modda)
5. DYHXX organlarida ro‘yxatdan o‘tmagan avtomototransport vositalarining bozorlarda oldi-sotdisi va ayirboshlanishi, shuningdek avtomototransport vositalarini birjalar orqali sotish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
18 yoshga to‘lmagan shaxslarga avtotransport vositalari, 16 yoshga to‘lmagan shaxslarga mototransport vositalari bilan bog‘liq bitimlarni rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi, lotereya va boshqa ommaviy o‘yinlarning yutuqlari bo‘lgan, qonunda belgilangan tartibda meros qilib olingan avtomototransport vositalari bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
(5-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 16-oktabrdagi 229-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 43-son, 434-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Avtomototransport vositalari bilan bog‘liq bitimlarni notarial tartibda tasdiqlash mazkur Nizomda belgilangan xususiyatlar hisobga olingan holda O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga, “Notariat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 16-oktabrdagi 229-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 43-son, 434-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Notariuslar tomonidan avtomototransport vositalari bilan bog‘liq bitimlarni tasdiqlash hamda rasmiy dilerlar tomonidan “TRADE-IN” dasturi bo‘yicha ilgari foydalanilgan avtotransport vositalarini oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirish boshqa shaxsga berish taqiqlanmaganligi va xatlab qo‘yilmaganligi tekshirilgandan keyin amalga oshiriladi, tasarruf etish huquqisiz ishonchnomalar bundan mustasno.
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-oktabrdagi 876-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y., 09/19/876/3927-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Notariuslar tomonidan boshqa shaxsga berish shartnomalari tasdiqlangunga hamda rasmiy dilerlar tomonidan “TRADE-IN” dasturi bo‘yicha ilgari foydalanilgan avtotransport vositalarini oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirishga qadar avtomototransport vositalari avtomototransport vositasi ro‘yxatga olingan joydagi yoki bitim sodir etilgan (sotib oluvchining tanloviga ko‘ra) joydagi DYHXX organlarida agregatlar raqamlari ro‘yxatdan o‘tkazish raqamlariga muvofiqligi yuzasidan ko‘zdan kechirilishi kerak. Agregatlar raqamlarining ro‘yxatdan o‘tkazish raqamlariga muvofiqligi ko‘zdan kechirgan mansabdor shaxsning familiyasi hamda ismi va otasi ismining bosh harflari, ko‘zdan kechirilgan sana ko‘rsatilgan va mansabdor shaxs imzosi qo‘yilgan holda ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatidagi shtamp bilan tasdiqlanadi. Shtamp 10 kun mobaynida amal qiladi.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-oktabrdagi 876-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y., 09/19/876/3927-son)
(7-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 16-oktabrdagi 229-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 43-son, 434-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Avtomototransport vositalari bilan bog‘liq bitimlarni notarial tartibda tasdiqlash faqat qat’iy hisobda turadigan, himoya darajasiga, seriyaga, tartib raqamiga va hududiy kodga ega bo‘lgan gerbli (maxsus) blankalarda amalga oshiriladi. Bunda ishonchnoma bo‘yicha ishonchli shaxsga, boshqa shaxsga berish shartnomasi bo‘yicha sotib oluvchiga va ijaraga berish shartnomasi bo‘yicha ijaraga oluvchiga, tekin foydalanish shartnomasi bo‘yicha ssuda oluvchiga, garov shartnomasi bo‘yicha pul beruvchiga, lizing shartnomasi bo‘yicha lizing oluvchiga berilishi kerak bo‘lgan birinchi nusxa gerbli (maxsus) blankada rasmiylashtiriladi. Agar ishonchnoma bittadan ortiq ishonchli shaxsga berilgan taqdirda, u ishonchli shaxslar soni bo‘yicha gerbli (maxsus) blankada rasmiylashtiriladi. Qolgan nusxalarda gerbli (maxsus) blankaning seriyasi, tartib raqami va hududiy kodi ko‘rsatiladi.
Gerbli blankalarni hisobga olish, saqlash, sarflash va ular bo‘yicha hisobot berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Konsullik muassasalari ishonchnomalarning gerbli (maxsus) blankalari bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ta’minlanadi.
(8-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 16-oktabrdagi 229-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 43-son, 434-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Gerbli (maxsus) blankalardagi ishonchnomalar va bitimlar notarial tartibda tasdiqlanganligi uchun eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida gerb yig‘imi undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
50 foizi –O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining g‘aznachilik hisob raqamlariga o‘tkaziladi va gerbli blankalar tayyorlashga hamda boshqa shaxsga berish taqiqlangan va xatlab qo‘yilgan avtomototransport vositalari to‘g‘risidagi elektron ma’lumotlar bankini yaratishga, shuningdek adliya organlari va muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tadbirlariga maqsadli tartibda sarflanadi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 23-dekabrdagi 413-sonli qaroriga asosan ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 603-modda)
Gerbli (maxsus) blankalar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakl bo‘yicha “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan tayyorlanadi.
(9-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 16-oktabrdagi 229-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 43-son, 434-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Notariuslar tomonidan tasdiqlangan avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga berish shartnomalari, shuningdek avtotransport vositalarini ixtisoslashtirilgan savdo korxonalari va kimoshdi savdolari orqali sotish shartnomasi (bayonnoma) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish, ularning hisobini olib borish, milliy davlat raqami belgilarini berish va ularni almashtirish ishlarini tartibga solish haqida” 1997-yil 26-maydagi 256-son qaroriga muvofiq bir vaqtning o‘zida avtotransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazgan va hisobdan chiqargan holda sotib oluvchining yashash joyidagi (turgan joyidagi) DYHXX organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.
Avtotransport vositalarini 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga, mototransport vositalarini 16 yoshga to‘lmagan shaxslarga istisno tariqasida ro‘yxatdan o‘tkazishda ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi ushbu shaxslarga rasmiylashtiriladi, guvohnomaga va avtomototransport vositalarini ro‘yxatga olish kartochkasiga: “Transport vositasi egasi 18 (16) yoshga to‘lgunga qadar vasiylik va homiylik organlarining yoki ularning qonuniy vakillarining (ota-onalari, farzandlikka oluvchilar va homiylarning) ruxsatisiz avtomototransport vositalari bilan bog‘liq bitimlar tuzish taqiqlanadi” yozuvi kiritiladi.
Notariuslar tomonidan tasdiqlangan avtomototransport vositalari bilan bog‘liq bitimlar (ixtisoslashtirilgan savdo korxonalari va kimoshdi savdolari orqali sotish bo‘yicha boshqa shaxsga berish shartnomalari, shartnomalar (bayonnomalar) bundan mustasno) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda avtomototransport vositasi ro‘yxatga olingan joydagi DYHXX organlarida hisobga qo‘yilishi kerak”;
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 16-oktabrdagi 229-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 43-son, 434-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Notariuslar tomonidan tasdiqlangan avtomototransport vositalari bilan bog‘liq bitimlar notarial tartibda tasdiqlangan paytdan boshlab 10 kun mobaynida DYHXX organlarida ro‘yxatga olish (hisobga qo‘yish) uchun taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
DYHXX organlari tegishli notarial idoralardan ularga nisbatan avtomototransport vositalari bilan bitimlar tasdiqlangan avtomototransport vositalariga tegishli tezkor ma’lumotlarni olish yo‘li bilan avtomototransport vositalari bilan bog‘liq bitimlar avtomobil egalari (ijaraga oluvchilar va ishonchli shaxslar) tomonidan DYHXX organlarida o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tkazilishi (hisobga qo‘yilishi) bo‘yicha talablarga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Avtomototransport vositalarini mazkur band talablarini buzgan holda boshqarish qonun hujjatlariga muvofiq haydovchilar transport vositasini boshqarishdan vaqtincha chetlatilgan holda ularni ma’muriy javobgarlikka tortishga olib keladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 16-oktabrdagi 229-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 43-son, 434-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
12. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan gerbli blankalar bo‘yicha har oylik hisobot yuritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligi yilning har choragida tasdiqlangan avtomototransport vositalari bilan bog‘liq bitimlar bo‘yicha taqqoslash o‘tkazadi.
(12-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 16-oktabrdagi 229-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 43-son, 434-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi davlat notarial idoralarida avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga berish va taqiqlanganligi va xatlab qo‘yilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar banki (hujjatli) shakllantirilishini ta’minlaydi. Ma’lumotlar bankini shakllantiradigan davlat notarial idoralari ro‘yxati tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan DYHXX organlari bilan birgalikda qo‘shimcha ravishda tegishli hudud bo‘yicha boshqa shaxsga berish taqiqlangan va xatlab qo‘yilgan avtomototransport vositalari to‘g‘risidagi elektron ma’lumotlar banki yuritiladi.
Avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga berish taqiqlanishi va taqiq olib tashlanishi, shuningdek boshqa shaxsga berish taqiqlangan va xatlab qo‘yilgan avtomototransport vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bankini shakllantirish tartibi boshqa manfaatdor idoralar bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda mazkur Nizom talablarini tushuntirish va avtomototransport vositalari egalari e’tiboriga yetkazish tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi.