N.M. Xanov | — | O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Komissiya raisi |
B.B. Ashrafxanov | — | moliya vazirining birinchi o‘rinbosari |
U.U. Rozikulov | — | iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari |
N.E. Najimov | — | Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi vazirining birinchi o‘rinbosari |
A.A. Abduvaliyev | — | O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘i |
I.G. Yakovlev | — | Davlat mulki qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari |
E.F. Gadoyev | — | Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari |
E.S. Kanyazov | — | adliya vazirining o‘rinbosari |
Sh.Sh. Shomansurov | — | “O‘zavtosanoat” uyushmasi raisining o‘rinbosari |
R.J. Usmanov | — | Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari |
K.K. Rustamov | — | “O‘zsanoatqurili�bank” boshqaruvi raisi |
R.A. Gulyamov | — | Tashqi iqtisodiy aloqalar Milliy banki boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari |
Sh.Sh. Muxamedjanov | — | “Toshshaharyo‘lovchitrans” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi |
A.N. Axmedova | — | “Toshshaharyo‘lovchitrans” aksiyadorlik kompaniyasi bosh buxgalteri |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 18.01.2006 yildagi PQ-262-son
Кучга кириш санаси
18.01.2006
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat 18.01.2006 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish |
“Toshshahartransxizmat” uyushmasi hamda Toshkent shahar hokimligi Yo‘lovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti faoliyatining samarali tashkil etilishini ta’minlash maqsadida:
1. “Toshshahartransxizmat” yo‘lovchilar tashish uyushmasi, “Toshavtobustrans” aksiyadorlik kompaniyasi, “Toshelektrotrans” davlat kompaniyasi, “Toshpasremservis” aksiyadorlik kompaniyasi, Toshkent shahar hokimligi Yo‘lovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti ijroiya apparati tuzilmasi, shuningdek, xodimlari umumiy cheklangan soni, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 1 — 5-ilovalarga* muvofiq ma’qullansin.
* 1 — 5-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Toshshahartransxizmat” uyushmasi, “Toshavtobustrans” va “Toshpasremservis” aksiyadorlik kompaniyalari nizomlarini belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. “Toshshaharyulovchitrans” aksiyadorlik kompaniyasini tugatish bo‘yicha komissiya tarkibi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Tugatish komissiyasi ikki oy muddatda belgilangan tartibda “Toshshaharyo‘lovchitrans” aksiyadorlik kompaniyasini tugatish ishlarini amalga oshirsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Toshavtobustrans” aksiyadorlik kompaniyasi, “Toshelektrotrans” davlat kompaniyasi, “Toshpasremservis” aksiyadorlik kompaniyasi ustav fondini ular tarkibiga kiruvchi korxonalar mulkidagi davlat ulushi qiymati hisobiga shakllantirsin.
Toshkent shahar bo‘yicha avtomobil transportida yo‘lovchilar tashishni litsenziyalash, shuningdek, litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish Toshkent shahar hokimligi Yo‘lovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti tomonidan amalga oshiriladi;
Toshkent shahrida avtobuslar va mikroavtobuslarda yo‘lovchilarni muntazam (yo‘nalishlar bo‘yicha) tashish tadbirkorlik subyektlari-yuridik shaxslar, shu jumladan xususiy yuridik shaxslar tomonidan faqat Toshkent shahar hokimligi Yo‘lovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti bilan tuzilgan kontraktlar asosida tender savdolari natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi.
2006-yil 1-martdan boshlab yo‘lovchilar metropolitenda yo‘l haqi to‘lovini metropoliten stansiyalari kassalarida sotiladigan maxsus jetonlar yoki magnit kartochkalar orqali amalga oshiradi, ayni vaqtda ayrim toifadagi fuqarolarning qonunchilikda belgilangan ushbu transport turidan imtiyozli foydalanish huquqi saqlab qolinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Toshkent shahar hokimligi va “Toshshahartransxizmat” uyushmasining har bir transport tashkilotida yillik xarajatlar umumiy hajmining 5 foizi miqdori doirasida Rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasini (keyingi matnlarda Jamg‘arma deb ataladi) tashkil qilish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Jamg‘armaning daromadlari ish haqi fondini tejash, yo‘lovchilarni tashishdan tushadigan daromadlar bo‘yicha belgilangan prognozni ortig‘i bilan bajarish tufayli hosil bo‘ladigan mablag‘lar, asosiy bo‘lmagan xo‘jalik faoliyati va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga shakllantiriladi;
Jamg‘arma mablag‘larini tasarruf etish uchun tegishli korxona rahbari boshchiligida va kasaba uyushmasi tashkiloti vakillari ishtirokida har bir transport korxonasi huzurida maxsus Kengashlar tuziladi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi, “Toshshahartransxizmat” uyushmasi bir oy muddatda transport korxonasi haydovchilarini rag‘batlantirish va moddiy-texnik rivojlantirish mablag‘laridan foydalanish nisbatini aniqlagan holda Rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni, shuningdek, Uyushma va uning tarkibiga kiruvchi korxonalar xodimlarining ish haqi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasinlar.
7-ilovaga muvofiq bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarini O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tasarrufiga o‘tkazsin;
Toshkent shahar, Amir Temur ko‘chasi, 6-uyda joylashgan bino (mulk va jihozlar)ni “Toshshaharyo‘lovchitrans” aksiyadorlik kompaniyasi balansidan “Toshshahartransxizmat” uyushmasi balansiga o‘tkazsin va mazkur binoga Uyushmaning, “Toshavtobustrans” aksiyadorlik kompaniyasi, “Toshelektrotrans” davlat kompaniyasi va “Toshpasremservis” aksiyadorlik kompaniyasining ijroiya apparati joylashtirilsin.
Mazkur qarorga muvofiq, “Toshshahartransxizmat” uyushmasining balansdan balansga o‘tkaziladigan asosiy vositalari qiymati daromad (foyda) va qo‘shilgan qiymat soliqlari solish obyekti hisoblanmaydi.
Vazirlar Mahkamasining Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksi, Toshkent shahar hokimligi, “Toshshahartransxizmat” uyushmasi bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida yo‘lovchi transportini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2006-yil 11-yanvardagi PF-3713-son Farmoniga va ushbu qarorga qatiy amal qilgan holda jamoat transportini boshqarishning takomillashtirilgan tizimini joriy etishga, shuningdek, transport xizmati jarayoni qatnashchilarining aniq ishlashi va hamkorlik qilishiga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirsinlar.
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Yo‘lovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti faoliyati, shuningdek, Toshkent shahrida yo‘lovchilar tashish bozorini tartibga solish bilan bog‘liq normativ hujjatlar tasdiqlanishini hisobga olgan holda ushbu qaror bajarilishini tashkil etish bo‘yicha qaror qabul qilsin.
10. O‘zbekiston Respublikasining ba’zi qonun hujjatlariga 8-ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
LexUZ sharhi
LexUZ sharhi
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun ruxsatnoma turlarini qisqartirish va ularni berish tartib-qoidalarini soddalashtirish to‘g‘risida”gi 2005-yil 21-sentabrdagi PQ–186-son qaroriga 2-ilova jadvalidagi “Litsenziya beruvchi organ” grafasining 4-bandi “Toshkent shahar hokimligi Yo‘lovchi transportining barcha turlari (Toshkent shahri bo‘yicha) harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “Transport sohasidagi faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 2003-yil 21-avgustdagi 360-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-yil, 8-son, 73-modda) 5-ilovasining 1-bandi mazmuni quyidagicha xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Ushbu Nizomning amal qilishi Toshkent shahri bo‘yicha avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyatini litsenziyalashga nisbatan tadbiq etilmaydi”.
Keyingi tahrirga qarang.