O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mustaqil teleradio kanallarini isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2005-yil 8-noyabrdagi PF–3678-sonli Farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (bundan buyon matnda — O‘zbekiston MTRK)ni qayta tashkil etish va zamon talablariga javob beradigan teleradioeshittirish (ko‘rsatuv)larni yaratishga qaratilgan samarali tadbirlarni amalga oshirish maqsadida:
1. O‘zbekiston MTRK, teleradiokanallar ijodiy-ishlab chiqarish jamoalari, “O‘zbektelefilm” davlat unitar korxonasi (DUP) va kompaniya korxonalarining ularning tashkiliy tarkibi va xodimlar soni haqidagi takliflariga rozilik berilsin.
O‘zbekiston MTRK xodimlar sonini optimallashtirish natijasida tejab qolinadigan 791,3 million so‘m miqdordagi budjet mablag‘lari O‘zbekiston MTRK ijodiy va ishlab chiqarish xodimlarini rag‘batlantirish va mukofotlash uchun yo‘naltiriladi;
xodimlar sonini optimallashtirish teleradiokanallarga ajratiladigan budjet mablag‘lari hajmining kamayishiga olib kelmaydi.
2. “O’zbekiston” teleradiokanali, “Sport” teleradiokanali, “Toshkent” teleradiokanali, “Respublika teleradiomarkazi”, “O’zbektelefilm” davlat unitar korxonalarining xamda O‘zbekiston MTRKning tashkiliy tarkibi 1—6-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
* 1-6-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
O‘zbekiston MTRK O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddat ichida amaldagi tartib bo‘yicha O‘zbekiston MTRK hududiy bo‘linmalarining xodimlar sonini optimallashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining raisiga, zarur hollarda, tarkibiy bo‘linmalarning tashkiliy tuzilmasiga O‘zbekiston MTRK tizimining umumiy shtat birligi doirasida o‘zgartishlar kiritish huquqi berilsin.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 8-apreldagi PF-4532-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 15-son, 198-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
* 7-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Davlat mulki qo‘mitasi, O‘zbekiston Iqtisodiyot vazirligi hamda O‘zbekiston MTRK va boshqa davlat, jamoat tashkilotlarining “Yoshlar” teleradiokanali yopiq aksionerlik jamiyati (YoAJ)ning ustav jamg‘armasini quyidagi tartibda:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston MTRKning teleradiodasturlar tayyorlash uchun zarur texnika vositalari, idora jihozlari, intellektual mulk obyektlari va boshqa mulklari amaldagi tartib bo‘yicha qayta baholash amalga oshirilgandan so‘ng “Yoshlar” teleradiokanali YoAJning ustav jamg‘armasidagi davlat ulushi sifatida taqdim etiladi.
4. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasini isloh qilish bo‘yicha tashkiliy tadbirlar Dasturi, shuningdek, O‘zbekiston MTRKni isloh qilish bo‘yicha ishchi guruhi tarkibi 8-9-ilovalarga* binoan tasdiqlansin.
* 8–9-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ishchi guruh 2006-yil 1-aprelga qadar O‘zbekiston MTRKni qayta tashkil etish bo‘yicha tashkiliy-texnikaviy tadbirlarni yakunlash va mustaqil teleradiokanallar hamda boshqa tarkibiy bo‘linmalarning faoliyat ko‘rsata boshlashini ta’minlasin.
5. O‘zbekiston MTRK teleradiokanallari va hududiy bo‘linmalarining bir kecha-kunduzlik o‘rtacha eshittirishlar (ko‘rsatuvlar) hajmi, davlat budjeti mablag‘lari hisobiga telefilmlar ishlab chiqarish yillik hajmi 10-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
* 10-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
O‘zbekiston MTRK Raisiga teleradiokanallarning bir kecha-kunduzlik o‘rtacha eshittirishlari (ko‘rsatuvlari) hajmiga mazkur qarorda tasdiqlangan parametrlar doirasida o‘zgartirishlar kiritishga ruxsat berilsin.
6. O‘zbekiston MTRK respublika Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddat ichida O‘zbekiston MTRK tarkibiga kiruvchi davlat unitar korxonalari va “Yoshlar” teleradiokanali YoAJ faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlash va ko‘rsatadigan xizmatlari uchun tarif — baholarni shakllantirish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston MTRK tarkibiga kiruvchi davlat unitar korxonalari faoliyatini davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish, “Yoshlar” teleradiokanali” YoAJdan tashqari, tasdiqlangan teleradioeshittirishlar hajmi asosida amalga oshiriladi;
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 8-apreldagi PF-4532-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 15-son, 198-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
teleradiokanallar va “O’zbektelefilm” mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi konkret (muayyan) teleko‘rsatuv, radioeshittirish va filmlarni tayyorlash uchun ijodiy xodimlarni muddatli shartnomalar bo‘yicha jalb etishga yo‘naltiriladigan xarajatlarni hisobga olgan holda belgilanadi;
O‘zbekiston MTRK tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlar uchun davlat budjeti hisobidan qoplanadigan xorijiy kreditlar hisobiga olingan asosiy vositalarning amortizatsiya to‘lovlari (xarajatlari) davlat unitar korxonalari ko‘rsatgan xizmat uchun tariflar tarkibiga kiritilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. O‘zbekiston MTRK va “O’zbekiston” teleradiokanali, “Sport” teleradiokanali, “Toshkent” teleradiokanali davlat unitar korxonalari va “Yoshlar” teleradiokanali YoAJning teleradioko‘rsatuv va eshittirishlarning yuqori sifatini ta’minlagan, yangi, yuksak badiiy-g‘oyaviy teleradiodasturlar va filmlar tayyorlash, teleradio ko‘rsatuv va eshittirishlarda zamonaviy axborot, kompyuter va mediojarayonlarni joriy qilishni ta’minlagan ijodiy jamoalar, studiyalar va alohida xodimlarni moddiy rag‘batlantirish maqsadida ular huzurida rag‘batlantirish jamg‘armalarini tashkil etish haqidagi takliflari ma’qullansin.
Keyingi tahrirga qarang.
tejab qolingan budjet mablag‘lari, shu jumladan, xodimlar sonini optimallashtirish evaziga erishilgan mablag‘;
reklama faoliyati, pullik xizmat ko‘rsatish, shartnomalar bo‘yicha bajarilgan ishlardan tushgan daromadning 25% gacha bo‘lgan qismi;
Teleradiokanallarning rag‘batlantirish jamg‘armasi haqidagi umumiy nizom 11-ilovaga* binoan tasdiqlansin.
* 11-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
bir oy muddat ichida Davlat mulki qo‘mitasi bilan birgalikda O‘zbekiston MTRKning ishlab turgan tarkiblarida mavjud texnika va ishlab chiqarish quvvatlarini inventarizatsiya qilishni yakunlasin. Shakllanayotgan teleradiotarkiblarning eshittirish va ko‘rsatuvlari hajmi hamda ularning oldiga qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqqan holda “Respublika teleradiomarkazi” bilan teleradiokanallar o‘rtasidagi topshirish dalolatnomalari (hujjatlari) va ajratish balanslarini tayyorlasin;
uch oy muddat ichida mamlakat badiiy teleradiomahsulotlari (televizion, hujjatli, multiplikatsion filmlar va boshqalar) hajmi bosqichma-bosqich oshib borishi nazarda tutilgan holda, aholining bilim va madaniy saviyasini ko‘tarish, milliy an’analarni, tarixiy va ma’naviy merosni saqlab qolish, fuqarolar ongida demokratik qadriyatlarni shakllantirish, yoshlarni va o‘sib kelayotgan avlodni vatanparvarlik, Vatanga muhabbat va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadlariga yo‘naltirilgan “Milliy serial” ijodiy-ishlab chiqarish dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin;
yangi tashkil etilayotgan teleradiokanallar va tarkiblarni yuqori malakali ijodiy-ishlab chiqarish xodimlari bilan ta’minlasin.
ikki oy muddat ichida “Yoshlar” teleradiokanali YoAJning ta’sis hujjatlarini ishlab chiqish, ta’sis majlisini o‘tkazish, uning nizomini tasdiqlash va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni ta’minlasin;
uch oy muddat ichida “Yoshlar” teleradiokanali YoAJning aktivlarni baholash va ta’sis hujjatlarini, shuningdek, keyin chiqariladigan aksiyalar asosida ustav jamg‘armasini shakllantirishni ta’minlasin;
“Yoshlar” teleradiokanali YoAJ aksiyalarni chiqarish loyihasini ro‘yxatdan o‘tkazganligi uchun davlat budjetiga to‘lovlardan ozod qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi ikki oy muddat ichida vazirlik tarkibida O‘zbekiston MTRKdan o‘tkaziladigan badiiy jamoalar Ijodiy birlashmasini tashkil etsin;
Madaniyat va sport ishlari vazirligida tashkil etilayotgan Ijodiy birlashma bilan O‘zbekiston MTRK o‘rtasidagi hamkorlikning uzoq muddatga mo‘ljallangan dasturini ishlab chiqishni ta’minlasin, uning asosida Ijodiy birlashma badiiy jamoalarining O‘zbekiston MTRK teleradiokanallari ko‘rsatuvlari va eshittirishlarida qatnashuvi haqida shartnomalar tuzsin.
11. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati va Toshkent shahri hokimliklari ikki oy muddat ichida amaldagi tartib bo‘yicha O‘zbekiston MTRKdan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligiga o‘tkaziladigan badiiy jamoalarni joylashtirish uchun binolar ajratib, ularning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun sharoit yaratish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirsinlar.
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A. Aripov zimmasiga yuklansin.