[
OKOZ:
1.
07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.05 Chet el kreditlari va zayomlari. Xorijiy valyutada kreditlar]
[
TSZ:
1.
Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
XALQARO TIKLANISh VA TARAQQIYOT BANKINING KORXONALARNI INSTITUTSIONAL RIVOJLANTIRIShGA QARZIDAN FOYDALANIShGA DOIR QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi
qaroriga
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi bilan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasida 1998-yil 10-iyuldagi kredit to‘g‘risida Bitimda (korxonalarni institutsional rivojlantirish bo‘yicha loyiha, 4543UZ-son kredit) nazarda tutilgan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining korxonalarni institutsional rivojlantirishga qarz mablag‘larini oqilona va samarali o‘zlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining:
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining korxonalarni institutsional rivojlantirishga qarz mablag‘larini o‘zlashtirishning oxirgi muddatini 2004-yil 31-dekabrgacha uzaytirish to‘g‘risidagi;
ko‘rsatib o‘tilgan qarzning umumiy summasini, foydalanilmaydigan 17673 ming AQSh dollari miqdoridagi mablag‘larni bekor qilish yo‘li bilan, 28000 ming AQSh dollaridan 10327 ming AQSh dollarigacha kamaytirish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziriga ushbu qarorga muvofiq Bitimning tegishli bandlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki bilan Qo‘shimcha Bitimni belgilangan tartibda imzolash vakolati berilsin.
3. Korxonalarni yakka tartibda xususiylashtirish byurosi Kuzatuvchi Kengashi (I.G. Yakovlev) va Korxonalarni xususiylashtirishdan keyin qo‘llab-quvvatlash byurosi Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining korxonalarni institutsional rivojlantirishga qarz mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 30-dekabr,
577-son