Mustaqillik yillarida mamlakatimizda xalqimizga zarur sog‘lom va munosib turmush sharoiti yaratish, hamma foydalana oladigan va sifatli sog‘liqni saqlash tizimini shakllantirish borasida muhim ishlar amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 10-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni va maqsadli dasturlar doirasida fuqarolar sog‘lig‘ini saqlashni tubdan yaxshilash, xotin-qizlar va bolalar salomatligini mustahkamlash, tibbiy yordam sifatini oshirish uchun tashkiliy va amaliy shart-sharoitlar yaratish, qishloq vrachlik punktlarini shakllantirish, kasalliklar tarqalishining oldini olish tadbirlari izchillik bilan amalga oshirib borilmoqda, bu o‘z navbatida aholi turmush tarzini sezilarli darajada sog‘lomlashtirish imkonini berdi.
Sog‘liqni saqlashni isloh qilish chora-tadbirlari tizimida tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lashni takomillashtirish va moddiy rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan tadbirlarga g‘oyat muhim ahamiyat berilmoqda. Keyingi yillarda shoshilinch va tez tibbiy yordam xizmati xodimlarining mansab maoshlari ko‘paytirildi, respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarida mehnatga haq to‘lashning progressiv shakllari joriy etildi.
Shu bilan birga, tibbiyot xodimlari mehnatini baholash va haq to‘lashning amaldagi tizimini yanada yaxshilash, ular olayotgan ish haqi va rag‘batlantirish mexanizmi bajarilayotgan ishning murakkablik darajasiga va ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatiga aniq va bevosita bog‘liq ekanini ta’minlash talab etiladi.
Mehnatga haq to‘lash tizimida har bir tibbiyot xodimining o‘z professional saviyasi va qobiliyatlarini doimiy oshirishga intilishiga undaydigan barqaror moddiy manfaatdorlikni yaratish zarur.
Qishloq shifokorining ko‘p qirrali mehnatiga haq to‘lash darajasi qo‘yilayotgan talablardan jiddiy orqada qolmoqda, bu esa yosh istiqbolli mutaxassislarni mazkur ish sohasiga jalb etish va muqim o‘rnashib qolishiga imkon bermaydi. Kichik tibbiyot xodimlari va hamshiralarning ayniqsa ixtisoslashtirilgan statsionar davolash muassasalaridagi ish haqi miqdorlari ularga yuklangan ish darajasiga mos kelmaydi, natijada tibbiyot muassasalari ushbu xodimlar bilan to‘liq ta’minlanmagan.
Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimini yanada takomillashtirish va ularni moddiy rag‘batlantirish, ularning mehnat haqi miqdorlari bajarilayotgan ishning murakkablik va o‘ta mas’uliyatlik darajasiga, ko‘rsatayotgan tibbiy yordam sifatiga bog‘liqligini kuchaytirish, shuningdek tibbiyot xodimlarining professional saviyasi va malakasini uzluksiz oshirish uchun rag‘batlantirish omillarini yaratish maqsadida:
1. Quyidagilar tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirishning asosiy vazifalari etib belgilansin:
tibbiyot xodimlari mehnatiga davolash muassasalarining ixtisoslashuv sohasi va xodimlarning malaka toifasini hisobga olgan holda, ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam hajmi, murakkablik darajasi va sifatiga qarab tabaqalashtirilgan tarzda haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish;
tibbiyot xodimlarining qishloq joylarda muqim o‘rnashib qolishini nazarda tutgan holda, shuningdek ixtisoslashtirilgan davolash muassasalarida ishlaydigan kichik va o‘rta tibbiyot xodimlari mehnatiga munosib haq to‘lash uchun shart-sharoitlar yaratish;
shifokorlarning shaxsiy hissasiga, ishlarni og‘ir, o‘ta og‘ir va sog‘liq uchun xavfli mehnat sharoitlarida bajarishiga, shuningdek zamonaviy tibbiyot uskunalaridan foydalangan holda ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklar tashxisi hamda ularni davolashning zamonaviy usullarini egallaganiga qarab shifokorlarni moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish;
o‘zining professional burchiga sodiq bo‘lgan va malakali tibbiy yordam ko‘rsatadigan xodimlar mehnatini xolis baholash va rag‘batlantirish borasida tibbiyot muassasalari rahbarlarining huquqlarini yanada kengaytirish hamda mas’uliyatini oshirish.
2. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligining:
2006-yil 1-yanvardan boshlab lavozimlar va malaka toifalari bo‘yicha bazaviy tarif stavkalari, shuningdek ularga tuzatish koeffitsiyentlar o‘rnatilgan holda muassasalar guruhlari bo‘yicha tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini amalda joriy etish;
neonatolog shifokorlar, neyro-, kardio- va mikroxirurglar, ishi yuqumli kasalliklarni qo‘zg‘atuvchi jonli mikroorganizm va viruslar bilan bog‘liq bo‘lgan laboratoriyalar, sil kasalligi, anesteziologiya, reanimatsiya, intensiv terapiya, patologik anatomiya, rentgen va radiologiya bo‘limlari tibbiyot xodimlarining mansab maoshlariga ustama haq miqdorlarini maoshning 25—35 foizi doirasida oshirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
3. Belgilansinki, 2006-yilning 1-yanvaridan boshlab har bir tibbiyot muassasasida Tibbiyot muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi negizida Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi (bundan buyon matnda Jamg‘arma deb yuritiladi) tashkil etiladi. Quyidagilar har bir tibbiyot muassasasi uchun mazkur Jamg‘armani shakllantirish manbalari etib belgilansin:
tibbiyot muassasasi uchun ajratiladigan budjet mablag‘lari umumiy hajmining 5 foizigacha bo‘lgan qismi;
Oldingi tahrirga qarang.
hisobot choragining so‘nggi ish kuni oxirida hosil bo‘lgan budjet mablag‘lari tejami (kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan mablag‘lardan tashqari).
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 560-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
vaqtincha foydalanilmayotgan xonalarni va davlatning boshqa mulkini chet tashkilotlarga ijaraga berishdan olingan mablag‘lar.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 560-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
muassasaning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, modernizatsiya qilish va ta’mirlash uchun sarflanadi, shuningdek, kreditorlik qarzlarni to‘lashga;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 560-modda)
Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish uchun har bir tibbiyot muassasasida tegishli muassasa rahbari boshchiligida va kasaba uyushmasi vakillarining ishtirokida maxsus komissiyalar tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi Tibbiyot muassasasini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni, shuningdek tibbiyot muassasalari to‘rtta (I—IV) guruhining har biri uchun Jamg‘arma xarajatlari manbalarining ikkala yo‘nalishlari o‘rtasidagi foiz nisbatlarini qo‘shma qaror bilan tasdiqlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tibbiyot xodimlari mehnat haqini takomillashtirishga oid chora-tadbirlarini amalga oshirish hisobidan ularning ish haqi kelgusi yilda barcha haq to‘lash manbalari hisobiga (har yilgi indeksatsiyalar bu hisobga kirmaydi) 1,3 baravar oshirilishi to‘g‘risidagi bayonoti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2006-yilgi Davlat budjeti doirasida davlat muassasalari tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish bilan bog‘liq xarajatlar o‘z vaqtida va to‘liq moliyalashtirilishini ta’minlasin.
o‘z majlisida davlat muassasalari tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini, shuningdek, tibbiyot muassasalarining barcha guruhlari (I—IV) bo‘yicha ish staji uchun ustama haq to‘lashni nazarda tutgan holda, tibbiyot xodimlarining ayrim toifalariga ustama va qo‘shimcha haq belgilashga oid amaldagi normativ hujjatlar qayta tasdiqlanishini ko‘zda tutuvchi, Davlat muassasalari tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish tartibi va shartlari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin;
tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish chora-tadbirlarining amalga oshirilishi ustidan tizimli monitoring o‘rnatsin va uning natijalarini har chorakda o‘z majlislarida muhokama qilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.