LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis XIV sessiyasidagi ma’ruzasi asosiy qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 10-iyundagi 296-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1999 — 2005-yillarda O‘zbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish ishlari dasturi va uni ro‘yobga chiqarish tadbirlari 1, 2*-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
2. Tasdiqlangan Dastur va tadbirlarning bajarilishini tashkil etish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining barqaror rivojlantirish bo‘yicha Milliy komissiyasiga va uning ishchi organlariga yuklansin.
3. O‘zbekiston Respublikasining barqaror rivojlantirish bo‘yicha Milliy komissiyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar ishtirokida har yili respublika budjetini shakllantirishda mazkur qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni mablag‘ bilan ta’minlash yuzasidan takliflar kiritsin.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va tashkilotlar atrof muhitni muhofaza qilish mintaqaviy va tarmoq dasturlarini va ularni bajarish chora- tadbirlarini ishlab chiqsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari B.M. Olimjonov va B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Dasturning bosh maqsadi — mamlakatning ustuvor ekologik muammolarni aniqlab beruvchi barqaror rivojlanish yo‘liga o‘tish boshlang‘ich bosqichining tabiatni muhofaza qilish strategiyasini shakllantirish, ularni hal qilish vositalarini tanlash va tegishli tashkiliy tadbirlarni amalga oshirishdir.
Dastur O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning ekologik davomi hisoblanadi va uning asosiy qoidalari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlari va loyihalarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda hisobga olinishi kerak.
oqova suvlarni to‘liq tozalash, maishiy va sanoat chiqindilarini zararsizlantirish va yo‘qotish yo‘li bilan sanitariya-gigiyena sharoitlarini yaxshilash;
zararli tashlandiqlar va oqovalarni, toksik sanoat chiqindilarini kamaytirish maqsadida sanoat korxonalari va transport ishlarini yaxshilash;
Ushbu yo‘nalishda Hukumat tomonidan qishloq aholisini ichimlik suv va tabiiy gaz bilan ta’minlash, qishloq ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish, Toshkent va Nukus shaharlarining va boshqa joylarning sanitariya tozalash tizimini takomillashtirish dasturlari tasdiqlangan va amalga oshirilmoqda.
tabiiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish, ularni takroriy ishlab chiqarish, muhofaza qilish va iste’mol qilishni asosli kamaytirishni ta’minlash;
yerlardan qishloq xo‘jaligi uchun foydalanishni yaxshilash, qishloq xo‘jaligi yerlarining hosildorligini oshirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish;
suv resurslarini boshqarish tizimining huquqiy bazasini mustahkamlash, mavjud suv taqsimlash infratuzilmalarini rekonstruksiya qilish va zamonaviylashtirish hamda monitoring va axborotlarning ishonchli tizimini yaratish vositasida suvni tejash va muhofaza qilish;
sug‘orish va drenaj tarmoqlarini takomillashtirish va yaxshilash. (Hozirgi vaqtda sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha maxsus dastur amalga oshirilmoqda);
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 1-apreldagi 139-son qarori bilan tasdiqlangan Biologik rangbaranglikni saqlash bo‘yicha milliy strategiya va harakatlar rejasini amalga oshirish;
madaniy meros (tarixiy yodgorliklar)ni muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlar tizimini amalga oshirish.
Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish tabiatni muhofaza qilish qonun hujjatlarini takomillashtirish, tabiatdan foydalanish iqtisodiy mexanizmlarini joriy etish, ekologiya monitoringi tizimini rivojlantirish, ta’lim va aholini tarbiyalash bilan ta’minlanadi.
Ekologiya qonun hujjatlarini va uni amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirishni qonunchilikka qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritish yo‘li bilan, shuningdek quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha yangi qonun hujjatlarini ishlab chiqish orqali ro‘yobga chiqarish nazarda tutilgan:
qonunchilik normalarini amalga oshirish, tabiiy resurslardan foydalanish va uni muhofaza qilish bo‘yicha nizolarni bartaraf etish va tartibga solish bo‘yicha ekologik qonunni buzishlar uchun muqarrar javobgarlikni ta’minlovchi aniq tartibot va institutsional qoidalarni ishlab chiqish;
davlat tabiiy resurslarining iqtisodiy qiymatini aniqlovchi, shuningdek tabiatdan pulli foydalanishga o‘tishni, atrof muhitni muhofaza qilishni iqtisodiy rag‘batlantirishni ta’minlovchi qonun hujjatlarini takomillashtirish;
xo‘jalik qonun hujjatlari normalarini, ularni atrof muhitni muhofaza qilish haqidagi qoidalar bilan to‘ldirish maqsadida, ekologiyalashtirish.
Tabiatdan foydalanish iqtisodiy mexanizmlarini va atrof muhitning sifati standartlarini ishlab chiqish va joriy etish vazifalari atrof muhitga antropogen ta’sir ko‘rsatishni kamaytirishga va “ifloslantiruvchi to‘laydi” hamda “foydalanuvchi to‘laydi” qoidalarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan. Ularning asosiy qismi:
atrof muhitning sanoat va maishiy chiqindilar bilan ifloslanishini kamaytirishni rag‘batlantirishi kerak.
tabiiy resurslar uchun, atrof muhitni ifloslantirganlik va unga zarar yetkazganlik uchun to‘lovlar tizimini takomillashtirish;
atrof muhitni muhofaza qilishga investitsiyalash uchun sarmoyadan foydalanishni ta’minlovchi rivojlangan sarmoya bozorlarini tashkil etish;
muqobil tanlash uchun imkoniyat yaratadigan ekologik xizmatlar va mahsulotlarning rivojlangan bozori bilan ta’minlanadi.
nazoratning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etgan holda muntazam ravishda kuzatishning (namuna olish, o‘lchovlar aniqligi, tekshirishlar sifati va shu kabilar) texnologik va texnik darajasini oshirish;
monitoring tarmoqlarini kengaytirish, ifloslanishning nuqtali va nuqtasiz manbalarini yanada to‘liq hisobga olish;
turli ixtisosli, ayniqsa iqtisodning yetakchi tarmoqlari bo‘yicha, boshqaruv va audit sohasida yuqori malakali ekolog kadrlar tayyorlash;
aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borish uchun ommaviy axborot vositalaridan yanada kengroq foydalanish;
hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilotlarni, aholini va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini (mahallalarni) qarorlar muhokamasiga, qabul qilinishiga va tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishga, ayniqsa mahalliy darajada jalb etish yo‘li bilan nazarda tutiladi.
xalqaro konvensiyalar va bitimlar bo‘yicha, shuningdek Orol tangligini bartaraf etish, davlatlararo suv oqimlaridan foydalanish va suv resurslarini muhofaza qilish masalalarini hal etish, atrof muhitning transchegaraviy ifloslanishining oldini olish uchun O‘zbekiston Respublikasi tomonidan qabul qilingan majburiyatlarni bajarishga yo‘naltirilgan. Ular:
Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha mamlakatni o‘rganish va mumkin bo‘lgan oqibatlarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish dasturini;
Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston hududlaridagi G‘arbiy Tyanshanning biologik rangbarangligini saqlash bo‘yicha transchegara loyihasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlardan foydalanish, atrof muhitga taalluqli masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilish jarayonida, sud ishlarida jamoatchilikning qatnashishi va ulardan foydalanishi to‘g‘risida” BMT EEK Orxus Konvensiyasiga (1998-y.) qo‘shilishi uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni tayyorlash orqali ta’minlanadi.
Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi tomonidan, Global ekologik jamg‘arma (GEJ), Jahon banki va boshqa xalqaro donorlarning moliyaviy ko‘magida, Markaziy Osiyodagi beshta davlat hukumatlari bilan birgalikda Orol dengizi havzasida suv resurslarini boshqarish mintaqaviy strategiyasini ishlab chiqish tashkil etilgan (Global ekologiya jamg‘armasi loyihasi, muddatlari — 1998 — 2003-yillar).