07.11.2005 yildagi 244-son
Hujjat 21.07.2006 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Hukumatning 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ichimlik suv ta’minoti tizimini takomillashtirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 27-noyabrdagi 411-son qaroriga 3-ilovadagi “Azimov R.S. — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari”, “Makroiqtisodiyot va statistika” hamda “Safoyev N.S. — Tashqi aloqalar masalalari axborot-tahlil departamentining bosh mutaxassisi” so‘zlari tegishli ravishda “Rozuqulov U.U. — Iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari”, “Iqtisodiyot” va “lavozimiga ko‘ra — Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamentining bosh mutaxassisi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “Ta’lim sektorini rivojlantirish dasturi” loyihasini Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 19-fevraldagi 92-son qaroriga 4-ilovadagi “Azimov R.S. — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, kengash rahbari”, “Karomatov H.S — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, kengash rahbarining o‘rinbosari” va “Safoyev N.S. — Tashqi aloqalar masalalari axborot-tahlil departamentining bosh mutaxassisi” so‘zlari tegishli ravishda “Qosimov R.S. — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, kengash rahbari”, “Azimov R.S. — Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri” hamda “lavozimiga ko‘ra — Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamentining bosh mutaxassisi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro moliya institutlari ishtirokida amalga oshirilayotgan “Toza suv, sanitariya va aholi salomatligi” loyihasini ro‘yobga chiqarish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2004-yil 13-yanvardagi 17-son qaroriga 2-ilovadagi “Azimov R.S. — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari” va “Safoyev N.S. — Tashqi aloqalar masalalari axborot-tahlil departamentining bosh mutaxassisi” so‘zlari tegishli ravishda “Rozuqulov U.U. — Iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari” hamda “lavozimiga ko‘ra — Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamentining bosh mutaxassisi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekistonning drenaj loyihasi. Janubiy Qoraqalpog‘istondan drenaj o‘tkazish” loyihasini Jahon banki ishtirokida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 26-yanvardagi 37-son qaroriga 5-ilovadagi “Barnoyev O‘.I. — Agrosanoat va suv xo‘jaligi komplekslari masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri”, “Safoyev N.S. — Tashqi aloqalar masalalari axborot-tahlil departamentining bosh mutaxassisi” va “Shermatov S.B. — Agrosanoat va suv xo‘jaligi komplekslari masalalari axborot-tahlil departamentining yetakchi mutaxassisi” so‘zlari tegishli ravishda “lavozimiga ko‘ra — Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri”, “lavozimiga ko‘ra — Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamentining bosh mutaxassisi” hamda “lavozimiga ko‘ra — Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentining yetakchi mutaxassisi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2004-yil 25-fevraldagi 87-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT., 2004-y., 2-son, 15-modda) 1-ilovadagi “Agrosanoat va suv xo‘jaligi komplekslari masalalari axborot-tahlil departamenti” va “Barnoyev O‘.I. — Agrosanoat va suv xo‘jaligi komplekslari masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri” so‘zlari tegishli ravishda “Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamenti” va “lavozimiga ko‘ra — “Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasida islohotlarning amalga oshirilishi monitoringi va faoliyatni litsenziyalash bo‘yicha Respublika komissiyasi tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida” 2004-yil 14-apreldagi 181-son qaroriga 1-ilovadagi “Fayzullayev R.F.” “Azimov R.S.”, “Xanov N.M.” va “Xo‘jayev B.A. — Iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlar yig‘ma axborot-tahlil departamenti mudiri” so‘zlari tegishli ravishda “Xanov N.M.”, “Golishev V.A.”, “Maqsumov N.E.” va “Hayitov A.A. — Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti mudiri” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Vazirlar Mahkamasining “Korxonalarda xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 22-iyuldagi 349-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT., 2004-y., 7-son, 73-modda) 2-ilovadagi “G‘aniyev E.M. — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, ishchi guruh rahbarining o‘rinbosari” so‘zlari chiqarib tashlansin, “Ahmedov T.I. — Tashqi aloqalar masalalari axborot-tahlil departamentining bosh mutaxassisi” so‘zlari esa “lavozimiga ko‘ra — “Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamentining bosh mutaxassisi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
28-ilovadagi “G‘aniyev E.M. — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisi”, “Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasi”, “Safoyev N.S. — Tashqi aloqalar masalalari axborot-tahlil departamentining bosh mutaxassisi”, “Rizayev F.M. — Vazirlar Mahkamasining Tashqi aloqalar masalalari axborot-tahlil departamentining bosh mutaxassisi”, “Abdullayeva Sh.R. — Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisining o‘rinbosari”, “Qodirov F.A. — Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi boshqarmasi boshlig‘i” va “Mursaliyev A.M. — Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari” so‘zlari tegishli ravishda “Azimov R.S. — Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri”, “Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi”, “Abdualiyev A.X. — Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamentining yetakchi mutaxassisi”, “lavozimiga ko‘ra — Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti mudiri o‘rinbosari”, “Hasanov S.S. — Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining o‘rinbosari”, “lavozimiga ko‘ra — Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi boshqarmasi boshlig‘i” va “Mo‘minov A.A. — Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi boshqarmasi boshlig‘i” so‘zlari bilan almashtirilsin, “Islomxo‘jayev X.S. — Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisining o‘rinbosari, komissiya raisining o‘rinbosari” so‘zlari esa chiqarib tashlansin;
11. Vazirlar Mahkamasining “Kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalari davlat komissiyasi (Davlat kimyo komissiyasi) faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 2005-yil 4-yanvardagi 1-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT., 2005-y., 1-son, 1-modda) ilovadagi “Uzoqov U.Y. — Agrosanoat va suv xo‘jaligi komplekslari masalalari axborot-tahlil departamentining bosh mutaxassisi” so‘zlari “lavozimiga ko‘ra — Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentining bosh mutaxassisi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.