05.10.1993 yildagi 481-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.02.2004
Hujjat 05.10.1993 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining Havo kodeksiga, sifat bo‘yicha xalqaro standartlarga, Xalqaro aviatsiya tashkiloti (IKAO)ning tavsiyalariga muvofiq va boshqaruv faoliyatini markazlashtirishdan chiqarish jarayonida parvozlarning xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, iste’molchilarning manfaatlarini himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Havo kodeksining davlat boshqaruvi va parvozlarning xavfsizligini nazorat qilishga oid qismida bayon qilingan Aviatsiya ma’muriyati funksiyasi “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining Davlat boshqaruvi va nazorati bosh inspeksiyasiga yuklatilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Havo kodeksining 96-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 21-maydagi 240-son qarori bilan tasdiqlangan korxonalarga (tashkilotlarga) faoliyatning ayrim turlari bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 2-bandining havo transporti orqali yo‘lovchilar va yuklarni tashishga oid qismiga “Organning nomi” ustunida “Baziplap Mahkamasi” so‘zlari o‘rniga “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi” so‘zlari yozilgan holda o‘zgartirish kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.