Keyingi tahrirga qarang.
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-sentabrdagi 266-sonli “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga asosan 2015-yil 28-noyabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
“Umumiy foydalanishdagi havo, temir yo‘l, ichki suv va avtomobil transporti yo‘lovchilarining majburiy shaxsiy davlat sug‘urtasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ijro etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Havo, temir yo‘l, ichki suv va umumiy foydalanishdagi avtomobil transporti yo‘lovchilarining majburiy shaxsiy davlat sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta summasi O‘zbekiston Respublikasi hududida chipta sotib olgan har bir yo‘lovchi uchun 500000 so‘m miqdorida belgilansin;
sug‘urta to‘lovi: | |
havo, temir yo‘l va ichki suv transporti yo‘llarida | 25 so‘m |
avtomobil transporti yo‘llarida | |
| |
100 so‘mgacha bo‘lganda | 4 so‘m |
101 so‘mdan 200 so‘mgacha bo‘lganda | 6 so‘m |
201 so‘mdan 500 so‘mgacha bo‘lganda | 10 so‘m |
501 so‘m va undan yuqori bo‘lganda | 25 so‘m |
Sug‘urta to‘lovi chipta qiymatiga qo‘shiladi hamda yo‘lovchidan transport korxonasi tomonidan undirib olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Havo, temir yo‘l, ichki suv va umumiy foydalanishdagi avtomobil transporti yo‘lovchilarining majburiy shaxsiy davlat cyg‘urtasini o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat sug‘urtasi bosh boshqarmasi zimmasiga yuklatilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi o‘n kun muddatda havo, temir yo‘l, ichki suv va umumiy foydalanishdagi avtomobil transporti yo‘lovchilarini majburiy shaxsiy davlat sug‘urta qilish qoidalarini tasdiqlasin.
Keyingi tahrirga qarang.