22.08.2003 yildagi 364-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 22.08.2003 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
1. O‘zbekiston musulmonlari idorasi, mutasaddi va daxldor jamoat tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan Din sohasidagi ma’naviy-ma’rifiy va ta’lim ishlarini takomillashtirish dasturi (1-ilova*) ma’qullansin. Tegishli davlat idoralari va mahalliy hokimiyatlar tomonidan Dasturni bajarilishiga yetarlicha ko‘mak va yordam berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Madaniy meros obyekti sifatida davlat ro‘yxatiga olingan diniy obidalar (3-ilova) belgilangan tartibda joylardagi Madaniy yodgorliklarni saqlash va ulardan foydalanish inspeksiyalari bilan tuzilgan Foydalanish va muhofazalash shartnomalari asosida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufiga foydalanish uchun berilsin hamda to‘planadigan xayriya mablag‘larining maqsadli ishlatilishi yuzasidan nazorat o‘rnatilsin.