LexUZ sharhi
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-maydagi 12/5-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3253, 30.06.2020-y.) asosan 2020-yil 1-oktabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi va “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan bankni ixtiyoriy ravishda tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan va bankdan bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya qaytarib olingan hollarda banklarni tugatish tartibini belgilab beradi.
Mazkur Nizom sudning bankni bankrot deb tan olinishi to‘g‘risidagi qaroriga ko‘ra tugatilishi hollariga taalluqli emas.
bankni tugatish — boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga huquqiy vorislik tartibida huquqlar va majburiyatlar o‘tmagan holda bank faoliyatini tugatish;
tugatuvchi yoki tugatish komissiyasi (keyingi o‘rinlarda tugatuvchi) Markaziy bank bilan kelishilgan holda aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan tayinlanadi.
Tugatish komissiyasi tarkibiga Markaziy bank va uning bank joylashgan manzil bo‘yicha hududiy Bosh boshqarmasi mutaxassislari kiritilishi mumkin.
1.2. Banklar O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida ko‘zda tutilgan asoslar va tartib bo‘yicha, bank qonunchiligi va mazkur Nizom bilan belgilangan xususiyatlarni hisobga olgan holda tugatiladi.
Tugatish jarayonining maqsadi bank omonatchilari va kreditorlari talablarini tezlik bilan qondirishdan iborat.
1.3. Bank ixtiyoriy yoki majburiy ravishda tugatilishi mumkin (Markaziy bank tomonidan bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun berilgan litsenziya chaqirib olinganida).
Litsenziya chiqarib olinganligi haqidagi ma’lumot ommaviy axborot vositalarida, shuningdek Markaziy bankning rasmiy veb-saytida e’lon qilinishi lozim.
b) Markaziy bank ruxsati mavjud bo‘lgan holda aksiyadorlar yoki muassislar (ishtirokchilar) umumiy yig‘ilishining bankni ixtiyoriy ravishda tugatish to‘g‘risidagi qarori.
1.5. Bank tugatilganda, unga berilgan bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya Markaziy bank tomonidan chaqirib olinadi.
1.6. Bankni tugatish jarayoni Markaziy bank Boshqaruvining litsenziyalarni qaytarib olish to‘g‘risidagi qarori chiqqan kundan boshlangan deb hisoblanadi. Markaziy bank Boshqaruvining litsenziyalarni qaytarib olish to‘g‘risidagi qarori u qabul qilingan vaqtdan boshlab kuchga kiradi.
Qaror u qabul qilingan kuni bank rahbariyatiga (mazkur qarorni olganligi to‘g‘risida) imzo qo‘ydirilgan holda topshiriladi.
1.7. Bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani chaqirib olish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin, Markaziy bank Banklarni ro‘yxatga olish Davlat kitobiga bankda tugatish jarayoni ketayotganligi to‘g‘risidagi yozuvni kiritadi.
1.8. Tugatuvchi bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya chaqirib olingan kundan so‘ng ikki oy mobaynida kreditorlarni aniqlash va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki majburiy zaxiralar jamg‘armasida depozitga o‘tkazilgan debitorlik qarzlari va mablag‘larni olish choralarini ko‘radi. Ko‘rsatilgan mablag‘lar birinchi navbatda tugatilayotgan bankning fuqarolar omonatlari bo‘yicha qarzlarini to‘lashga yo‘naltiriladi.
Tugatilayotgan bankning Markaziy bank majburiy zaxiralar hisobvarag‘ida hisobda turgan mablag‘lari tugatuvchi tomonidan bankni tugatish jarayoni boshlanganligi to‘g‘risidagi tasdiqnoma taqdim etilganidan so‘ng uch kunlik muddatda tugatilayotgan bank joylashgan erdagi Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmasi huzuridagi Hisob-kitob-kassa markazida ochiladigan bankning tugatish hisobvarag‘iga qaytariladi.
1.9. Markaziy bank Boshqaruvining litsenziyani qaytarib olish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan kundan boshlab bankni tugatish jarayoni yakunlanishiga qadar quyidagi cheklashlar belgilanadi:
a) aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi, boshqa organlar va bank mansabdor shaxslarining vakolatlari, jumladan mulkni tasarruf etish va majburiyatlarni so‘ndirish bo‘yicha vakolatlari, shuningdek ularning bankni boshqarish huquqlari to‘xtatib qo‘yiladi. Bunda aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining tugatuvchining hisobotlarini maslahatli tarzda muhokama qilish, tugatish balansini tasdiqlash hamda tugatuvchini tayinlash va qayta tayinlash huquqlari saqlanib qoladi;
b) tugatilayotgan bank nomidan yoki uning hisobidan amalga oshirilgan harakatlar ular faqat likvidator tomonidan bajarilgan holdagina yuridik kuchga ega bo‘lishi mumkin;
g) tugatilayotgan bankning majburiyatlari, jumladan bank omonatlari va/yoki bank hisobvaraqlariga oid shartnomalar bo‘yicha foizlarni, shuningdek neustoykalarni hisoblash tugatiladi;
d) tugatilayotgan bank ishtirokida sudda ko‘rilayotgan mulkiy xususiyatga ega bo‘lgan tortishuvlar agar ularga doir qabul qilingan qarorlar qonuniy kuchga kiritilmagan bo‘lsa to‘xtatiladi;
e) bankka tegishli mulkiy xususiyatga ega bo‘lgan barcha talablar faqat likvidator nomiga bildirilishi hamda mazkur nizom va amaldagi qonunchilikda ko‘zda tutilgan tartibda ko‘rib chiqilishi mumkin;
j) tugatish jarayoni boshlangunga qadar sud tomonidan qabul qilingan qarorlar va tugatilayotgan bankka nisbatan mulkiy talablarga oid sudning ijro hujjatlari qonunchilikda belgilangan navbat tartibida ijro etilishi uchun tugatish komissiyasiga topshiriladi.
1.11. Markaziy bank bankni tugatish jarayonini nazorat qilib turishi shart. Ushbu maqsadlarda Markaziy bank muntazam ravishda bank aktivlarini baholash, bu aktivlarni tugatish va daromadlarni taqsimlash to‘g‘risida hisobotlar olib turadi.
1.13. Likvidator, ekspertlar va tugatish jarayonida band bo‘lgan boshqa shaxslar faoliyatiga haq to‘lash shartlari likvidator tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda ishlab chiqiladigan tugatish rejasida qayd etiladi.
1.14. Bankni tugatish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar mazkur bank hisobidan amalga oshiriladi. Banklarni tugatishga doir xarajatlarni Markaziy bank tomonidan moliyaviy ta’minlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Tugatilayotgan bank majburiyatlariga doir hisob-kitoblarni bajarishda tugatish bilan bog‘liq xarajatlar navbatdan tashqari tartibda amalga oshiriladi.
1.15. Likvidator yoki tugatish komissiyasi a’zolari tomonidan amaldagi qonunchilik buzilgan hollarda, Markaziy bank boshqa likvidator yoki tugatish komissiyasi a’zolarini tayinlashni talab qilishga haqli.
1.16. Bank tugatilguniga qadar u Markaziy bank nazorati ostida bo‘ladi va Markaziy bank uni tekshirib turish huquqiga egadir.
1.17. Markaziy bankning bankni ixtiyoriy tugatilishini rad etishi, shuningdek bankni majburiy tugatish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
2.1. Bankni ixtiyoriy ravishda tugatish kreditorlar va omonatchilar oldida majburiyatlar bajarilishini ta’minlash imkoniyatiga ega bo‘lgan bank aksiyadorlari (ishtirokchilari) umumiy yig‘ilishi tomonidan bankni ixtiyoriy ravishda tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 56-son qarori bilan tasdiqlangan Bank faoliyati sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi mumkin.
2.3.4. Markaziy bankning ixtiyoriy tugatish uchun ruxsatnomasini olganidan so‘ng tugatuvchi ommaviy axborot vositalarida, shuningdek bankning korporativ veb-saytida bank tugatilayotganligi, jumladan uning kreditorlari tomonidan talablar to‘g‘risidagi arizalarni taqdim etish tartibi va muddatlari haqida e’lon berishi lozim. Tugatuvchi shuningdek qimmatli qog‘ozlar bozorida tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilish bilan bog‘liq ma’lumotlarni belgilangan tartibda oshkor qilishi shart.
2.3.5. Talab qilinayotgan barcha choralar bajarilgach, tugatish komissiyasi aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tasdiqlaganidan so‘ng 7 kun ichida Markaziy bankka hisobot va tugatish balansini taqdim etishi lozim.
3.1. Bankni majburiy tarzda tugatish Markaziy bankning bank litsenziyasini chaqirib olish to‘g‘risidagi qaroriga asosan amalga oshiriladi.
3.2. Markaziy bankning litsenziyani qaytarib olish to‘g‘risidagi qaroriga asosan bankni majburiy ravishda tugatish quyidagi asoslarga ko‘ra amalga oshiriladi:
v) bank o‘z omonatchilari yoki boshqa kreditorlari oldidagi majburiyatlarni bajarishga layoqatsizligi;
d) qonunchilikka hamda omonatchilar va kreditorlar manfaatlariga real xavf soluvchi litsenziya shartlariga zid bo‘lgan bank operatsiyalarining amalga oshirilishi;
e) litsenziya berilgan vaqtdan boshlab bir yildan ortiq muddatda bank operatsiyalarini bajarishni kechiktirish;
z) O‘zbekiston Respublikasi hududida shu’ba bankni tashkil etgan xorijiy davlat bankining litsenziyasi chaqirib olinishi;
i) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishi.
Mazkur Nizom maqsadlarida bank tomonidan yo‘l qo‘yilgan omonatchilar va kreditorlar manfaatlariga real xavf soluvchi tartibbuzarliklarga quyidagilar kiradi:
g) bank tomonidan hujjatlar yoki yozishmalarning Markaziy bank inspektorlaridan yashirilishi yoki bank nazorati xizmatiga talab etilgan hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortilishi.
3.3. Bank faoliyati omonatchilar va kreditorlar manfaatlariga real xavf soladi deb tan olinadi, agar:
bank kapitalining yetarlilik koeffitsiyenti darajasi Markaziy bank belgilagan ushbu iqtisodiy me’yorning 75 foizidan kam bo‘lishi;
bank ketma-ket keluvchi har uch chorakda bank regulyativ kapitalining 10 foizidan yoki vaqtdan qat’i nazar regulyativ kapitalning 50 foizidan ortiq miqdorda potensial zarar ko‘rishi yoki ko‘rishi mumkin ekanligi;
boshqa hollar omonatchilar va kreditorlarning bankka ishonib topshirgan mablag‘lari butligiga real xavf solsa.
4.2. Likvidator tayinlangan vaqtdan boshlab va Markaziy bank bilan kelishilgan holda uning zimmasiga quyidagi majburiyatlar yuklanadi:
v) kreditorlar talablarini eng yuqori ravishda qondirilishini ta’minlovchi narxda bank aktivlarini sotish;
g) har uch oyda kamida bir marta tugatish jarayoni, jumladan, sotilayotgan aktivlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni batafsil aks ettiradigan muntazam hisobotlarni tuzish hamda bu hisobotlarni Markaziy bankka taqdim etish.
4.3. Likvidator noqonuniy yoki atayin noto‘g‘ri qilingan harakatlar (harakatsizlik) natijasida bankka keltirilgan zarar uchun javobgardir.
4.4. Likvidator tugatish bilan bog‘liq me’yordagi operatsiya tavakkalchiligi toifasiga kiruvchi zararlar uchun javob bermaydi.
a) bank aktivlarini aniqlash hamda tugatish maqsadlarini hisobga olgan holda mulk egasi va bank boshqaruvi organlari vakolatlari doirasida ularni tasarruf etish;
b) bank nomidan tugatish ishlari va bank faoliyatini yakunlash maqsadlariga muvofiq bank rahbariyati vazifalarini bajarish;
g) bank hujjatlari va mulki, shuningdek garov ta’minoti sifatida berilgan boshqa mol-mulk butligini ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar ko‘rish;
d) tugatish jarayonini amalga oshirish uchun mustaqil mutaxassislar tarkibidan xodimlarni, shuningdek o‘z xohishiga ko‘ra bank xodimlarini (qorovullardan tortib malakali maslahatchilargacha) shartnoma asosida yollash. Bank kreditorlari bu jarayonga xodimlar sifatida jalb etilishi mumkin emas;
e) tugatilayotgan bankning moliyaviy ahvolini hisobga olgan holda, mehnat qonunchiligiga muvofiq xodimlarga ish haqi va boshqa to‘lovlarni belgilash;
z) omonatchilar va kreditorlarning talablarini qondirish uchun mablag‘lar yetishmasa tugatuvchi bank mulkini sotish huquqiga ega;
i) bank nomidan talablar qo‘yish, bank kreditorlari talablarining qonuniyligini aniqlash va qonuniy deb topilgan talablarni qondirish.
4.6. Likvidator tayinlangunga qadar oxirgi uch oy davomida kreditorlarning biriga yoki bank bilan aloqador istalgan shaxsga imtiyoz berish maqsadida amalga oshirilgan to‘lovlar va boshqa aktiv operatsiyalar likvidator tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin, omonatlarni olish, ish haqiga doir oddiy to‘lovlar yoki boshqa mukofotlar bundan mustasno. Bu holda tugatuvchi amalga oshirilgan to‘lov yoki bankning boshqa aktiv operatsiyalari haqiqiy emas deb tan olinishi to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat qiladi.
5.1. Kelib tushayotgan barcha depozitlar va garov xatlari ijro etilmay, bank tugatilayotgani haqidagi xabarnoma bilan jo‘natuvchiga qaytarilishi shart.
Tugatish jarayoni boshlangach, tugatuvchi bank mulkini inventarlashni tashkil etishi va oraliq balansni tuzishi shart.
5.2. Markaziy bank tomonidan bankni tugatish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab tugatuvchi bank aktivlari ustidan jismoniy nazoratni ta’minlashi shart. Bu quyidagilarni anglatadi:
a) xavfsizlik xizmati, militsiya organlari va boshqa mavjud vositalardan foydalangan holda bank binolari va jihozlari butligini ta’minlash;
b) qimmatbaho buyumlar, shu jumladan, naqd pul, qimmatli qog‘ozlar, avtomobillar va san’at asarlarini tugatuvchining ixtiyoriga o‘tishi;
g) bank hujjatlari va mulkidan foydalanishni nazorat qilish maqsadida qo‘riqlash xizmatini almashtirish.
5.3. Firibgarlik yoki jinoiy faoliyat to‘g‘risida shubha tug‘dirayotgan hollar (ayniqsa chet el valyutasi hisobvaraqlarida) aniqlansa, likvidator zarur choralar ko‘rish uchun bu haqda zudlik bilan Markaziy bankka tegishli chora ko‘rish uchun ma’lum qilishi zarur.
5.4. Bankning barcha ishlari nihoyasiga yetkazilishi, jumladan bankning tugatish jarayoni boshlangunga qadar ssudalarni qoplash uchun olingan mablag‘lar va harakatsiz depozitlar, yordamchi va bosh daftarlarga kiritilishi shart.
5.6. Likvidator Markaziy bankning bank joylashgan erdagi hisob-kitob-kassa markazida “X banki tugatilmoqda” degan maxsus tugatish hisobvarag‘ini ochadi. Chet el valyutasi ular uchun mo‘ljallangan alohida tugatish hisobvaraqlarida saqlanishi zarur. Bank resurslari ushbu hisobvaraqlarga o‘tkaziladi. Faqat likvidator tugatish hisobvaraqlaridan foydalanishning mutlaq huquqiga ega.
5.8. Likvidator bankning vakillik hisobvaraqlari, ayniqsa chet el banklaridagi hisobvaraqlar ustidan alohida nazorat o‘rnatishi zarur. Likvidator bank mablag‘lari saqlanayotgan barcha respublika va chet el moliya muassasalariga bank tugatilayotgani hamda ularning mablag‘larini o‘tkazish faqat likvidatorning ruxsati bilangina amalga oshirilishi mumkinligi to‘g‘risida xabar berishi kerak. Bunday xabarlar shoshilinch ravishda berilishi lozim. Yozma xabarlarni jo‘natishdan oldin ularni oluvchilarga bu haqda telefon orqali ma’lum qilish kerak. Agarda bank filiallari yoki chet el hisob raqamlarida mablag‘lar mavjud bo‘lsa, ularni telegraf orqali “X bank tugatilmoqda” — tugatish hisobvarag‘iga o‘tkazish lozim.
6.1. Likvidator aktivlarni tekshirib, zarur bo‘lgan bildirishnomalarni jo‘natgach, quyidagilar asosida tugatish hisobotini tayyorlashi lozim:
7.2. Milliy va chet el valyutalaridagi banknotlar, tangalar va bank vakillik hisobvaraqlaridagi mablag‘lar shaklidagi moliyaviy aktivlar nominal qiymati bo‘yicha baholanadi.
7.4. Bank kreditlari portfeli berilgan kreditlarni uchinchi tomonga sotish yoki bu qarzlar bo‘yicha mablag‘larni olish imkonini beradigan boshqa yo‘l bilan tugatiladi.
7.5. “Standart kreditlar” sifatida tavsiflangan kreditlar bozor narxida sotilishi kerak. “Standart kreditlar” sifatida tavsiflangan kreditlar o‘z nominal qiymatidan past narxda sotilganda tugatuvchi tugatish to‘g‘risidagi hisobotda ushbu narxlarni asoslashga majbur. Bunda kreditning nominal qiymati u sotilgan sanaga qarab belgilanadi va kreditning so‘ndirilmagan qismi, shuningdek u bo‘yicha hisoblangan va olinmagan foizlar summasidan tarkib topadi.
7.6.1. Ssuda qiymati uning nominal qiymatiga tenglashtiriladi. Bunday qarzlarni odatda banklar va boshqa moliya kompaniyalari xarid qiladi.
7.6.2. Muammoli qarzlarni sotish uchun yakka tartibdagi xaridorlarga shartnoma bo‘yicha sotish, tanlab olingan qatnashchilar guruhi o‘rtasida xususiy raqobat savdolari, shuningdek kimoshdi savdolari kabi usullardan foydalaniladi.
7.6.3. Qarzlarni boshqa xaridorlarga sotish imkoniyati bo‘lmagan hollarda ularni qarzdorning o‘ziga nominal qiymatidan kam bahoda sotish mumkin. Likvidator har bir shunday holni tugatish hisobotida asoslab berishi shart.
7.6.4. Muammoli kreditlarni sotish imkoni bo‘lmasa likvidator garovga qo‘yilgan mulkni sotish chorasini ko‘radi yoki qarzdorning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi da’vo bilan sudga murojaat qiladi.
7.8. Nomoliyaviy aktivlar likvidator tomonidan baholovchi tashkilot ishtirokida baholanadi. Tugatuvchi nomoliyaviy aktivlar narxiga ta’sir etuvchi barcha axborot va omillarni o‘rganadi va shular asosida taxminiy sotuv narxini belgilaydi. Binolar, inshootlar va transport vositalari ko‘chmas mulkni baholashga doir belgilangan talablarga muvofiq baholanadi.
7.9. Nomoliyaviy aktivlar baholanganidan keyin tugatuvchi potensial xaridorlarga aktivlar sotilishi ko‘zda tutilayotganligi haqida xabar beradi yoki qonunchilik va mazkur Nizomda ko‘zda tutilgan hollarda bank mulkini sotadi.
7.10. Xaridorlar bilan muzokaralar davomida sotilayotgan nomoliyaviy aktivlarning dastlabki narxi o‘zgarishi mumkin. Agarda aktiv hisob-kitob qiymatidan ancha past narxda sotilsa, likvidator ushbu hol ro‘y berishi sabablarini hujjatlashtirishi shart. Ko‘rsatilgan hujjatlar hisobotda aks ettiriladi va unga ilova qilinadi.
8.1. Lavozimga tayinlanganidan keyin ikki ish kuni mobaynida tugatuvchi ommaviy axborot vositalarida, shuningdek bankning korporativ veb-saytida bank tugatilganligi, jumladan uning kreditorlari tomonidan talablar to‘g‘risidagi arizalarni taqdim etish tartibi va muddatlari haqida e’lon berishi lozim. Talablarni taqdim etish muddati bank tugatilganligi haqidagi xabar e’lon qilingan sanadan boshlab 2 oyni tashkil etadi, ushbu muddat tugaganidan keyin tugatuvchi tomonidan talablar qabul qilinmaydi.
Tugatuvchi shuningdek qimmatli qog‘ozlar bozorida tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilish bilan bog‘liq ma’lumotlarni belgilangan tartibda oshkor qilishi shart.
8.2. Likvidator bankni tugatish ishlari boshlanganligi to‘g‘risida barcha kreditorlar va omonatchilarni yozma ravishda xabardor qiladi. Bunda tugatuvchi xabarnomada ularning shaxsiy hisobvaraqlarida qayd etilgan qarz yoki omonat miqdorini ko‘rsatadi.
8.3. Xabarnomada likvidator da’volarni berish muddatini ma’lum qiladi. Ushbu muddat tugagach, da’volar qabul qilinmaydi va ko‘rib chiqilmaydi.
8.4. Kreditorlar va tugatilayotgan bankning o‘zaro majburiyatlari mavjud bo‘lsa, ular o‘zaro qoplanishiga yo‘l qo‘yiladi.
avtomatik ravishda o‘zaro qoplashga yo‘l qo‘yilmaydi, tomonlar bir-biriga ariza bilan murojaat qilishlari shart;
turli valyutalardagi majburiyatlarning o‘zaro qoplanishi Markaziy bankning uni bajarish kunidagi ayirboshlash kursi bo‘yicha amalga oshiriladi;
bankka aloqador shaxslar bank oldidagi majburiyatlarini bajarmasa, ularga bankning boshqa qarzdorlariga qo‘yilayotgan talablar qo‘yiladi;
aksiyadorning aksiyadorlik kapitalini to‘lashga doir bank oldidagi majburiyatlari bankning ushbu aksiyador oldidagi boshqa majburiyatlari bilan qoplanishi mumkin emas.
8.6. Bank tugatilayotganda uning kreditorlari talablari amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda qondiriladi.
Jismoniy shaxs bo‘lgan omonatchilar tugatishdan kelib tushgan tushumlar hisobiga o‘z omonatlarini olishda ustuvorlikka egadirlar.
8.7. Tugatilayotgan bankning mulki bir navbatdagi barcha talablarni to‘liq qondirish uchun yetarli bo‘lmasa, mavjud mablag‘lar amaldagi qonunchilikka muvofiq kreditorlar o‘rtasida taqsimlanadi.
8.9. Likvidator kreditorlar tomonidan talablarni bildirish muddati tugaganidan so‘ng kreditorlar talablarini qondirishga doir quyidagi choralarni ko‘rishi lozim:
8.10. Kreditorlar talablarini qondirish rad etilganligi to‘g‘risida ularning manziliga yozma tarzda xabarnoma jo‘natiladi.
8.11. Kreditor talablarini qondirish rad etilgan yoki uni ko‘rib chiqishdan bosh tortilgan holda u likvidatorga nisbatan da’vo bilan sudga murojaat qilishi mumkin.
8.12. Tugatilayotgan bankning pul mablag‘lari kreditorlar talablarini qondirish uchun mavjud bo‘lmasa, tugatish komissiyasi sud qarorlari ijrosi uchun belgilangan tartibda kimoshdi savdolari orqali bank mulkini sotadi.
8.13. Tugatilayotgan bankning mulki yetarli bo‘lmaganligi tufayli kreditorning qondirilmagan talablari to‘langan hisoblanadi.
Shuningdek kreditor da’vo bilan sudga murojaat qilmagan bo‘lsa, tugatuvchi tomonidan tan olinmagan hamda sud qarori bilan kreditorning talablari qondirilishi rad etilgan talablar to‘langan hisoblanadi.
8.14. Kreditorlar talablari qondirilganidan so‘ng qolgan bank mulki qonunchilikda belgilangan tartibda taqsimlash uchun bank aksiyadorlariga beriladi.
9.1. Tugatish ishlari yakunlanganidan so‘ng likvidator bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi yakuniy hisobotni va tugatish balansini tuzadi.
aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yig‘ilishining bankni tugatish to‘g‘risidagi bayonnomasi (ixtiyoriy ravishda tugatilganda);
bank elektron bazasidagi hujjatlar va ma’lumotlarni arxivda saqlash uchun qabul qilish-topshirish dalolatnomasi;
9.3. Markaziy bank taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqib, bankni Banklarni ro‘yxatga olish Davlat kitobidan chiqarib tashlash to‘g‘risidagi qarorni qabul qiladi.
9.4. Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 25-sentabrdagi 274-son qarori bilan tasdiqlangan Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, davlat statistikasi organlariga bank tugatilganligi to‘g‘risida xabar yuboradi.
9.5. Bank tugatilganidan so‘ng uning arxivi, shu jumladan tugatish komissiyasining operatsiyalari bo‘yicha hujjatlar, tugatuvchi tomonidan bank joylashgan joydagi davlat arxiviga belgilangan tartibda topshiriladi.
Tugatuvchi tayinlanganidan so‘ng u darhol bank xodimlari va aksiyadorlarining nazoratsiz ravishda aktivlardan foydalanishining oldini olish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni ko‘rishi shart. Bunda u quyidagilarni amalga oshirishi lozim:
9. Bank ichki xavfsizlik xizmati yetib kelguniga hamda qulflar va kombinatsiyalar almashtirilguniga qadar bank omborxonasini nazorat qilish uchun xodim tayinlash.
14. Bankning binodan tashqarida joylashgan mol-mulki, jumladan, yengil avtomobillar va kredit varaqchalarini tekshirish.