O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini joriy etish tartibi haqida” 1993-yil 3-sentabrdagi qarorini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
talab qilinadigan umumiy va maxsus ish staji bo‘lganda yoshidan qat’i nazar, pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar va lavozimlarning 1-ro‘yxati*;
talab qilinadigan umumiy va maxsus ish staji bo‘lganda umumiy belgilangan yoshdan 10 yil oldin pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlarning 2- ro‘yxati*;
talab qilinadigan umumiy va maxsus ish staji bo‘lganda umumiy belgilangan yoshdan 5 yil oldin pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlarning 3-ro‘yxati*.
LexUZ sharhi
Qarang: “Imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlar ro‘yxatlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 2337, 12.03.2012-y.).
Oldingi tahrirga qarang.
2-ro‘yxatning 1-qismi va 3-ro‘yxatning 1-qismi ish o‘rnini mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazishni hisobga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi belgilagan tartibda tatbiq etiladi;
mulkchilik shakllari va qaysi idoraga qarashliliklaridan qat’i nazar, korxonalarda imtiyozli pensiya ta’minoti bo‘yicha ro‘yxatlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi ustidan nazoratni O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi amalga oshiradilar.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 1-martdagi 103-sonli qarori tahririda O‘R QHT, 2001-y., 5-son, 20-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga yoshi bo‘yicha imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlar Ro‘yxatini tatbiq qilish tartibi to‘g‘risida tushuntirishlar berish, shuningdek, kelishgan holda ushbu Ro‘yxatga qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 1-martdagi 103-sonli qarori tahririda O‘R QHT, 2001-y., 5-son, 20-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining buyurtmanomasi bo‘yicha 1994-yilning 1-iyunigacha imtiyozli pensiya ta’minoti haqidagi normativ hujjatlar to‘plamining nashr etilishini ta’minlasin.O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi to‘plamning nashr qilinishi uchun kerakli mablag‘larni izlab topsin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 1-martdagi 103-sonli qarori tahririda O‘R QHT, 2001-y., 5-son, 20-modda)