LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-avgustdagi 361-son “O‘zavtoyo‘l” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi huzuridagi respublika yo‘l jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil yo‘llari qurish va foydalanish “O‘zavtoyo‘l” davlat-aksionerlik konsernini tashkil etish va uning faoliyati masalalari to‘g‘risida” 1993-yil 5-fevraldagi 58-son qarori asosida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish, qayta qurish, tuzatish, saqlashni mablag‘ bilan ta’minlash, shuningdek, respublika yo‘l tarmoqlarining samarali ishlashini ta’minlash maqsadida “O‘zavtoyo‘l” konserni tarkibida mustaqil moliya-kredit davlat muassasasi — Respublika yo‘l jamg‘armasi, avtomobil yo‘llari hududiy davlat-aksionerlik birlashmalari va tuman boshqarmalarida esa — tegishli ravishda viloyat va mahalliy yo‘l jamg‘armalari tashkil etilsin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi avtomobil yo‘llari tarmoqlarini saqlash va rivojlantirish uchun mablag‘larni shakllantirish va ulardan foydalanish Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilanadi.
2. Respublika yo‘l jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini tuzatish va saqlashga mablag‘lar, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar va tashkilotlar tomonidan, shu jumladan xorijiy investitsiyalar jalb qilingan korxonalar va tashkilotlar tomonidan quyidagi miqdorlarda ajratiladi:
korxonalar, xo‘jaliklar, tashkilotlar tomonidan mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarishning amaldagi hajmidan mablag‘lar ajratish — 1,5 foiz miqdorida;
Keyingi tahrirga qarang.
tayyorlovchi, vositachi korxonalar, savdo korxonalari, shu jumladan umumiy ovqatlanish korxonalari, ta’minot-sotish tashkilotlari tomonidan mablag‘lar ajratish — amaldagi tovar aylanishidan — 1,0 foiz miqdorida;
Keyingi tahrirga qarang.
banklar (Markaziy bank tizimi bundan mustasno), sug‘urta tashkilotlari, videosalonlar (videoko‘rsatuv punktlari), kim oshdi savdolari, kazinolar, nusxa ko‘paytirishdan, video va audio kassetalar ijarasidan, pul yutug‘i bo‘lgan o‘yin avtomatlaridan foydalanishdan, lotereya o‘yinlari, ommaviy konsert-tomosha tadbirlari o‘tkazishdan daromad oluvchi korxonalar tomonidan mablag‘lar ajratish — amaldagi daromadning 1,5 foizi miqdorida;
Keyingi tahrirga qarang.
avtotransportga ega bo‘lgan barcha korxonalar va tashkilotlarning avtomobil transporti hamda avtotransport vositalaridan foydalanish bo‘yicha daromadlaridan ajratmalar — 2,5 foiz miqdorida;
Keyingi tahrirga qarang.
sotib olingan avtotransport vositalarining, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, xaridorlari tomonidan to‘lanadigan ushbu vositalar qiymatidan yig‘imlar:
boshqa avtotransport vositalari: yuk avtomobillari, avtobuslar, maxsus avtomobillar narxidan — 20 foiz miqdorida;
“O‘zavtoyo‘l” konserni korxonalari va tashkilotlari mol-mulkini sotib olishdan budjetga tushadigan mablag‘lar umumiy miqdoridan ajratmalar — 50 foiz miqdorida;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida yonilg‘i-moylash materiallari sotish hajmidan ajratmalar — 7 foiz miqdorida;
xorijiy davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi uchun to‘lovlar, bitta avtotashuvchi kirganligi uchun AQSh dollarida — 400 AQSh dollari miqdorida;
tushumlarning boshqa manbalari — lotereyalar, zayomlar va xayriya badallari, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan jarimalar.
(qaror 3-bandining “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 11-apreldagi 140-son qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
b) yo‘l jamg‘armalari mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasining quyidagi bank muassasalarida: Respublika jamg‘armasi mablag‘lari — “O‘zavtoyo‘l” konserni schyotida, viloyat va mahalliy yo‘l jamg‘armalari avtomobil yo‘llari hududiy davlat aksionerlik birlashmalarining va tuman boshqarmalarining schyotlarida saqlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
v) yo‘l jamg‘armalari mablag‘lari respublika davlat budjetining, boshqa jamg‘armalarning tarkibiga kirmaydi va musodara qilinishi mumkin emas. Joriy yilda foydalanilmagan mablag‘lar keyingi yillarga o‘tkaziladi va ular maqsad bo‘yicha sarflanadi.
(qaror 3-bandining “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 3-fevraldagi 55-son qarori tahririda — O‘R HQT, 1998-y., 2-son, 6-modda)
4. Vazirliklar, konsernlar va idoralarga, mulkchilik shaklidan va idoraviy mansubligidan qat’iy nazar, xo‘jalik tashkilotlariga Respublika yo‘l jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish ulardan foydalanish to‘g‘risida Nizomga muvofiq barcha korxonalar tomonidan tegishli yig‘imlar, ajratmalar o‘tkazilishini ta’minlash majburiyati yuklatilsin.
5. “O‘zavtoyo‘l” konserniga Respublika yo‘l jamg‘armasi mablag‘larini tasarruf etish, hududiy davlat aksionerlik birlashmalariga va tuman avtomobil yo‘llari boshqarmalariga viloyat va mahalliy yo‘l jamg‘armalarni tasarruf etish;
tuman avtomobil yo‘llari boshqarmalariga, davlat hududiy aksionerlik birlashmalariga, “O‘zavtoyo‘l” konserniga, muddati o‘tib ketgan to‘lovlar bo‘yicha mablag‘larni yo‘l jamg‘armalariga shak-shubhasiz undirib olish huquqi berilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat avtomobil nazorati organlariga xarid qilingan avtotransport vositalari qiymatidan yig‘imlar to‘langanligi to‘g‘risidagi kvitansiyasiz transport vositalarini ro‘yxatdan, qayta ro‘yxatdan va texnik ko‘rikdan o‘tkazmaslik yuklatilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasining vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralariga “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va mazkur qarorga zid bo‘lgan idoraviy normativ hujjatlarni (yo‘riqnomalar, qoidalar, buyruqlarni) qayta ko‘rib chiqish va bekor qilish topshirilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining avtomobil yo‘llari masalalari bo‘yicha qarorlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari yo‘l organlariga yo‘l jamg‘armasi mablag‘larini yig‘ishda hamma joyda yordam ko‘rsatsinlar. Bunda yo‘l jamg‘armasi mablag‘laridan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llariga taalluqli bo‘lmagan maqsadlarga ajratish man etilsin.
(qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-dekabrdagi 466-son qaroriga muvofiq 9-band bilan to‘ldirilgan — O‘R HQT, 1996-y., 12-son, 39-modda)
1. “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq, yo‘l ishlarini (umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish, qayta qurish, tuzatish va saqlash) mablag‘ bilan ta’minlash yo‘l jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi yo‘l jamg‘armasi mablag‘lari yo‘l organlari tomonidan avtomobil yo‘llarining ahamiyatiga bog‘liq ravishda respublika, viloyat va tuman yo‘l jamg‘apmalapiga o‘tkaziladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 3-fevraldagi 55-son qarori tahririda — O‘R HQT, 1998-y., 2-son, 6-modda)
3. Respublika yo‘l jamg‘armasi mablag‘lari respublika yo‘l xo‘jaligini rivojlantirish davlat dasturini va fan texnika taraqqiyotini, xodimlar malakasini oshirishni, yo‘l xo‘jaligini oshirishni mablag‘ bilan ta’minlashga sarflanadi. Respublika yo‘l jamg‘apmacidan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari tarmoqlarining rivojlanish darajasini tenglashtirish va tabiiy ofatlarni bartaraf etish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasiga va viloyatlarga subvensiya va dotatsiyalar ajratilishi mumkin.
4. Viloyat va tuman yo‘l jamg‘armalari mablag‘lari umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish, tuzatish, qayta qurish va saqlashni mablag‘ bilan ta’minlashga sarflanadi.
5. Yo‘l jamg‘armalari mablag‘lari musodara qilinishi va umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish, tuzatish, qayta qurish va saqlash bilan bog‘liq bo‘lmagan ehtiyojlar uchun sarflanishi mumkin emas. Joriy yilda foydalanilmagan mablag‘lar zaxira jamg‘armasiga o‘tkaziladi va ular kelgusi davrda maqsadga muvofiq sarflanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
korxonalar, xo‘jaliklar, tashkilotlar tomonidan mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarishning amaldagi hajmlaridan mablag‘lar ajratish — 1,5 foiz miqdorida;
Keyingi tahrirga qarang.
tayyorlovchi, vositachi korxonalar, savdo korxonalari, shu jumladan umumiy ovqatlanish korxonalari, ta’minot-sotish tashkilotlari tomonidan mablag‘lar ajratish — amaldagi tovar aylanishidan — 1,0 foiz miqdorida;
Keyingi tahrirga qarang.
banklar (Markaziy bank tizimi bundan mustasno), sug‘urta tashkilotlari, videosalonlar (videoko‘rsatuv punktlari), kim oshdi savdolari, kazinolar, nusxa ko‘paytirishdan, video va audio kassetalar ijarasidan, pul yutug‘i bo‘lgan o‘yin avtomatlaridan foydalanishdan, lotereya o‘yinlari, ommaviy konsert-tomosha tadbirlari o‘tkazishdan daromad oluvchi korxonalar tomonidan mablag‘lar ajratish — amaldagi daromadning 1,5 foizi miqdorida;
Keyingi tahrirga qarang.
avtotransportga ega bo‘lgan barcha korxonalar va tashkilotlarning avtomobil transporti hamda avtotransport vositalaridan foydalanish bo‘yicha daromadlaridan ajratmalar — 2,5 foiz miqdorida;
Keyingi tahrirga qarang.
sotib olingan avtotransport vositalarining, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, xaridorlari tomonidan to‘lanadigan ushbu vositalar qiymatidan yig‘imlar:
boshqa avtotransport vositalari: yuk avtomobillari, avtobuslar, maxsus avtomobillar narxidan — 20 foiz miqdorida;
“O‘zavtoyo‘l” konserni korxonalari va tashkilotlari mol-mulkini sotib olishdan budjetga tushadigan mablag‘lar umumiy miqdoridan ajratmalar — 50 foiz miqdorida;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida yonilg‘i-moylash materiallari sotish hajmidan ajratmalar — 7 foiz miqdorida;
xorijiy davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi uchun to‘lovlar, bitta avtotashuvchi kirganligi uchun AQSh dollarida — 400 AQSh dollari miqdorida.
Keyingi tahrirga qarang.
Yo‘l jamg‘armalariga ixtiyoriy badallar, respublika budjetidan ajratmalar va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida taqiqlanmagan boshqa manbalardan ham mablag‘lar yo‘naltirilishi mumkin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 11-apreldagi 140-son qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
korxonalar, xo‘jaliklar, tashkilotlar tomonidan mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarishning amaldagi hajmlaridan ajratiladigan mablag‘lar — 1,5 foiz miqdorida;
Keyingi tahrirga qarang.
tayyorlovchi, vositachi korxonalar, savdo korxonalari, shu jumladan umumiy ovqatlanish korxonalari, ta’minot-sotish tashkilotlari tomonidan ajratiladigan mablag‘lar — amaldagi tovar aylanishidan — 1,0 foiz miqdorida;
Keyingi tahrirga qarang.
banklar (Markaziy bank tizimi bundan mustasno), sug‘urta tashkilotlari, videosalonlar (videoko‘rsatuv punktlari), kimoshdi savdolari, kazinolar, nusxa ko‘paytirishdan, video va audio kassetalar ijarasidan, pul yutug‘i bo‘lgan o‘yin avtomatlaridan foydalanishdan, lotereya o‘yinlari, ommaviy konsert-tomosha tadbirlari o‘tkazishdan daromad oluvchi korxonalar tomonidan ajratiladigan mablag‘lar — amaldagi daromadning 1,5 foizi miqdorida;
Keyingi tahrirga qarang.
avtotransportga ega bo‘lgan barcha korxonalar va tashkilotlarning avtomobil transporti hamda avtotransport vositalaridan foydalanish bo‘yicha daromadlaridan ajratmalar — 2,5 foiz miqdorida;
Keyingi tahrirga qarang.
“O‘zavtoyo‘l” konserni korxonalari va tashkilotlari mol-mulkini sotib olishdan budjetga tushadigan mablag‘lar umumiy miqdoridan ajratmalar — 50 foiz miqdorida o‘tkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bundan tashqari, Respublika yo‘l jamg‘armasiga xorijiy davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi uchun to‘lovlar, bitta avtotashuvchi kirganligi uchun AQSh dollarida — 400 AQSh dollari miqdorida o‘tkaziladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 11-apreldagi 140-son qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
korxonalar, xo‘jaliklar, tashkilotlar tomonidan mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarishning amaldagi hajmlaridan mablag‘lar ajratish — 1,5 foiz miqdorida;
Keyingi tahrirga qarang.
tayyorlovchi, vositachi korxonalar, savdo korxonalari, shu jumladan umumiy ovqatlanish korxonalari, ta’minot-sotish tashkilotlari tomonidan ajratiladigan mablag‘lar — amaldagi tovar aylanishidan — 1,0 foiz miqdorida;
Keyingi tahrirga qarang.
banklar (Markaziy bank tizimi bundan mustasno), sug‘urta tashkilotlari, videosalonlar (videoko‘rsatuv punktlari), kimoshdi savdolari, kazinolar, video va audio kassetalarni ko‘paytirishdan, ijaraga berishdan, pul yutug‘i bo‘lgan o‘yin avtomatlaridan foydalanishdan, lotereya o‘yinlari, ommaviy konsert-tomosha tadbirlarini o‘tkazishdan daromad oluvchi korxonalar tomonidan ajratiladigan mablag‘lar — amaldagi daromadning 1,5 foiz miqdorida;
avtotransportga ega bo‘lgan barcha korxonalar va tashkilotlarning avtomobil transporti hamda avtotransport vositalaridan foydalanish bo‘yicha daromadlaridan ajratiladigan mablag‘lar — 2,5 foiz miqdorida;
Keyingi tahrirga qarang.
sotib olingan avtotransport vositalarining, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, xaridorlari tomonidan to‘lanadigan ushbu vositalar qiymatidan yig‘imlar:
boshqa avtotransport vositalari: yuk avtomobillari, avtobuslar, maxsus avtomobillar narxidan — 20 foiz miqdorida;
“O‘zavtoyo‘l” konsernining viloyat, tuman hududida joylashgan korxonalari va tashkilotlari mol-mulkini sotib olishdan budjetga tushadigan mablag‘lar umumiy miqdoridan 50 foiz ajratmalar o‘tkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi yo‘l jamg‘armasiga Qoraqalpog‘iston Respublikasida yonilg‘i-moylash materiallari sotish hajmidan ajratmalar — 7 foiz miqdorida o‘tkaziladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 11-apreldagi 140-son qarori tahririda)
9. Yig‘imlar va ajratmalarni turi hisoblash va ularning o‘z vaqtida to‘lanishi uchun javobgarlik soliq to‘lovchilarga yuklatiladi, ular quyidagilarga majburdirlar:
yig‘im va to‘lovlarning mazkur Nizom bilan belgilangan tartibda va muddatlarda to‘g‘ri hisoblab chiqilishini va o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlash;
avtomobil yo‘llari hududiy davlat-aksionerlik birlashmalari va tuman boshqarmalarining xodimlarini, shuningdek, “O‘zavtoyo‘l” konserni vakillarini ajratmalar va yig‘imlarning to‘g‘ri hisoblab chiqilishi va to‘lanishini tekshirish uchun yo‘l jamg‘apmaciga kiritish va ularning talablariga ko‘ra bu yig‘imlar va ajratmalarni hisoblab chiqish hamda to‘lash bilan bog‘liq zarur hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim etish;
Oldingi tahrirga qarang.
o‘zi joylashgan joy bo‘yicha yo‘l organlariga yig‘imlar va ajratmalarning summalari to‘g‘picidagi hisob-kitoblarni “O‘zavtoyo‘l” konserni tomonidan belgilangan hamda Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishilgan muddatlarda va shakllar bo‘yicha taqdim etish;
Keyingi tahrirga qarang.
(9-band oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 11-apreldagi 140-son qarori tahririda)
mazkur Nizomga muvofiq yo‘l jamg‘armasiga mablag‘ to‘plash bilan shug‘ullanuvchi organlarga bank rekvizitlarini ma’lum qilish.
10. Avtomobil yo‘llari, hududiy davlat-aksionerlik birlashmalari, avtomobil yo‘llari tuman boshqarmalari, “O‘zavtoyo‘l” konserni;
yig‘imlar va ajratmalar tushishi kerak bo‘lgan bank rekvizitlari va schyotlarning nomyerlarini xat yoki ommaviy axborot vositalari orqali ma’lum qilishga;
yig‘im va ajratmalarni hisoblab chiqish tartibi va to‘lash muddatlari bo‘yicha o‘zgarishlar to‘g‘risida yig‘im va ajratmalar to‘lovchilarni xabardor qilishga;
yo‘l jamg‘armalariga tushuvchi yig‘imlar, ajratmalar va boshqa mablag‘larning hisobini yuritishga majburdirlar.
11. Yig‘imlar va ajratmalarni belgilangan muddatlarda yo‘l jamg‘armasiga to‘lashdan bosh tortilgan hollarda bu mablag‘lap avtomobil yo‘llari hududiy davlatga aksionerlik birlashmalari yoki tuman boshqarmalari, “O‘zavtoyo‘l” konserni tomonidan shak-shubhasiz undirib olinadi. Muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun to‘lanmagan summaning 0,2 foizi miqdorida penya to‘lanadi.
12. Yig‘im va ajratmalarni to‘lovchilar bilan avtomobil yo‘llari hududiy davlat-aksionerlik birlashmalari, tuman boshqarmalari o‘rtasida paydo bo‘ladigan nizolar xo‘jalik sudi tomonidan hal etiladi.
13. Yig‘imlar va ajratmalarni valyuta o‘rniga so‘mlarda to‘lash O‘zbekiston Respublikasi banklari tomonidan belgilanadigan chet el valyutasining amaldagi kursi bo‘yicha amalga oshiriladi.
14. Yo‘l jamg‘armalariga mablag‘lar ajratish summasi, keyinchalik buxgalteriya va statistika ma’lumotlari bo‘yicha o‘sib boruvchi yakun bilan haqiqatda bajarilgan hajm yuzasidan yilning xar choragida qayta hisob-kitob qilingan holda, rejalashtirilayotgan yil uchun nazarda tutilgan mahsulotlar ishlab chiqish bajarilgan ishlar, xizmatlar va oborot hajmiga, daromadga nisbatan hisoblab chiqish orqali belgilanadi.
Rejali to‘lovlar avtomobil yo‘llari hududiy davlat-aksionerlik birlashmalari, tuman boshqarmalari schyotlariga har oyining 15-kunidan kechikmay yil choragi summasining uchdan bir miqdori hajmida o‘tkaziladi.
Ajratmalar summasini haqiqatda bajarilgan hajmlarga nisbatan qayta hisoblab chiqish natijasida aniqlangan qo‘shimcha to‘lov hisobot choragidan keyingi oyning 15-kuniga qadar bo‘lgan muddatda to‘lanadi. Ortiqcha to‘langan summa to‘lovchiga qaytariladi yoki navbatdagi to‘lovlar o‘rniga hisobga olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Korxonalar va tashkilotlarning yuridik shaxs hisoblanmagan, ammo mustaqil hisob-kitob schyotiga ega bo‘lgan tarkibiy bo‘linmalari pul mablag‘lapini o‘zlari joylashgan joydagi hududiy yo‘l jamg‘apmaciga o‘tkazadilar bunday bo‘linmalarning bank muassasalarida schyotlari mavjud bo‘lmagan taqdirda pul mablag‘lari o‘tkazishni ularning yuqori tashkilotlari amalga oshiradilar.
16. Xorijiy firmalar bilan birgalikda tashkil etilgan korxonalar va tashkilotlar yoki ularning filiallari, vakolatxonalari hamda hisob-kitoblarni erkin almashtiriladigan valyutada amalga oshiruvchi ularga tenglashtirilgan tashkilotlar, mulkchilik shaklidan va O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashganliklaridan qat’i nazar, ajratmalarni 14-bandda ko‘rsatilgan muddatlarda so‘mlarda yoki erkin almashtiriladigan valyutada amalga oshiradilar.
17. Yig‘im va ajratmalarni to‘lovchilarning pul mablag‘lari mavjud bo‘lmagan taqdirda ular avtomobil yo‘llari hududiy davlat-aksionerlik birlashmalarining, tuman boshqarmalarining roziligi bilan ajratmalarni ishlar hajmini bajarish, binokorlik materiallari, konstruksiyalar, detallar, mashina va mexanika jismlarni, ularni mahsulotlar (ishlar, xizmatlarni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibiga kiritgan holda, ekvivalent qiymati bo‘yicha tayyorlash va yetkazib berish bilan almashtirishlari mumkin.
18. Quyidagilar korxonalar va xo‘jalik tashkilotlari tomonidan yo‘l jamg‘armalariga mablag‘ ajratishdan ozod qilinadilar:
davlat budjetida bo‘lgan tashkilotlar va muassasalar, tomosha korxonalari, sanatoriylar, dam olish uylari va pansionatlar umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish, tuzatish, qayta qurish va saqlashni amalga oshiruvchi yo‘l xo‘jaligi tashkilotlari uy-joylardan foydalanish idoralari va uy boshqarmalari, Markaziy bank muassasalari, davlat sug‘urta organlari, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining tashqi savdo birlashmalari davlat, kooperativ va jamoat tashkilotlarining respublika va mahalliy boshqaruv organlari, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Ichki ishlar vazirligining korxonalari va tashkilotlari (ularga bo‘ysunuvchi xo‘jalik hisobidagi xo‘jalik tashkilotlaridan tashqari).
Keyingi tahrirga qarang.
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish, tuzatish va saqlashni amalga oshiruvchi korxonalar va tashkilotlarga ixtisoslashtirilgan yo‘l korxonalari va tashkilotlaridan tashqari avtomobil yo‘llari hududiy davlat-aksionerlik birlashmalari, avtomobil yo‘llari tuman boshqarmalari, shuningdek, “O‘zavtoyo‘l” konserni bilan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari qurish, tuzatish va saqlashga ular tomonidan bajariladigan qurilish-montaj ishlari umumiy hajmining kamida 75 foizi summasida bajarish uchun shartnoma (kontrakt) tuzgan yuridik shaxslar ham tegishli bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
19. Sotib olingan avtotransport vositalari qiymatidan olinadigan yig‘imlarni bu vositalarni sotib oluvchilar (mulkchilik shaklidan qat’i nazar) ro‘yxatga olingunga qadar, avtotransport vositasi egasi o‘zgargan holda esa avtotransport vositalarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish chog‘ida sotib olingan yengil avtomobil (avtomobil — pikaplar, yengil furgonlar, tirkama va yarimtirkamalar ham shu jumlaga kiradi) narxining 6 foizi ularning qayerda sotib olinganligidan qat’i nazar, boshqa avtotransport vositalari (yuk avtomobillari, avtobuslar, maxsus avtomobillar) narxining, 20 foizi miqdorida to‘laydilar, tekin berilgan hollarda esa — qoldiq balans qiymatdan mana shu stavka bo‘yicha to‘lanadi.
Sotib olingan avtotransport vositalari qiymatidan olinadigan yig‘imlar summasi yig‘imlarni to‘lovchi korxonalar tomonidan mahsulotlar, ishlar, xizmatlarni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibiga kiritiladi.
(19-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 11-apreldagi 140-son qarori tahririda)
20. Avtotransport vositalari, ularni sotib olganlik yoki qayta sotganlik yig‘imi to‘langanligi haqidagi hujjat taqdim etilmasa, ro‘yxatga, qayta ro‘yxatga olinmaydi va texnik nazoratdan o‘tkazilmaydi.
motokolyaskalar va avtomobillarga ega bo‘lgan hamda ularni sotib oluvchi barcha guruhlarga tegishli nogironlar;
Oldingi tahrirga qarang.
ixtisoslashtirilgan tarmoqdan “O‘zDEUavto” qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilgan avtomobillarni sotib oluvchi fuqarolar.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-maydagi 184-son qaroriga muvofiq uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R HQT, 1996-y., 5-son, 16-modda)
transport vositalari orqali yo‘lovchilar tashishni amalga oshiruvchi umumiy foydalanishdagi avtotransport korxonalari (taksidan tashqari);
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish, qayta qurish, tuzatish va saqlashni amalga oshiruvchi korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar;
40 tonnadan ortiq yuk ko‘taradigan, kon ishlarida foydalaniladigan avtosamosvallarni sotib oluvchi korxonalar.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq yo‘lovchilar tashish uchun belgilangan namunadagi litsenziyaga ega bo‘lgan avtokorxonalar umumiy foydalanishdagi yo‘lovchilar tashish transporti korxonalariga tegishli bo‘ladi. Litsenziyalashtirish joriy etilgunga qadar “O‘zavtotrans” korporatsiyasi va “Toshshahartranskorxona” uyushmasining yo‘lovchilar tashish transporti korxonalari mana shunday korxonalar jumlasiga tegishli bo‘ladi.
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini saqlash, tuzatish, qayta qurish va qurishni amalga oshiruvchi korxonalar va tashkilotlarga ixtisoslashtirilgan yo‘l korxonalari va tashkilotlaridan tashqari avtomobil yo‘llar hududiy davlat-aksionerlik birlashmalari, avtomobil yo‘llari tuman boshqarmalari, shuningdek, “O‘zavtoyo‘l” konserni bilan ana shu ishlarni ular tomonidan bajariladigan ishlar umumiy hajmining kamida 75 foizi summasida bajarish uchun shartnoma (kontrakt) tuzadigan yuridik shaxslar ham tegishli bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(V bo‘lim nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 11-apreldagi 140-son qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
22. O‘zbekiston Respublikasi hududida avtomobil transportiga ega bo‘lgan korxonalar, birlashmalar, tashkilotlar, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, avtomobil transportidan foydalanish jarayonida olinadigan daromadlarning 2,5 foizi miqdoridagi ajratmani yo‘l jamg‘armasiga to‘laydilar, ular qayd etib o‘tilgan ajratmalarni avtomobilda tashish tarifiga kiritadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 11-apreldagi 140-son qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
23. Avtomobil xo‘jaligiga (avtotransportga) ega bo‘lgan, mustaqil balansga o‘tkazilmagan hamda avtotransportdan foydalanishdan olinadigan daromadlarning alohida hisobini yuritmaydigan korxonalar va tashkilotlar 2,5 foizi miqdoridagi ajratma summasini tashiladigan yuk hajmi yoki yo‘lovchilar sonidan, tashishning o‘rtacha masofasi va tarif stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblab, yo‘l organlari bilan kelishuv bo‘yicha belgilaydilar.
O‘z avtotransportini saqlash xarajatlarini tannarxga yoki muassasa smetasi hisobiga o‘tkazish bu korxonalar va tashkilotlarni qayd etib o‘tilgan daromadlarni to‘lashdan ozod qilmaydi.
(23-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 11-apreldagi 140-son qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
24. Rejali to‘lovlar, shuningdek, ajratmalar va qo‘shimcha to‘lovlarni qayta hisoblab chiqish mazkur Nizomning III bo‘limida belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi.
25. Xorijiy firmalar bilan birgalikda tashkil etilgan korxonalar va tashkilotlar, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, yoki ularning filiallari va vakolatxonalari, hisob-kitoblarni erkin almashtiriladigan valyutada amalga oshiruvchi ularga tenglashtirilgan boshqa tashkilotlar, boshqa davlatlarning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi yuridik shaxslari ajratmalarni so‘mlarda yoki erkin almashtiriladigan valyutada to‘laydilar.
Oldingi tahrirga qarang.
26. Quyidagilar avtomobil transportidan olingan daromadlardan 2,5 foizli miqdoridagi ajratmalar to‘lashdan ozod qilinadilar:
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini, shu jumladan, mahalliy yo‘llarni qurish, qayta qurish, tuzatish va saqlashni amalga oshiruvchi, yo‘l tashkilotlari bilan ular tomonidan bajariladigan ishlar umumiy hajmining kamida 75 foizi miqdorida qurish, qayta qurish, tuzatish va saqlash ishlarini bajarishga shartnoma (kontrakt) tuzgan korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar.
(26-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 11-apreldagi 140-son qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 3-fevraldagi 55-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R HQT, 1998-y., 2-son, 6-modda)
28. Yo‘l jamg‘armasining bo‘sh mablag‘lari yo‘l jamg‘armasiga qo‘shimcha mablag‘ olish uchun mazkur Nizomda nazarda tutilgan faoliyat bilan bog‘liq tadbirkorlikka shu jumladan, yo‘l xo‘jaligini rivojlantirishda qatnashuvchi korxonalar va boshqa yuridik shaxslarning xarajatlari uchun qarz berishga sarflanishi mumkin.
29. “O‘zavtoyo‘l” konserni yo‘l jamg‘armasining yillik budjetidan foydalanilganligi to‘g‘risida har yili O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot beradi. Yo‘l jamg‘apmasi mablag‘laridan foydalanish mazkur Nizomga muvofiq kelmay qolgan taqdirda Vazirlar Mahkamasi ularning g‘ayriqonuniy sarflanishini to‘xtatib qo‘yadi.
1. O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti va O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “1959-1965-yillarda O‘zbekiston SSR avtomobil yo‘llari qurilishi rejasi to‘g‘risida” 1959-yil 5-maydagi 320-son qarorining 7-bandi.
2. “KPSS Markaziy Komiteti va SSSR Ministrlar Sovetining “SSSRda yo‘l qurilishini yanada rivojlantirish to‘g‘risida” 1968-yil 5-avgustdagi 599-0014-son qarori” yuzasidan O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti va O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1968-yil 14-oktabrdagi 453-son qarori 7-bandining “b” kichik bandi (O‘zSSR QT, 1968-y.,7-son, 56-modda).
3. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “1986—1990-yillarda avtomobil yo‘llari qurilishiga maqsadli ajratmalar to‘g‘risida” 1985-yil 22-iyuldagi 381-son qarori.
4. O‘zbekiston SSJ Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy avtomobil yo‘llarini qurish va remont qilishga kolxozlar, sovxozlar, sanoat, transport, qurilish va boshqa korxonalar hamda xo‘jalik tashkilotlari tomonidan mablag‘lar ajratish tartibi to‘g‘risida” 1989-yil 7-avgustdagi 250-son qarori.
5. “O‘zbekiston SSJ Vazirlar Kengashining “Mahalliy avtomobil yo‘llarini qurish va remont qilishga kolxozlar, sovxozlar, sanoat, transport, qurilish va boshqa korxonalar hamda xo‘jalik tashkilotlari tomonidan mablag‘lar ajratish tartibi to‘g‘risida” 1989-yil 7-avgustdagi 250-son qaroriga o‘zgartishlar kiritish haqida” O‘zbekiston SSJ Vazirlar Kengashining 1990-yil 17-avgustdagi 295-son qarori.
6. O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Kengashining “O‘zbekiston SSR Vazirlar Kengashining 1989-yil 7-avgustdagi 250-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 1991-yil 8-yanvardagi 1-son qarori.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1989-yil 7-avgustdagi 250-son qaroriga qo‘shimchalar kiritish haqida 1991-yil 5-noyabrdagi 281-son qarori.