09.11.1998 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 526
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiya agentligining Tartibi, 09.11.1998 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 526
Кучга кириш санаси
09.11.1998
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.03.2021
Hujjat 21.01.2013 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
1. Mazkur Tartib O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Radiochastota spektri to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 10-iyuldagi 293-sonli “Chastota spektridan foydalanish, teleradiodasturlarni shakllantirish va tarqatish hamda ma’lumotlar uzatish samaradorligini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.
2. Respublika hududida ishlatishga mo‘ljallangan, istalgan turdagi va maqsadlarga mo‘ljallangan, jumladan, turli ko‘rinishdagi uskuna va transport vositalarining tarkibiga jamlovchi buyum sifatida kiradigan hamda mazkur Tartibning 1-ilovasida keltirilgan radioelektron vosita va yuqori chastotali qurilmalar O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Elektromagnit moslik markazi tomonidan 2-ilovadagi shakl bo‘yicha belgilangan tartibda berilgan ruxsatnoma mavjud bo‘lgan taqdirda bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkaziladi.
3. Mazkur Tartib bojxona chegarasidan o‘tkaziladigan, barcha radioelektron vositalar (bundan buyon matnda REV* deb yuritiladi) va yuqori chastotali qurilmalarga (bundan buyon matnda YuChQ** deb yuritiladi) tatbiq etiladi, quyidagilar bundan mustasno:
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 10-iyuldagi 293-sonli qarori bilan tasdiqlangan Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni O‘zbekiston Respublikasi hududida sotib olish (berish), loyihalash, qurish (o‘rnatish), ishlatish hamda chet eldan olib kelish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablari bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish uchun bojxona organlari chetdan keltirilgan, bojxona va erkin ombor, reeksport, yo‘q qilish va davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimlari ostida joylashtirilgan, shuningdek, davlat foydasiga musodara qilish to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun berilgan REV va YuChQlar to‘g‘risida Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining hududiy organlarini tezkor xabardor qiladilar.