LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-maydagi 270-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 15-fevraldagi PQ–2778-son qarori)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston teatr san’atini rivojlantirish to‘g‘risida” 1998-yil 26-martdagi PF-1980-son Farmonini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi to‘g‘risidagi nizom, uning tarkibiga kiruvchi muassasalar va badiiy jamoalar ro‘yxati, birlashma direksiyasining shtat jadvali va tuzilmasi 1, 2, 3, 4-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi hamda “O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasiga:
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda oliy ma’lumotga ega bo‘lgan iqtidorli yoshlardan dramaturglar va rejissorlar tayyorlash ikki yillik kurslarini tashkil etish yuzasidan ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish;
uch oy muddatda “O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi tizimiga kiruvchi muassasalar va badiiy jamoalarning tuzilmasi hamda nizomlarini qayta ko‘rib chiqish va tasdiqlash;
Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Artmadad” jamg‘armasi mablag‘laridan samarali foydalanish tartibini ishlab chiqib tasdiqlash;
“O‘zbekiston Milliy teatri”, “Akademik teatr” maqomlari berish haqidagi nizomlarni tayyorlash va ularni uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirilsin.
“O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi O‘zbekiston teatr arboblari uyushmasining mol-mulki bo‘yicha vorisi hisoblanadi;
uyushma uchun qonunchilikda belgilangan soliq imtiyozlari hamda uyushma a’zolari uchun belgilangan imtiyozlar “O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi tarkibidagi Teatr ijodkarlari uyushmasi a’zolari uchun ham saqlanib qoladi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekistonda teatr va musiqa san’atini yanada rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonni amalga oshirish masalalari haqida” 1995-yil 28-oktabrdagi 415-son qarorida belgilangan imtiyozlar “O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish hamda uning tasarrufiga kiruvchi muassasalarga joriy etiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
“O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktori birlashma boshqaruvining raisi, Madaniyat ishlari vazirining o‘rinbosari hisoblanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Bosh direktor O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, uning o‘rinbosarlari esa Madaniyat ishlari vazirligi tomonidan tayinlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. “O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi “Teatr” oylik adabiy-badiiy, axborot-reklama jurnalining shtat jadvali va tuzilmasi 5, 6-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Jurnal tahririyati “O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi markaziy apparati joylashgan Toshkent shahar, Hamza ko‘chasi, 49-uyga joylashtirilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligining yarim yillik hisoboti yakunlariga ko‘ra “O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi tasarrufiga o‘tgan tashkilotlar asosiy fondlari va mulklarini o‘z balansidan birlashma balansiga tekin o‘tkazsinlar.
“O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi tarkibiga kiruvchi teatr tashkilotlari va muassasalarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini saqlab qolsin;
“O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi markaziy apparati va “Teatr” oylik adabiy-badiiy, axborot-reklama jurnali faoliyati bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun mablag‘ ajratsin;
“O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasining markaziy apparati hamda “Teatr” oylik adabiy-badiiy, axborot-reklama jurnali tahririyatiga xizmat ko‘rsatish uchun ikkita yengil avtomobilga limit ajratsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi hamda Madaniyat ishlari vazirligi “O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi tasarrufidagi teatr tashkilotlarining binolarini ta’mirlash, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun 1999-2000-yillarda mablag‘ ajratishni rejalashtirsinlar.
8. “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi “O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi uchun ajratilgan limitga muvofiq transport xizmati ko‘rsatishni ta’minlasin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi “O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasining “Teatr” oylik adabiy-badiiy, axborot-reklama jurnali, ilmiy-tadqiqot, reklama va boshqa nashrlarini chop etishda yordam ko‘rsatsin.
10. O‘zbekiston Pochta va telekommunikatsiyalar agentligi “O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi uchun shahar va hukumat telefon aloqalarini belgilangan tartibda o‘rnatishni ta’minlasin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki “O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasini tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazsin.
12. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga “O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi tashkilotlarining ijodiy imkoniyatlaridan samarali foydalanish, milliy teatr yutuqlarini keng targ‘ib etishga yo‘naltirilgan o‘zaro gastrol almashuvlarini tashkil etish uchun bevosita amaliy yordam ko‘rsatish vazifasi yuklansin.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.Azizxo‘jayev zimmasiga yuklansin.
1.“O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi (keyingi o‘rinlarda “O‘zbekteatr” birlashmasi deb ataladi) teatr, teatr-studiyalar jamoalarini va alohida ijodkorlarni ixtiyoriy ravishda birlashtiruvchi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi tizimidagi mustaqil muassasa hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. “O‘zbekteatr” birlashmasi tarkibiga davlat teatrlari bilan bir qatorda, mulkchilik shakllari va qaysi idoraga bo‘ysunishlaridan qati nazar, ijodiy jamoalar va alohida ijodkorlar ham kiritilishi mumkin.
3. “O‘zbekteatr” birlashmasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligining buyruqlariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. “O‘zbekteatr” birlashmasi alohida mulkka egalik qiluvchi yuridik shaxs hisoblanib, bank muassasalarida o‘zining hisob-kitob, valyuta schyotlariga, o‘z muhri va boshqa ramziy ashyolariga ega bo‘ladi. O‘z nomidan mamlakatimizdagi va xorijdagi hamkorlar bilan turli shartnoma va bitimlar tuzishi, mulkiy va mulkiy bo‘lmagan huquqlar hamda majburiyatlar olishi, sud organlarida da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin.
6. “O‘zbekteatr” birlashmasi milliy teatr san’atining boy an’analari va yutuqlarini asrab-avaylash va rivojlantirish, kishilarning ma’naviy kamolotida teatr san’atining o‘rnini yuksaltirish, zamon talablari darajasidagi sahna asarlari yaratish, ularda milliy an’analarimizni ulug‘lash orqali umuminsoniy qadriyatlarni tarannum etish, jahon teatr san’ati sohasida qo‘lga kiritilgan yutuqlardan unumli foydalanish, ijodkorlarni iqtisodiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun kuch va mablag‘larni birlashtirish maqsadida tashkil etildi.
o‘zbek xalqining asrlar davomida avloddan-avlodga noyob meros sifatida o‘tib kelayotgan teatr va tomosha san’ati an’analarini boyitish, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod ongida milliy madaniyatimiz va qadriyatlarimizga nisbatan ehtirom hislarini oshirish;
mamlakatimizdagi mavjud teatrlar yo‘nalishlarini belgilash, yangi badiiy jamoalar tuzish, boy an’analarga tayangan holda jahon andozalari darajasidagi zamonaviy milliy teatr san’ati maktabini yaratish;
o‘z tarkibidagi ijodiy jamoalarning tashkiliy, moliyaviy, moddiy-texnika masalalarini hal etish, ularni zamonaviy texnika vositalari, zarur ashyolar bilan ta’minlash;
O‘zbekiston teatr san’atini mamlakatimizda va chet ellarda targ‘ib etish, gastrol faoliyatini uyushtirish va muvofiqlashtirish;
aholining teatr san’atiga bo‘lgan talab va ehtiyojlarini o‘rganish maqsadida sotsiologik tadqiqotlar olib borish;
mamlakatimizdagi va chet ellardagi muassasalar bilan madaniy, ilmiy-ijodiy, iqtisodiy hamkorlik qilish yuzasidan o‘zaro manfaatli shartnomalar tuzish, qo‘shma korxonalar tashkil etish;
“O‘zbekteatr” birlashmasi tarkibidagi muassasalar faoliyatiga rahbarlik qilishning zamonaviy tizimini yaratish, tashabbuskorlikni rag‘batlantirishning samarali usullarini joriy etish.
alohida xizmat ko‘rsatgan san’atkorlarni, mutaxassislarni Davlat mukofotlari va Faxriy unvonlarga tavsiya etadi;
teatr san’atini rivojlantirish, ijodiy jamoalar va ijodkorlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish maqsadida maxsus jamg‘arma tashkil etadi;
madaniy tadbirlar uchun chiptalar narxining cheklangan eng yuqori va eng past darajasini tegishli tartibda belgilaydi;
YUNESKO huzuridagi xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar ijodiy jamoalari bilan hamkorlik qiladi.
o‘z tarkibidagi xo‘jalik hisobida bo‘lgan tashkilot, korxona va muassasalarning foydasidan ajratmalar va qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan tashkil topadi.
10. “O‘zbekteatr” birlashmasi qonun hujjatlarida belgilangan: tartibda o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulk va mablag‘lardan o‘z qatnashchilari manfaatlari yo‘lida foydalanadi, mamlakat hududida va tashqarisida har qanday ko‘char va ko‘chmas mulkni qurishi va rekonstruksiya qilishi, sotib olishi, ijaraga olishi va ijaraga berishi mumkin.
11. “O‘zbekteatr” birlashmasi tarkibiga kiruvchi barcha muassasa va tashkilotlar mustaqil balansga ega bo‘ladi hamda birlashmaning yig‘ma balansini tashkil etadi.
12. “O‘zbekteatr” birlashmasi davlat korxonalari uchun belgilangan qoidalar bo‘yicha buxgalterlik hisobini tashkil etadi.
13. “O‘zbekteatr” birlashmasi Nizomi va boshqa ta’sis hujjatlarini tan oluvchi, yuridik yoki jismoniy shaxslar hisoblanuvchi madaniyat va san’at muassasalari, ishlab chiqarish korxonalar va birlashmalar “O‘zbekteatr” birlashmasi qatnashchisi bo‘lishi mumkin.
“O‘zbekteatr” birlashmasi va uning tarkibidagi muassasalar xizmatidan shartnoma asosida foydalanish;
tuzilgan shartnomalarda belgilangan majburiyatlarni saqlagan holda kamida olti oy oldin “O‘zbekteatr” birlashmasi rahbariyatini xabardor qilib uning tarkibidan chiqish.
“O‘zbekteatr” birlashmasining boshqa qatnashchilari bilan tuzilgan qo‘shma faoliyat shartlarini bajarishga majburdirlar.
“O‘zbekteatr” birlashmasi yoki uning qatnashchilari bilan tuzilgan shartnomalarni bajarmaganligi uchun ushbu shartnomalarda va O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan tartibda javob beradi;
“O‘zbekteatr” birlashmasi to‘g‘risidagi nizom qoidalariga rioya qilmaganligi uchun “O‘zbekteatr” birlashmasi tarkibidan chiqarilishi mumkin.
18. Teatr ijodkorlari uyushmasi o‘z faoliyatini umumiy yig‘ilishda qabul qilingan va “O‘zbekteatr” birlashmasi bosh direktori tasdiqlagan Nizom asosida olib boradi.
19. “O‘zbekteatr” birlashmasiga Bosh direktor rahbarlik qiladi. Bosh direktor rahbarligidagi Boshqaruv uning tasarruf etuvchi organi hisoblanadi.
20. Bosh direktor Vazirlar Mahkamasi tomonidan, uning o‘rinbosarlari esa Madaniyat ishlari vazirligi tomonidan tayinlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Bosh direktor “O‘zbekteatr” birlashmasi Boshqaruvi va Teatr ijodkorlari uyushmasining raisi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirining o‘rinbosari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Bosh direktor o‘z vakolati doirasida “O‘zbekteatr” birlashmasi Boshqaruvi va uning tasarrufidagi muassasalar uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar va boshqa ma’muriy hujjatlarni chiqaradi.
23. Bosh direktor “O‘zbekteatr” birlashmasi xodimlarini mustaqil ravishda ishga qabul qiladi va ishdan bo‘shatadi hamda uning tarkibidagi barcha muassasalar rahbarlari bilan belgilangan tartibda shartnomalar tuzadi. Muassasa rahbarlari o‘z navbatida o‘z xodimlari bilan alohida-alohida shartnomalar tuzadilar.
24. “O‘zbekteatr” birlashmasi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tugatilishi, qayta tuzilishi yoki boshqa ijodiy tashkilotlar bilan birlashtirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.