LexUZ sharhi
Mazkur hujjatda ko‘rsatilgan yangi avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalari qurishga ruxsat olish va qurilishni kelishish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 25-avgustdagi PQ-1604-son qaroriga asosan 2011-yilning 1-sentabridan bekor qilingan.
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 7-sentabrdagi 382-son qaroriga muvofiq respublika xalq xo‘jaligini va aholisini neft mahsulotlari bilan ta’minlashni tartibga solish, ularni sotishda qonun buzilishlarining oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabrdagi 430-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2004-y., 37-son, 411-modda)
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga xo‘jalik yurituvchi subyektlarning neft mahsulotlari sotish huquqini litsenziyalash vakolati berilsin.
Vazirlar Mahkamasining yoqilg‘i-energetika kompleksi vakolatli organlar tomonidan neft mahsulotlari sotish huquqini beruvchi litsenziya olish uchun hujjatlarni taqdim etish va rasmiylashtirish tartibiga rioya etilishini va ularning to‘g‘ri berilishi ustidan nazoratni amalga oshirsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 289-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 12-son, 97-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 289-sonli qarori bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2003-y., 12-son, 97-modda)
maxsus ruxsatnoma (litsenziya)siz neft mahsulotlari sotayotgan yuridik shaxslarning faoliyati noqonuniy hisoblanadi va ularning ushbu faoliyat turini amalga oshirishdan olgan daromadi (foydasi) olib qo‘yiladi, ularga yuqoridagi miqdorda jarima solinadi, aybdor shaxslar esa amaldagi qonunchilikka muvofiq jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan javobgarlikka tortiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalari uchun neft mahsulotlari faqat neft mahsulotlari yetkazib beruvchining maxsus avtotransportida yetkazib berilishi hisobga olingan holda avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalari bilan neft bazalari o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida belgilangan tartibda beriladi;
(4-banding uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabrdagi 430-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2004-y., 37-son, 411-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
yangi avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarining qurilishi “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi bilan kelishilgan ruxsati bilan amalga oshiriladi.
(4-bandning to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasining, shuningdek xususiy avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalari egalarining avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalari hududiy uyushmalarini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, quyidagilar uyushmalar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:
avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarining ish tartibi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish va ularni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taqdim etish;
xususiy avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalari egalarining talab qilinadigan neft mahsulotlari hajmlari to‘g‘risidagi takliflarini ko‘rib chiqish hamda ularni yetkazib berish yuzasidan “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasi bo‘linmalari bilan shartnomalar tuzish bo‘yicha takliflar kiritish;
xususiy avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalari egalari manfaatlarini himoya qilish va ularni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashida, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida, shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida ifodalash;
xorijiy investitsiyalarni hamda vatanimiz yuridik va jismoniy shaxslari mablag‘larini avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalari tarmog‘ini rivojlantirish va rekonstruksiya qilishga jalb etish.
6. Vazirlar Mahkamasining Yoqilg‘i-energetika hamda Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish komplekslari, hududiy ishchi guruhlari rahbarlari bir oy muddatda avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalari hududiy uyushmalarining ta’sis konferensiyalarini tayyorlasinlar va o‘tkazsinlar, qonunchilikda belgilangan tartibda rahbar va ijro etuvchi organlarini saylashda ko‘maklashsinlar.
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasi tizimining naqd pulga neft mahsulotlari sotuvchi ishlab turgan avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarini 4-ilovaga* muvofiq 1998-yil oxirigacha va 1999-yilda xususiylashtirish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda belgilangan tartibda kimoshdi savdolari orqali va tender asosida avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarini, ular joylashgan yer uchastkalarini uzoq muddatli ijaraga bergan holda va yer uchastkalari bilan birgalikda jismoniy va yuridik, shu jumladan xorijiy jismoniy va yuridik shaxslarga, mablag‘lar manbalari yuzasidan deklaratsiya talab qilmasdan, sotsinlar.
9. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi zarur tartibni hamda avtomobil yonilg‘isi kuyish shoxobchalarining mazkur qarorga 1-ilovada bayon qilingan talablarga muvofiq faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash uchun ichki ishlar organlari va bo‘linmalarining mas’uliyatini oshirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-iyundagi 236-sonli qarori bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2002-y., 11-12-son, 97-modda)
Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrini neft mahsulotlari bilan ta’minlashni yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 7-sentabrdagi 382-son qarorining 1-bandidan, shuningdek mazkur qaror bilan tasdiqlangan Toshkent shahrini neft mahsulotlari bilan ta’minlash to‘g‘risidagi nizomning 1-bandidan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Vazirlar Mahkamasining “Yonilg‘i-moylash materiallarini sotishni tartibga solish to‘g‘risida” 1994-yil 6-maydagi 240-son qarori bilan tasdiqlangan Avtoyonilg‘i quyish shoxobchalarining ishlash qoidalarining 8 va 20-bandlari;
Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrini neft mahsulotlari bilan ta’minlashni yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 7-sentabrdagi 382-son qarori bilan tasdiqlangan Toshkent shahrini neft mahsulotlari bilan ta’minlash to‘g‘risidagi nizomga ilova;
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 11-sentabrdagi 433-fm farmoyishiga 1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 289-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 12-son, 97-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 289-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 12-son, 97-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabrdagi 430-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 37-son, 411-modda)