03.07.1998 yildagi 281-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 03.07.1998 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha tashkiliy huquqiy shart-sharoitlar yaratish, Yer kodeksi, “Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) to‘g‘risida”, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”, “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini hamda Qishloq xo‘jaligi sohasidagi boshqa qonun hujjatlarini amalda ro‘yobga chiqarish ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, Yer kodeksini, “Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) to‘g‘risida”, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”, “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini hayotga tatbiq etish bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlarini tayyorlash bo‘yicha Respublika komissiyasi tomonidan mulkiy paylarni joriy etish va Qishloq xo‘jaligi kooperativlarini tashkil qilish, mulkiy paylarni shakllantirish hamda ular bo‘yicha dividentlar to‘lash mexanizmini yaratish, oilaviy (jamoa) pudratni keng joriy etish, fermer va dehqon xo‘jaliklarini yanada rivojlantirish asosida qishloq xo‘jaligi korxonalarini qayta o‘zgartirish shart-sharoitlarini va tartibini belgilab beruvchi hukumat normativ hujjatlari ishlab chiqilgan va qabul qilingan.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksiga, qishloqda agrar va iqtisodiy munosabatlarni isloh qilish sohasidagi qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga so‘zsiz rioya etilishini nazorat qilish, qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha tashabbus ko‘rsatish va takliflar tayyorlash maqsadida amalga oshiradi.
3. Komissiya o‘z faoliyatida Yer kodeksi, “Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) to‘g‘risida”, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”, “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, boshqa qonun hujjatlariga, Hukumat qarorlariga va mazkur Nizomga amal qiladi.
Yer kodeksi, “Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) to‘g‘risida”, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”, “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining va ular asosida qabul qilingan qishloqda agrar va iqtisodiy munosabatlarni isloh qilishga, qishloq xo‘jaligi korxonalarini mulkiy paylar va oilaviy (jamoa) pudratni joriy etish asosida qayta o‘zgartirishga, fermer va dehqon xo‘jaliklarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan me’yoriy hujjatlarni amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha ishlarni tashkil etish;
Yer kodeksi, “Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) to‘g‘risida”, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”, “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunlar va qishloq xo‘jaligi sohasidagi boshqa qonun hujjatlari qoidalari talablarini ro‘yobga chiqarishga yo‘naltirilgan me’yoriy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;
Keyingi tahrirga qarang.