Yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, neft mahsulotlari, gaz, elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash va ulardan boshqa maqsadlarda foydalanishning, noqonuniy sotish (berish)ning, o‘zlashtirib olishning va ularning sifati buzilishining oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun iqtisodiy jazolarni qo‘llash to‘g‘risidagi Nizom (ilova qilinmoqda) tasdiqlansin va amalga kiritilsin.
2. Adliya vazirligi va Moliya vazirligi “O‘zbekneftgaz” milliy korporatsiyasi va Energetika va elektrlashtirish vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi qonunlar majmuasiga hamda yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik haqida O‘zbekiston Respublikasining jinoyat va jazo to‘g‘risidagi qonunlar majmuasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi takliflarni tayyorlasinlar va 1994-yilning birinchi yarim yilligida taqdim etsinlar.
3. Moliya vazirligi Markaziy bankda Yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun iqtisodiy jazo sifatida undirib olinadigan pul mablag‘larining bir qismini o‘tkazish uchun energiyani tejash bo‘yicha maxsus respublika tarmoqlararo schyoti ochilishini ta’minlasin. Belgilab qo‘yilsinki, qayd etib o‘tilgan schyotning pul mablag‘laridan Yoqilg‘i-energetika resurslarini tejash komissiyasining qaroriga muvofiq keyinchalik soliq solinmasdan foydalaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari Q. Haqqulov zimmasiga yuklansin.
Ushbu Nizom yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun yuridik shaxslarga nisbatan, ular qaysi idoraga qarashliligi va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, iqtisodiy jazolar qo‘llashni nazarda tutadi.
Korxonalar, tashkilotlar, muassasalar rahbarlariga, shuningdek, mas’ul lavozimdagi va moddiy javobgar shaxslarga nisbatan yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun iqtisodiy jazolar zararni aybdordan undirib olish tarzida qo‘llaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
a) davlat xo‘jaliklari, korxonalar, tashkilotlar, jamoa xo‘jaliklariga qarashli neft mahsulotlarini noqonuniy o‘zlashtirib olish va xo‘jasizlik bilan sarflash, shuningdek, ularni neft omborlaridan va davlat transport vositalaridan noqonuniy sotish aybdor yuridik shaxslardan noqonuniy ravishda sarflangan neft mahsulotlarining 3 baravar qiymatini undirib olishga sabab bo‘ladi;
Keyingi tahrirga qarang.
b) neft mahsulotlarini maqsadga nomuvofiq ishlatish, shuningdek, ularni tasdiqlangan me’yorlardan ortiqcha sarflash aybdor yuridik shaxslardan sarflangan neft mahsulotlarining 2 baravar qiymatini undirib olishga sabab bo‘ladi;
Keyingi tahrirga qarang.
v) neft mahsulotlarini asossiz ravishda ishlab chiqarish nobudgarchiliklari, tabiiy kamayish yoki qo‘shib yozilgan ish hajmi hisobiga hisobdan chiqarish aybdor yuridik shaxslardan noqonuniy ravishda hisobdan chiqarilgan neft mahsulotlarining 3 baravar qiymatini undirib olishga sabab bo‘ladi;
g) neft mahsulotlarini belgilangan limitlardan, fondlardan taqsimlash rejalaridan ortiqcha sotish aybdor yuridik shaxslardan belgilangan limitlardan ortiqcha sotilgan neft mahsulotlarining 3 baravar qiymatini undirib olishga sabab bo‘ladi. Neft mahsulotlari tasdiqlangan hisob-kitobdan ortiqcha ishlatilgan hollarda, shuningdek, ishlatishning asossiz hisob-kitobi ham ana shunday jazolanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
d) yetkazib beruvchi hamda sotuvchi tashkilotlar va korxonalar tomonidan, shuningdek, neft mahsulotlarini ishlatuvchilar tomonidan ularning sifati buzilganda, shuningdek, neft mahsulotlarini tashish qoidalariga rioya qilmaslik sifati buzilgan neft mahsulotlarining bir baravar qiymatini va ularning sifatini tiklashga sarflangan barcha xarajatlar pulini aybdorlardan undirib olishga sabab bo‘ladi;
Keyingi tahrirga qarang.
e) neft mahsulotlarini mahsulot yetkazib beruvchilardan tamg‘asiz vagon-tsisternalarda yoki qoidani buzgan holda qabul qilib olish va tashish neft mahsulotlarini qabul qilish va tashishni amalga oshiruvchi tashkilotlardan tashilgan neft mahsulotlari hajmining 2 baravar qiymatini undirib olishga sabab bo‘ladi;
Keyingi tahrirga qarang.
j) yetkazib beruvchi va sotuvchi korxonalar va tashkilotlar tomonidan konditsiyasiz neft mahsulotlarining avtotsisternalar tamg‘alanmasdan va neft mahsulotlari sifati pasportlarisiz berilishi sotilgan konditsiyasiz neft mahsulotlarining bir baravar qiymatini hamda ularning sifatini tiklashga sarflangan barcha xarajatlar pulini aybdorlardan undirib olishga sabab bo‘ladi;
Keyingi tahrirga qarang.
z) chetga chiqarish uchun belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan litsenziya mavjud bo‘lmagan holda neft mahsulotlarini respublikadan chetga chiqarish va sotish neft mahsulotlari to‘liq musodara qilingan va yetkazib berish hajmlari qisqartirilgan holda aybdor yuridik shaxslardan chetga chiqarilgan neft mahsulotlarining 10 baravar qiymatini undirib olishga sabab bo‘ladi;
Keyingi tahrirga qarang.
i) neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash va berishda korxonalar va tashkilotlar tomonidan texnologik tartiblarga rioya qilinmasligi aybdor yuridik shaxslardan neft mahsulotlari hajmining 2 baravar qiymatini undirib olishga sabab bo‘ladi.
Keyingi tahrirga qarang.
a) “O‘zbekneftgaz” milliy korporatsiyasining ruxsatisiz yoqilg‘i ishlatiladigan qurilmalarga gaz berilishi gaz yuborishga ruxsat etgan gaz sotuvchi tashkilotlardan, obyekt (qurilma)ni gaz tarmog‘idan albatta uzib qo‘ygan holda, gaz ulangan paytdan boshlab sarflangan gazning 10 baravar qiymatini undirib olishga sabab bo‘ladi;
Keyingi tahrirga qarang.
b) ishlatuvchilar tomonidan yoqilg‘i ishlatiladigan qurilmalarning gaz ta’minoti tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab qo‘yilishi, obyekt (qurilma)ni gaz tarmog‘idan albatta uzib qo‘ygan holda, ulardan gaz ulangan paytdan boshlab sarflangan gazning 10 baravar qiymatini undirib olishga sabab bo‘ladi;
Keyingi tahrirga qarang.
v) gazni shartnomada belgilangan hajmlardan ortiqcha ishlatish ortiqcha sarflangan gaz qiymatini ishlatuvchilardan (aholidan tashqari), isitish mavsumida viloyat (shahar) bo‘yicha har bir hisobot oyida ortiqcha sarflangan gaz uchun tegishli viloyat (shahar) gaz sotish tashkilotidan, shuningdek, chegaralangan davrda belgilangan fonddan ortiqcha sarflangan ishlatuvchilardan 5 baravar miqdorda undirib olishga sabab bo‘ladi;
Keyingi tahrirga qarang.
g) viloyat (shahar) gaz sotish tashkilotlari tomonidan ishlatuvchilarga shartnoma hajmlaridan va belgilangan fondlardan ortiqcha gaz berilishi ulardan ortiqcha sarflangan gazning 5 baravar qiymatini undirib olishga sabab bo‘ladi;
Keyingi tahrirga qarang.
d) yoqilg‘i ishlatiladigan jihozlar (qurilmalar)da gazning behuda isrof qilinishi tekshirish paytidan oldingi 12 oyda nooqilona sarflangan gazning 5 baravar qiymatini ishlatuvchilardan undirib olishga sabab bo‘ladi;
Keyingi tahrirga qarang.
e) “O‘zbekneftgaz” milliy korporatsiyasining gazdan foydalanish huquqini beradigan ruxsatnoma va loyihalashtirish uchun texnikaviy shartlarsiz yoqilg‘i sarflovchi jihozlar qurilmalar)ni qurish, qayta qurish va texnika bilan qayta jihozlash loyihalari bo‘yicha bajarilgan obyektlarda gazdan foydalanish gaz ta’minoti bo‘yicha bajarilgan loyihaning kuchga kirishini albatta to‘xtatgan holda, loyihalash tashkilotlaridan loyihalashtirish ishlari smeta qiymatining 50 foizini undirib olishga sabab bo‘ladi;
Keyingi tahrirga qarang.
j) “O‘zbekneftgaz” milliy korporatsiyasining gazdan foydalanish huquqini beradigan ruxsatisiz va loyihani ro‘yxatdan o‘tkazmay ishlatuvchilar (qurilmalar)ni gaz bilan ta’minlash bo‘yicha qurilish-montaj ishlari olib borilishi qurilish-montaj tashkilotlaridan gazlashtirish bo‘yicha qurilish-montaj ishlari smeta qiymatining 50 foizini undirib olishga sabab bo‘ladi, mazkur ishlar tugallangan hollarda esa gaz berish to‘xtatiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
z) “O‘zbekneftgaz” milliy korporatsiyasining gazdan foydalanish huquqini beradigan ruxsatisiz ishlatuvchilarning gaz ishlatiladigan qurilmalarida ishga tushirish va rejimli-sozlash ishlarini amalga oshirish bu ishlarni bajaruvchi tashkilotlardan ishga tushirish va rejimli-sozlash ishlari smeta hajmi qiymatining 50 foizini undirib olishga va barcha ishlarning to‘xtatilishiga, obyekt (qurilma)ning gaz tarmog‘idan uzib qo‘yilishiga olib keladi.
Keyingi tahrirga qarang.
a) korxonalar va tashkilotlar tomonidan elektr energiyasidan foydalanish shartnomadagi miqdordan oshib ketgan taqdirda ulardan hisobot davrida ortiqcha sarflangan elektr energiyasining qiymatini 5 baravar miqdorda undirib olishga sabab bo‘ladi;
Keyingi tahrirga qarang.
b) kondensatning shartnomada ko‘rsatilgan miqdorlar doirasida qaytarilib berilmasligi qaytarilmagan miqdor qiymatini 1 baravar, shartnomada ko‘rsatilgan me’yorlardan kam qaytarib berilgan taqdirda esa qaytarilmagan kondensat miqdorining qiymatini, tarif qiymatini ham qo‘shib hisoblagan holda 5 baravar miqdorda undirib olishga sabab bo‘ladi;
Keyingi tahrirga qarang.
v) foydalanuvchilar tomonidan elektr va issiqlik qurilmalarining energiya ta’minoti tashkilotlari tarmoqlariga tegishli ruxsatlarsiz o‘zboshimchalik bilan ulab qo‘yilishi ishlatilgan elektr va issiqlik energiyasi qiymatini korxona va tashkilotlardan 10 baravar miqdorda undirib olishga sabab bo‘ladi;
Keyingi tahrirga qarang.
g) korxonalar va tashkilotlar tomonidan elektr energiyasidan xonalarni isitish va issiq suv ta’minoti maqsadlarida tegishli ruxsatlarsiz foydalanish bu maqsadlarda foydalanilgan elektr energiyasi tarifini ulardan 5 baravar miqdorda undirib olishga sabab bo‘ladi;
Keyingi tahrirga qarang.
d) sanoat korxonalari va tashkilotlarining isitish tarmoqlaridan suvning to‘kib yuborilishi, izolatsiyaning buzilishi va issiqlik-bug‘ quvurlari, issiqlik tarmoqlaridan, issiqlik ishlatiladigan asbob-uskunalardan izolatsiyasiz foydalanish issiqlik energiyasi hajmining asbob-uskunalar yoki normativ usullar bilan aniqlangan isrof bo‘lgan hajmi qiymatini ulardan 10 baravar miqdorda undirib olishga sabab bo‘ladi;
Keyingi tahrirga qarang.
e) korxonalar, tashkilotlar va muassasalar tomonidan ishlab chiqarish zaruriyati bo‘lmagan holda jihozlarning unumsiz yoki behuda ishlashi oqibatida energiyaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri isrof qilinishi, reaktiv quvvatlarni tiklash vositalarining ish tartibi buzilishi yoki ularga rioya qilmaslik asbob-uskunalar yoki normativ usullar bilan aniqlangan isrof bo‘lgan elektr va issiqlik energiyasi hajmi qiymatini ulardan 5 baravar miqdorda undirib olishga sabab bo‘ladi;
Keyingi tahrirga qarang.
j) sanoat korxonalari va tashkilotlari tomonidan qisilgan havo, suv, bug‘ning to‘g‘ridan-to‘g‘ri isrof qilinishi, shuningdek, kondensatning oqizib yuborilishi, issiqlik tarmoqlarining suvga bostirib yuborilishi, mavjud ikkilamchi energiya manbalaridan foydalanmaslik yoki zarur darajada foydalanishni ta’minlamaslik asbob-uskunalar yoki normativ usullar bilan aniqlangan isrof bo‘lgan elektr va issiqlik energiyasi qiymatini ulardan 5 baravar miqdorda undirib olishga sabab bo‘ladi;
Keyingi tahrirga qarang.
z) elektr yoki issiqlik energiyasini hisobga olish sxemasining buzilishi yoki o‘zgartirilishi hisobga olish asboblari so‘nggi marta tekshirilgan paytdan boshlab foydalanilgan elektr va issiqlik energiyasi hajmi qiymatini aybdorlardan 5 baravar miqdorda undirib olishga sabab bo‘ladi;
Keyingi tahrirga qarang.
i) korxonalar, tashkilotlar va muassasalar tomonidan kunning yorug‘ paytlarida elektr yoritgichlardan ishlab chiqarish zaruriyatisiz foydalanish, ishdan tashqari vaqtda ishlab chiqarish va xizmat xonalarini, shuningdek, korxona hududini elektr vositasida yoritishda ortiqcha sarfga yo‘l qo‘yilishi yorug‘lik texnikasi jihozlarining belgilangan quvvatidan va ulardan foydalanishning yillik soatlari sonidan kelib chiqqan holda aniqlangan ana shu maqsadlarda foydalanilgach elektr energiyasi qiymatini ulardan 5 baravar miqdorda undirib olishga sabab bo‘ladi;
Keyingi tahrirga qarang.
k) energetika asbob-uskunalari va tarmoqlarining belgilangan Qoidalarning talablariga javob bermaydigan qoniqarsiz texnikaviy holati, energiya qurilmalari va tarmoqlarining texnikaviy holati va ulardan foydalanishdagi kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha energiya ta’minoti tashkiloti talabining muntazam bajarilmasligi bu qurilmalar va tarmoqlar balansida bo‘lgan korxonalar, tashkilotlar va muassasalarga nisbatan ishlatiladigan, tashiladigan yoki bu qurilmalar bilan vujudga keltiriladigan energiyaning o‘rtacha oylik hajmi qiymatining 25 foizi miqdorida iqtisodiy choralar qo‘llashga sabab bo‘ladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanishning ushbu Nizomda belgilangan qoidalari buzilganligi uchun korxonalar, tashkilotlar va muassasalar rahbarlaridan, shuningdek, mas’ul lavozimdagi va moddiy javobgar shaxslardan, O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi qonunlar majmuasida nazarda tutilgan hollardan tashqari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri haqiqiy zarar yetkazilganda uch lavozim maoshigacha miqdorda pul undiriladi.
Etkazilgan zararni undirib olish “O‘zbekneftgaz” milliy korporatsiyasiga qarashli “O‘zneftgaznazorat”ning, Energetika va elektrlashtirish vazirligiga qarashli “O‘zenergiyanazorat”ning vakolatli mansabdor shaxslari tomonidan tuzilgan dalolatnomalar (bayonnomalar)ga asosan yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik to‘g‘risida dalolatnoma (bayonnoma) rasmiylashtirilgan kundan boshlab 15 kun ichida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Zarar undiriladigan shaxslar dalolatnoma (bayonnoma) rasmiylashtirilgan kundan boshlab 10 kun ichida “O‘zbekneftgaz” milliy korporatsiyasiga, Energetika va elektrlashtirish vazirligiga shikoyat qilish huquqiga egadirlar.
“O‘zbekneftgaz” milliy korporatsiyasiga qarashli “O‘zneftgaznazorat” va Energetika va elektrlashtirish vazirligiga qarashli “O‘zbekenergiyanazorat” tomonidan zararni undirish haqida taqdim etilgan hujjatlar korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, ular tomonidan, ular qaysi idoraga qarashliligi va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, ijro etilishi majburiy hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Mansabdor shaxsdan zararni undirib olish korxona, tashkilot va muassasalarning buxgalteriyasi tomonidan so‘zsiz amalga oshiriladi va “O‘zbekneftgaz” milliy korporatsiyasiga qarashli “O‘zneftgaznazorat” hamda Energetika va elektrlashtirish vazirligiga qarashli “O‘zenergiyanazorat”ning hisob-kitob schyotiga o‘tkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan iqtisodiy jazolar “O‘zbekneftgaz” milliy korporatsiyasiga qarashli “O‘zneftgaznazorat”ning hamda Energetika va elektrlashtirish vazirligiga qarashli “O‘zbekenergiyanazorat”ning vakolatli mansabdor shaxslari tomonidan tuzilgan dalolatnomalar (bayonnomalar)ga asosan qo‘llanadi. Iqtisodiy jazolar bo‘yicha undirib olinadigan summalar miqdori neft mahsulotlari, gaz va boshqa yoqilg‘i-energetika resurslarining amaldagi qiymatidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Iqtisodiy jazolarning qo‘llanishi yuridik va jismoniy shaxslarni ular tomonidan yetkazilgan zararni to‘liq undirib olishdan ozod qilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Yuridik shaxslar “O‘zneftgaznazorat” va “O‘zenergiyanazorat” mansabdor shaxslarining iqtisodiy jazo qo‘llash bo‘yicha xatti-harakati ustidan ikki hafta muddatda “O‘zbekneftgaz” milliy korporatsiyasiga hamda Energetika va elektrlashtirish vazirligiga shikoyat qilish, ularning qarorlaridan norozi bo‘lganlarida esa — Xo‘jalik sudiga murojaat qilish huquqiga egadirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Yoqilg‘i-energetika resurslaridan, neft mahsulotlari, gaz, elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun ushbu Nizomda nazarda tutilgan undirib olinadigan pul korxonalar, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan bir oy muddatda “O‘zbekneftgaz” milliy korporatsiyasiga qarashli “O‘zneftgaznazorat”ning hamda Energetika va elektrlashtirish vazirligiga qarashli “O‘zbekenergiyanazorat”ning hisob-kitob schyotiga o‘tkaziladi. Uning 90 foizi energiyani tejash bo‘yicha maxsus respublika tarmoqlararo schyotga o‘tkaziladi, qolgan 10 foizi esa “O‘zbekneftgaz” milliy korporatsiyasiga qarashli “O‘zneftgaznazorat” hamda Energetika va elektrlashtirish vazirligiga qarashli “O‘zbekenergiyanazorat” ixtiyorida qoladi va keyinchalik unga soliq solinmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Bu summalar o‘z vaqtida o‘tkazilmagan hollarda ularni aybdor shaxslardan so‘zsiz undirib olish “O‘zenergiyanazorat” tomonidan taqdim etilgan hujjatlar bo‘yicha moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Energiya tejash bo‘yicha maxsus respublika tarmoqlararo schyotdagi pul mablag‘laridan keyinchalik soliq solinmasdan yoqilg‘i-energetika resurslarini tejash komissiyasining qaroriga ko‘ra belgilangan maqsadlar bo‘yicha energiyani tejash muammolarini, energiyani tejaydigan texnologiyalar va ishlab chiqarishlarni yaratish va joriy etishni, yoqilg‘i-energetika resurslarini iste’mol qilish va ulardan foydalanishni hisobga olish, nazorat qilish va boshqarish tizimi tartibini, energiya tejamkorligining normativ huquqiy negizni takomillashtirishni mablag‘ bilan ta’minlash uchun foydalaniladi.
7. Agar neft mahsulotlari, gaz, elektr va issiqlik energiyasidan boshqa maqsadlarda foydalanish yoki ularni ortiqcha sarflash, isrof qilish qishloq xo‘jaligi ishlarini noqulay ob-havo sharoitlarida amalga oshirish, tabiiy ofatlar, halokatlar oqibatlarini bartaraf etish va boshqa favqulodda vaziyatlar tufayli kelib chiqqan bo‘lsa, iqtisodiy jazolar qo‘llanilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.