LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2020-yil 30-iyundagi 208-mh-sonli “Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3275, 30.06.2020-y.) asosan 2020-yil 1-oktabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Aloqa to‘g‘risida”gi va “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq, axborot-ma’lumot xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha telekommunikatsiya operatorlari va telekommunikatsiya xizmati provaydyerlariga umumiy talablarni o‘rnatish maqsadida, buyuraman:
1. “Aloqa sohasida axborot-ma’lumot xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risida nizom” ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur Nizomni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilganidan o‘n kun muddat o‘tgandan keyin kuchga kirishi belgilansin.