19.04.1994 yildagi 215-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.06.2002
Hujjat 29.01.2001 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1994-yil 21-yanvardagi Farmoniga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining “Mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar (tashkilotlar), shu jumladan, xorijiy va qo‘shma korxonalar (tashkilotlar) faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosida shug‘ullanishga haqli bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 1994-yil 18-apreldagi 1034-XII-son qaroriga muvofiq hamda faoliyatning ayrim turlari bilan shug‘ullanish uchun maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish jarayonini soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.

Faoliyat turlari

Organning nomi

1

2

Qurol-yarog‘ va unga o‘q-dorilar, himoya vositalari, harbiy texnika, ehtiyot qismlar, ularga butlovchi elementlar va priborlar, agar ular boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek, ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallar va maxsus asbob-uskunalarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, tuzatish va sotishVazirlar Mahkamasi
Portlovchi va zaharli moddalar hamda ular shug‘ullangan buyumlarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, tashish va sotishVazirlar Mahkamasi
Jangovor zaharlovchi moddalar va ulardan himoya qilish vositalarini ishlab chiqarish va sotishVazirlar Mahkamasi
Raketa-kosmik komplekslar, aloqa tizimlari va ularni boshqarish vositalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish, tuzatish va sotishVazirlar Mahkamasi
Uran va boshqa parchalanuvchi materiallarni qazib olish, shuningdek, ulardan yasalgan buyumlarni ishlab chiqarish, tashish, qayta ishlash, ko‘mish va sotishVazirlar Mahkamasi
Yagona energetika tizimiga ulanadigan statsionar elektr stansiyalarda elektr energiyasi ishlab chiqarishVazirlar Mahkamasi
Bo‘shab qoladigan harbiy-texnika vositalarini tugatish (yo‘q qilish, foydalanish, ko‘mish) va qayta ishlashVazirlar Mahkamasi
Harbiy mahsulotlarni namoyish etish va reklama qilishVazirlar Mahkamasi
Ov va sport o‘q otish qurollarini va ular uchun o‘q-dorilarni, shuningdek, sovuq qurollarni, (milliy turdagi pichoqlardan tashqari) ishlab chiqarish, tuzatish va sotishIchki ishlar vazirligi
Neft va gazni qazib olish, qayta ishlash va neft mahsulotlarini sotishVazirlar Mahkamasi
Qimmatbaho va nodir metallarni, qimmatbaho toshlarni qazib olishVazirlar Mahkamasi
Tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bo‘lgan ikkilamchi resurslarni hamda chiqindilarni tayyorlash va qayta ishlashVazirlar Mahkamasi
Radioaktiv moddalar va izotoplar foydalanilgan priborlar va asbob-uskunalarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish hamda sotishVazirlar Mahkamasi
Atom energetikasi obyektlarini (qurilmalar, asbob-uskunalar, tizimlar va apparaturalar), magistral truboprovodlar, ko‘priklar, tunnellarni, shuningdek, mudofaa obyektlarini loyihalashtirish, qurish-montaj qilish, ishlatish va tuzatishVazirlar Mahkamasi
O‘ta xavfli obyektlar va potensial xatarli korxonalarni qurish hamda ishlatish, ular uchun asbob-uskunalar, nazorat qilish va avariyaga qarshi himoya tizimlarini tayyorlashVazirlar Mahkamasi
Xazina va bank biletlari, tangalar, qiymatli qog‘ozlar (aksiyalar, obligatsiyalar va shu kabilar), ordenlar va medallarni, pochta to‘lov belgilarini ishlab chiqarishMarkaziy bank
Tibbiy yordam ko‘rsatishSog‘liqni saqlash vazirligi
Tarkibida narkotik moddalar bo‘lgan ekinlarni ekish, o‘stirish va sotish Ichki ishlar vazirligi
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyat (tarkibida giyohvandlik moddalari bo‘lgan o‘simliklar o‘stirishdan tashqari)O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi
Tarkibida giyohvandlik moddalari bo‘lgan o‘simliklar o‘stirish bilan bog‘liq faoliyatO‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Qimorxonalar tashkil etish, lotereya o‘yinlarini o‘tkazish va shu kabilarMoliya vazirligi
Yong‘inga qarshi avtomatika, qo‘riqlash, yong‘in va qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalarini loyihalash, tuzatish, montaj qilish, sozlash, ularga texnik xizmat ko‘rsatishIchki ishlar vazirligi
Yo‘lovchilar va yuklarni temir yo‘l, havo, dengiz hamda avtomobil transportida tashishVazirlar Mahkamasi
Badiiy va xronikal-hujjatli, ilmiy-ommabop, tasviriy, multiplikatsiya kinovideofilmlar va dasturlarni ishlab chiqarish“O‘zbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasi
Kinovideodasturlar nusxasini ko‘paytirish, dublyaj kilish, sotish“O‘zbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasi
Kinovideoma�sulotlar prokati“O‘zbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasi
Suratga olishlarni va kinovideo faoliyatning boshqa turlarini tashkil etish bo‘yicha xizmatlar, shu jumladan, vositachilik xizmatlari ko‘rsatish“O‘zbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasi
Magistral va xalqaro aloqa liniyalarini loyihalashtirish, qurish va ishlatishO‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi
Shifrlash texnikasini ishlab chiqarish, tuzatish, sotish va ishlatishVazirlar Mahkamasi
Metrologiya asbob-uskunalarini ishlab chiqarish va sotishVazirlar Mahkamasi
Topografiya-geodeziya va kartografiya ishlarini bajarishVazirlar Mahkamasi
Qiymatli qog‘ozlar bozorida investitsiya muassasasi sifatidagi faoliyatVazirlar Mahkamasi
Qurilish loyihalarini ekspertizadan o‘tkazishVazirlar Mahkamasi
Balandliklarda sanoat alpinizmi usullari bilan tuzatish, qurilish-montaj ishlarini bajarishVazirlar Mahkamasi
Mahsulot va xizmatlarni sertifikatsiyalashVazirlar Mahkamasi
Auditorlik faoliyatiMoliya vazirligi
Ishlab chiqarish, turar-joy, xo‘jalik va qishloq xo‘jaligi maqsadlaridagi binolarni loyihalashtirish va ularni qurish uchun muhandislik-texnik qidiruv ishlarini bajarishVazirlar Mahkamasi
Davlat tasarrufida bo‘lmagan ta’lim muassasalarining, diniy ta’lim muassasalarining faoliyatiVazirlar Mahkamasi
Qimmatbaho metallar va toshlardan zargarlik buyumlari tayyorlash

Vazirlar Mahkamasi

Atir, upa-elik va pardoz buyumlari maishiy kimyo tovarlari tayyorlashSog‘liqni saqlash vazirligi
Turizm sohasidagi faoliyatVazirlar Mahkamasi
O‘zbekiston Respublikasi va uni tashqarisida gastrol-konsert faoliyatini amalga oshirish

Vazirlar Mahkamasi

To‘ylar, yubileylar va boshqa tantanalarga badiiy xizmat ko‘rsatish (konsert qo‘yish)

Vazirlar Mahkamasi

Gramplastinkalar, audiokasetalar va lazer disklarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, yozish, ko‘paytirish va sotish

Vazirlar Mahkamasi

Noshirlik faoliyati

Vazirlar Mahkamasi

Oziq-ovqat spirti, aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish

Vazirlar Mahkamasi

 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-sentabrdagi 365-sonli qarori bilan Nizom II bo‘limining auditorlik faoliyatini amalga oshirishga litsenziya berishga doir qismi va aloqa sohasidagi faoliyatga nisbatan o‘z kuchini yo‘qotdi.
 LexUZ sharhi
4. Maxsus ruxsatnoma (litsenziya) 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha beriladi.
 LexUZ sharhi
Nizomning 5-bandi ikkinchi va to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 19-fevral 89-sonli qarori bilan yuqori rentabelli transport va aloqa xizmati sohasidagi korxonalar (tashkilotlar)dan olinadigan davlat poshlinasi miqdorlari hamda ularni o‘tkazish tartibiga nisbatan o‘z kuchini yo‘qotdi.
Oldingi tahrirga qarang.