LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-iyundagi 236-sonli “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1994-yil 21-yanvardagi Farmoniga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining “Mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar (tashkilotlar), shu jumladan, xorijiy va qo‘shma korxonalar (tashkilotlar) faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosida shug‘ullanishga haqli bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 1994-yil 18-apreldagi 1034-XII-son qaroriga muvofiq hamda faoliyatning ayrim turlari bilan shug‘ullanish uchun maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish jarayonini soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Korxonalar (tashkilotlar)ga faoliyatning ayrim turlari bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlansin (ilova qilinadi).
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 17-iyundagi 290-son qarori 6-bandining uchinchi xatboshi;
1. Mazkur Nizom mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar (tashkilotlar), shu jumladan, xorijiy va qo‘shma korxonalar (tashkilotlar) faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosida shug‘ullanishlari mumkin bo‘lgan faoliyatning ayrim turlarini belgilaydi, litsenziyalarni rasmiylashtirish va berishni tartibga soladi.
Faoliyat turlari | Organning nomi |
1 | 2 |
Qurol-yarog‘ va unga o‘q-dorilar, himoya vositalari, harbiy texnika, ehtiyot qismlar, ularga butlovchi elementlar va priborlar, agar ular boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek, ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallar va maxsus asbob-uskunalarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, tuzatish va sotish | Vazirlar Mahkamasi |
Portlovchi va zaharli moddalar hamda ular shug‘ullangan buyumlarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, tashish va sotish | Vazirlar Mahkamasi |
Jangovor zaharlovchi moddalar va ulardan himoya qilish vositalarini ishlab chiqarish va sotish | Vazirlar Mahkamasi |
Raketa-kosmik komplekslar, aloqa tizimlari va ularni boshqarish vositalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish, tuzatish va sotish | Vazirlar Mahkamasi |
Uran va boshqa parchalanuvchi materiallarni qazib olish, shuningdek, ulardan yasalgan buyumlarni ishlab chiqarish, tashish, qayta ishlash, ko‘mish va sotish | Vazirlar Mahkamasi |
Yagona energetika tizimiga ulanadigan statsionar elektr stansiyalarda elektr energiyasi ishlab chiqarish | Vazirlar Mahkamasi |
Bo‘shab qoladigan harbiy-texnika vositalarini tugatish (yo‘q qilish, foydalanish, ko‘mish) va qayta ishlash | Vazirlar Mahkamasi |
Harbiy mahsulotlarni namoyish etish va reklama qilish | Vazirlar Mahkamasi |
Ov va sport o‘q otish qurollarini va ular uchun o‘q-dorilarni, shuningdek, sovuq qurollarni, (milliy turdagi pichoqlardan tashqari) ishlab chiqarish, tuzatish va sotish | Ichki ishlar vazirligi |
Neft va gazni qazib olish, qayta ishlash va sotish | Vazirlar Mahkamasi |
Qimmatbaho va nodir metallarni, qimmatbaho toshlarni qazib olish | Vazirlar Mahkamasi |
Tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bo‘lgan ikkilamchi resurslarni hamda chiqindilarni tayyorlash va qayta ishlash | Vazirlar Mahkamasi |
Radioaktiv moddalar va izotoplar foydalanilgan priborlar va asbob-uskunalarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish hamda sotish | Vazirlar Mahkamasi |
Atom energetikasi obyektlarini (qurilmalar, asbob-uskunalar, tizimlar va apparaturalar), magistral truboprovodlar, ko‘priklar, tunnellarni, shuningdek, mudofaa obyektlarini loyihalashtirish, qurish-montaj qilish, ishlatish va tuzatish | Vazirlar Mahkamasi |
O‘ta xavfli obyektlar va potensial xatarli korxonalarni qurish hamda ishlatish, ular uchun asbob-uskunalar, nazorat qilish va avariyaga qarshi himoya tizimlarini tayyorlash | Vazirlar Mahkamasi |
Xazina va bank biletlari, tangalar, qiymatli qog‘ozlar (aksiyalar, obligatsiyalar va shu kabilar), ordenlar va medallarni, pochta to‘lov belgilarini ishlab chiqarish | Markaziy bank |
Tibbiy yordam ko‘rsatish | Sog‘liqni saqlash vazirligi |
Tarkibida narkotik moddalar bo‘lgan ekinlarni ekish, o‘stirish va sotish | Ichki ishlar vazirligi |
Narkotik moddalarni ishlab chiqarish va sotish | Sog‘liqni saqlash vazirligi, IIV bilan kelishgan holda |
Farmakologiya preparatlarini ishlab chiqarish | Sog‘liqni saqlash vazirligi |
Qimorxonalar tashkil etish, lotereya o‘yinlarini o‘tkazish va shu kabilar | Moliya vazirligi |
Yong‘inga qarshi avtomatika, qo‘riqlash, yong‘in va qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalarini loyihalash, tuzatish, montaj qilish, sozlash, ularga texnik xizmat ko‘rsatish | Ichki ishlar vazirligi |
Yo‘lovchilar va yuklarni temir yo‘l, havo, dengiz hamda avtomobil transportida tashish | Vazirlar Mahkamasi |
Badiiy va xronikal-hujjatli, ilmiy-ommabop, tasviriy, multiplikatsiya kinovideofilmlar va dasturlarni ishlab chiqarish | Vazirlar Mahkamasi |
Kinovideodasturlar nusxasini ko‘paytirish, dublyaj kilish, sotish | Vazirlar Mahkamasi |
Kinovideomahsulotlar prokati | Vazirlar Mahkamasi |
Suratga olishlarni va kinovideo faoliyatning boshqa turlarini tashkil etish bo‘yicha xizmatlar, shu jumladan, vositachilik xizmatlari ko‘rsatish | Vazirlar Mahkamasi |
Fuqarolar va yuridik shaxslarga huquqiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish | Adliya vazirligi |
Magistral va xalqaro aloqa liniyalarini loyihalashtirish, qurish va ishlatish | Vazirlar Mahkamasi |
Shifrlash texnikasini ishlab chiqarish, tuzatish, sotish va ishlatish | Vazirlar Mahkamasi |
Metrologiya asbob-uskunalarini ishlab chiqarish va sotish | Vazirlar Mahkamasi |
Topografiya-geod�ziya va kartografiya ishlarini bajarish | Vazirlar Mahkamasi |
Qiymatli qog‘ozlar bozorida investitsiya muassasasi sifatidagi faoliyat | Markaziy bank |
Qurilish loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish | Vazirlar Mahkamasi |
Balandliklarda sanoat alpinizmi usullari bilan tuzatish, qurilish-montaj ishlarini bajarish | Vazirlar Mahkamasi |
Mahsulot va xizmatlarni sertifikatsiyalash | Vazirlar Mahkamasi |
Auditorlik faoliyati | Moliya vazirligi |
Ishlab chiqarish, turar-joy, xo‘jalik va qishloq xo‘jaligi maqsadlaridagi binolarni loyihalashtirish va ularni qurish uchun muhandislik-texnik qidiruv ishlarini bajarish | Vazirlar Mahkamasi |
Davlat tasarrufida bo‘lmagan ta’lim muassasalarining, diniy ta’lim muassasalarining faoliyati | Vazirlar Mahkamasi |
Qimmatbaho metallar va toshlardan zargarlik buyumlari tayyorlash | Vazirlar Mahkamasi |
Atir, upa-elik va pardoz buyumlari maishiy kimyo tovarlari tayyorlash | Sog‘liqni saqlash vazirligi |
Turizm sohasidagi faoliyat | Vazirlar Mahkamasi |
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasi zarurat bo‘lganda litsenziya berish huquqini tegishli boshqaruv organlariga berishi mumkin.
Ro‘yxatda ko‘rsatilgan faoliyat turlarining har bir guruhi bo‘yicha alohida litsenziya rasmiylashtiriladi.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-sentabrdagi 365-sonli qarori bilan Nizom II bo‘limining auditorlik faoliyatini amalga oshirishga litsenziya berishga doir qismi va aloqa sohasidagi faoliyatga nisbatan o‘z kuchini yo‘qotdi.
LexUZ sharhi
Nizomning II bo‘limining “Korxonalar (tashkilotlar)ga faoliyatning ayrim turlari bilan shug‘ullanish huquqini beradigan maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibi to‘g‘risidagi qismiO‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22 noyardagi 458-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
3. Litsenziya olish uchun litsenziya berishga vakil qilingan organga quyidagi hujjatlarni taqdim etish zarur:
litsenziya berish uchun vakil qilingan tegishli davlat boshqaruv organlari tomonidan Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda belgilanadigan boshqa hujjatlar.
Litsenziya berish to‘g‘risidagi hujjatlarni ko‘rib chiqish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun litsenziya berish vakolatiga ega bo‘lgan organning schyotiga ariza beruvchi tomonidan eng kam ish haqining yarmi miqdorida yig‘im o‘tkaziladi.
ishlovchilarning kamida 50 foizini nogironlar, urush, Qurolli Kuchlar faxriylari yoki pensiya yoshiga yetganlar (pensionerlar) tashkil qiladigan korxonalar va tashkilotlar uchun, shuningdek, kichik korxonalar uchun — eng kam ish haqining ikki baravari miqdorida.
Davlat korxonalari (tashkilotlari)ga ular uchun davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan belgilangan ishlab chiqarish ixtisosiga muvofiq litsenziyalar:
LexUZ sharhi
Nizomning 5-bandi ikkinchi va to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 19-fevral 89-sonli qarori bilan yuqori rentabelli transport va aloqa xizmati sohasidagi korxonalar (tashkilotlar)dan olinadigan davlat poshlinasi miqdorlari hamda ularni o‘tkazish tartibiga nisbatan o‘z kuchini yo‘qotdi.
6. Litsenziya berish (bermaslik) to‘g‘risidagi qaror to‘g‘ri rasmiylashtirilgan hujjatlar olingandan so‘ng 10 kundan kechiktirmay qabul qilinadi.
Litsenziya berish uchun vakil qilingan organ tegishli ravishda rasmiylashtirilmagan, shuningdek, amaldagi qonunchilik talablariga va mazkur Nizomga muvofiq kelmaydigan hujjatlar topshirilgan hollarda litsenziyalar berishni rad etish huquqiga egadir. Boshqa sabablarga ko‘ra, shu jumladan, maqsadga muvofiq emasligi sabablariga ko‘ra litsenziyalar berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Litsenziya berishni rad etish haqidagi qaror asoslangan bo‘lishi va ariza beruvchiga yozma shaklda yuborilishi kerak.
Hujjatlar ariza beruvchi tomonidan qayta rasmiylashtirilgan taqdirda ular 5 kun muddatda takroran ko‘rib chiqiladi.
7. Litsenziya berish uchun vakil qilingan organ zarur hollarda tegishli xulosalarni tayyorlash uchun mehnat shartnomalari bo‘yicha haq to‘lagan holda ekspertlarni jalb qilish huquqiga egadir.
8. Litsenziya 5 yil muddatga beriladi. Ariza beruvchining asosli iltimosi bo‘yicha litsenziyaning amal qilish muddati, belgilangan miqdordagi tegishli poshlina to‘lagan holda, yana shuncha muddatga uzaytirilishi mumkin. Litsenziya muddatini uzaytirish yozma ravishda tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Faoliyat ko‘rsatish uchun berilgan litsenziya uni bergan organ tomonidan quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin.:
a) agar litsenziya olish uchun taqdim etilgan materiallarda haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlar mavjudligi aniqlansa;
10. Tegishli faoliyat turiga berilgan litsenziyani bekor qilish uchun asoslar aniqlangan taqdirda litsenziyani bergan organ korxona (tashkilot)ga buzishlarni bartaraf etish to‘g‘risida yozma ko‘rsatma beradi. Agar korxona, tashkilot yozma ko‘rsatma olgandan so‘ng 30 kun muddat ichida buzishlarni bartaraf etmasa, litsenziya bergan organ uni bekor qiladi va tegishli faoliyat to‘xtatilishi kerak bo‘lgan muddatni tayinlaydi.
Litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qaror nusxasi 3 kun muddatda korxona (tashkilot)ga va korxona (tashkilot) joylashgan hududdagi hokimlikka yuboriladi.
11. Korxona (tashkilot) litsenziya berishni rad etish yoki uni bekor qilish to‘g‘risidagi qaror nusxasini olgandan so‘ng 30 kun muddatda sudga shikoyat arizasi berish huquqiga egadir.
_____________________________________________________________________ | ||
(litsenziya berish uchun vakil qilingan vazirlik (idora)ning nomi) | ||
_____________________________________________________________________ | ||
_______________________________________________huquqiga ega bo‘lishi uchun | ||
(faoliyat turining nomi) | ||
litsenziya berish to‘g‘risida | ||
A R I Z A | ||
1. Ariza beruvchining nomi _____________________________________________ | ||
2. Pochta manzilgohi ___________________________________________________ | ||
telefon ____________ , telefaks ____________ , teleks _____________________ | ||
3. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlarning ro‘yxati | ||
M. O‘. | Rahbarning imzosi |