24.05.2024 yildagi PF-80-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 25.05.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-14-son Farmoni ijrosini, shuningdek, fuqarolarning huquq va erkinliklariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash, ularga ko‘rsatilayotgan davlat va huquqiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirishda adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish maqsadida:
17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 7-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.

T/r

Davlat xizmatlari nomi

Joriy etish muddati

Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun mas’ul vakolatli organ

1.

Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudlari hisobini ro‘yxatdan o‘tkazish hamda muvaqqat hakamlik sudlarini hisobga olish

2024-yil iyul

Adliya vazirligi

2.

Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarni hisob ro‘yxatiga olish

3.

Nodavlat notijorat tashkilotlarining chet el fuqarolari bo‘lgan xodimlarini, shuningdek ularning qaramog‘idagi oila a’zolarini akkreditatsiya qilish

4.

Nodavlat notijorat tashkilotlarining ramziy belgilarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

5.

O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va chetdan olib kelinadigan oziq-ovqat mahsulotlariga, ularni ishlab chiqarish vositalariga va xalq iste’moli mollariga sanitariya-epidemiologik xulosa

2024-yil avgust

Sog‘liqni saqlash vazirligi

6.

Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya obyektlarini tasniflash

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

7.

Chet el yuridik shaxslarining doimiy muassasalarini hamda alohida bo‘linmalarini soliq organlarida hisobga qo‘yish (hisobdan chiqarish)

Soliq qo‘mitasi

8.

Nomoddiy madaniy meros obyektlarini Nomoddiy madaniy meros obyektlarining ro‘yxatiga kiritish

2024-yil sentabr

Madaniyat vazirligi

9.

Nomoddiy madaniy meros obyektini Nomoddiy madaniy meros obyektlarining ro‘yxatiga kirgan yoki kirmaganligi xaqida ma’lumot berish

10.

Transport vositalariga VIN kodini berish

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

11.

Moddiy madaniy meros obyektini Moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastriga kiritish

Madaniy meros agentligi

12.

Milliy muzey fondining Davlat katalogida muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma

13.

Arxeologiya ashyosini Arxeologiya ashyolari davlat katalogiga kirgan yoki kirmaganligi haqida ma’lumot berish

T/r

Davlat xizmatlari nomi

Joriy etish muddati

Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun mas’ul vakolatli organ

I. Proaktiv shaklga o‘tkaziladigan davlat xizmatlari

1.

Issiq suvni hisobga olish (hisoblagich) uskunasini qiyoslashdan o‘tkazish

2024-yil 1-iyul

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

2.

Ichimlik suvini hisobga olish (hisoblagich) uskunasini qiyoslashdan o‘tkazish

3.

Tabiiy gazni hisobga olish (hisoblagich) uskunasini qiyoslashdan o‘tkazish

Energetika vazirligi

4.

Elektr energiyasini hisobga olish (hisoblagich) uskunasini qiyoslashdan o‘tkazish

5.

Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlarini attestatsiyadan o‘tkazish

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

6.

Milliy toifali sport hakami toifasini berish

Sport vazirligi

7.

Sport-ta’lim muassasasining yo‘riqchi-uslubchisi uchun birinchi yoki ikkinchi malaka toifasini olish

8.

Sport-ta’lim muassasasining yo‘riqchi-uslubchisi uchun oliy malaka toifasini olish

9.

Sport-ta’lim muassasasining trener-o‘qituvchisi uchun birinchi yoki ikkinchi malaka toifasini olish

10.

Sport-ta’lim muassasasining trener-o‘qituvchisi uchun oliy malaka toifasini olish

11.

Sport hakamlariga malaka toifasini berish

II. Kompozit shaklga o‘tkaziladigan davlat xizmatlari

1.

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va reyestrdan ko‘chirma berish — ushbu manzilga doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish bilan

2024-yil 1-avgust

Adliya vazirligi

Kadastr agentligi

Ichki ishlar vazirligi

2.

Ko‘chmas mulk ijara yoki tekin foydalanish shartnomalarini soliq organlarida hisobga qo‘yish — ushbu manzilga vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish bilan

Adliya vazirligi

Soliq qo‘mitasi

Ichki ishlar vazirligi

3.

Xususiy bandlik agentliklarini Xususiy bandlik agentliklarining reyestriga kiritish — xususiy bandlik agentliklarining O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyati uchun litsenziya berish bilan

2024-yil 1-sentabr

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

4.

Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida va istirohat bog‘lari attraksionlarida putur yetkazmaydigan nazorat ishlarini bajarish uchun ruxsatnoma — Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan berilgan putur yetkazmaydigan nazorat tizimini rentgen uskunasidan foydalangan holda tekshirish uchun xulosa bilan

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi

5.

Yadroviy va radioaktiv materiallar, radiatsiya manbalari, radioaktiv chiqindilar va qurilmalarni tashish shartlari va usullarining sanitariya qoidalariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa — xavfli yuklarni tashish uchun sig‘imlarning yaroqliligi to‘g‘risida xulosa bilan

6.

Rentgen uskunasidan foydalanish uchun ruxsatnoma — tibbiy faoliyat uchun litsenziya berish bilan

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi

7.

Maxsus iqtisodiy zonaning ishtirokchisi maqomini berish — tadbirkorlik subyektlarini qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Adliya vazirligi

T/r

Davlat xizmatining turi

1.

Ko‘chmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish

2.

Sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumotnoma berish

3.

Soliqlar va yig‘imlardan soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish

4.

Texnik loyiha hujjatlarini ko‘rib chiqish

5.

Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish

6.

Xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini qoplab berish

7.

Davlat arxivlari o‘quv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanishga ruxsatnoma berish

8.

Iste’molchilarning quvvati 20 kVtdan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulash ishlarini amalga oshirish uchun texnik shartni, elektr ta’minoti loyihalarini, amalga oshirilgan qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlari hamda elektr qurilmalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha dalolatnoma tuzish

9.

Issiqlik ta’minoti shartnomasini tuzish

10.

Issiqlik ta’minoti loyihasini kelishish

11.

Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olish

12.

Turar joyning maydoni to‘g‘risida ma’lumotnoma berish

13.

“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlarga, shuningdek, IT-park rezidentining o‘quvchisi yoki bitiruvchisi bo‘lgan yoshlarga iste’mol krediti orqali kompyuter xarid qilish uchun kafillik berish hamda mazkur kreditlarning foiz to‘lovlarini kompensatsiya qilish

14.

Yaroqsiz holatga kelgan yoki yo‘qotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlash

15.

Sport-ta’lim muassasalarining trener-o‘qituvchilari va yo‘riqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

1. Barcha normativ-huquqiy hujjatlarni (zaruratga ko‘ra, ularni tushuntirishga qaratilgan materiallarni ham) Yagona huquqiy axborot almashish tizimi (keyingi o‘rinlarda — Tizim) orqali yuboradi.

Bir ish kunida

2. Huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilishi holatini monitoring qiladi.

Doimiy ravishda

3. Vazirlik va idoralar tomonidan o‘tkazilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlarini baholaydi.

Har yarim yilda

Vazirlik va idoralarning markaziy apparatlari

1. Normativ-huquqiy hujjatlarning mazmunini xodimlarga yetkazadi.

Bir ish kunida

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari*

1. Normativ-huquqiy hujjatlar mazmuni bilan tanishib chiqadi hamda ularni keng aholi qatlamiga tushuntirish ishlarini olib boradi.

2. Tuman (shahar) adliya bo‘limlari bilan huquqiy axborotni tarqatishda hamkorlik qiladi.

Doimiy ravishda

2. Faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni targ‘ib qilish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlaydi.

Uch ish kunida

3. Huquqiy targ‘ibot tadbirlariga oid ma’lumotlarni Tizimga kiritadi.

Tadbirdan so‘ng darhol

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar viloyat bo‘linmalari

1. Normativ-huquqiy hujjatlarning mazmunini xodimlarga yetkazadi.

Bir ish kunida

Hududiy adliya boshqarmalari

1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralarning viloyat bo‘linmalariga normativ-huquqiy hujjatlarning mazmunini tushuntirish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazadi.

2. Viloyat hokimliklari, vazirlik va idoralarning viloyat bo‘linmalari tomonidan o‘tkazilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlarini monitoring qiladi va baholaydi.

Doimiy ravishda

2. Faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazadi va huquqiy targ‘ibot tadbirlariga oid ma’lumotlarni Tizimga kiritadi.

Uch ish kunida

Tuman (shahar) hokimliklari, vazirlik va idoralarning tuman (shahar) bo‘linmalari

1. Normativ-huquqiy hujjatlarning mazmunini xodimlarga yetkazadi.

Bir ish kunida

Tuman (shahar) adliya bo‘limlari

1. Tuman (shahar) hokimliklari, vazirlik va idoralarning tuman (shahar) bo‘linmalariga normativ-huquqiy hujjatlarning mazmunini tushuntirish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazadi.

Bir ish kunida

2. Faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazadi va huquqiy targ‘ibot tadbirlariga oid ma’lumotlarni Tizimga kiritadi.

Uch ish kunida

2. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining targ‘ibot yo‘nalishidagi faoliyatiga uslubiy yordam ko‘rsatadi.

Doimiy ravishda

3. Tuman (shahar) hokimligi, vazirlik va idoralarning tuman (shahar) bo‘linmalari tomonidan o‘tkazilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlarini monitoring qiladi va baholaydi.

Har yarim yilda

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Adliya organlarining asosiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha

1.

Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari funksiyalarining yagona reyestrini yuritishni yo‘lga qo‘yish.

1. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari funksiyalarining yagona reyestrini shakllantirish va yuritish.

2. Funksiyalarni amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish asoslari hamda ularni amalga oshirishda moliyaviy-iqtisodiy va kadrlar resurslari bilan ta’minlash mezonlarini ishlab chiqish.

3. O‘z ahamiyatini yo‘qotgan funksiyalarni bekor qilish.

4. “Davlat funksiyalari” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimini ishlab chiqish va ishga tushirish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2024-yil iyun

Adliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Qonunchilik tizimini takomillashtirish va tartibga solish yukini kamaytirish.

1. Faqat qonunlar bilan tartibga solinishi lozim bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarning aniq ro‘yxatini belgilash.

2. Vazirlar Mahkamasi tizimiga kiruvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishni har yili Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan rejalashtirish dasturlari asosida amalga oshirish.

3. Qonunchilik hujjatlarini normativ-huquqiy va normativ bo‘lmagan huquqiy hujjatlarga ajratish. Bunda, umummajburiy davlat ko‘rsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, o‘zgartirishga yoki bekor qilishga qaratilmagan barcha tashkiliy, nazorat yoki amaliy chora-tadbirlar va topshiriqlarni normativ bo‘lmagan huquqiy hujjatlar shaklida qabul qilish.

4. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tartibga solish ta’sirini baholash tizimini takomillashtirish.

5. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ilmiy tashkilotlarni keng jalb qilish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2024-yil iyul

Adliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimini modernizatsiya qilish orqali qonunchilik hujjatlarini qabul qilish jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimini quyidagi qo‘shimcha imkoniyatlarni nazarda tutgan holda zamonaviy dasturlar orqali modernizatsiya qilish:

project.gov.uz, regulation.gov.uz va boshqa modullarni har biri mustaqil holda ishlovchi mikroxizmat arxitekturasi asosida ishlab chiqish hamda ularni yagona portalga birlashtirish (keyingi o‘rinlarda — Yagona portal);

bek-ofis funksiyalarini soddalashtirish, Yagona portalni ishga tushirish, turli xil ko‘rinishdagi jadvallar, sxemalar, shakllar, grafiklarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritish imkoniyatini yaratish;

front-ofis funksiyalarini soddalashtirish, inson omilisiz Yagona portaldagi mavjud axborotlar doirasida qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan o‘tkazish, tartibga solish ta’sirini baholash, jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish va qabul qilish bilan bog‘liq barcha turdagi statistik ma’lumotlarni shakllantirish imkoniyatini yaratish, Yagona portalni zamonaviy UI/UX elementlari asosida ishlab chiqish, foydalanuvchilar uchun ergonomikani ta’minlash;

Yagona portal orqali qabul qilingan qonunchilik hujjatlarining O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida avtomatik ravishda e’lon qilinishini ta’minlash;

axborot xavfsizligini ta’minlash va kriptografik himoyalash choralarini ko‘rish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil avgust

Adliya vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

4.

Notariat sohasida aholiga qulay va tezkor xizmatlar ko‘rsatish, ortiqcha ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etish hamda zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytirish.

1. Notarial idoralarda fuqaro shaxsini Face-ID orqali aniqlash tizimini joriy etish.

2. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan keng foydalangan holda ortiqcha byurokratiya va qog‘ozbozlikka chek qo‘yish.

3. Aholiga masofadan turib interaktiv elektron notarial xizmatlar ko‘rsatish ko‘lamini yanada kengaytirish.

4. Notarial harakatlarni rasmiylashtirishda foydalaniladigan gerbli (maxsus) blanklarni unifikatsiya qilish orqali yagona shakldagi gerbli (maxsus) blank joriy etish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2024-yil sentabr

Adliya vazirligi

5.

Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini xalqaro tajriba va zamonaviy ta’lim standartlari talablaridan kelib chiqqan holda takomillashtirish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishning zamonaviy tizimini yaratish:

yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonlarini transformatsiya qilish, o‘quv jarayonini zamonaviy, jumladan, raqamli texnologiyalarni qo‘llash orqali tashkil etish;

yuridik kadrlar kasbiy malakasini uzluksiz rivojlantirishning yangi zamonaviy shakllari va usullarini joriy qilish;

yuridik kadrlarga o‘z kasbiy rivojlanish ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan malaka oshirish shakllari va dasturlarini mustaqil tanlash va o‘zlashtirish imkoniyatini yaratish;

o‘qitishning muqobil va qulay shakllarini keng yo‘lga qo‘yish, masofaviy va mustaqil ta’limni kengaytirish, malaka oshirishga kredit-modul tizimini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil avgust

Adliya vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

6.

Toshkent davlat yuridik universitetining faoliyatini yanada takomillashtirish.

1. TDYUU faoliyati, ta’lim dasturlari, ta’lim jarayonini tashkil etish va boshqarish, ta’lim texnologiyalari va o‘qitish metodikalarini xalqaro standartlarga muvofiq transformatsiya qilish.

2. Transformatsiya jarayonlariga Buyuk Britaniya Oliy ta’lim sifatini ta’minlash agentligi (The Quality Assurance Agency for Higher Education — QAA) va yuqori akademik reytingga ega bo‘lgan Buyuk Britaniya universitetlari orasidan hamkor universitetni aniqlagan holda, shartnoma asosida yuridik kadrlar tayyorlash bo‘yicha ingliz standartini joriy etish.

3. Dars jarayonlariga xorijiy professor-o‘qituvchilarni keng jalb qilish.

4. Universitetda mantiqiy fikrlash, tahlil qilish va tadqiqot o‘tkazishga qaratilgan zamonaviy pedagogik texnologiyalar va o‘qitishning ilg‘or yondashuvlarini (Just-in-Time teaching, Concept mapping methodology) joriy etish.

5. Universitetning hududiy filiallarini tashkil etish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2024-yil sentabr

Adliya vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Toshkent davlat yuridik universiteti

7.

Namangan va Samarqand viloyatlari yuridik texnikumlari negizida Toshkent davlat yuridik universitetining akademik litseylari faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

1. Toshkent davlat yuridik universiteti akademik litseylarining iqtidorli bitiruvchilarini “yurisprudensiya” yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalariga suhbat asosida test sinovlarisiz qabul qilish tartibini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil iyul

Adliya vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Toshkent davlat yuridik universiteti

2. Akademik litseylar ustavi, tashkiliy tuzilmasi hamda shtatlar jadvalini tasdiqlash.

Amaliy chora-tadbirlar

8.

Sud ekspertiza sohasida zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish va faoliyatning ilmiy asoslarini yanada takomillashtirish, sohada sog‘lom raqobatni qaror toptirish hamda xususiy sektor rolini oshirish, shuningdek hududlarda o‘tkaziladigan ekspertiza turlarini ko‘paytirish.

Sud ekspertizasi sohasini quyidagilarni nazarda tutgan holda rivojlantirish:

Respublika sud ekspertiza markazining hududiy bo‘limlarida yangi laboratoriyalarni tashkil etish;

sohaga zamonaviy texnologiyalarni yanada keng joriy etish;

sud-ekspertlik faoliyatini raqamlashtirish;

sud ekspertlik faoliyati ilmiy asoslarini yanada takomillashtirish, soha faoliyatiga fan va texnika yutuqlarini keng joriy qilish;

oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalariga, ularning yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda sud ekspertizalari bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazishga ruxsat berish;

nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan o‘tkazishga ruxsat berilgan sud ekspertizalari turlarini ko‘paytirish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2024-yil oktabr

Adliya vazirligi,

Oliy sud,

Bosh prokuratura,

Ichki ishlar vazirligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

9.

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatining qamrovini oshirish.

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan yuridik xizmat bilan ta’minlanmagan davlat organlari va tashkilotlarining tuman (shahar)lar bo‘linmalariga huquqiy xizmat ko‘rsatilishini yo‘lga qo‘yish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

2024-yil sentabr

Adliya vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

10.

Xalqaro arbitrajlarda va xorijiy davlatlar sudlarida O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini himoya qilish faoliyatini tashkil etishning yagona tartibini belgilash.

1. Davlat organlari va tashkilotlarining xalqaro arbitraj va sud ishlarini yuritish masalalari bo‘yicha respublika manfaatlarini himoya qilish sohasidagi vakolatlari va majburiyatlarini belgilash.

2. Xalqaro yuridik kompaniyalar, ekspertlar, guvohlar va tarjimonlarni jalb qilish hamda moliyalashtirish tartibini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil oktabr

Adliya vazirligi,

Bosh prokuratura,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

11.

Jismoniy shaxslarning fuqarolik holati hamda ularning shaxsiga taalluqli bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi Aholining yagona elektron reyestrini yuritish tizimini yo‘lga qo‘yish.

1. Adliya vazirligi tomonidan Aholining yagona elektron reyestrini yuritish va undan foydalanish tartibini ishlab chiqish.

2. Aholining yagona elektron reyestriga kiritiladigan jismoniy shaxslarning shaxsiga taalluqli bo‘lgan ma’lumotlar ro‘yxatini tasdiqlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil noyabr

Adliya vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

II. Davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini soddalashtirish sohasida

12.

Davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytirish va soddalashtirish.

1. Davlat xizmatlari ko‘rsatish natijasini boshqa shaxsga taqdim etishda ishonchnoma talab qilish tartibini bekor qilish.

2. Davlat xizmatlari ko‘rsatish natijasini ariza beruvchi shaxsning roziligi bilan boshqa shaxsga taqdim etish.

3. Davlat xizmatlari ko‘rsatish natijasini taqdim etishda shaxsni, uning imzosi yoki barmoq izlarini identifikatsiya (verifikatsiya) qilish tartiblarini soddalashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil avgust

Adliya vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

4. Barcha aholi gavjum joylarni, shu jumladan mahallalarni 24/7 rejimida onlayn davlat xizmatlarini ko‘rsatadigan interaktiv kiosklar bilan bosqichma-bosqich ta’minlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2024 — 2026-yillar

13.

Davlat xizmatlaridan onlayn navbatlar asosida foydalanishni yo‘lga qo‘yish.

Davlat xizmatlaridan foydalanishda vakolatli davlat organlarining rasmiy veb-saytlari orqali onlayn navbat olish imkoniyatini yaratish. Bunda quyidagilar nazarda tutiladi:

tibbiyot muassasalari, ichki ishlar organlarining ro‘yxatga olish va imtihondan o‘tkazish bo‘linmalari, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari, hududiy soliq inspeksiyalari hamda davlat xizmatlari markazlarida davlat organlarining rasmiy veb-saytlari orqali onlayn navbat olish imkoniyatini yaratish;

elektron navbatlar ish faoliyati onlayn navbatlarga mos ravishda ishlashini ta’minlash;

rasmiy veb-sayt orqali olingan navbatni tasdiqlovchi hujjatlarni joylardagi elektron navbat berish axborot tizimida o‘qish imkoniyatini yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil iyul

Ichki ishlar vazirligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi

Soliq qo‘mitasi,

Adliya vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

14.

Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda tuziladigan shartnomalarni elektron shaklda rasmiylashtirishni kengaytirish.

Jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda tuziladigan quyidagi shartnomalarni tegishli axborot tizimlarida elektron shaklda rasmiylashtirishni yo‘lga qo‘yish:

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil avgust

dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning namunalarini birlamchi (dastlabki) ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha shartnoma;

Sog‘liqni saqlash vazirligi

veterinariya dori vositasi yoki ozuqabop qo‘shimchani ekspertiza qilish bo‘yicha shartnoma;

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy ta’mirlash bo‘yicha shaharsozlik va loyiha hujjatlarining loyihaviy yechimlarini shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha shartnoma;

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish, kompleks ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha shartnoma;

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

davlat xaridiga doir tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlarini va texnik topshiriqlarni kompleks ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha shartnoma;

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

shartnomalar, import kontraktlari va ularga qo‘shimcha kelishuvlar loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha shartnoma;

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish bo‘yicha shartnoma;

Turizm qo‘mitasi

tashkilotlarning hujjatlarini tartibga keltirish bo‘yicha shartnoma;

Adliya vazirligi

davlat mulki obyektlarini ijaraga berish bo‘yicha shartnoma.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

III. Arxiv ishi va ish yuritish sohasida

15.

Arxiv ishi va ish yuritish sohasida davlat boshqaruvi va nazoratini takomillashtirish, arxiv xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlarini raqamlashtirish va soddalashtirish.

1. Arxiv ishi va ish yuritish sohasida davlat boshqaruvi va nazoratini takomillashtirish.

2. Arxiv xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlarini raqamlashtirish va soddalashtirish.

3. Davlat arxivlarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash, arxiv hujjatlarini jamlash, davlat hisobiga olish, saqlash va ulardan foydalanishni tashkil qilish.

4. Shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlari faoliyatini qayta ko‘rib chiqish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2024-yil noyabr

Adliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

16.

Arxiv ishi va ish yuritish faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish.

O‘zbekiston Respublikasining “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi Qonuniga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish:

elektron arxiv tushunchasi va tashkil etish tartiblarini belgilash;

arxiv hujjatlarining elektron nusxasi tushunchasiga ta’rif berish hamda elektron nusxani asl nusxa o‘rnida tan olishga qaratilgan normalarni belgilash;

davlat organlariga arxiv ma’lumotnomalari va arxiv hujjatining ko‘chirma nusxasini bepul berish;

arxiv hujjatlarini Milliy arxiv fondi tarkibidan chiqarish tartibini belgilash;

idoraviy arxivlarni tashkil etish tartibi va shartlari.

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi

2024-yil dekabr

Adliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

IV. Intellektual mulk sohasida

17.

Konsert-tomosha tadbirlarida mualliflik va turdosh huquqlar himoyasini mustahkamlash.

Konsert-tomosha tadbirlarida mualliflik huquqi va turdosh huquqlarga rioya qilmaslikni litsenziya talablari va shartlarining qo‘pol ravishda buzilishi sifatida e’tirof etish hamda litsenziyani bekor qilish choralarini qo‘llash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil iyul

Adliya vazirligi,

Madaniyat vazirligi

18.

Intellektual mulk huquqining kafolatli himoyasini ta’minlash, shu jumladan kontrafakt mahsulotlar aylanmasiga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish.

1. Kontrafakt mahsulotlarni olib qo‘yish va yo‘q qilishning aniq mexanizmlarini belgilash.

2. Intellektual mulkka bo‘lgan huquqlarni buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni aniqlash bo‘yicha nazorat xaridini amalga oshirish tartibini belgilash.

3. Ixtiro va foydali model hamda sanoat namunalarini ro‘yxatdan o‘tkazish talabnomalari bo‘yicha o‘tkaziladigan davlat ekspertizasi jarayonlariga autsorsing usullarini joriy qilish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2024-yil avgust

Adliya vazirligi,

Bosh prokuratura,

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

19.

Intellektual mulk huquqini himoya qilish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Ayrim turdagi mahsulotlarni (oziq-ovqat, alkogol, tamaki, shaxsiy gigiyena vositalari va boshqalar) savdoga chiqarishdan oldin raqamli markirovkalashda intellektual mulk huquqlariga rioya etilganligini nazorat qilish tartibini joriy etishni o‘rganib chiqib, takliflar tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Tahliliy ma’lumotnoma

2024-yil oktabr

Adliya vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

V. Huquqiy targ‘ibot, huquqiy axborotni tarqatish va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish sohalarida

20.

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini takomillashtirib borish orqali aholining barcha qatlamlarining huquqiy savodxonlikka erishishini ta’minlash.

Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasi ijrosini samarali amalga oshirib borish maqsadida quyidagilarni o‘z ichiga olgan ikki yilga mo‘ljallangan huquqiy savodxonlikni oshirish chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqish va Hukumatga kiritish:

jamiyatda bolalikdan boshlab kundalik hayotda qo‘llashga mo‘ljallangan boshlang‘ich huquqiy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish;

ta’lim muassasalarida huquqiy savodxonlikni oshirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish;

aholining huquqiy muammolarini hal qilish va ularning huquqiy bilimlarini yuksaltirishda mahalla institutining rolini oshirish;

huquqiy madaniyatni shakllantirishga qaratilgan innovatsion loyihalarni amalga oshirish;

“huquqiy axborot har doim va har kim uchun” tamoyili asosida aholining huquqiy axborotga bo‘lgan ehtiyojini qondirish;

davlat xizmatchilarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish;

jamiyatda muammolarni faqat huquqiy mexanizmlar orqali hal etilishini keng targ‘ib qilish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Har ikki yilda

Adliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

21.

Yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda ularning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish.

1. Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish, ularda qonunlarga hurmat hissini kuchaytirishga qaratilgan kompleks huquqiy targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish.

2. Toshkent davlat yuridik universiteti va yuridik texnikumlarga yoshlarning tashrifini tashkil qilish.

3. Yuridik ta’lim muassasalarida “Tengdoshimga huquqiy yordam” tadbirlarini o‘tkazib borish, ularning yuridik klinikalarida yoshlarga huquqiy maslahatlar berib borish.

4. Huquqshunoslik kasbining jozibadorligi va imijini oshirish, yoshlarda ushbu kasbga faxr va iftixor tuyg‘ularini uyg‘otish maqsadida taniqli huquqshunoslarning hayot yo‘llari va muvaffaqiyatini ibrat sifatida yoshlarga ko‘rsatib beruvchi kontentlar (hujjatli film, kitob, qo‘llanma) va klublar yaratish hamda yoshlar orasida keng targ‘ib qilish orqali ularning izdoshlarini tarbiyalash.

5. Yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan onlayn huquqiy savodxonlik maktabini tashkil etish va u orqali bepul huquqiy o‘quv kurslarini joriy etish.

Kompleks chora-tadbirlar

2024-yil iyun

Adliya vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

22.

Yoshlarda huquqiy muammolarni hal qilishning amaliy ko‘nikmalarini hosil qilishga qaratilgan “Street law” loyihasini ommalashtirish.

1. “Street law” loyihasiga volontyor yoshlarni keng jalb etish va o‘zaro muloqotni ta’minlash maqsadida maxsus elektron platforma ishlab chiqish.

2. Platformaga “Street law” loyihasini amalga oshirishga qaratilgan metodik qo‘llanmalar, video va boshqa vizual manbalarni joylashtirish.

3. “Street law” loyihasi ishtirokchilari — yuridik yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalari va yuridik texnikumlar tomonidan volontyorlar uchun treninglar o‘tkazish va targ‘ibot guruhlarini shakllantirish.

4. Targ‘ibot guruhlarini ta’lim muassasalariga biriktirgan holda huquqiy targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirish.

5. Loyihani amalga oshirishda faol qatnashgan yoshlarni volontyorlik faoliyatiga oid qonunchilik hujjatlariga muvofiq rag‘batlantirib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil iyun

Adliya vazirligi,

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi

23.

Aholining keng qatlamiga huquqiy axborotlarni tez va qulay yetkazishning samarali usullarini joriy etish.

Aholining keng qatlamiga taalluqli dolzarb qonunchilik hujjatlari va boshqa huquqiy axborotlar to‘g‘risida aloqa operatorlari tomonidan abonentlarga “SMS” xabarnomalar yuborish tizimini yo‘lga qo‘yish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil iyul

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Adliya vazirligi

24.

“Huquq ambassadori” loyihasini amalga oshirish.

1. “Huquq ambassadori” sifatida xalqqa taniqli insonlar (artistlar, aktyorlar, sportchilar, blogerlar) va jamiyatda qonuniylikni ta’minlash sohasida faoliyat olib boruvchi jamoatchilik faollarini jalb qilish.

2. “Huquq ambassadori” loyihasi orqali quyidagilarni amalga oshirish:

jamiyatda va kundalik hayotda qonunlarga rioya qilish, qonuniylikni keng targ‘ib qilish;

mamlakatda huquq ustuvorligi ta’minlanishiga intiluvchi shaxslar faoliyatiga ko‘maklashish;

mamlakatda huquq ustuvorligiga zid g‘oyalar tarqalishining oldini olish va ularga qarshi mafkuraviy kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil avgust

Adliya vazirligi,

Madaniyat vazirligi,

Sport vazirligi

25.

“Madad” NNT orqali aholining turli qatlamlariga huquqiy yordam ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish.

1. Barcha tuman (shahar)larda “Madad” NNTning huquqiy maslahat byurolarini bosqichma-bosqich tashkil qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-2025-yillar

Adliya vazirligi,

“Madad” NNT

(kelishuv asosida)

2. “Madad” NNTning tuman (shahar)lar huquqiy maslahat byurolari orqali aholiga, avvalambor, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” hamda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan fuqarolarga bepul huquqiy maslahat va tushuntirishlar berish, nizolarni sudgacha va sud orqali hal etishda zarur bo‘ladigan protsessual hujjatlarni tayyorlashda ko‘maklashish.

3. “Madad” NNTning bepul huquqiy maslahat berish faoliyati haqida aholi xabardorligini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli targ‘ibot ishlarini amalga oshirish.

Doimiy

26.

Ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning huquqiy savodxonligini oshirish tizimini yanada yaxshilash.

1. Huquq fani o‘qituvchilarining uzluksiz kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirib borish hamda ularni metodik ta’minlashga qaratilgan Adliya vazirligining maxsus elektron platformasini yaratish.

2. Maktablarda “Huquq olamiga sayohat” o‘quv dasturlarini joriy etish.

3. O‘quvchilar o‘rtasida “Huquq bilimdoni” fan olimpiadasi, huquq fani o‘qituvchilari o‘rtasida “Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovini o‘tkazib borishni joriy etish.

4. Ta’lim muassasalarida “Huquqiy bilimlar oyligi”ni o‘tkazib borish, o‘quvchilar va talabalarga huquqiy bilimlarni mustaqil o‘zlashtirishiga qaratilgan ko‘rgazmali o‘quv qo‘llanmalari, videoroliklar, kompyuter o‘yinlari va mobil ilovalari yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil avgust

Adliya vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

27.

“Mahalla huquqshunosi” loyihasini amalga oshirish.

1. Mahalla raislarining huquqiy bilim va ko‘nikmalarini uzluksiz oshirib borish maqsadida Adliya vazirligi ta’lim muassasalari tomonidan qisqa muddatli bepul o‘quv kurslari tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-2025-yillar davomida

Adliya vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

2. Mahalla raislariga mahalla faoliyatiga doir, shuningdek, aholini qiynab kelayotgan kundalik muammolar yechimiga oid qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda ularni mediatorlik faoliyati bo‘yicha o‘qitish.

3. Mahallalardagi muammolarni aniqlagan holda, shuningdek, mahalla raislarining takliflari asosida o‘quv dasturlarini muntazam ravishda yangilab borish.

4. O‘quv kurslarini mahalla raisi saylovlaridan so‘ng uch oy ichida o‘tkazib borish tizimini yo‘lga qo‘yish.

Tadbirlar grafigiga muvofiq

28.

“Mahalla yettiligi” faoliyatiga uslubiy ko‘maklashish.

1. “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga oid normativ-huquqiy hujjatlar to‘plami”, “Yoshlar huquqi”, “Ayollarga huquqiy maslahatlar”, “Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi uchun huquqiy to‘plam” va “Tadbirkorlar uchun maslahatlar” kabi qo‘llanmalarni tayyorlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil iyul

Adliya vazirligi,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Oila va xotin qizlar qo‘mitasi,

Savdo-sanoat palatasi,

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi

(kelishuv asosida)

2. Qo‘llanmalarni tegishli vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan buyurtma asosida chop etish va har bir mahallaga tarqatish.

2024-yil avgust

29.

“Online-mahalla” platformasi orqali muammolarni aniqlash, tahlil qilish hamda manzilli va predmetli huquqiy targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish.

1. “Online-mahalla” platformasida “mahalla yettiligi” tomonidan aholining turli qatlamlari orasida ko‘p uchrayotgan muammolarni kiritish va tahlil qilish imkoniyatini yaratish.

2. Platformaga kiritilgan muammolar tahlili asosida Adliya vazirligi tomonidan huquqning muayyan sohalari bo‘yicha targ‘ibot materiallari to‘plamini tayyorlash va yetkazish.

3. Har chorakda kamida bir marotaba huquqning muayyan sohalari bo‘yicha manzilli va predmetli huquqiy aksiya (huquqiy oylik)lar o‘tkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2024-yil iyul

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Adliya vazirligi,

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi

(kelishuv asosida),

manfaatdor vazirlik va idoralar

30.

Normativ-huquqiy hujjatlar matnlari va ularni tushuntirishga qaratilgan materiallarni Yagona huquqiy axborot almashish tizimi hamda “Online-mahalla” platformasi orqali yuborish va monitoring qilish tartibini joriy etish.

1. Quyidagi imkoniyatlarga ega Yagona huquqiy axborot almashish tizimini ishga tushirish:

qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlari va islohotlar mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan targ‘ibot materiallari to‘plamini elektron shaklda davlat organlari va tashkilotlarining eng yuqori bo‘g‘inidan eng quyi tizimiga qadar vertikal va gorizontal usulda yuborish;

axborot tizimiga “Online-mahalla” platformasini integratsiya qilish orqali materiallarni fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga yetkazish;

davlat organlari va tashkilotlarining eng yuqori bo‘g‘inidan eng quyi tizimiga qadar mazkur sohadagi faoliyatini monitoring qilish va baholash;

davlat organlari va tashkilotlarining huquqni qo‘llash amaliyotidagi mavjud muammolar, qonunchilikdagi bo‘shliq va ziddiyatlarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarini qabul qilish.

2. Portaldan foydalanish tartibini tushuntirish bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlar hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlari uchun seminarlar o‘tkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil iyun

Adliya vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

31.

Davlat organlari va tashkilotlarida huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish.

1. Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish va metodik ta’minlash bo‘yicha manzilli va tematik tahliliy o‘rganishlar dasturini ishlab chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar

Har yili

Adliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Huquqni qo‘llash amaliyotida uchrayotgan tizimli muammolarni bartaraf etish bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish va “Lex.uz”ga joylashtirish.

3. Biznes jarayonlarini reyinjiniring qilish (BPR) usullaridan foydalangan holda davlat organlari va tashkilotlarining funksiyalarini maqbullashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

4. Davlat organlari va tashkilotlari uchun ish yuritishga doir namunaviy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish.

5. Davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining yagona huquqni qo‘llash amaliyotini joriy etish bo‘yicha malakasini oshirish.

6. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Jizzax viloyati Do‘stlik tumani hokimligi hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida namunali huquqni qo‘llash tizimini yo‘lga qo‘yish.

Dasturga muvofiq

VI. Tashkiliy masalalar

32.

Adliya organlari va muassasalarida inson resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish orqali faoliyat samaradorligini oshirish.

1. Adliya vazirligida inson resurslarini boshqarish tizimini 2025-2026-yillarda rivojlantirish strategiyasini xalqaro tashkilotlarni jalb qilgan holda ishlab chiqish.

2. Inson resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirishda xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasini implementatsiya qilish.

3. Yangi ishga kirgan xodimlarning moslashish (adaptatsiya qilish) tartibini yo‘lga qo‘yish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil sentabr

Adliya vazirligi

33.

Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta’sirini baholash instituti faoliyatini tashkil etish.

1. Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta’sirini baholash instituti ustavi, tashkiliy tuzilmasi hamda shtatlar jadvalini tasdiqlash.

2. Institutni amaliy ish tajribasiga ega, xorijiy tillarni egallagan malakali kadrlar bilan to‘ldirish.

3. Institutning 2024-yilga mo‘ljallangan ish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil iyun

Adliya vazirligi

34.

Adliya vazirligi tizimidagi binolardan foydalanishni maqbullashtirish.

1. Adliya vazirligi tizimiga kiruvchi tashkilotlar balansidagi bo‘sh turgan bino va inshootlarga “O‘zarxiv” agentligi va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlarni operativ boshqaruv huquqi asosida joylashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil davomida

Adliya vazirligi,

“O‘zarxiv” agentligi

2. “O‘zarxiv” agentligi va uning tizim tashkilotlarini joylashtirishdan ortgan bo‘sh turgan bino-inshootlarni belgilangan tartibda sotish va undan tushgan mablag‘larni baholash va sotish xarajatlari chegirilgan holda Adliya vazirligi va “O‘zarxiv” agentligining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish maqsadida foydalanish uchun Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltirish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2024-yil iyul

35.

Vazirlik va idoralarning elektron hujjatlarini saqlash uchun topshirishga mo‘ljallangan axborot tizimini yaratish.

1. Vazirlik va idoralarning elektron hujjatlarini saqlash uchun topshirishga mo‘ljallangan “Idoraviy elektron arxiv” axborot tizimining texnik hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil iyul

“O‘zarxiv” agentligi

2. Axborot tizimini ishga tushirish.

2024-yil dekabr

36.

Qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli tashkilotlarning autsorsing xizmatlaridan foydalangan holda davlat arxivlarida saqlanayotgan O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini raqamlashtirish.

Quyidagi imkoniyatlarni o‘z ichiga olgan “Elektron o‘quv zali” davlat xizmati va axborot tizimini joriy etish:

arxivlarning elektron o‘quv zallariga onlayn kirish;

arxiv hujjatlarining ro‘yxatlarini ko‘rish va zarur arxiv hujjatlarini tanlash;

arxiv hujjatlari nusxalariga buyurtma berish va yuklab olish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil noyabr

“O‘zarxiv” agentligi

a) 1-ilovaning 2-bandi o‘n ikkinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markaziga (keyingi o‘rinlarda — DPM)” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2-bandning o‘ninchi xatboshisidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markaziga (keyingi o‘rinlarda — DPM)” so‘zlari “Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligiga (keyingi o‘rinlarda — Personallashtirish agentligi)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
4-bandning ikkinchi xatboshisidagi “DPMda” so‘zi “Personallashtirish agentligida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
5, 14, 16, 22-bandlardagi va 24-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “DPMga” so‘zi “Personallashtirish agentligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
17-banddagi “DPM” abbreviaturasi “Personallashtirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3-bandning to‘qqizinchi xatboshisidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi” so‘zlari “Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
6-banddagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazining” so‘zlari “Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
ikkinchi va uchinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi — o‘ninchi xatboshilar tegishincha ikkinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
beshinchi va oltinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
sakkizinchi xatboshi to‘qqizinchi xatboshi deb hisoblansin;
b) 8-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
a) 2-banddan “hamda o‘rnatilgan tartibda yo‘q qilinishida” so‘zlari chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshidan “arxiv ishi va ish yuritish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradigan vakolatli davlat organi hamda” so‘zlari chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga asosan” so‘zlari “qonunchilikda belgilangan tartibda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
beshinchi xatboshidagi “o‘rinbosarlari” so‘zi “o‘rinbosari” so‘zi bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 8-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
uchinchi xatboshi “tasdiqlansin” so‘zi bilan to‘ldirilsin;
to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
b) 5-bandning beshinchi va oltinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
v) 11-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
g) 3-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
birinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markaziga” so‘zlari “Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi” so‘zlari “Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ilovaning “3-bosqich” pozitsiyasi “Subyektlar” ustunidagi “Davlat personallashtirish markazi” so‘zlari “Personallashtirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markaziga” so‘zlari “Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi” so‘zlari “Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ilovaning “3-bosqich” pozitsiyasi “Subyektlar” ustunidagi “Davlat personallashtirish markazi” so‘zlari “Personallashtirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6079-son Farmoniga 23-ilovaning 7.4-pozitsiyasi “Tashkilotlar” ustunidagi “Davlat personallashtirish markazi” so‘zlari “Personallashtirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) 6-bandning uchinchi xatboshisidagi “har chorakda” so‘zlari “har yarim yilda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 10 va 11-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
v) 1-ilovaning 3, 9 va 26-pozitsiyalari “Amalga oshirish muddati” ustunidagi “2022-2023-yillar” so‘zlari “2022 — 2026-yillar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “1 — 6-ilovalar tegishincha” so‘zlari “1-ilova” so‘zlari bilan almashtirilsin;
23 va 40-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
a) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
rus tilidagi matnda to‘rtinchi xatboshidagi “SPI “Adolat” so‘zlari “sentra “Adolat” so‘zlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “Adolat” HAM” so‘zlari “Adolat” markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
beshinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi apparati va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tarkibiy tuzilmalarida” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tarkibiy bo‘linmalarida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar agar qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari” so‘zlari “vazirliklar va idoralar agar qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
beshinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi” so‘zlari “Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“d” kichik band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
e) 8 va 10-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
j) 11-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi” so‘zlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
sakkizinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi apparati” so‘zlari “Bosh vaziri kotibiyatining tarkibiy bo‘linmalari hamda Bosh vazir o‘rinbosarlarining kotibiyatlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2-bandning birinchi xatboshisidagi “davlat boshqaruvi organi” so‘zlari “respublika ijro etuvchi hokimiyat organi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
4-banddagi “davlat boshqaruvi organlari” so‘zlari “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
8 — 10-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
birinchi xatboshidan “davlat qo‘mitalari,” so‘zlari chiqarib tashlansin;
sakkizinchi xatboshi to‘qqizinchi xatboshi deb hisoblansin;
13-kichik banddan “davlat qo‘mitalari,” so‘zlari chiqarib tashlansin;
35-kichik banddagi “davlat boshqaruvi organlari” so‘zlari “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
43-kichik banddagi “Moliya vazirligi bilan kelishgan” so‘zlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
14-band quyidagi mazmundagi 15 va 16-kichik bandlar bilan to‘ldirilsin:
16-banddagi “besh nafar o‘rinbosarga” so‘zlari “to‘rt nafar o‘rinbosarga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
5-bobning 3-paragrafi nomidagi, 23-banddagi va 28-banddagi “davlat boshqaruvi organlari” so‘zlari “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
24-bandning birinchi xatboshisidagi “davlat boshqaruvi organlarining” so‘zlari “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
30-banddagi “vazirning buyruqlari bilan amalga oshiriladi” so‘zlari “hay’at raisi tomonidan imzolanadi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
36-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
39-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
42-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
k) 2 — 7-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-maydagi PQ-3741-son qarori bilan tasdiqlangan Notariatning faol modeli doirasida notariuslar tomonidan bitimlarni tasdiqlashda “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar ro‘yxatining 2-pozitsiyasi “Ma’lumotlar beruvchi vakolatli idora” ustunidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi” so‘zlari “Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) 2-bandning o‘n beshinchi xatboshisidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markaziga (keyingi o‘rinlarda — DPM)” so‘zlari “Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligiga (keyingi o‘rinlarda — Personallashtirish agentligi)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 8-bandning ikkinchi xatboshisidagi “DPMda” so‘zi “Personallashtirish agentligida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 29-band “a”, “b” va “v” kichik bandlarining ikkinchi xatboshilaridagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazining” so‘zlari “Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 30-bandning birinchi va to‘rtinchi xatboshilaridagi hamda 37-banddagi “DPMga” so‘zi “Personallashtirish agentligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) 38-bandning ikkinchi xatboshisidagi “DPMning” so‘zi “Personallashtirish agentligining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
e) 39-bandning birinchi xatboshisidagi va 403-bandning ikkinchi xatboshisidagi “DPM” abbreviaturasi “Personallashtirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
beshinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
v) 3-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi — o‘n beshinchi xatboshilar tegishincha uchinchi — o‘n to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
d) 7-band “Agentlik direktoriga” so‘zlaridan keyin “Adliya vazirligi bilan kelishgan holda” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
e) 1 — 3-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
20. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi PQ-4756-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar va xalqaro tashkilotlarga a’zolik bo‘yicha majburiyatlarni bajarishga mas’ul davlat organlari va boshqa tashkilotlar ro‘yxatining 33-pozitsiyasi “To‘lovchilar nomi” ustunidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi” so‘zlari “Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
“a” kichik banddagi “1-fevralga” so‘zlari “25-mayga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“b” kichik bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “15-mayga” so‘zlari “30-iyunga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“v” kichik bandning birinchi xatboshisidagi “15-iyunga” so‘zlari “10-iyulga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
12-banddagi “1-fevralga” so‘zlari “25-mayga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
19-banddagi “15-mayga” so‘zlari “30-iyunga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
20-banddagi “15-iyunga” so‘zlari “10-iyulga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
a) 3-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “Vazirlar Mahkamasi qarori bilan” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi tomonidan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “har yarim yilda” so‘zlari “har yili 15-yanvarga qadar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshidagi “15-dekabrga” so‘zlari “15-yanvarga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 11-bandning ikkinchi xatboshisidagi “har olti oy yakunida” so‘zlari “har yili 20-yanvarga qadar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
27. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-maydagi PQ-243-son qarori bilan tasdiqlangan 2022 — 2025-yillarda ayrim dolzarb virusli infeksiyalar tarqalishiga qarshi kurashish chora-tadbirlarini takomillashtirish bo‘yicha dasturning 5-pozitsiyasi “Amalga oshirish mexanizmi” va “Mas’ul ijrochilar” ustunlaridagi “Davlat personallashtirish markazi” so‘zlari “Personallashtirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
28. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-oktabrdagi PQ-411-son qarori bilan tasdiqlangan Farmatsevtika mahsulotlari hisobi va nazorati axborot tizimiga integratsiya qilinadigan ma’lumotlar ro‘yxatining 4-pozitsiyasi “Ma’lumot berish uchun mas’ul vakolatli organ” ustunidagi “Davlat personallashtirish markazi” so‘zlari “Personallashtirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.