27.04.2000 yildagi 165-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.05.2017
Hujjat 27.04.2000 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida arxitektura va shahar qurilishini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 26-apreldagi PF-2595-son Farmoniga muvofiq hamda shaharlar, tuman markazlari va aholi punktlari shaharsozlik jihatidan kompleks rivojlantirilishini ta’minlash, loyiha-qidiruv ishlari tashkil etilishini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
T/rTashkilotlarning nomi

Bosh tashkilotlar funksiyalarini amalga oshirish yo‘nalishlari

1.“O‘zshaharsozlik LITI” ochiq aksiyadorlik jamiyati

Shaharlar, tumanlar, tuman markazlari va shahar ko‘rinishidagi posyolkalarning loyiha-rejalashtirish hujjatlarini ishlab chiqish, ularni doimiy yangilash monitoringini yuritish va ularning amalga oshirilishi ustidan nazorat o‘rnatish.

2.“O‘zLITTI” ochiq aksiyadorlik jamiyati

Ilmiy-tadqiqot, eksperimental, loyihalash ishlari, ilg‘or hajmli-rejalashtirish va konstruktiv yechimlarni, yangi qurilish materiallarini ishlab chiqish va joriy etish, loyihalash yechimlarini birxillashtirish, turar joy va jamoat binolarining texnik holatini baholash.

3.“O‘zpo‘latqurilmaloyiha” ochiq aksiyadorlik jamiyati

Qurilish metall konstruksiyalari va nostandart uskunalarni loyihalashtirish, foydalanish davrida ularning holatini tekshirish.

4.“O‘zbekiston davlat muhandislik-texnologiya qidiruvlari instituti” ochiq aksiyadorlik jamiyati

Loyihalashtirish va qurilishda muhandislik-texnik qidiruvlar, geoaxborot tizimlarini joriy etish.

5.“ZPLITI” instituti

Poydevorsozlik, asoslarni, yer osti inshootlarini qurishda va monolit qurishda tadqiqotchilik, eksperimental va loyihalash ishlari.

6.“Iqtisodiyot va qurilishni tashkil etish, yangi texnologiyalar ilmiy-tadqiqot” instituti

Iqtisodiyot va qurilishni tashkil etish, qurilishga yangi va ilg‘or texnologiyalarni, boshqaruv usullarini joriy etishning iqtisodiy samaradorligi.

7.“O‘zog‘irsanoatloyiha” ochiq aksiyadorlik jamiyati

Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida korxonalar va sanoat uzellarini loyihalashtirish, joylashtirish sxemalarini ishlab chiqish.

8.Toshkent qurilish bosh rejasi ilmiy-tadqiqot va loyihalash instituti

Toshkent shahri va Toshkent viloyati bo‘yicha loyiha-rejalashtirish hujjat-larini ishlab chiqish, ularni doimiy yangilash monitoringini yuritish va ularning amalga oshirilishi ustidan nazorat o‘rnatish.

9.“O‘zbekkommunalloyiha” loyihalash instituti

Uy-joy-kommunal xo‘jaligining (gaz ta’minoti xo‘jaligi bundan mustasno) muhandislik infratuzilmasini rivojlantirishni loyihalashtirish, ushbu obyektlarni joylashtirish sxemalarini ishlab chiqish.

10.“O‘zengsanloyiha” jamoa xo‘jaligi

Yengil sanoat va paxtani qayta ishlash sanoati obyektlarini loyihalashtirish, ushbu tarmoqlardagi korxonalarni joylashtirish sxemalarini ishlab chiqish.

11.“O‘zmevasabzavotuzum-sanoatloyiha” ochiq aksiyadorlik jamiyati

Meva-sabzavot va oziq-ovqat sanoati obyektlarini loyihalashtirish, ushbu tarmoqlardagi korxonalarni joylashtirish sxemalarini ishlab chiqish.

12.“O‘zqishloqloyiha” ochiq aksiyadorlik jamiyati

Qishloq aholi yashash joylari uchun ishlab chiqarish va turar joy hamda jamoat obyektlarini loyihalashtirish, xo‘ja-liklar hududlari va sxemalarini rejali tashkil etishni ishlab chiqish.

13.“Toshqurilishmateriallari LITI” ochiq aksiyadorlik jamiyati

Qurilish materiallari ishlab chiqarish obyektlarini loyihalashtirish, tarmoq korxonalarini joylashtirish sxemalarini ishlab chiqish.

14.“O‘zgazloyiha” loyihalash instituti

Yer osti-muhandislik kommunikatsiyalari va inshootlarining gaz ta’minoti va gazlashtirish, elektr-kimyoviy himoyalash tizimlarini loyihalashtirish, gaz ta’minoti va gazlashtirish tizimlarini rivojlantirish sxemalarini ishlab chiqish.

15.“O‘zyo‘lloyiha” loyihalash instituti

Avtomobil-yo‘l xo‘jaligi obyektlarini loyihalashtirish, avtomobil yo‘llari, ko‘priklar, ko‘prik yo‘llar sxemalarini loyihalashtirish, yo‘l bo‘yidagi inshootlarni joylashtirish.

16.“O‘zbekneftgaz” LITI” ochiq aksiyadorlik jamiyati

Neft va gaz sanoati obyektlarini loyihalashtirish, korxonalarni joylashtirish sxemalarini ishlab chiqish.

17.“O‘zdavtibloyiha” loyihalash instituti

Sog‘liqni saqlash obyektlarini loyiha-lashtirish va ularni joylashtirish sxemalarini ishlab chiqish.

18“TransDLI” jamoa korxonasi

Temir yo‘llarni va tegishli infratuzilmalarni loyihalashtirish.

19.“O‘zmelioratsiyasuvxo‘jalik DLI” loyihalash instituti

Mirzacho‘l, Jizzax va Qarshi cho‘llari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi suv xo‘jaligi va melioratsiya obyektlarini loyihalashtirish.

20.“O‘zsuvxo‘jaligi DLI” loyihalash instituti

Boshqa mintaqalardagi suv xo‘jaligi va melioratsiya obyektlarini loyihalash-tirish.

21.“O‘zenergotarmoqloyiha” ochiq aksiyadorlik jamiyati Elektr ta’minoti obyektlarini va ularni joylashtirish sxemalarini loyihalashtirish.
22.“Gidroloyiha” ochiq aksiyadorlik jamiyati Gidroelektr stansiyalarni loyihalashtirish.
23.“O‘zsanoattexnologiya LITI”Kon-qazib chiqarish sanoati obyektlarini loyihalashtirish.
24.“Harbiyloyiha” loyihalash instituti Mudofaa obyektlarini loyihalashtirish.
25.“O‘zrangmetloyiha” ochiq aksiyadorlik jamiyati Rangli metallurgiya obyektlarini loyihalashtirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.