25.12.2023 yildagi O‘RQ-889-son
Hujjat 27.12.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ushbu Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksiga ishlarni ko‘rishning o‘ta markazlashtirilishiga barham berish, fuqarolarning olis hududlardan sudga kelib sarson bo‘lishining oldini olish maqsadida viloyat sudlari va ularga tenglashtirilgan sudlarda ishlar apellatsiya yoki kassatsiya va taftish tartibida ko‘rilishini, ishlar taftish tartibida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atida va alohida hollarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatida ko‘rilishini hamda yuqori instansiya sudlari tomonidan ishlarni yangidan ko‘rish uchun birinchi instansiya sudiga yuborish tartibi bekor qilinishini, shuningdek erga oid huquqiy munosabatlar bilan bog‘liq ishlarni ma’muriy sudlar tomonidan ko‘rishda prokuror ishtirok etishi shartligini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Mazkur Qonun fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida nazarda tutilgan sud orqali himoya qilinish va sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlarini yanada oshirishga, ularning buzilgan huquqlari va erkinliklarini, shuningdek qonuniy manfaatlarini kengroq himoya qilishga, odil sudlovga erishish darajasini yanada oshirishga, ishlarning sifatli va o‘z vaqtida ko‘rilishiga, sud qarorlarini qayta ko‘rishda o‘rta bo‘g‘in — viloyat sudlari va ularga tenglashtirilgan sudlar imkoniyatlaridan samarali foydalanishga, shuningdek fuqarolarning sudlardagi ortiqcha xarajatlari tejalishiga xizmat qiladi.
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 25-yanvarda qabul qilingan O‘RQ-462-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 3-ilova, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 5, 261-modda, № 9, 592-modda, № 11, 791-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 198-modda; 2021-yil, № 1, 9-modda, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar, № 9, 903-modda; 2022-yil, № 8, 787-modda, № 12, 1188-modda; 2023-yil, № 3, 185-modda, № 4, 269-modda) quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 5-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “apellatsiya va kassatsiya instansiyasi” degan so‘zlar “apellatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish instansiyalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 7-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
ikkinchi qismidagi “apellatsiya va kassatsiya” degan so‘zlar “apellatsiya, kassatsiya va taftish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
4) 20-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
6) 46-moddaning yettinchi qismi “sud mazkur ishda prokuror ishtirok etishi zarur deb topgan hollarda” degan so‘zlardan keyin “erga oid huquqiy munosabatlar bilan bog‘liq ishlarda” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
7) 112-moddaning uchinchi qismidagi “apellatsiya, kassatsiya shikoyatlariga” degan so‘zlar “apellatsiya, kassatsiya va taftish shikoyatlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
8) 115-moddaning yettinchi qismidagi “apellatsiya, kassatsiya shikoyati” degan so‘zlar “apellatsiya, kassatsiya va taftish shikoyati” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
9) 120-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
10) 1263-moddaning beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
11) 1264-moddaning ikkinchi qismidagi “Apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi” degan so‘zlar “Apellatsiya yoki kassatsiya, taftish instansiyasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
12) 144-moddaning to‘rtinchi qismidagi “apellatsiya va kassatsiya” degan so‘zlar “apellatsiya, kassatsiya va taftish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
13) 201-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
14) 203-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
15) 207-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
birinchi qismining 2-bandidagi “qonunchilikka” degan so‘z “qonunga” degan so‘z bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi qismidagi “kassatsiya shikoyati (protesti)” degan so‘zlar “taftish shikoyati (protesti)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
17) 210-moddaning to‘rtinchi qismidagi “kassatsiya shikoyati (protesti)” degan so‘zlar “taftish shikoyati (protesti)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
18) 213-moddaning uchinchi qismidagi “kassatsiya tartibida” degan so‘zlar “taftish tartibida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
to‘rtinchi qismidagi “kassatsiya tartibida” degan so‘zlar “taftish tartibida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
20) 215-moddaning ikkinchi qismi “bundan ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari bo‘yicha ko‘rish holi mustasno” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
21) 219-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
to‘rtinchi qismi quyidagi mazmundagi to‘rtinchi va beshinchi qismlar bilan almashtirilsin:
beshinchi qismi oltinchi qism deb hisoblansin;
ikkinchi qismining 13-bandi chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi qismi chiqarib tashlansin;
beshinchi va oltinchi qismlari tegishincha to‘rtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;
24) 223 — 226-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
25) 227-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
26) 228-moddaning birinchi qismidagi “kassatsiya instansiyasi sudiga” degan so‘zlar “sudga” degan so‘z bilan almashtirilsin;
27) 230-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
28) 2301-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
29) 231-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
30) 232-modda ikkinchi qismining 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
31) 233 va 234-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
32) 2341-modda chiqarib tashlansin;
33) 236-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
birinchi qismidagi “yoxud” degan so‘z “yoki” degan so‘z bilan almashtirilsin;
uchinchi qismi to‘rtinchi qism deb hisoblansin;
birinchi qismining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
to‘rtinchi qismi beshinchi qism deb hisoblansin;
36) 239-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
37) 240-modda quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin:
38) 241-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
nomidagi “muddatlari” degan so‘z “muddati” degan so‘z bilan almashtirilsin;
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
40) 243 va 244-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
ikkinchi qismining 14-bandi chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi qismi chiqarib tashlansin;
beshinchi va oltinchi qismlari tegishincha to‘rtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;
42) 246-modda chiqarib tashlansin;
43) 247 va 248-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
44) 2481-modda chiqarib tashlansin;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining, Bosh prokurorining protesti ushbu Kodeks 249-moddasi birinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan shaxslarning murojaati kelib tushgan kundan e’tiboran uch oy ichida, lekin ishni taftish tartibida ko‘rish natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan qaror qabul qilingan kundan e’tiboran olti oydan kechiktirmay keltirilishi mumkin.
46) 268-moddaning ikkinchi qismidagi “apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasining” degan so‘zlar “apellatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Ushbu Qonun 1-moddasining 1 — 5, 7 — 46-bandlari 2024-yil 1-yanvardan e’tiboran amalga kiritiladi.