21.12.2023 yildagi PQ-402-son
Hujjat 25.12.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Adliya vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2024-2025-yillarda mahallalarda 4-ilovada ko‘rsatilgan davlat xizmatlarining agentlar tomonidan ko‘rsatilishini yo‘lga qo‘ysin;
Keyingi tahrirga qarang.

Bosqich

Mas’ul organ

Chora-tadbir

Ijro muddati

I. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish jarayoni

1-bosqich

Mahalla uyushmasi, tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya bo‘limi, MFYlar

1. Jamg‘arma daromadlari prognozi (oylar kesimida) hisoblanadi.

2. Daromadlar smetasi tuziladi.

Dekabr

2-bosqich

Mahalla uyushmasi, MFYlar

1. Xarajatlar smetasi tuziladi va moliya organiga taqdim etiladi.

Yanvar

2. Jamg‘arma qoldiq mablag‘lari va daromadlar tushumidan kelib chiqqan holda o‘zgartirish kiritiladi.

Doimiy

3-bosqich

Tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya bo‘limi

Xarajatlar smetasi axborot tizimiga kiritiladi.

Yanvar

II. Jamg‘arma xarajatlarini amalga oshirish jarayoni

4-bosqich

MFYlar

Tasdiqlangan smetaga asosan mahalla uyushmasiga tegishli asoslovchi hujjatlarni (fuqarolar yig‘ini kengashi qarori va boshqa hujjatlar) ilova qilgan holda talabnoma taqdim etadi.

Doimiy

5-bosqich

Mahalla uyushmasi

1. Taqdim etilgan talabnoma har bir MFYning smetasiga mosligi, asoslovchi hujjatlarning to‘g‘riligi va to‘liqligi tekshiriladi.

2. Xato-kamchiliklar aniqlanganda hujjatlar tegishliligi bo‘yicha qaytariladi.

3. G‘aznachilik talablari bo‘yicha xaridlar va mablag‘larni moliyalashtirish amalga oshiriladi.

Doimiy

III. Jamg‘arma mablag‘lari harakati hisobini yuritish tartibi

6-bosqich

Mahalla uyushmasi

1. Jamg‘armaning daromadlari, xarajatlari va qoldiq mablag‘lari hisobi yuritiladi.

Doimiy

2. Jamg‘armaning mablag‘lari harakati bo‘yicha hisobot Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahallani qo‘llab-quvvatlash kengashlariga shuningdek, tuman (shahar) hokimligiga taqdim etib boriladi.

Keyingi oyning 5-sanasiga qadar

T/r

Chora-tadbirlar va tashabbuslar

Mazmuni

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” hamda ehtiyojmand oilalar bilan ishlash bo‘yicha

1.

Aholiga ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish

1. Aholiga “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” orqali ijtimoiy yordam (moddiy yordam, subsidiya uchun tavsiyanoma, kafillik va boshqalar) ko‘rsatishni “mahalla yettiligi”ga berish.

Bunda, yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi qarorni “mahalla yettiligi” tomonidan kollegial qabul qilish tartibini joriy etish.

2. “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari”ga kiritish va chiqarish bo‘yicha tartiblarni qayta ko‘rib chiqish.

3. Qonunchilik hujjatlariga joriy qilinayotgan tizimdan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2024-yil fevral

Vazirlar Mahkamasi,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi

2.

Xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish

1. Yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish, urug‘liklar, ko‘chatlar va sug‘orish vositalari xarid qilish uchun subsidiya ajratishda subsidiya oluvchi tomorqa yer egasi bo‘lishi lozimligi haqidagi talabni bekor qilish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2024-yil fevral

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi

3.

Mahalla raisi maqomini oshirish

Mahalladagi hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektorining faoliyatiga baho berishda mahalla raisining ishtirokini ta’minlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil mart

Uyushma,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

4.

“Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonunni yangi tahrirda qabul qilish

Mahallalar funksiyalarining yagona ro‘yxatini tasdiqlash va ular javobgarligining aniq chegarasini belgilash.

Amaldagi Qonunni bugungi kun talablaridan kelib chiqib, tahlil qilish va uning normalarini yangilash bo‘yicha takliflar tayyorlash.

Qonun loyihasi

2024-yil aprel

Vazirlar Mahkamasi,

Uyushma,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

5.

Fuqarolar yig‘ini raisi lavozimiga nomzodlar oliy ma’lumotga ega bo‘lishi shartligini belgilash

“Fuqarolar yig‘ini raisi saylovi to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga fuqarolar yig‘ini raisi lavozimiga nomzodlar oliy ma’lumotga ega bo‘lishi shartligiga oid talabni kiritish.

Shuningdek, nomzodlarni asosan tadbirkorlik sohasida katta yutuqlarga erishgan va tashkilotchilik qobiliyatlari yuqori bo‘lgan fuqarolar orasidan tanlash amaliyotini joriy qilish.

Qonun loyihasi

2024-yil aprel

Vazirlar Mahkamasi,

Uyushma,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

6.

“Mahalla yettiligi” faoliyatini takomillashtirish

1. “Mahalla yettiligi” nizomini ishlab chiqish va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining namunaviy tuzilmasiga kiritish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2024-yil yanvar

Uyushma,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. “Mahalla yettiligi” tarkibidagi lavozimlarga tayinlashda ushbu mahallada yashovchi nomzodlarga ustuvorlik berish.

Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy

7.

“Mahalla yettiligi” faoliyatining asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini takomillashtirish

“Mahalla yettiligi” faoliyatining asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) bo‘yicha alohida baholash.

Bunda:

ko‘rsatkichlarni mazkur xodimlarning ish beruvchilari tomonidan O‘zbekiston mahallalari uyushmasi bilan kelishilgan holda tasdiqlash;

mahalladagi tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayollarga berilgan himoya orderi soni bo‘yicha xotin-qizlar faolining KRIini qayta ko‘rib chiqish;

olis hududlarda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilarining “yangi tashkil qilingan subyektlar” ko‘rsatkichini qayta ko‘rib chiqish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2024-yil fevral

Vazirlar Mahkamasi,

Uyushma,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

8.

Mahalla fuqarolar yig‘ini uchun alohida binoda “mahalla ettiligi”ni bir maskanda joylashtirishni ta’minlash

1. Mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim hamda soliq inspektori uchun qulay va ixcham binolarni o‘zida mujassam qiluvchi mahalla idoralarining namunaviy binosi loyihasini ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2024-yil fevral

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. Namunaviy loyiha bo‘yicha tumanlar kesimida mahalla idoralarini davlat-xususiy sheriklik asosida va mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan qurish, rekonstruksiya qilish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil aprel

9.

Mahalla raislarining vakolatlarini kengaytirish

Hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektorining ishga kelib ketishi to‘g‘risidagi davomatni (tabelni) mahalla raisi tomonidan yuritish tartibini joriy etish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2024-yil yanvar

Uyushma,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

10.

Mahalla faoliyatini raqamlashtirish

Hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli va yoshlar yetakchisi tomonidan alohida yuritilayotgan tarqoq platformalar o‘rniga Mahallaning yagona platformasini joriy qilish.

Bunda:

platformaga mahalla aholisi salomatligi ko‘rsatkichlarini, oilaviy shifokor va hamshiralar tomonidan joylarda ko‘rsatilayotgan patronaj xizmatlari ma’lumotlarini kiritish;

“Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” platformalarini o‘zaro integratsiya qilish;

platformani Personallashtirish agentligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Kadastr agentligi, Soliq qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, ta’lim vazirliklari bazalari bilan integratsiya qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil aprel

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Uyushma,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

II. Mahalla tizimi vakillari faoliyatini raqamlashtirish

11.

Qog‘oz shaklidagi hujjatlarni rasmiylashtirishni bekor qilish

Hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli va yoshlar e�akchisi tomonidan yig‘ilishlar, tadbirlar, so‘rovnomalar o‘tkazish bilan bog‘liq hujjatlarni qog‘oz shaklida yuritish talabini bekor qilgan holda to‘planayotgan, biroq davlat organida mavjud ma’lumotlarni (pasport, tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma, nikoh guvohnomasi kabi) xatlovdan o‘tkazish, shuningdek, mazkur ma’lumotlarni onlayn-platformaga integratsiya qilish orqali avtomatik shakllantirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil may

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

12.

Mahallalarga biriktirilgan soliq inspektorlarining faoliyatini samarali tashkil etish va baholash (KPI) uchun axborot tizimi ishlab chiqish

Mahallalarga biriktirilgan soliq inspektorlari ish olib borishlari uchun real vaqt rejimida foydalanish maqsadida “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimini joriy etish.

Budjetga qo‘shimcha daromad manbalarini aniqlash, mahalliy budjet tushumlarini ko‘paytirish va boshqa nat�jalardan kelib chiqib, mahalla soliq inspektorlarining faoliyati samaradorligini baholash (KPI), ularni erishilgan ko‘rsatkichlar asosida rag‘batlantirish tizimini joriy etish.

Bunda, tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq inspektorlarining faoliyatini baholash imkonini yaratish, ular tomonidan berilgan baho soliq inspektorlari faoliyatining muhim samaradorlik ko‘rsatkichlaridan biri etib belgilash.

Mazkur tadbirlarni amalga oshirish hamda dasturiy mahsullarni ishlab chiqish bilan bog‘liq xarajatlar Soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil yanvar

Soliq qo‘mitasi,

Raqamlashtirish vazirligi

13.

Kredit va subsidiya ajratish jarayonlarini raqamli shaklga o‘tkazish

Kredit va subsidiya ajratish uchun hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli va yoshlar yetakchisi tomonidan qog‘oz shaklida rasmiylashtirilayotgan �ujjatlar va xizmatlarni to‘liq raqamli shaklda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish.

Bunda:

hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli va yoshlar yetakchisi tomonidan fuqarolarning arizasini ko‘rib chiqish natijasida rasmiylashtiriladigan dalolatnoma va tavsiyanomalarni planshet orqali elektron shakllantirish;

xizmat ko‘rsatish jarayonida fuqarolarni hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli va yoshlar yetakchisining plansheti orqali biometrik ma’lumotlarni solishtirish (barmoq izi, Face-ID yoki boshqa) tizimi vositasida identifikatsiya qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil aprel

Raqamlashtirish vazirligi,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi

III. Mahallalarning moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish

14.

“Mahalla budjeti” tizimini amaliyotga joriy etilishida mavjud muammolarni bartaraf etish

1. “Mahalla budjeti” tizimi joriy etilgan tumanlarda jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer solig‘idan undirilgan mablag‘lardan tegishli qismini tegishli mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armalariga o‘tkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil dekabr

Vazirlar Mahkamasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Uyushma

2. 2024-yil 1-yanvardan boshlab, jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer solig‘idan undirilgan mablag‘larni davlat moliyasi axborot tizimi orqali avtomatlashgan holda mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armalariga o‘tkazish tartibini joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil dekabr

3. “Mahalla budjeti” tizimi joriy etilgan tumanlardagi mahallarda yig‘ilgan mablag‘larning maqsadli ishlatilishini nazorat qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy

15.

Mahallalarning daromad manbalarini kengaytirish

1. Mahallalar tomonidan tadbirkorlik subyektlariga konsultativ xizmatlar ko‘rsatish, ularga mahsulotini realizatsiya qilishga ko‘maklashish.

Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Uyushma,

Biznes-ombudsman,

Savdo-sanoat palatasi

2. Ehtiyojmand oilalar uchun xayriya mablag‘larini jalb qilish va taqsimlash.

Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy

3. Mahalla aholisi uchun maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy

16.

Mahallarda sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olish

1. Kuzatuv kameralari o‘rnatiladigan mahallalar ro‘yxatini shakllantirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil yanvar

Ichki ishlar vazirligi,

Uyushma,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

2. Mahalla hududlarida, ayniqsa, uning kirish va chiqish joylariga kuzatuv kameralarini o‘rnatish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil mart

IV. Mahallalar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha

17.

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish

1. O‘zbekiston mahallalari uyushmasini belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil dekabr

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Adliya vazirligi

2. O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Konferensiyasini chaqirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil yanvar

18.

Mahalla faollarining mas’uliyatini oshirish

Har chorak yakuni bilan “mahalla yettiligi” a’zolarining amalga oshirgan ishlari bo‘yicha mahalla fuqarolar yig‘ini oldida hisobot berish amaliyotini joriy qilish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2024-yil mart

Uyushma,

Adliya vazirligi,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

19.

Soliq organlari tomonidan mahalla darajasida ishlash tizimini joriy qilish

Barcha mahallalarga soliq inspektorlari biriktirilib, “tadbirkorbay” ishlash va ularning kunlik masalalarini joyida hal qilish bo‘yicha yangi tizim joriy qilish.

Bunda, Qo‘mitaning markaziy apparati va hududiy bo‘linmalari tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni doirasida tegishli o‘zgartirishlar kiritish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil yanvar

Soliq qo‘mitasi

20.

Mahallalarda fuqarolar xonadonlarini ijaraga berish tartibini soddalashtirish

Amaldagi soliq idorasiga borib raqamli imzo olish hamda ijara shartnomasini rasmiylashtirish tartibidan voz kechib, ijaraga berish tizimini to‘liq elektronlashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil yanvar

Soliq qo‘mitasi,

Ichki ishlar vazirligi

21.

Aholini vaqtincha yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tizimini takomillashtirish

1. Aholini vaqtincha yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatg� olish tizimini to‘liq elektron tizimga o‘tkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil fevral

Ichki ishlar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. Aholini vaqtincha yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishda profilaktika inspektorining ta’sir choralarini kengaytirish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2024-yil mart

22.

“Eng namunali mahalla raisi” tanlovini o‘tkazish

Mahalla raislari faoliyatini rag‘batlantirish, vazifalarini amalga oshirishda qo‘shimcha sharoitlar yaratish maqsadida mahalla raislari orasida “Eng namunali mahalla raisi” tanlovi o‘tkazilib, natijalariga ko‘ra har yili 22-mart — Mahalla tizimi xodimlari kuni arafasida:

Respublika mahallani qo‘llab-quvvatlash kengashi tomonidan 14 nafargacha mahalla raisiga “Eng namunali mahalla raisi” faxriy yorlig‘i va 10 million so‘m pul berilishini;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahallani qo‘llab-quvvatlash kengashlari tomonidan 5 nafargacha mahalla raisiga “Eng namunali mahalla raisi” faxriy yorlig‘i va 5 million so‘m pul berilishini;

tuman (shahar) mahallani qo‘llab-quvvatlash kengashlari tomonidan 3 nafargacha mahalla raisiga “Eng namunali mahalla raisi” faxriy yorlig‘i va 3 million so‘m pul berilishini;

har bir tumandan 7 nafargacha bo‘lgan eng faol mahalla raislari uchun mamlakatimiz bo‘ylab ziyorat yoki ekoturizm tashkil etilishini yo‘lga qo‘yish.

Amaliy chora-tadbirlar

Har yili

Uyushma

23.

“Mahalla balansi”ni shakllantirish

Quyidagi imkoniyatlarga ega “Mahalla balansi” yagona elektron platformasini ishga tushirish:

uyma-uy yurish orqali aholining muammolarini o‘rganayotgan xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari, hokim yordamchilari tomonidan yig‘ilgan mahalla aholisi balansini shakllantirish;

mahalla aholisiga “mahalla yettiligi” tomonidan ko‘rsatilayotgan yordam ko‘lami va manzilliligini o‘rganish hamda ular faoliyatiga baho berish imkonini yaratish;

mahalla aholisiga ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy yordam va ushbu yordamdan foydalangan shaxslar, yordam turlari kesimida ma’lumotlar bilan tanishish;

mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektori faoliyatining asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini yagona baholash;

kasbga o‘qitilgan hamda tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida subsidiya, grant va kredit mablag‘lari olgan shaxslar hamda ularning keyingi faoliyatining monitoringi natijalarini kuzatish;

Yagona milliy mehnat tizimi elektron bazasi asosida ish beruvchi va ish izlovchilarni bir-biri bilan bog‘lash;

mahalla hududida joylashgan uy-joy bo‘yicha amalga oshirilgan notarial harakatlar to‘g‘risida notarial idoralar tomonidan ma’lumotlarni kiritish;

mahallada yashovchilar tomonidan nikoh tuzish bo‘yicha ariza berilganligi, tuzilganligi va bekor qilinganligi to‘g‘risida FXDYo organlari tomonidan ma’lumotlarni kiritish;

migratsiyaga ketish istagidagi yoshlarning o‘zi yashayotgan mahalladagi yoshlar yetakchisiga xabarnoma berish tizimini joriy etish;

“Xorijdagi yoshlar balansi”ni shakllantirish va xorijiy davlatlarda tahsil olayotgan fuqarolarni “Yoshlar daftari”ga kiritish imkonini yaratish;

uyma-uy yurib yig‘ilgan ish izlovchi shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xususiy bandlik agentliklariga muntazam va bepul taqdim etib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil aprel

Uyushma,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi,

Ichki ishlar vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Soliq qo‘mitasi

24.

Ko‘chaboshi va uyboshilar faoliyatini tartibga solish va ularning nufuzini oshirish

Mahallalar faoliyatida faol ishtirok etib kelayotgan ko‘chaboshi va uyboshilarning faoliyatini tartibga solish va ularning nufuzini oshirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini kiritish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2024-yil mart

Uyushma,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

25.

Ijtimoiy shartnoma amaliyotini joriy qilish

“Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” orqali yordam berilgan shaxslar bilan ijtimoiy shartnoma tuzish amaliyotini joriy qilish masalasi yuzasidan takliflar ishlab chiqish va kiritish.

Ma’lumotnoma

2024-yil yanvar

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi,

Uyushma

26.

O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining vakolatxonalarini ochish

Yoshlar soni nisbatan ko‘p bo‘lgan xorijiy davlatlarda O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining vakolatxonalarini ochish masalasini o‘rganib chiqish va taklif kiritish.

Ma’lumotnoma

2024-yil yanvar

Yoshlar siyosati va sport vazirligi

27.

Investitsiya dasturlarini shakllantirishda “mahalla yettiligi” ishtirokini ta’minlash

Investitsiya dasturlarini shakllantirishda “mahalla yettiligi” tomonidan bildirilgan takliflarni inobatga olish amaliyotini yo‘lga qo‘yish.

Normativ-huquqiy hujjat

2024-yil mart

Uyushma,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi

28.

“Temir daftar”ni yuritish va “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi faoliyatini qayta ko‘rib chiqish

Quyidagilarni:

“Temir daftar”ni yuritish hamda unga ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni ehtiyojlari va mavjud imkoniyatlarini baholagan holda kiritish va chiqarish tartibini;

“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat

2024-yil fevral

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi

29.

Mahallalarni tuzish, birlashtirish, bo‘lish va tugatish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash va o‘zgartirishning barqaror mezonlarini belgilash

Mahallalarni tuzish, birlashtirish, bo‘lish va tugatish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash va o‘zgartirishning barqaror mezonlarini belgilash. Bunda:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida idoralararo doimiy komissiyalar tuzish;

mahallalarni tuzish, birlashtirish, bo‘lish va tugatish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash va o‘zgartirish vakolatini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga o‘tkazish.

Normativ-huquqiy hujjat

2024-yil fevral

Uyushma,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

30.

Mahallada davlat organlari va jamoat tuzilmalarining hamkorligini ta’minlash

Mahallada davlat organlari va jamoat tuzilmalarining hamkorligini ta’minlashga oid O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqish. Bunda:

mahalla raisi tomonidan hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori faoliyatini muvofiqlashtirish, baholash, ularni hududdagi birinchi navbatda hal etilishi lozim bo‘lgan muammolarni bartaraf etishga yo‘naltirish hamda bu borada jamoatchilik nazoratini o‘rnatish tizimini joriy etish;

mahalla raisi tomonidan hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori faoliyati natijalari bo‘yicha tegishli xalq deputatlari Kengashlariga axborot kiritib borish;

hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektorining mahalla raisi bilan kelishgan holda faoliyat yuritishini ta’minlash nazarda tutiladi.

Normativ-huquqiy hujjat

2024-yil fevral

Uyushma,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi