14.12.2023 yildagi 660-son
Hujjat 15.12.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Davaktiv agentligi) tomonidan davlat mulkini ijaraga berish, ijara shartnomalarining monitoringi va tushumlarni nazorat qilish bo‘yicha “online-ijara.uz” axborot tizimi ishlab chiqilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
6. Davaktiv agentligi ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga davlat mulkini ijaraga berish tartibini buzganlik uchun balansda saqlovchilarning mansabdor shaxslariga nisbatan javobgarlik belgilanishini nazarda tutuvchi tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. Ijaraga berishni rad etishga ushbu Nizomning 6-bandida keltirilgan asoslar mavjud bo‘lmagan taqdirda, balansda saqlovchi so‘rov kelib tushgan kundan boshlab uch kun ichida ijaraga beruvchiga davlat mulkini ijaraga berish uchun quyidagi ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda elektron yoki yozma shaklda ariza taqdim etadi:
9. Balansda saqlovchining arizasida ushbu Nizomning 7-bandidagi ma’lumotlar to‘liq ko‘rsatilmagan bo‘lsa, ijaraga beruvchi arizani ikki kun muddatda ma’lumotlarni to‘liq ko‘rsatgan holda taqdim etish uchun balansda saqlovchiga qaytaradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-93-son Farmoniga asosan “20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturiga kiritilgan tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlik shartnomalari doirasidagi majburiyatlardan kelib chiqqan holda, hokimliklar, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi yoki tadbirkorlik subyektlaridan murojaat kelib tushgan taqdirda, hududlarda bo‘sh turgan va bir yildan buyon auksion savdolarida sotilmasdan turgan davlat mulki bo‘lgan bino va inshootlari, shuningdek, kasb-hunar kollejlarining foydalanilmasdan bo‘sh turgan binolarini ijaraga berish uchun ijaraga beruvchi tanlovni tashkil qiladi. Bunda talabgor yagona bo‘lganda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida ijara shartnomasini tuzishga yo‘l qo‘yiladi. Bunday shartnomalar doirasida ijara haqi ijara stavkasining minimal miqdori bo‘yicha belgilanadi.
59. Ijara to‘lovi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PQ-101-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi tomonidan (keyingi o‘rinlarda — Soliq qo‘mitasi) “E-ijara” elektron dasturi orqali undiriladi.
62. Soliq qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PQ-101-son qaroriga muvofiq ijaraga berilgan davlat mulki bo‘yicha har oyda undirilgan ijara to‘lovlari va ularning taqsimlanishi to‘g‘risidagi hisobotni hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasiga qadar Markazga taqdim etadi.
a) 2-bandning to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
b) 25-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: