27.11.2023 yildagi 622-son
Hujjat 28.11.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 24-maydagi PF-76-son Farmoni hamda “Turizm yo‘nalishidagi islohotlarni yanada jadallashtirish va sohada davlat boshqaruvi tizimini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 27-iyuldagi PQ-238-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
10. Mehmon uylari faoliyatini tashkil etishda mazkur Nizomga 1-ilovadagi ro‘yxat bo‘yicha sharoitlar yaratilgan bo‘lishi shart.
Mehmon uylarida ushbu Nizomga 1a-ilovaga muvofiq qo‘shimcha xizmat turlarini ko‘rsatish hamda va 1b-ilovadagi ro‘yxatdagi buyumlarning mavjud bo‘lishi tavsiya etiladi.
individual reyestr raqamini bergan holda, mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq mehmon uylari, xostellar, o‘tovli va chodirli oromgohlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ma’lumotlar bazasiga kiritish;
Ushbu Nizomning to‘rtinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatlar bartaraf etilgandan so‘ng mehmon uylari, xostellar, o‘tovli va chodirli oromgohlarni Reyestrga takroran kiritish to‘g‘risida belgilangan tartibda murojaat qilinishi mumkin.
Mehmon uylari, xostellar, o‘tovli va chodirli oromgohlar mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri vakolatli organ tomonidan, to‘rtinchi xatboshida ko‘rsatilgan hollarda esa faqat sud tomonidan Reyestrdan chiqariladi.
mehmon uylari, xostellar, o‘tovli va chodirli oromgohlar tomonidan mazkur Nizom talablarining (shu jumladan, mehmon uylari uchun mazkur Nizomga 2-ilovada ko‘zda tutilgan majburiy sharoitlar, xostellar, o‘tovli va chodirli oromgohlar uchun qabul qilingan standartlar) buzilish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish;
9. Ariza beruvchidan 7 va 8-bandlarda ko‘rsatilmagan ma’lumotlarni hamda boshqa hujjatlarni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.
18. Vakolatli davlat organi hujjatlarni olgan kundan boshlab ularni uch ish kuni davomida ko‘rib chiqadi, mehmon uyini Oilaviy mehmon uylari, xostellar, o‘tovli va chodirli oromgohlar faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi nizomga 1-ilovada, xostel, o‘tovli va chodirli oromgohlarni standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarda nazarda tutilgan majburiy talablarga muvofiqligi bo‘yicha o‘rganib chiqadi.
19. Mehmon uyini o‘rganib chiqish natijasi yuzasidan vakolatli davlat organi mazkur Reglamentga 4-ilovaga muvofiq shaklda, xostel, o‘tovli va chodirli oromgohlarni o‘rganib chiqish natijasi bo‘yicha esa, 5-ilovaga muvofiq shaklda dalolatnoma rasmiylashtiradi.
Mehmon uyi Oilaviy mehmon uylari, xostellar, o‘tovli va chodirli oromgohlar faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi nizomga 1-ilovada nazarda tutilgan, xostel, o‘tovli va chodirli oromgohlar standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarda nazarda tutilgan majburiy talablarga muvofiq bo‘lmagan taqdirda, vakolatli davlat organi dalolatnoma rasmiylashtirilgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan bildirish xatini rasmiylashtiradi yoki asoslangan rad javobini o‘z ERIsi bilan tasdiqlab, davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelgan holda murojaat qilinganda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat qilinganda) YIDXP orqali elektron shaklda yuboradi. Bunda, Reyestrga kiritish rad etilganligining aniq sabablari hamda ularni bartaraf qilish uchun hujjatlarni qayta taqdim etish mumkin bo‘lgan muddat (uch oygacha) ko‘rsatiladi.
20. Reyestrga kiritishni rad etishga asos bo‘lgan sabablar bartaraf etilganda, ariza beruvchi bildirish xatida ko‘rsatilgan muddat mobaynida Reyestrdan ko‘chirma olish uchun mazkur Reglamentga 6 va 7-ilovalarga muvofiq shakllarda ariza bilan qayta murojaat qilish huquqiga ega. Vakolatli davlat organi uch ish kuni davomida ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha dalolatnomani rasmiylashtirilgan holda, hujjatlarni qayta ko‘rib chiqadi.
22. Mehmon uyi Oilaviy mehmon uylari, xostellar, o‘tovli va chodirli oromgohlar faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi nizomga 1-ilovada nazarda tutilgan majburiy talablarga, xostel, o‘tovli va chodirli oromgohlar mazkur standardlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarda nazarda tutilgan majburiy talablarga muvofiq bo‘lganda, vakolatli davlat organi ikki ish kuni mobaynida:
ariza beruvchiga mazkur Reglamentga 8 va 9-ilovalarga muvofiq shakldagi Reyestrdan QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan ko‘chirmani rasmiylashtiradi;

Bosqich

Subyektlar

Tadbirlar

Ijro muddati

1-bosqich

Ariza beruvchi

Davlat xizmatidan foydalanish uchun davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat qiladi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXP orqali ariza topshiradi.

O‘z xohishiga ko‘ra

2-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

Arizani qabul qiladi, ariza raqami va sanasini ariza beruvchiga yuboradi yoki davlat xizmati ko‘rsatishni rad etadi.

Avtomatik tarzda

3-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

Ariza beruvchi davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat qilganda, uning so‘rovnomasini Turizm qo‘mitasining hududiy organiga (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organ) elektron �aklda yuboradi.

Avtomatik tarzda

4-bosqich

Turizm qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari

(vakolatli organ)

1. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni ko‘rib chiqadi.

2. Mehmon uyi, xostel, o‘tovli va chodirli oromgoh belgilangan talablarga muvofiqligini o‘rganadi va natijasi bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtiradi.

3 ish kuni mobaynida

5-bosqich

Turizm qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari

(vakolatli organ)

Mehmon uyi, xostel, o‘tovli va chodirli oromgoh belgilangan talablarga muvofiq bo‘lganda, uni Oilaviy mehmon uylari, xostellar, o‘tovli va chodirli oromgohlar yagona reyestriga kiritadi hamda davlat xizmatlari markazi (o‘zi kelgan holda murojaat qilinganda) yoki YIDXP (elektron tarzda murojaat qilinganda) orqali ariza beruvchiga xabar beradi.

2 ish kuni davomida

Mehmon uyi, xostel, o‘tovli va chodirli oromgoh belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmaganda, rad qilish asoslari aniq ko‘rsatgan bildirish xatini davlat xizmatlari markazi (o‘zi kelgan holda murojaat qilinganda) yoki YIDXP (elektron tarzda murojaat qilinganda) orqali ariza beruvchiga elektron tarzda yuboradi.

1 ish kuni davomida

6-bosqich

Ariza beruvchi*

Reyestrga kiritishni rad etish to‘g‘risida bildirish xatini olganda rad etish sabablarini bartaraf etadi va vakolatli organga qayta ko‘rib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etadi.

3 oygacha

7-bosqich

Vakolatli organ*

Hujjatlarni qayta ko‘rib chiqadi va qo‘shimcha dalolatnomani rasmiylashtiradi.

3 ish kuni davomida

8-bosqich

Vakolatli organ

Mehmon uylari, xostellar, o‘tovli va chodirli oromgohlarning faoliyatini monitoringi qiladi.

Doimiy

Oilaviy mehmon uyini o‘rganish dalolatnomasi № ____

20____ yil “____” _____________

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi ________________________________________
__________________________________________________ hududiy bo‘linmasi xodimi

(hudud nomi)

________________________________________________________________________

(xodimning F.I.O., lavozimi)

20____ yil “____” _____________da _________________________________________
________________________________________________________________________,

(ariza beruvchining manzili)

oilaviy mehmon uyi tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarni Oilaviy mehmon uylari, xostellar, o‘tovli va chodirli oromgohlar yagona reyestriga kiritish maqsadida ariza beruvchi
_______________________________________________________ ishtirokida o‘rgandi.

(F.I.O., telefon raqami, elektron pochta manzili)

Baholash vaqtida: _________________________________________________ belgilandi.
Tavsiya etiladi: __________________________________________________.
Xulosa: ________________________________________________________.

Dalolatnoma ikki nusxada rasmiylashtiriladi, uning birinchi nusxasi vakolatli davlat organiga hamda ikkinchi nusxasi ariza beruvchiga taqdim etiladi.

____________________

____________

_________________________

(xodim lavozimi)

(imzo)

(F.I.O.)

Dalolatnoma bilan tanishdim va bitta nusxasini oldim:

____________________________

_________________

(ariza beruvchining F.I.O.)

(imzo)

20____ yil “____” _____________

M.O‘. (mavjud bo‘lganda)

Xostel, o‘tovli va chodirli oromgohlarni o‘rganish dalolatnomasi № _____

20____ yil “____” _____________

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi ________________________________________
__________________________________________________ hududiy bo‘linmasi xodimi

(hudud nomi)

________________________________________________________________________

(xodimning F.I.O., lavozimi)

20____ yil “____” _____________da _________________________________________
________________________________________________________________________

(ariza beruvchining manzili)

xostel, o‘tovli va chodirli oromgoh tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarni Oilaviy mehmon uylari, xostellar, o‘tovli va chodirli oromgohlar yagona reyestriga kiritish maqsadida ariza beruvchi ___________________________________ ishtirokida o‘rgandi.

(F.I.O., telefon raqami, elektron pochta manzili)

O‘rganish vaqtida belgilandi:

T/r

Talablar

Haqiqiy holati

Muvofiqlik belgisi

1.

2.

3.

4.

___________________________

_______________

_____________________

(mas’ul xodim lavozimi)

(imzo)

(F.I.O.)

Tavsiya etiladi: __________________________________________________.
Xulosa: ________________________________________________________.

Dalolatnoma ikki nusxada rasmiylashtiriladi, uning birinchi nusxasi vakolatli davlat organiga hamda ikkinchi nusxasi ariza beruvchiga taqdim etiladi.

____________________

____________

_________________________

(xodim lavozimi)

(imzo)

(F.I.O.)

Dalolat�oma bilan tanishdim va bitta nusxasini oldim:

____________________________

_________________

(ariza beruvchining F.I.O.)

(imzo)

20____ yil “____” _____________

M.O‘. (mavjud bo‘lganda)

_________________________________________________________________________

(O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi)

SO‘ROVNOMA
(qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida)

1. ______________________________________________________________________

(arizachi beruvchining to‘liq nomi)

______________________________________________ manzili bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan

(manzili, telefon raqami, faks raqami, elektron pochta manzili)

________________________________________________________________________,
_________________________________________________________________ nomidan,

(xostel, o‘tovli va chodirli oromgoh egasining lavozimi, F.I.O.)

____________________________________________ manzil bo‘yicha taqdim etiladigan,

(viloyat, tuman, shahar, ko‘cha, bino raqami)

_________________________ mehmonxona va vaqtinchalik turar joy xizmatini ko‘rsatish

(xonalar va joylar soni)

Nizom va standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlar talablariga muvofiq kelishini ma’lum qiladi hamda uni Oilaviy mehmon uylari, xostellar, o‘tovli va chodirli oromgohlar yagona reyestridan ko‘chirmani qayta rasmiylashtirishni so‘raydi.

2. Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami.

3. Ariza beruvchi qonunchilik hujjatlarida belgilangan barcha shartlarni bajarishni o‘z zimmasiga oladi.
4. Arizaga hujjat va ma’lumotlar ___ varaqda ilova qilinadi.
20 ___ yil “____” _____________

(sana)

Ariza shaklini
olish uchun QR-kod