28.08.2023 yildagi PF-151-son
Hujjat 29.08.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 6-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 7-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

T/r

Tashkilotning amaldagi nomi

Qayta tashkil qilinayotgan tashkilotning nomi

Qayta tashkil qilinayotgan tashkilotning faoliyatiga oid qoidalar va izohlar

1.

Qurilish vazirligi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma)

Qayta tashkil etilayotgan jamg‘armalar daromadlarini shakllantirish manbalari va xarajatlar yo‘nalishlarining amaldagi tartibini saqlab qolgan holda, yangi manbalar va xarajatlar yo‘nalishlari belgilanadi.

Xususan:

a) Vazirlik huzuridagi va muassisligidagi korxona va tashkilotlar faoliyati, ko‘rsatadigan xizmatlari va bajaradigan ishlaridan olingan foydasining 25 foiz qismi Jamg‘armaga yo‘naltiriladi;

b) davlat qurilish nazorati amalga oshirilishi shart bo‘lgan barcha obyektlar bo‘yicha qurilish-montaj ishlari qiymatining 0,2 foiziga teng yagona miqdorda (qo‘shilgan qiymat solig‘isiz) ajratmalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Jamg‘armaga yo‘naltiriladi. Bunda, mazkur ajratmalarning 0,01 foizgacha qismi Inspeksiya va 0,16 foizgacha qismi hududiy inspeksiyalarning faoliyatini moliyalashtirish uchun ajratiladi (asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq);

v) hududiy “Suv ta’minoti” MChJlar tomonidan “O‘zsuvta’minot” AJ bilan kelishgan holda tasdiqlanadigan foiz ulushi asosida maxsus ustama haq to‘lig‘icha Jamg‘armaga o‘tkaziladi. Bunda, har oy yakuni bo‘yicha mazkur ustamalarning:

Toshkent shahridan tushgan qismining 30 foizi, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardan tushgan qismining 50 foizi “O‘zsuvta’minot” AJga yo‘naltiriladi;

Toshkent shahridan tushgan qismining 40 foizi Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Toshkent shahrini rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi;

g) loyiha va pudrat tashkilotlari tomonidan “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimining elektron tender platformasi orqali xaridlarda g‘olib bo‘lib, bajariladigan loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlari hajmining 0,1 foiz miqdoridagi majburiy ajratmalar.

2.

Uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi

3.

“Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzurida davlat muassasasi shaklidagi Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish respublika markazi

Markaz va hududiy boshqarmalar o‘zini o‘zi moliyalashtiradigan (xo‘jalik hisobida faoliyat yuritadigan) muassasa bo‘lganligi sababli, ularning moliyaviy va xo‘jalik operatsiyalari bank hisob raqamlari orqali amalga oshiriladi.

4.

“Qurilish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi”davlat muassasasi

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzurida davlat muassasasi shaklidagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi

Markazning tuzilmasi va shtat birliklari uning faoliyat yo‘nalishlari va ish hajmlaridan kelib chiqqan holda, Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.

Markaz o‘zini o‘zi moliyalashtiradigan (xo‘jalik hisobida faoliyat yuritadigan) muassasa bo‘lganligi sababli uning moliyaviy va xo‘jalik operatsiyalari bank hisob raqamlari orqali amalga oshiriladi.

Vazirlik markaziy apparatining axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid ishlari (xizmatlari) Markaz tomonidan bepul bajariladi hamda zaruriy hollarda, vazirlikning bu boradagi moddiy-texnik baza va boshqa vositalari uning tasarrufiga beg‘araz o‘tkazib beriladi, shuningdek, bu boradagi moddiy-texnik ta’minot va xaridlar Markaz tomonidan o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.

5.

“Qurilish sohasida texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti” davlat muassasasi

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi davlat muassasasi shaklidagiTexnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti

Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqotinstituti:

a) qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida texn�k jihatdan tartibga solishga oid normativ hujjatlarni ishlab chiqish, xalqaro talablar bilan uyg‘unlashtirish va ularning fondini yaratish;

ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish, mutaxassislar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, qurilish mahsulotlarini sinash va sertifikatlash, qurilishda narxlarni shakllantirish mexanizmlarini ishlab chiqish;

qurilish resurslari milliy klassifikatorini joriy qilish va narxlar elektron platformasini yuritish;

obyektlarning umumiy ma’lumotlar muhiti (CDE / Common Data Environment), qurilishda korxonalar resurslarini rejalashtirish (ERP / Enterprise Resource Planning) va axborot modellashtirish texnologiyalarini (BIM / Building Information Modeling) joriy etish bo‘yicha vakolatli davlat muassasasi hisoblanadi;

b) qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida texnik jihatdan tartibga solishga oid normativ hujjatlarni ishlab chiqish, takomillashtirish va xalqaro talablar bilan uyg‘unlashtirishni Vazirlik buyurtmachiligida to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida amalga oshiradi;

v) bino-inshootlar, jumladan ko‘p kvartirali uylar, davlat muassasalari, ijtimoiy soha, ishlab chiqarish va jamoat binolarini energiya samaradorlik nuqtai nazaridan audit qiladi.

Bunda:

davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq davlat buyurtmachilariga energiya samaradorlikka audit qilish uchun Institut bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzishga ruxsat beriladi;

kompleks sinov laboratoriyasini jihozlash va BIM texnologiyalarini joriy etish uchun Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan 2023 va 2024-yillarda 10 milliard so‘mdan, shuningdek, yetmaydigan qismi uchun Jamg‘arma hisobidan mablag‘lar ajratiladi;

tegishli litsenziya talablari va shartlarini bajargan holda, shaharsozlik sohasida litsenziyalana�igan faoliyat turlarining barchasini amalga oshirish huquqiga ega;

shaharsozlik norma va qoidalarini ishlab chiqishda yangi texnologiyalarni amaliyotga tatbiq qilishdan oldin seysmik mustahkamlik, yong‘in xavfsizligi va boshqa xavflar bo‘yicha sinov ishlarini o‘tkazish uchun poligon barpo etadi, buning uchun Toshkent viloyatining Toshkent shahriga chegaradosh hududidan zaruriy yer maydoni ajratiladi, shuningdek, poligonni qurish uchun Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan 12 milliard so‘m ajratiladi, shuningdek, xorijiy grantlar, Institut mablag‘lari va boshqa manbalar jalb etiladi;

o‘zini o‘zi moliyalashtiradigan (xo‘jalik hisobida faoliyat yuritadigan) muassasa bo‘lganligi sababli, uning moliyaviy va xo‘jalik operatsiyalari bank hisob raqamlari orqali amalga oshiriladi;

qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini sinash, bino-inshootlarni instrumental-texnik ko‘rikdan o‘tkazish va seysmik mustahkamlikni tekshirish bo‘yicha laboratoriyalarning (tashkilotlarning) bevosita mas’ul mutaxassislarini o‘qitish (malakasini oshirish) va sertifikatlash ishlari Vazirlik tomonidan tashkil etiladi hamda bunda ishchi organ funksiyasi Institutga yuklanadi.

6.

“O‘zbekkommunalloyiha-qurilish” DUK

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Kommunal loyiha ilmiy-tadqiqot instituti davlat muassasasi

Institut o‘zini o‘zi moliyalashtiradigan (xo‘jalik hisobida faoliyat yuritadigan) muassasa bo‘lganligi sababli uning moliyaviy va xo‘jalik operatsiyalari bank hisob raqamlari orqali amalga oshiriladi.

7.

Kommunalo‘quv” o‘quv-metodika markazi” DUK

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Kommunal ta’minot markazi” davlat muassasasi

Ko‘p kvartirali uy-joy fondini saqlash va ekspluatatsiya qilishga hamda boshqaruv organlari faoliyatiga ko‘maklashish va metodik ta’minlash bilan bog‘liq quyidagi vazifalar mazkur markazga yuklatiladi:

ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlariga axborot va huquqiy jihatdan ko‘maklashish;

ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari faoliyatini metodologik ta’minlash;

ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlariga moliyaviy va texnik masalalarda ko‘maklashish, davlat organlarida ularning manfaatlarini ifoda etish;

ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarining elektron reyestrini yuritish;

ko‘p kvartirali uylarda avariya holatlarini bartaraf etish, uskunalar va muhandislik kommunikatsiyalarni ta’mirlash, almashtirishda boshqarish organlariga ko‘maklashish, shu jumladan, zarur texnika vositalarini ijaraga berish;

ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlariga faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bino-inshootlarni ijaraga berish.

Davlat tasarrufida bo‘lgan, ko‘p kvartirali uy-joy fondiga xizmat ko‘rsatuvchi ma’muriy bino-inshootlar mol-mulklari bilan birga markaz tasarrufiga o‘tkaziladi.

Markaz o‘zini o‘zi moliyalashtiradigan (xo‘jalik hisobida faoliyat yuritadigan) muassasa bo‘lganligi sababli, uning moliyaviy va xo‘jalik operatsiyalari bank hisob raqamlari orqali amalga oshiriladi.

8.

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi “Ko‘p xonadonli uylarni mukammal va joriy ta’mirlash hamda issiqlik ta’minoti obyektlari qurilishi bo‘yicha injiniring kompaniyasi” DUK

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmalari hamda Toshkent shahri uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi huzuridagi davlat muassasasi shaklidagi Issiqlik ta’minoti obyektlari bo‘yicha injiniring kompaniyalari

Mazkur injiniring kompaniyalariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-sentabrdagi PQ-378 sonli qarorida belgilangan tegishli tartib-taomillar tatbiq etiladi.

9.

“O‘zshaharsozlikLITI” DUK, “ToshkentboshplanLITI” DUK va “Qishloq qurilish loyiha” MChJ

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “O‘zshaharsozlikLITI”, “ToshkentboshplanLITI” va “Qishloq qurilish loyiha” bosh loyiha institutlari davlat muassasalari

Bosh loyiha institutlari zimmasiga aholi punktlarining va qurilish obyektlarini shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish hamda ularning amalga oshirilishi yuzasidan mualliflik nazoratini yuritish bo‘yicha vazifalar yuklanadi.

Xususan:

“O‘zshaharsozlikLITI” instituti tomonidan respublika bosh sxemasi, shaharlar va shaharchalarning bosh rejalari, hududiy sxemalari va aglomeratsiya hududlarining strategiyalari loyihalari ishlab chiqiladi;

“ToshkentboshplanLITI” instituti tomonidan Toshkent va Samarqand shaharlari, Toshkent viloyati shaharlari va shaharchalarining bosh rejalari, hududiy sxemalari va aglomeratsiya hududlarining strategiyalari loyihalari ishlab chiqiladi;

“Qishloq qurilish loyiha” instituti tomonidan qishloq aholi punktlarini rivojlantirish tarhlari loyihalari ishlab chiqiladi, shuningdek, buning uchun topogeodeziya va muhandislik-geologiya qidiruv ishlari bajarila�i.

Bunda, “Qishloq qurilish loyiha” instituti ustav fondida ulushlari mavjud bo‘lgan:

davlat ishtirokidagi korxonalar ustav fondida mazkur ulushlarning balans qiymati miqdorida davlat ulushi kamaytiriladi;

tadbirkorlik subyektlari va jismoniy shaxslarning ulushi bo‘yicha institut tomonidan to‘lov (ulushning bozor qiymati bahosida) amalga oshiriladi.

Bosh loyiha institutlari o‘zini o‘zi moliyalashtiradigan (xo‘jalik hisobida faoliyat yuritadigan) muassasa bo‘lganligi sababli, ularning moliyaviy va xo‘jalik operatsiyalari bank hisob raqamlari orqali amalga oshiriladi.

10.

“O‘zsuvta’minot” AJ

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining tashkiliy tuzilmasiga o‘tkazilmoqda.

Jamiyatning ustav kapitalidagi davlat ulushi aksiyador vakolatlarini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda Vazirlikka beriladi.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri (yoki vazir o‘rinbosarlaridan biri) jamiyat kuzatuv kengashi tarkibiga kiritiladi.

Vazirlik tomonidan ichimlik va oqova suv chiqarish sohasidagi ekspluatatsiya va xizmat ko‘rsatishni kengaytirish faoliyati muvofiqlashtiriladi, sohada yagona davlat siyosati va nazorat tizimi amalga oshiriladi.

“O‘zsuvta’minot” AJ va ichimlik suv ta’minoti tashkilotlari tomonidan:

ishlab chiqiladigan suvning texnologik jihatdan sarflanishi va yo‘qotilishi hisob-kitoblari hamda ularning yo‘l qo‘yiladigan normalari (limitlari), ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi inshootlari, tarmoqlari va jihozlarini rejaviy ko‘rik va ta’mirlash ishlari grafigi Vazirlik bilan kelishiladi;

ishlab chiqiladigan biznes-rejalar, aholi punktlarini soatbay ichimlik suv bilan ta’minlash grafigi, rejaviy qurilish-ta’mirlash ishlarini olib borishda ichimlik suvni o‘chirish grafigi, ichimlik va oqova suv tizimining mavjud texnologik jarayonlariga kiritilayotgan har qanday o‘zgartirishlar yuzasidan Vazirlikka muntazam ravishda ma’lumot beriladi.

“O‘zsuvta’minot” AJ bajarilgan, amalga oshirilayotgan va amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlari yuzasidan Vazirlikka hisobdor bo‘ladi, shuningdek, uning so‘rovlari ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash uchun mas’ul hisoblanadi.

Jamiyat va uning tizimidagi tashkilotlarga maxsus maqsadli hisobvaraqlardan foydalanishga ruxsat beriladi (xorijiy kreditlar ishtirokidagi loyihalar bo‘yicha tashqi qarz majburiyatlarini bajarish muddatiga muvofiq holda).

Ichimlik suvi va oqava tizimini yaxshilash uchun xalqaro moliyaviy institutlar / xorijiy hukumat tashkilotlaridan olingan kreditlarni so‘ndirish manbalari qayta ko‘rib chiqiladi.

11.

“O‘zog‘irsanoat” AJ va “ToshuyjoyLITI” AJ

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining tashkiliy tuzilmasiga kiritilmoqda.

Jamiyatlarning ustav kapitalidagi davlat ulushi aksiyador vakolatlarini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda Vazirlikka beriladi.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi mutasaddi rahbarlari jamiyatlar kuzatuv kengashlari tarkibiga kiritiladi.

12.

Hududiy bosh boshqarmalar va tuman (shahar) bo‘limlari qoshida tashkil etilgan arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish bo‘yicha byurolar

Mazkur byurolarning barchasi tugatilib, ularning qoldiq mablag‘lari, mol-mulki, boshqa tovar-moddiy boyliklari va ashyolari tegishliligi bo‘yicha muassislar tasarrufiga berilmoqda.

Soha bo‘yicha tegishli davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq barcha ishlar bevosita hududiy bosh boshqarmalar tomonidan amalga oshiriladi.

Buning uchun hududiy bosh boshqarmalarda xo‘jalik hisobida faoliyat yurituvchi bo‘limlar tashkil etiladi.

Mazkur bo‘limlarning xodimlari soni ish hajmi va tushumlar miqdoridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Hududiy bosh boshqarmalarning ayrim xarajatlari (tasdiqlangan xarajatlar smetasida ko‘zda tutilmagan) xo‘jalik hisobidagi bo‘limlar faoliyatidan tushgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.

13.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri qurilishda tanlov savdolarini tashkil etish konsalting markazlari

Davlat muassasasi shaklida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri qurilish sohasida davlat xaridlarini tashkil etish konsalting markazlari etib qaytatashkil qilinmoqda.

Konsalting markazlari budjet tizimi budjetlari hisobidan moliyalashtiriladigan qurilish obyektlari, jumladan “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi qurilish obyektlari, alohida toifadagi qurilish obyektlari (yopiq tenderlar) va xalqaro moliya institutlari / xorijiy hukumatlar moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalar doirasida davlat xaridlariga oid tender hujjatlarini tayyorlash bo‘yicha vakolatli davlat muassasalari etib belgilanadi.

Xarid jarayonlari “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali amalga oshiriladigan obyektlarning tender hujjatlarini vakolatli organdan kompleks ekspertiza qilish amaliyoti bekor qilinadi.

Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Yangi tashkil qilinayotgan tuzilmaning to‘liq (rasmiy) nomi

Izoh

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi davlat muassasalari shaklidagi ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash bo‘yicha injiniring kompaniyalari.

Budjet tizimi budjetlari hisobidan ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash bilan bog‘liq barcha tadbirlar bo‘yicha ishlab chiqiladigan dasturlar va manzilli ro‘yxatlarni Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bilan kelishish majburiy hisoblanadi.

Bunda, moliyalashtirish manbasidan qat’i nazar, ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash bilan bog‘liq barcha tadbirlar tegishligiga ko‘ra buyurtmachi tashkilotlar va ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash bo‘yicha injiniring kompaniyalari tomonidan vazirlikning maxsus axborot tizimiga bajarilgan ish hajmi bo‘yicha ma’lumotlar kiritib boriladi.

Injiniring kompaniyalari faoliyatiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-sentabrdagi PQ-378-son qarorida belgilangan tegishli tartib-taomillar tatbiq etiladi.

2.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi davlat muassasasi shaklidagi Urbanizatsiya va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish Respublika markazi.

Markaz:

hududlardagi mavjud holatlarni aniqlash, aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha buyurtmachilik funksiyalarini amalga oshiradi;

aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va ulardan foydalanishning umumiy yondashuvlari, mezonlari va metodologiyasini yaratish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi;

Davlat shaharsozlik kadastrini yuritadi;

“Davlat shaharsozlik geoaxborot tizimi” idoralararo geoaxborot dasturiy kompleksini yuritadi va operatorlik funksiyasini bajaradi, shuningdek, ushbu tizimda ma’lumotlarni joylashtirish, saqlash, fazoviy ma’lumotlar almashinuvini ta’minlash va ulardan foydalanish huquqlarini boshqaradi.

Markazning faoliyati Davlat budjeti, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘larning 5 foizi miqdoridagi, Davlat shaharsozlik kadastrini va Shaharsozlik geoaxborot tizimini yuritishdan tushgan mablag‘lar, mahalliy va xorijiy grantlar, texnik ko‘mak tartibida jalb etilgan mablag‘lar, Qurilish va o‘y-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.

3.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Arxitektura, qurilish, muhandislik va kommunal xo‘jalik sohalarida kadrlar tayyorlash (jumladan, maxsus maqsadli), qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish va baholash bo‘yicha ixtisoslashgan davlat oliy ta’lim muassasasi shaklidagi Kompetensiyani rivojlantirish instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut), shuningdek,uning asosiy funksiyalarini amalga oshiruvchi tarkibiy bo‘linmalari — Arxitektorlar va muhandislar oliy maktabi, Qayta tayyorlash va malaka oshirish markazi, Malakani baholash markazi hamda uning hududiy filiallari (yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan).

Sobiq Toshkent mashinasozlik kasb-hunar kollejining foydalanilmasdan bo‘sh turgan Toshkent shahri, Yunusobod tumanining 14-mavzesida joylashgan bino-inshootlari tegishli mol-mulki, jihozlari va vositalari bilan birgalikda operativ boshqaruv huquqi asosida Toshkent arxitektura-qurilish universitetiga bepul beriladi.

Toshkent arxitektura-qurilish universitetining Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 7-uy manzilida joylashgan o‘quv binosi, unga tutash yer maydoni bilan birga, operativ boshqaruv huquqi asosida Institutga bepul beriladi.

Bunda, Institutning hududiy filiallari tegishliligiga ko‘ra hududlardagi qurilish va kommunal xo‘jalik texnikumlari binolariga yoki Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining hududiy bo‘linmalari tasarrufidagi binolarga ijara haqining “nol” stavkasi asosida joylashtiriladi.

Institut o‘zini o‘zi moliyalashtiradigan (xo‘jalik hisobida faoliyat yuritadigan) muassasa bo‘lganligi sababli uning moliyaviy va xo‘jalik operatsiyalari bank hisobraqamlari orqali amalga oshiriladi.

Institutda o‘qish to‘lov-shartnoma asosida amalga oshiriladi hamda institutga talabalarni / tinglovchilarni qabul qilish parametrlari va tartibi vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmalari, Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi, Toshkent shahar Uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi va hududiy inspeksiyalar

“O‘zsuvta’minot” AJ

“O‘zshaharsozlikLITI” bosh loyiha instituti

Kommunal ta’minot markazi

“ToshkentboshplanLITI” bosh loyiha instituti

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi

Urbanizatsiya va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish Respublika markazi

“Qishloq qurilish loyiha” bosh loyiha instituti

Tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limlari, Toshkent shahrida — tuman qurilish bo‘limlari va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limlari

Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti

Kommunal loyiha ilmiy-tadqiqot instituti

“O‘zbekiston bunyodkori” gazetasi tahririyati” MChJ

“ToshuyjoyLITI” AJ

Kompetensiyani rivojlantirish instituti

(Arxitektorlar va muhandislar oliy maktabi, Qayta tayyorlash va malaka oshirish markazi, Malakani baholash markazi, hududiy filiallar)

Issiqlik ta’minoti obyektlari bo‘yicha injiniring kompaniyalari

“O‘zbekiston arxitekturasi va qurilishi” jurnali tahririyati” MChJ

“O‘zog‘irsanoatloyiha” AJ

Issiqlik ta’minoti davlat tashkilotlari

Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish Respublika markazi va uning hududiy boshqarmalari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Qurilish sohasida davlat xaridlarini tashkil etish konsalting markazlari

Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish muddati

Mas’ul bo‘lgan rahbar o‘rinbosari

Bajariladigan tadbirlarning pirovard natijasi

1.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) shaharsozlik va uy-joy kommunal sohalaridagi faoliyatini tartibga soluvchi nizomlarni ishlab chiqish.

2023-yil 1-noyabrga qadar

Sh. Xidoyatov,

D. Adilov

Vazirlik hamda hududiy bo‘linmalar va tarkibiy tashkilotlarning birlashtirilishi va qayta tashkil etilishi munosabati bilan ularning shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalaridagi vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari aniq belgilanadi.

Bir-birini takrorlovchi hamda o‘z ahamiyatini yo‘qotgan funksiyalar chiqarib tashlanadi.

2.

Qurilish sohasida yopiq davlat xaridlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibini ishlab chiqish.

2023-yil 31-dekabrga qadar

Sh. Xidoyatov,

D. Adilov

Qurilish sohasida yopiq davlat xaridlarini o‘tkazish bo‘yicha huquqiy asos yaratiladi.

Qurilish sohasida yopiq davlat xaridlarini o‘tkazish bo‘yicha yagona tartibot shakllanadi.

3.

Namunaviy va takroran qo‘llaniladigan loyihalarda energiya tejamkor va energiya samarador texnologiyalarni qo‘llagan holda, loyiha yechimlarini ishlab chiqish hamda ularning bazasini shakllantirish.

Bunda, quyidagilar nazarda tutiladi:

bosh loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan 12 tipdagi maktab, 4 tipdagi maktabgacha ta’lim tashkiloti, 2 tipdagi qishloq oilaviy poliklinika, 2 tipdagi mahalla markazi va 6 tipdagi ko‘p qavatli uylarning namunaviy loyihalarini qayta ko‘rib chiqish hamda ularni energiya tejamkor loyihalarga aylantirish;

qayta ishlab chiqilgan namunaviy loyihalarni aholi, tadbirkorlik subyektlari, buyurtmachi xizmatlari, tegishli tashkilotlar va keng jamoatchilik erkin foydalanishi uchun Vazirlikning rasmiy veb-saytiga va ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish.

2023-yil 1-dekabrga qadar

Sh. Xidoyatov,

D. Adilov

Namunaviy loyihalar (12 tipdagi maktab, 4 tipdagi maktabgacha ta’lim tashkiloti, 2 tipdagi qishloq oilaviy poliklinika, 2 tipdagi mahalla markazi va 6 tipdagi ko‘p qavatli uylar) energiya tejamkor texnologiyalar, materiallar va loyiha yechimlaridan samarali foydalangan holda, qayta ishlab chiqiladi.

Mazkur energiya tejamkor namunaviy l�yihalar maqsadli dasturlarga kiritilgan obyektlarga tatbiq etiladi va budjet mablag‘lari tejaladi.

4.

Nukus va Urganch shaharlari issiqlik ta’minoti tizimini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida kogeneratsiya texnologiyalarini jalb qilgan holda modernizatsiya qilish loyihalarining maslahat xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar ko‘magida loyiha- baholash hujjatlarini ishlab chiqish va tender jarayonlarini tashkil qilish.

Loyiha doirasida:

2 ta qozonxonada (“Nukus RK-1”, “Urganch-19 kvartal”) hamda 70 km issiqlik tarmoqlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish ishlarini amalga oshirish;

mavjud issiqlik ta’minoti tizimidagi obyektlarni 25 yilgacha xususiy sektor boshqaruviga berish (qurilish-montaj ishlari muddati — 4 yil);

BFOM (Build finance operate and manage) mexanizmi va shartlarini joriy qilishni nazarda tutgan holda, 2 ta qozonxonada rekonstruksiya va modernizatsiya ishlarini xususiy sherik tomonidan amalga oshirish va moliyalashtirish.

2023-2024-yillar davomida

Sh. Xidoyatov

Nukus va Urganch shahridagi 408 ta ko‘p kvartirali uylardagi 16 mingta xon�donning issiqlik ta’minoti tizimi yaxshilanadi.

Barcha ko‘p kvartirali uylarda 430 ta “aqlli” issiqlik hisoblagichlar o‘rnatiladi, 8 ta eskirgan qozonlar o‘rniga zamonaviy qozonlar o‘rnatiladi.

Loyihani amalga oshirish natijasida yiliga 15 mln metr kub tabiiy gazni iqtisod qilishga erishiladi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, xususiy sherik tomonidan jami 336 mln dollar miqdorida investitsiya kiritiladi.

5.

Namangan shahri oqova suv tozalash inshootini davlat-xususiy sheriklik asosida qurish, undan foydalanish va texnik xizmat ko‘rsatish loyihasini amalga oshirish.

Loyiha doirasida:

1 ta oqova suv inshootini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish hamda 8 km oqova suv tarmoqlarini qurish ishlarini amalga oshirish;

mavjud oqova suv tizimidagi obyektlarni 25 yilgacha xususiy sektor boshqaruviga berish (qurilish-montaj ishlari muddati — 3 yil);

BFOM (Build finance operate and manage) mexanizmi va shartlarini joriy qilish nazarda tutgan holda 1 ta oqova suv inshootida rekonstruksiya va modernizatsiya ishlarini xususiy sherik tomonidan amalga oshirish va moliyalashtirish.

2023 — 2025-yillar davomida

Sh. Xidoyatov

Xususiy sherik tomonidan loyihaga 96 mln dollar qiymatiga teng sarmoya kiritilishi ta’minlanadi.

Quvvati sutkasiga 100 ming metr kub oqova suvlarni tozalashga mo‘ljallangan inshoot va 8 km uzunlikdagi oqova suv kollektori quriladi.

Inshoot 1,8 mln aholiga xizmat ko‘rsatishga quvvatiga ega bo‘ladi.

6.

Qurilishda litsenziyalashtirish sohasidagi qonunchilikdagi nomuvofiqliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Bunda, quyidagilarni nazarda tutish:

Litsenziyalarni berishga oid murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlarini qisqartirish;

tegishli faoliyatni litsenziyalashda talab etiladigan xodimlar soni va mutaxassislarning kasbiy ma’lumotlariga qo‘yiladigan talabni aniq belgilash;

obyektlarning xavf-xatarlik omili bo‘yicha toifalarga ajratilishidan kelib chiqqan holda, arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va ularni ekspertiza qilish faoliyatini litsenziyalash tizimini muvofiqlashtirish.

2024-yil 1-fevralga qadar

Sh. Xidoyatov,

D. Adilov

Quyidagilarga erishiladi:

litsenziyalashda huquqiy bo‘shliq, byurokratiya va korrupsiya holatlari bartaraf etiladi;

chet el yuridik shaxslariga “license.gov.uz” AT orqali litsenziya olish uchun murojaat yo‘llash imkoniyati yaratiladi;

ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash muddatlari qisqartiriladi;

ayrim faoliyat turlarini litsenziyalashdagi ortiqcha talablar chiqarib tashlanadi;

ayrim faoliyat turlarini litsenziyalashda talab etiladigan mutaxassislarning soni aniq belgilanadi;

obyektlarni xavf-xatarlik omili toifalari bo‘yicha litsenziyalash bilan loyihalash muvofiqlashtiriladi;

akkreditatsiyalashda loyiha hujjatlari bo‘yicha ijobiy ekspert xulosasi ekspert tashkilotlari tomonidan “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi “Ekspert xulosalarining yagona reyestri”ga majburiy kiritiladi;

ekspert tayyorlanishida bevosita yoki bilvosita ishtirok etgan loyihalar yuzasidan yoxud yaqin qarindoshlar ishtirokida bajarilgan loyihalar yuzasidan ekspertiza o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi;

shaharsozlik faoliyatining subyektlari bilan mehnatga oid, moliyaviy jihatdan va (yoki) boshqa bevosita bo‘ysunuvi munosabatlarida bo‘lmaydi;

normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilishda ularni xavf-xatar toifalari bo‘yicha ko‘rib chiqish talab va shartlari belgilanadi.

7.

Sohadagi ruxsat berish tartib taomillarini, va loyihalarni kelishish tartibotini maqbullashtirish bo‘yicha Toshkent va Qarshi shaharlarida quyidagilarni ko‘zda tutuvchi eksperimentni amalga oshirish yuzasidan takliflar tayyorlash:

qurilishga ruxsatnoma berish hamda arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish bosqichlarini birlashtirgan holda yagona bosqichda amalga oshirish;

obyektlar toifasidan kelib chiqib loyihalarni ko‘rib chiqish muddatlarini va to‘lov miqdorlarini tahlil qilgan holda qaytadan belgilash;

ruxsatnoma berish, loyihalarni kelishish, loyiha hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish, obyektlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va qurilish tugallangan obyektlarni foydalanishga ruxsat berishni rad etish asoslarini qaytadan ko‘rib chiqish;

obyektlarning loyiha hujjatlarini kelishish jarayonini va arxitektura-shaharsozlik kengashlar faoliyatini takomillashtirish.

2024-yil 1-fevralga qadar

D. Adilov

Ruxsatnoma va arxitektura topshirig‘ini berish bo‘yicha bosqichlar maqbullashtiriladi.

Obyektlar toifasiga qarab ularning loyihalarini kelishish jarayoni muddatlari va to‘lov miqdorlari qayta ko‘rib chiqiladi.

Shaharsozlik sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatishda rad qilish asoslari qayta ko‘rib chiqiladi.

8.

“Aqlli hisoblagichlar” o‘rnatish yuzasidan dastur loyihasini ishlab chiqish.

Bunda, 2024 — 2026-yillarda quyidagilarni amalga oshirishni nazarda tutish:

hududlar kesimida “aqlli hisoblagichlarga” bo‘lgan ehtiyojni aniqlash;

ehtiyojga ko‘ra, “aqlli hisoblagichlar” xarid qilish va o‘rnatishning moliyaviy manbalarini aniqlash;

issiqlik energiyasi hisobi yuritilishida shaffoflikni ta’minlash.

2024-yil 1-fevralga qadar

Sh. Xidoyatov,

O. Jo‘rayeva

Iste’molchilar va issiqlik ta’minoti korxonalari o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlarning shaffofligini ta’minlashga erishiladi.

Jumladan, mahalliy budjet, xalqaro moliya institutlar va grant mablag‘lari hisobidan 268 mingta “aqlli hisoblagich”lar o‘rnatiladi.

Natijada issiqlik suv ta’minotidagi yo‘qotishlar 20 foizga kamayishi kutiladi.

9.

Vazirlik tizimida yangi tashkil etilgan va qayta tashkil etilgan davlat muassasalari (keyingi o‘rinlarda — muassasalar) faoliyatini samarali tashkil etish, ta’sis hujjatlarini tasdiqlash, moddiy-texnika bazasini yaratish, malakali mutaxassislar, jumladan, zaruratga ko‘ra xorijiy mutaxassislar bilan ta’minlash.

Bunda, quyidagilarni inobatga olish:

muassasalar yuridik shaxs hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blanklarga, mustaqil balansga hamda hisob raqamlariga (shu jumladan chet el valyutasida) ega bo‘ladi;

muassasalar nizomi va tashkiliy tuzilmasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri tomonidan tasdiqlanadi, shuningdek, ularning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvali vazirlik bilan kelishilgan holda muassasalar rahbari tomonidan tasdiqlanadi;

muassasalar rahbari Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri tomonidan, rahbar o‘rinbosarlari vazirlik bilan kelishilgan holda muassasa rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;

muassasalar xodimlariga vazirlik markaziy apparati xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari tatbiq etiladi (shuningdek, zaruriy hollarda boshqacha shartlar qo‘llanilishi mumkin);

boshqa tashkilotlar tomonidan olinadigan tijorat kreditlari uchun muassasalar tomonidan garov ta’minoti yoki kafolat taqdim etish taqiqlanadi;

muassasalar ta’sischiligida tashkilotlar tuzishga yoki ularning ustav fondida ishtirok etishga yo‘l qo‘yilmaydi (yuridik shaxs maqomiga ega filiallar va Hukumat qarorlari bilan belgilangan holatlar bundan mustasno), mavjudlari esa belgilangan tartibda tugatiladi yoki ustav fondidagi ulushini qaytarish ta’minlanadi;

muassasalar tomonidan moliyaviy va xo‘jalik operatsiyalari bank hisob-raqamlari orqali amalga oshiriladi (davlat buyurtmachisi funksiyasini bajarishdagi holatlar bundan mustasno) hamda sof foyda hisobidan budjetga ajratmalar yo‘naltirilmaydi;

zaruriy hollarda, maxsus hisob-raqamlar ochish hamda ular orqali moliyaviy va xo‘jalik operatsiyalarini bajarishga ruxsat beriladi.

Doimiy ravishda

Sh. Xidoyatov,

D. Adilov,

O. Jo‘rayeva

Vazirlik tizimidagi o‘zini o‘zi moliyalashtiradigan va xo‘jalik hisobida faoliyat yuritadigan davlat korxonalari (muassasalari) tomonidan moliyaviy va xo‘jalik faoliyatini samarali tashkil etish ta’minlanadi.

10.

Soha bo‘yicha nazorat tizimini kuchaytirish hamda tegishli tuzilmalarning funksiya va vakolatlarini aniq belgilash maqsadida:

qurilish obyektlarida qurilish-montaj ishlarining sifati va loyiha-smeta hujjatlariga muvofiqligi, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joy fondidan va ichimlik suvdan foydalanish yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish uchun Inspeksiyani;

aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlariga shaharsozlik faoliyati subyektlari tomonidan rioya etilishi ustidan davlat arxitektura nazoratini amalga oshirishga Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligini mas’ul etib belgilash.

Bunda:

hududiy inspeksiyalar xo‘jalik faoliyati hisobidan moliyalashtiriladi va ularning inspektorlari soni nazoratga olinadigan obyektlarning sonidan kelib chiqqan holda belgilanadi;

vazirlik huzurida shaharsozlik sohasida nizolarni sudga qadar ko‘rib chiqish va hal etish bo‘yicha idoralararo komissiya tuzilib (vazir raisligida), unga shaharsozlik faoliyatiga doir hujjatlarni vaqtincha to‘xtatib turish yoki bekor qilish vakolati beriladi.

Doimiy ravishda

D. Adilov

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat tizimi takomillashtiriladi.

11.

Arxitektura sohasida davlat nazoratini olib borish subyektlari, ularning funksiyalari va nazorat qilish mexanizmlarini takomillashtirish.

Bunda, davlat arxitektura nazoratini amalga oshirishda Vazirlikning vakolatli shaxslariga quyidagi huquqlar beriladi:

shaharsozlik faoliyati subyektlaridan obyektlarning loyiha hujjatlaridan boshlab ularni foydalanishga qabul qilingunga qadar barcha tegishli hujjatlarni talab qilish, shuningdek, ulardan zarur axborotlar, ma’lumotlar va tushuntirishlar olish;

shaharsozlik hujjatlarining buzilishiga oid ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish davomida davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslarini va jismoniy shaxslarni tushuntirishlar berishga chaqirib olish;

davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga hamda jismoniy shaxslarga shaharsozlik hujjatlariga rioya etilishida aniqlangan qonun buzilishlarni bartaraf etish haqida ko‘rsatmalar berish;

ko‘rsatma bajarilmagan taqdirda qurilish-montaj ishlarini to‘xtatib qo‘yish va demontaj ishlarini amalga oshirish to‘g‘risidagi da’vo bilan sudga murojaat qilish;

aholi punktlarida obyektlarni joylashtirish, loyihalashtirish va ular qurilishini amalga oshirishda shaharsozlik hujjatlari talablariga rioya etilishi yuzasidan shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqqan loyiha tashkilotlari tomonidan mualliflik nazoratining yuritilishi ustidan nazorat qilish;

shaharsozlikka oid qonunchilik hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga zid xatti-harakat sodir etgan shaxslar faoliyatini (tegishli litsenziya va ruxsat beruvchi hujjatlarini) to‘xtatib turish, tugatish va bekor qilish masalalari yuzasidan tegishli idoralar va tashkilotlarga taqdimnomalar kiritish;

mahalliy hokimliklarga ular tomonidan shaharsozlik faoliyatiga oid qonun hujjatlariga zid ravishda qabul qilingan qarorlarini bekor qilish bo‘yicha taqdimnomalar kiritish;

shaharsozlik hujjatlari talablarining buzilishiga oid masalalar yuzasidan rasmiy so‘rovga javob bermaganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan sudga murojaat qilish;

shaharsozlik hujjatlari talablariga rioya etmaganlik yuzasidan huquqbuzarlik faktiga e’tiroz bildirilgan hollarda ishni ko‘rib chiqish uchun sudga taqdim etish tartibini saqlab qolgan holda, shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishiga oid ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish.

Doimiy ravishda

D. Adilov

Arxitektura sohasida davlat nazoratini olib borish subyektlari, funksiyalari va nazorat qilish mexanizmlari takomillashtiriladi.

Bunda, davlat arxitektura nazoratini amalga oshirishda Vazirlikning vakolatli shaxslariga muayyan huquqlar beriladi.

12.

Ko‘p qavatli uy-joy obyektlarini ulush asosida qurish tartib-taomillarini takomillashtirish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflarni tayyorlash:

hududlarda ulush asosida qurilayotgan obyektlarni tahlil qilish;

mavjud muammolar va ziddiyatlarni tahlil qilgan holda ularni bartaraf etish mexanizmlarini yaratish;

fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi ulush kiritish asosida mavjud shartnomaviy munosabatlardagi xavfni tahlil qilish;

shaharsozlik hujjatlarini kelishish bo‘yicha idoralararo va ichki integratsiyani amalga oshirish.

Ulush kiritish asosida ko‘p qavatli uy-joy obyektlari qurilishi bo‘yicha tartib-taomillarni takomillashtirishga qaratilgan me’yoriy-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2023-yil 1-dekabrga qadar

Sh. Xidoyatov

Mazkur yo‘nalishda amaldagi tartibga o‘zgartirishlar kiritish orqali fuqarolarning aldanib qolish ehtimoli (xatarlar), sarson bo‘lishining oldi olinadi.

13.

Loyiha va pudrat tashkilotlari reytingi hamda sohadagi davlat xaridlari tizimini takomillashtirish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflarni tayyorlash:

hududlarning master rejalari va batafsil rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha tender tizi�ini joriy etish;

renovatsiya loyihalari va ko‘p xonadonli uylarni ta’mirlash bo‘yicha tenderlarni “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali amalga oshirish;

obyektlar bo‘yicha loyiha oldi hujjatlarini (TIA, TIH) tayyorlash bo‘yicha tenderlarni “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali amalga oshirish.

2023-yil 1-dekabrga qadar

Sh. Xidoyatov,

D. Adilov,

O. Jo‘rayeva

“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi loyiha va pudrat tashkilotlari reytingida aniqlangan korrupsion omillar bartaraf etilishi ta’minlanadi.

Jumladan, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimining elektron onlayn tender platformasi orqali:

hududlarning master rejalari va batafsil rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha tenderlar o‘tkazish;

ko‘p xonadonli uylarni ta’mirlash bo‘yicha tenderlarni o‘tkazish

obyektlar bo‘yicha loyiha oldi hujjatlarini (TIA, TIH) tayyorlash bo‘yicha tenderlarni o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi.

14.

Issiqlik ta’minoti sohasiga billing tizimini joriy qilish.

Bunda, quyidagilarni nazarda tutish:

issiqlik energiyasini ishlab chiqarish va uning sarfini elektron nazorat qiluvchi billing tizimini joriy qilish yuzasidan texnik topshiriq va yo‘riqnoma ishlab chiqish;

issiqlik ta’minotiga ulangan iste’molchilar elektron bazasini shakllantirish va ishga tushirish;

billing tizimining zarur ma’lumotlar bazalari (notarial, kadastr, ichki ishlar, davlat xizmatlari, to‘lov tizimlari) bilan to‘liq integratsiyasini ta’minlagan holda, funksional imkoniyatlarini yaratish;

billing tizimini issiqlik ta’minoti korxonalarida joriy qilish va barcha iste’molchilarning ushbu elektron tizimdan to‘liq foydalanishini ta’minlash.

2024-yil 1-fevralga qadar

Sh. Xidoyatov

Iste’molchilar va issiqlik ta’minoti korxonalari o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar shaffofligini ta’minlashga erishiladi.

Bunda:

19 ta issiqlik ta’minoti korxonasi ushbu tizimga ulanadi (13 mingdan ziyod ko‘p kvartirali uylar hamda 2 mingdan ortiq ijtimoiy soha muassasalari);

notarial, kadastr, ichki ishlar, davlat xizmatlari, tijorat banklari ma’lumot bazalari bilan integratsiya qilinadi.

15.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalarida malaka darajasiga mos ravishda kasbiy faoliyatning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha 28 ta kasbiy standartni ishlab chiqish.

2023-yil 31-dekabrga qadar

D. Adilov

Qurilish sohasiga oid 20 ta hamda uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasiga oid 8 ta kasbning standarti yaratiladi.

16.

Vazirlik, hududiy bo‘linmalar va tizim tashkilotlari faoliyatini samarali tashkil etish bilan bog‘liq barcha tashkiliy-texnik va moliyaviy masalalarni hal etish.

Bunda, quyidagilarni nazarda tutish:

a) Vazirlikka, shu jumladan, tizim tashkilotlar va hududiy bo‘linmalarga tegishli faoliyat yo‘nalishiga mos keladigan va belgilangan malaka talablariga muvofiq bo‘lgan yuqori malakali va salohiyatli xodimlar ishga qabul qilinadi;

b) Vazirlik, tizim tashkilotlari va hududiy bo‘linmalar tasarrufidagi bino-inshootlar, avtotransport vositalari va boshqa mol-mulklar o‘z tasarrufida qoldiriladi (ulardan foydalanish va saqlash bo‘yicha amaldagi tartibni saqlab qolgan holda). Bunda o‘z binosiga ega bo‘lmagan tashkilotlar vazirlik tizimidagi boshqa tashkilotlarning binolarida ijara haqining nol stavkasida joylashtiriladi;

v) Vazirlik, tizim tashkilotlari va hududiy bo‘linmalar tasarrufidagi avtotransport vositalari bo‘yicha belgilangan me’yorlardan ortiqcha qilingan xarajatlar tegishli muassasaning budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi;

g) Vazirlik, jumladan hududiy bo‘linmalarning barcha xodimlariga Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan:

Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga muvofiq lavozim maoshi, lavozim maoshiga ustama haqlar, bayram puli, choraklik mukofot puli hamda boshqa to‘lovlar va ustamalarni belgilashda tarif koeffitsiyentini 2 baravarga oshirilgan miqdorda qo‘llanadi;

ko‘p yillik ishlaganlik uchun har oylik ustama to‘lovlari amalga oshiriladi (ustamalar, oshirilgan va rag‘batlantiruvchi koeffitsiyentlarni inobatga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan ikki baravargacha koeffitsiyentlarda);

d) budjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan (oshirilgan va rag‘batlantiruvchi koeffitsiyentni inobatga olgan holda) xodimlarga ustamalar, mukofot pullari, reyting, rag‘batlantiruvchi va boshqa to‘lovlarni amalga oshirishning amaldagi tartibi saqlab qolinadi (Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentabrdagi “Budjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 414-son qarorining budjetdan tashqari mablag‘larni ishlatish qismidagi talablarini Vazirlik, uning hududiy boshqarmalari va tasarrufidagi tashkilotlariga nisbatan tatbiq etmagan holda) shuningdek, alohida shaxsiy o‘rnak ko‘rsatganlik uchun (lavozim maoshining 100% gacha), xorijiy tilni bilganlik (tegishli sertifikatga egalik) uchun (30%), nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasasini bitirganlik uchun (30%) va ilmiy darajaga egalik uchun (60% gacha) har oylik ustamalar to‘lanadi;

e) tizim faoliyatini samarali tashkil etish va masalalarni tezkor hal etish uchun Vazirlik markaziy apparati tuzilmasida apparat rahbari bo‘linmasi (umumfunksional bo‘linmalar faoliyatiga rahbarlik qilish va tarmoq bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirishga mas’ul) va dispetcherlik xizmatini (call-center) tashkil etiladi, hududiy bo‘linmalarda komplaens nazorat bo‘yicha mutaxassis lavozimini joriy qilinadi, shuningdek, zarur hollarda, ayrim turdagi ishlarni bajarish va xizmatlarni ko‘rsatish uchun ijrochilar autsorsing asosida jalb etiladi;

j) vazirlik tizimida ekspert-tahlil faoliyatini samaradorligini oshirish hamda alohida ahamiyatga ega bo‘lgan masalalar va ustuvor vazifalarni ijro qilishda tezkorlikni ta’minlash maqsadida, vazirlik markaziy apparatida ekspert-tahlil guruhi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi (2018-yil 29-martdagi PQ-3628-son qarorida belgilangan tartib-taomillarni tatbiq etgan holda).

Doimiy ravishda

Sh. Xidoyatov,

D. Adilov,

O. Jo‘rayeva

Vazir o‘rinbosarlari, bosh boshqarma va bo‘limlar hamda hududiy va tarkibiy tuzilmalarning yo‘nalishlar bo‘yicha aniq vazifalari belgilab beriladi.

Malakali kadrlar tanlab olinadi, mutaxassis kadrlarning o‘z yo‘nalishlari va salohiyatiga qarab ish yuritishi tartibga keltir�ladi.

Vazirlik, hududiy bo‘linmalar va tizim tashkilotlari faoliyati samarali tashkil etiladi.

17.

Vazirlikning ayrim funksiyalarini, jumladan qonunchilik hujjatlarida ko‘zda tutilgan va bugungi kunga qadar amalda joriy etilmagan (yoki amalga oshirish mexanizmlari mavjud bo‘lmagan) xizmatlarni qayta ko‘rib chiqib va tahlil qilib, ularni xususiy sektorga berish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil 1-dekabrga qadar

Sh. Xidoyatov,

D. Adilov

Vazirlikning ayrim funksiyalari va ularni amalga oshirish mexanizmlari tahlil qilinadi.

Shuningdek, qonunchilik hujjatlarida ko‘zda tutilgan va bugungi kunga qadar joriy etilmagan xizmatlar aniqlanadi.

Mazkur funksiyalar va xizmatlarning ayrimlarini xususiy sektorga berish hamda ularni amalga oshirishning aniq mexanizmlarini yaratish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.

18.

Shaharsozlik kodeksi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalarni kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini tayyorlash:

fuqarolar va mansabdor shaxslarning aholi punktlari bosh rejalariga rioya etmasdan hamda ularga zid ravishda sodir etgan xatti-harakatlari uchun ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rish vakolatini Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga berish;

aholi punktlarining va aholi punktlariaro hududning bosh rejalarini, ularni rejalashtirish va qurish loyihalarini, madaniy meros obyektlari joylashgan hududlarni rekonstruksiya qilish rejalarini buzish, dahalarni, mavzelarni va shaharlarning sanoat zonalarini, qishloq aholi punktlarini qurish va obodonlashtirish sifatini buzganlik uchun qo‘llaniladigan ma’muriy jarimani kuchaytirish;

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 99-moddasi dispozitsiyalarini huquqbuzarliklarning mazmun-mohiyatidan va huquqiy oqibatlarning og‘ir yoki yengilligidan kelib chiqib, alohida qismlarga bo‘lgan holda qayd etish;

oqova suv quvurlariga ifloslantiruvchi moddalarni normativdan ortiqcha oqizganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortish vakolatini Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasiga berish;

issiqlik energiyasi va issiq suvdan noqonuniy foydalanish va issiq suvni oqizish (nooqilona foydalanish) holatlariga yo‘l qo‘ygan fuqarolar va mansabdor shaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortish;

shaharsozlikka oid qonunchilik va texnik jihatdan tartibga solishga oid hujjatlar talablari buzilganlik holatlari yuzasidan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi v� hududiy inspeksiyalar tomonidan kiritilgan taqdimnoma talablarini bajarmaganlik uchun ma’muriy javobgarlikni belgilash.

Ko‘p kvartirali uylardagi tayanch konstruksiyalarini qonunchilikni hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni buzgan holda o‘zgartirganlik va (yoki) rekonstruksiya qilganlik hamda bartaraf etmaganlik holatlari uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlikni keskin kuchaytirish.

Ko‘p kvartirali uylardagi xonadonlarga Inspeksiyaga o‘z funksional vazifalari va funksiyalarini bajarish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish vakolatini berish.

2023-yil 1-dekabrga qadar

Sh. Xidoyatov,

D. Adilov

Sohaga oid qonunchilik hujjatlari qayta ko‘rib chiqilib, o‘zaro muvofiqlashtiriladi va tizimlashtiriladi.

Arxitektura, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari yuzasidan davlat organlarining vakolatlari, huquq va majburiyatlarini aniq belgilanadi.

Shuningdek, bu borada qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan jismoniy va yuridik shaxslarning javobgarligini oshirish va tegishli jazo choralarini kuchaytirish ko‘zda tutiladi.

Qayd etilganlar asosida Shaharsozlik kodeksi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga zaruriy o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.

19.

O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish.

2023-yil 1-noyabrga qadar

Sh. Hidoyatov,

D. Adilov

Normativ huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqiladi, bunda:

Vazirlik va uning hududiy tuzilmalari nomlari bilan bog‘liq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi;

takrorlovchi vazifa va funksiyalar chiqarib tashlanadi;

nomuvofiqliklar bartaraf etiladi;

o‘z ahamiyatini yo‘qotgan, eskirgan va bugungi kunda ishlamaydigan normalar chiqarib tashlanadi.

Keyingi tahrirga qarang.
a) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
b) 2-bandning birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining” so‘zlari “Vazirlikning uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasidagi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining” so‘zlari “Vazirlikning” so‘zi bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
to‘rtinchi xatboshidagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri” so‘zlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
oltinchi xatboshidagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri, viloyatlar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmalarining va Toshkent shahri uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasining boshliqlari” so‘zlari “hududiy bosh boshqarmalar boshliqlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 4-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
d) 5-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
e) 6-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
j) 8-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
nomlanishidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasini” so‘zlari “Ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qilish tizimini” so‘zlari bilan almashtirilsin;
1-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
2-bandning birinchi xatboshisidagi “Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasining” so‘zlari “Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining (keyingi o‘rinlarda — Inspeksiya) ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qilish sohasidagi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) 1-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi” so‘zlari “Qurilish vazirligi va Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi negizida O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
uchinchi xatboshidagi “Qurilishda standartlashtirish va sertifikatlash respublika markazi Qurilishda standartlashtirish respublika markazi” so‘zlari “Qurilishda texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “Vazirlikning” so‘zidan keyin “arxitektura va qurilish sohasidagi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
uchinchi xatboshidagi “yuritish” so‘zidan keyin “, shuningdek, aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlariga shaharsozlik faoliyati subyektlari tomonidan rioya etilishi ustidan davlat arxitektura nazoratini amalga oshirish” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “arxitektura va qurilish” so‘zlari “arxitektura, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
birinchi xatboshidagi “Vazirlik huzuridagi Qurilish sohasida nazorat bo‘yicha inspeksiyaning” so‘zlari “Inspeksiyaning qurilish sohasidagi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi va oltinchi xatboshilar tegishincha to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
“a” kichik bandning ikkinchi xatboshisidagi “qurilishi” so‘zidan keyin “mulkdorlarning o‘z mablag‘lari,” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
oltinchi xatboshidagi “Qurilish vazirligi” so‘zlari “Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “Qurilish vazirligining” so‘zlari “Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 2-bandning birinchi xatboshisidagi “Qurilish vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining” so‘zlari “Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
g) 6-banddagi “Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi”, “Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi” va “Qurilish vazirligiga” so‘zlari tegishincha “Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi”, “Istiqbolli loyihalar milliy agentligi” va “Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) 7-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
b) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
v) 4-bandning birinchi xatboshisidagi “Markazning” so‘zi “Institutning” so‘zi bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
uchinchi xatboshidagi “Qurilish vazirligi” so‘zlari “Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) 2-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
“a” kichik banddagi “Qurilish vazirligi qoshidagi qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari” so‘zlari “Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspeksiyalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“b” kichik bandning ikkinchi xatboshisidagi “uy quruvchilar —” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 6-banddagi “Qurilish vazirligiga” so‘zlari “Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “Qurilish vazirligi” so‘zlari “Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
o‘ninchi xatboshidagi “Strategiyani amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjat loyihasining” so‘zlari “Strategiya doirasida amalga oshirish ko‘zda tutilgan chora-tadbirlar bo‘yicha reja-grafiklarning” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 10-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
d) 14-bandning oltinchi xatboshisidagi “Qurilish vaziri” so‘zlari “Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri” so‘zlari bilan almashtirilsin;
e) 15-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

1.

O‘zbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishni rejalashtirish bosh sxemasini ishlab chiqish.

1. Bosh sxemani ishlab chiqish uchun yetakchi mutaxassislarni, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni jalb qilish.

2023-yil oktyabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

(B. Zakirov), “O‘zshaharsozlik-LITI” bosh loyiha instituti,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Loyihani kelgusi yillar Investitsiya dasturiga kiritish bo‘yicha takliflar kiritish.

2023-yil oktyabr

3. Bosh sxema konsepsiyasini tayyorlash.

2024-yil dekabr

4. Bosh sxema loyihasini ishlab chiqish, vazirlik va idoralar bilan kelishish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025 — 2027-yillar

2.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish sxemalari hamda aglomeratsiya hududlarini rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish.

1. Hududiy sxemalarni va aglomeratsiya hududlarini rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish uchun yetakchi mutaxassislarni, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni jalb qilish.

2023-yil oktyabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

(B. Zakirov), “O‘zshaharsozlik-LITI” bosh loyiha instituti,

“ToshkentboshplanLITI” bosh loyiha instituti,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Loyihalarni kelgusi yillar Investitsiya dasturiga kiritish bo‘yicha takliflar kiritish.

2023-yil oktyabr

3. Hududiy sxemalarning konsepsiyasini tayyorlash.

2024-yil dekabr

4. Hududiy sxemalar va aglomeratsiya hududlarini rivojlantirish strategiyalari loyihalarini ishlab chiqish, vazirlik va idoralar bilan kelishish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025 — 2027-yillar

”;

z) 3-ilovaning 1-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
“a” kichik bandning ikkinchi xatboshisidagi “Qurilish vazirligi ekspertizadan o‘tkazilgan” so‘zlari “buyurtmachi tashkilotlar loyiha-smeta hujjatlarini vakolatli organga ekspertizaga kiritishdan oldin” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“v” kichik bandning ikkinchi xatboshisidagi “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi” so‘zlari “Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 50-pozitsiyasi “Mas’ul ijrochilar” ustunidan “Qurilish vazirligi,” so‘zlari chiqarib tashlansin.
a) 4-bandning uchinchi xatboshisidagi “avgustga” so‘zi “dekabrga” so‘zi bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovasining “6. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi” bo‘limida “Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi” pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
a) 11-band quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
a) 12-banddagi “Moliya vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi bilan birgalikda” so‘zlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi” so‘zlari “Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Moliya vazirligi” so‘zlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Moliya vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga” so‘zlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 15-banddagi “Moliya vazirligi” va “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligini va” so‘zlari tegishincha “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” va “Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligini hamda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) 24-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi “O‘zsuvta’minot” AJ bilan birgalikda,” so‘zlari “O‘zsuvta’minot” AJ” so‘zlari bilan almashtirilsin;
e) 26-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi va” so‘zlari chiqarib tashlansin;
j) 27-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi va” so‘zlari chiqarib tashlansin.
a) nomlanishdagi “Qurilish” so‘zi “Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” davlat unitar korxonasi” so‘zlari “Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzurida davlat muassasasi shaklidagi Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish respublika markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “Qurilish vazirligi bir oy muddatda “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” davlat unitar korxonasining ustavini ishlab chiqsin” so‘zlari “Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bir oy muddatda markazning ustavini ishlab chiqsin” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 2-band hamda 1, 2, 3, 3.1 va 4-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
g) 3-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
birinchi xatboshidagi “Qurilish” so‘zi “qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi — beshinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
ikkinchi xatboshidagi “Qurilish” so‘zi “qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Qurilish vaziri” so‘zlari “qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri” so‘zlari bilan almashtirilsin.
birinchi xatboshidagi “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi” so‘zlari “Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining” so‘zlari “Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga” so‘zlari “Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) birinchi xatboshidagi “Qurilish sohasida” so‘zlari chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi xatboshidagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari qoshidagi qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari” so‘zlari “qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspeksiyalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi” so‘zlari “Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 6-bandning birinchi — uchinchi xatboshilari hamda 1 va 2-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
ikkinchi xatboshidagi “Qurilish vazirligiga” so‘zlari “Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahririda bayon etilsin:
g) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Inspeksiya va ularning hududiy bo‘linmalari” so‘zlari “Vazirlik va uning hududiy bo‘linmalari hamda Inspeksiyaning” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Inspeksiya va hududiy inspeksiyalarning” so‘zlari “Vazirlik va uning hududiy bo‘linmalari hamda Inspeksiyaning” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi va beshinchi xatboshilardagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Inspeksiya va ularning hududiy bo‘linmalari” so‘zlari “Vazirlik va uning hududiy bo‘linmalari hamda Inspeksiya” so‘zlari bilan almashtirilsin;
e) 13-bandning birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi” so‘zlari “Vazirlik” so‘zi bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “qurilish vaziri” so‘zlari “qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshidagi “qurilish vazirining o‘rinbosari — Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi boshlig‘i” so‘zlari “Inspeksiya boshlig‘i” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) 2-bandning uchinchi xatboshisidagi “Qurilish vazirligi” so‘zlari “Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 4-banddagi “Qurilish vazirligining” so‘zlari “Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “Qurilish vazirligi” so‘zlari “Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
14-banddagi “Qurilish vazirligi” so‘zlari “Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
23. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi PQ-4951-son qarori bilan tasdiqlangan Hududlarning huquq ustuvorligi indeksini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ilovaning 1.1-pozitsiyasi “Ma’lumotlarni shakllantirish va kiritishga mas’ul idora va tashkilotlar” ustunidagi “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Qurilish vazirligi” va “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi” so‘zlari “Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda uning tizim tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) 6-bandning beshinchi xatboshisidagi “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi” so‘zlari “O‘zsuvta’minot” AJ” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 8-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi va Qurilish vazirligi” so‘zlari “Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 10-bandning yettinchi xatboshisidagi “Qurilish vazirligiga” so‘zlari “Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 11-bandning birinchi xatboshisidagi “Qurilish vazirligi” so‘zlari “Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) 11-ilovaning 8-pozitsiyasida:
a) 4-bandning “d” kichik bandidagi “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi” so‘zlari “Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 8-bandning “b” kichik bandidagi “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi” so‘zlari “Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 10-bandning birinchi xatboshisidagi “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi,” so‘zlari chiqarib tashlansin;
birinchi xatboshidagi “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi” so‘zlari “Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “2023-yilning I yarim yilligida” so‘zlari “reja-grafikka muvofiq” so‘zlari bilan almashtirilsin;
j) 17-banddagi “Qurilish vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi” so‘zlari “Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
e) 16-banddagi “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi” so‘zlari “Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi “Ko‘p xonadonli uylarni mukammal va joriy ta’mirlash hamda issiqlik ta’minoti obyektlari qurilishi bo‘yicha injiniring kompaniyasi” davlat unitar korxonasi respublika hududlarida” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmalari hamda Toshkent shahar Uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi huzuridagi davlat muassasasi shaklidagi issiqlik ta’minoti obyektlari bo‘yicha injiniring kompaniyalari respublika hududlarida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Qurilish vazirligi” so‘zlari “Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshidagi “2023-yil” so‘zlari “2024-yil” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 9-band quyidagi mazmundagi “g” kichik band bilan to‘ldirilsin:
g) 11-bandning birinchi xatboshisidagi “Qurilishda texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti” so‘zlari “Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) 15-bandning “b” kichik bandidagi “iyulga” so‘zi “dekabrga” so‘zi bilan almashtirilsin.
2-ilovaning 21-pozitsiyasi “Loyiha tashabbuskorlari nomi” ustunidagi “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi” so‘zlari “Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;