31.05.2023 yildagi PQ-171-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 02.06.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
3. Parij bitimi (Parij, 2015-yil 12-dekabr) doirasida qabul qilingan majburiyatlarni bajarish, 2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi vazifalarga erishish hamda yashil transformatsiya, shu jumladan, “yashil sertifikat” va ekologik markirovkalash tizimlarini joriy etishga mas’ul bo‘lgan Vazirlikning umumiy shtatlari doirasida davlat muassasasi shaklidagi Yashil transformatsiya va iqlim o‘zgarishiga moslashish milliy markazi tashkil etilsin.
g) 2026-yil 1-avgustdan boshlab bosqichma-bosqich ushbu qarorning 6-7-ilovalarida belgilangan tovarlarga nisbatan foydalanish xususiyatini yo‘qotganidan so‘ng atrof-muhitga zarar yetkazuvchi ayrim qadoqlash materiallari va tovarlarni ishlab chiqaruvchi (eksport qilinadigan tovarlar bundan mustasno) hamda respublika hududiga import qiluvchilarning “kengaytirilgan majburiyati” tizimi joriy etiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Vazirlik 10-ilovaga muvofiq xalqaro shartnomalar va xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organ etib belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-102-son qaroriga asosan Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Sh. Rustaveli ko‘chasi, 13a-uyda manzilida joylashgan Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan tahliliy nazorat markazi ma’muriy binosi sotilishidan tushgan mablag‘lar;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Tashkilotning amaldagi to‘liq (rasmiy) nomi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuriga o‘tkazilayotgan tashkilotning to‘liq (rasmiy) nomi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuriga o‘tkazilayotgan tashkilotning faoliyatiga oid qoidalar va izohlar

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi “Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi” davlat muassasasi.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi “Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi” davlat muassasasi.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining tashkiliy tuzilmasiga unga ajratilgan shtat birliklari bilan kiritilmoqda.

2.

Madaniyat va turizm vazirligi tizimidagi “Farg‘ona hayvonot bog‘i” MChJ.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi “Farg‘ona hayvonot bog‘i” MChJ.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining tashkiliy tuzilmasiga unga ajratilgan shtat birliklari bilan kiritilmoqda.

3.

Madaniyat va turizm vazirligi tizimidagi “Termiz hayvonot bog‘i” MChJ.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi “Termiz hayvonot bog‘i” MChJ.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining tashkiliy tuzilmasiga unga ajratilgan shtat birliklari bilan kiritilmoqda.

4.

Madaniyat va turizm vazirligi tizimidagi “Toshkent hayvonot bog‘i” MChJ.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi “Toshkent hayvonot bog‘i” MChJ.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining tashkiliy tuzilmasiga unga ajratilgan shtat birliklari bilan kiritilmoqda.

5.

Madaniy meros agentligi tizimidagi “O‘zbekiston davlat tabiat muzeyi”.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi “O‘zbekiston davlat tabiat muzeyi”.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining tashkiliy tuzilmasiga unga ajratilgan shtat birliklari bilan kiritilmoqda.

6.

“Beldirsoy-Chimyon-Nanay” xalqaro umummavsumiy kurortini qurish va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha loyiha ofisi.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi “Beldirsoy-Chimyon-Nanay” xalqaro umummavsumiy kurortini qurish va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha loyiha ofisi.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining tashkiliy tuzilmasiga, unga ajratilgan shtat birliklari bilan birga kiritilmoqda.

7.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimidagi “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasining vazifa va funksiyalari hamda barcha shtat birliklari bilan birga.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining tashkiliy tuzilmasiga, unga ajratilgan shtat birliklari bilan birga kiritilmoqda.

8.

Davlat mulki hisoblangan barcha ov xo‘jaliklari va ular joylashgan yer va mulklari

“Ekoturizm va ovchilikni rivojlantirish departamenti” davlat muassasasi huzuridagi ov xo‘jaliklari.

Ov xo‘jaliklari qo‘shimcha majburiyatlar ommaviy savdolar orqali uzoq muddatli ijaraga beriladi.

Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Yangi tashkil qilinayotgan tuzilmaning to‘liq (rasmiy) nomi

Qoidalar

1.

Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tizimidagi quyidagi ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining barcha vazifa va funksiyalari, huquqlari hamda majburiyatlari, shuningdek, bino-inshootlari va boshqa mol-mulklari to‘liqligicha Universitet tasarrufiga o‘tkaziladi:

Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti;

Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi;

“Eko-energiya” ilmiy tatbiq etish markazi;

O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti (filiali, 5 ta ilmiy-tajriba stansiyalari, Cho‘l hududlarida o‘rmonchilikni rivojlantirish ilmiy markazi, O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish innovatsion markazi);

O‘rmon xo‘jaligi texnikumi;

Toshkent gidrometeorologiya texnikumi;

Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti.

Bunda Universitet tizimiga o‘tkazilayotgan ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining amaldagi moliyalashtirish manbalari va shartlari saqlab qolinadi.

2.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tuzilmasida Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda — Inspeksiya)

1) Quyidagilar Inspeksiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin: tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik talablari buzilishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qo‘yish uchun ta’sirchan choralarni qo‘llash;

atrof-muhit holatini kuzatib borish, atrof-muhitning ifloslanishiga, tabiiy resurslardan nooqilona foydalanilishiga olib kelishi, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga tahdid solishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarni aniqlash;

amalga oshirilayotgan xo‘jalik faoliyati va boshqa faoliyatning tabiatni muhofaza qilish standartlari, normalari, qoidalari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligini nazorat qilish va qonuniy choralar ko‘rish;

yuridik va jismoniy shaxslarning tabiatni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini, ular tomonidan majburiyatlar bajarilishini ta’minlash;

o‘rmonlardan oqilona foydalanish ustidan nazoratni o‘rnatish, tabiatni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, o‘rmonlarning yer ustida va aviatsiya yordamida qo‘riqlanishini tashkil etishni nazorat qilish;

o‘rmon daraxtlarini o‘zboshimchalik bilan kesish, o‘g‘irlash, yo‘q qilish va o‘rmon to‘g‘risidagi qonunchilikning boshqa buzilishlaridan muhofaza qilish, shuningdek, o‘rmon fondi yerlarini muhofaza qilish;

yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan daraxtlarni kesish va yog‘och sotish qoidalari bajarilishi, shuningdek, pichan o‘rish, mol boqish va o‘rmondan foydalanishning boshqa turlari qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish;

o‘rmon fondi hududida ov qilish qoidalari, normalari va muddatlariga rioya etilishini ta’minlash ustidan nazorat qilish;

O‘rmon xo‘jaligi tizimini rivojlantirish konsepsiyasi asosida belgilab berilgan topshiriqlar, prognoz ko‘rsatkichlar, parametrlar hamda tasdiqlangan “yo‘l xaritasi” ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar ijrosini o‘rganish;

o‘rmon fondi yerlari, ijaraga berilgan o‘rmon fondi uchastkalarini hisobga olish, ularning ma’lumotlar bazasini shakllantirish, reyestrini yuritish hamda ijaraga berilgan o‘rmon fondi uchastkalarining ijara to‘lovi, penya, jarimalarning o‘z vaqtida to‘liq tushirilishi ustidan nazorat qilish;

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlarning haqqoniyligi va natijadorligini nazorat qilish;

respublikaning tuman va shaharlarida atrof tabiiy muhit davlat ekologik monitoringi tizimi natijalaridan foydalangan holda, tabiatni muhofaza qilish sohasidagi qonunbuzilishi holatlarini aniqlash va qonuniy choralar ko‘rish;

tabiatni muhofaza qilish faoliyatining samaradorligini oshirish hamda fuqarolar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari bilan jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirishda hamkorlik qilish.

2) Quyidagilar Inspeksiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:

Davlat budjeti mablag‘lari;

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari;

jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari; qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

3.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan davlat muassasasi shaklidagi Yashil transformatsiya va iqlim o‘zgarishiga moslashish milliy markazi (keyingi o‘rinlarda — Iqlim markazi).

Vazirlikning umumiy shtatlari doirasida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan davlat muassasasi shaklidagi Iqlim markazi tashkil etiladi.

1) Quyidagilar Iqlim o‘zgarishi milliy markazi davlat muassasasining asosiy vazifalari etib belgilansin:

xalqaro va milliy tadqiqotlarni chuqur tahlil qilish hamda xorijiy davlatlar tajribalarini har tomonlama o‘rganish asosida iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va unga moslashishning Milliy iqlim strategiyasini (National Climate Policy) ishlab chiqish, uning ijrosini monitoring qilish va doimiy ravishda qo‘shimcha takliflar tayyorlash;

har ikki yilda bir marotaba O‘zbekiston Respublikasi atrof-muhit holati to‘g‘risidagi Milliy ma’ruza loyihasini tayyorlash va taqdim etish;

Parij bitimi doirasida olingan majburiyatlar bo‘yicha iqtisodiyot tarmoqlari (energetika, qishloq xo‘jaligi, sanoat va maishiy chiqindilar) tomonidan tashlanayotgan issiqxona gazlarini miqdoriy baholash va verifikatsiya qilish orqali ularning milliy kadastrini yaratish;

milliy imkoniyatlar va sharoitlardan kelib chiqib, issiqxona gazlari ajratmalari chiqarilishining jadalligini kamaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni doimiy ravishda monitoring qilib borish;

iqlim o‘zgarishi sohasidagi investitsiyalarni jalb etishning istiqbolli yo‘nalishlari ishlab chiqilishini ta’minlash, jumladan, uglerod kvotalari savdosini rivojlantirish va “Ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG)” prinsiplari asosida investitsiya loyihalarining monitoringini yuritish;

yashil iqtisodiyotga o‘tish, shu jumladan, “yashil sertifikat” va ekologik markirovkalash tizimlarini joriy etish;

vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha iqtisodiy asoslar ishlab chiqish va ushbu sohada konsalting xizmatlarining ko‘rsatilishini ta’minlash;

iqlim o‘zgarishi va uning oqibatlari bo‘yicha keng jamoatchilikni xabardor qilish uchun ilmiy-ommabop, tahliliy materiallar tayyorlash, iqlim sohasidagi tadqiqotlar natijalarini keng ommalashtirish.

2) Quyidagilar Iqlim markazi faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:

Davlat budjeti mablag‘lari;

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari;

jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari; qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

4.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega davlat muassasasi shaklidagi “Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasi

Vazirlikning umumiy shtatlari doirasida yuridik shaxs maqomiga ega davlat muassasasi shaklidagi “Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasi tashkil etiladi.

Quyidagilar “Chiqindi poligonlarni boshqarish direksiyasi” davlat muassasasi faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:

Davlat budjeti mablag‘lari;

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari;

jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik hamda xayriyalari; qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

5.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan davlat muassasasi shaklidagi Ekoturizm va ovchilikni rivojlantirish departamenti

1) Quyidagilar Ekoturizm va ovchilikni rivojlantirish departamenti davlat muassasasining asosiy vazifalari etib belgilansin:

ilg‘or xorijiy mamlakatlarning tajribasini inobatga olib hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga yetkazilishi mumkin bo‘lgan har qanday zararlarning oldini olgan holda Milliy dasturni ishlab chiqish va amalga oshirish;

ekohududlarning turizm infratuzilmasini rivojlantirish; ekohududlarda tashrif buyuruvchilarga ko‘rsatiladigan xizmatlar turlarini kengaytirish, shu jumladan, tog‘li va cho‘l hududlarda ekstremal turizmni rivojlantirish hamda yangi turizm xizmatlarini yo‘lga qo‘yish, “Planting Tour” va “Plogging Tour” kabi ekoharakatlarni tashkil qilish;

har bir ekohududning o‘ziga xos bo‘lgan brendini yaratish hamda targ‘ibot materiallari, jumladan, videoroliklar, tarqatma materiallar ishlab chiqish orqali ularning turizm salohiyatini targ‘ib qilishni tashkil etish;

ekohududlarda osma dor yo‘llari, elektromotorli qayiq, qorda harakatlanishga mo‘ljallangan maxsus transport vositalari va kvadrotsikllar, “banji-jamping” va “ziplayn” attraksionlar, aerostatlar, “rafting” va “flaybording”, g‘ildirak ustidagi uylar va yer usti transport vositalari xizmatlarini tadbirkorlik subyektlarini jalb qilgan holda yo‘lga quyish;

tog‘li va cho‘l hududlarda speologiya, kurortologiya, balneologiya va balchiq bilan davolash xizmatlarini yo‘lga qo‘yish;

ovga ruxsat berish va yovvoyi hayvonlarni ov qilish (shu jumladan, baliq) uchun kvotalar berish va nazorat qilish xizmatlarini raqamlashtirish.

Vazirlik huzurida davlat muassasasi shaklida Ekoturizm va ovchilikni rivojlantirish departamenti tashkil etiladi.

2) Quyidagilar Ekoturizm va ovchilikni rivojlantirish departamenti davlat muassasasi faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari;

T/r

Tashkilotning amaldagi to‘liq (rasmiy) nomi

Qayta tashkil qilinayotgan tashkilotning to‘liq (rasmiy) nomi

Qayta tashkil qilinayotgan tashkilotning faoliyatiga oid qoidalar va izohlar

1.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan ishlarni amalga oshirish jamg‘armasi

Negizida yuridik shaxs tashkil etmagan holda budjetdan tashqari Ekologiya jamg‘armasi tashkil etilmoqda.

Ekologiya jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish manbalari Vazirlar Mahkamasi qarori bilan belgilanadi.

2.

O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi

3.

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi huzuridagi “Milliy tabiat bog‘lari va ovchilik xo‘jaliklari boshqarmasi” davlat muassasasi

Negizida davlat muassasasi shaklida “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar departamenti” tashkil etilmoqda.

Uning muassisligidagi 8 ta milliy tabiat bog‘lari ularga ajratilgan shtat birliklari “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar departamenti” davlat muassasasiga o‘tkazilmoqda.

4.

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi huzuridagi “O‘rmonloyiha” loyihalash instituti” davlat muassasasi

Negizida “Yashilloyiha” loyihalash instituti” davlat muassasasi tashkil etilmoqda.

Loyihalash instituti kelgusida nafaqat o‘rmon xo‘jaliklarini loyihalari, balki barcha yashil hududlar va loyihalar bo‘yicha shug‘ullanadi.

5.

“Davlat ekologik ekspertizasi markazi” davlat unitar korxonasi

Negizida “Davlat ekologik ekspertizasi markazi” davlat muassasasi tashkil etilmoqda.

“Davlat ekologik ekspertizasi markazi” davlat muassasasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari, Ekologiya jamg‘armasi, shuningdek, xo‘jalik faoliyatidan olingan mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi.

6.

“Ekologik axborot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va multimedia markazi” davlat unitar korxonasi

Negizida “Eko-Media” davlat muassasasi tashkil etilmoqda.

“Eko-Media” davlat muassasasi Vazirlikfaoliyatini raqamlashtirish, multimedia va “Call” markazi xizmatlari, uchuvchisiz uchish apparatlarini qo‘llashda, shuningdek, aholining ekologik madaniyatini oshirish, ekologik ta’lim yo‘nalishidagi video qo‘llanmalarni tayyorlash va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ishlari amalga oshiradi.

Texnologik rivojlanish va innovatsiyalar bo‘yicha sohaviy ekspert kengash

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

“Davlat ekologik ekspertizasi markazi” davlat muassasasi**

O‘rmon xo‘jaligi agentligi*

Gidrometeorologiya xizmati agentligi

“Davlat ekologik sertifikatlashtirish va standartlashtirish markazi” MChJ**

Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi agentligi

(davlat o‘rmon xo‘jaliklari — 12)

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy markazlari

“Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan tahliliy nazorat markazi” davlat muassasasi

Gidrometeorologiyada axborot texnologiyalarini rivojlantirish markazi

Davlat o‘rmon xo‘jaliklari — 65, davlat o‘rmon-ovchilik xo‘jaliklari — 10, dorivor o‘simliklarni yetishtirish bo‘yicha davlat o‘rmon xo‘jaliklari — 12, ilmiy tajriba stansiyalari — 5

“Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi” davlat muassasasi

Toshkent gidrometeorologiya texnikumi

Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti***

“Toshkent hayvonot bog‘i” MChJ,

“Farg‘ona hayvonot bog‘i” MChJ,

“Termiz hayvonot bog‘i” MChJ

“Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazi” davlat muassasasi

“Binolardan foydalanish va qurilish-ta’mirlash ishlari direksiyasi” davlat muassasasi**

“Yashil transformatsiya va iqlim o‘zgarishi milliy markazi”davlat muassasasi***

“O‘rmon xo‘jaligi mashina traktor parki” davlat unitar korxonasi**

“Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar departamenti” davlat muassasasi

(milliy tabiat bog‘lari — 12, davlat qo‘riqxonalari — 7, buyurtma qo‘riqxonalari — 2; majmua buyurtma qo‘riqxona — 1; biosfera rezervat — 1; pitomnik — 1)

O‘zbekiston davlat tabiat muzeyi

“Chorvoq suv ombori atrofini obodonlashtirish direksiyasi” davlat muassasasi**

“Xavfsiz daryo” davlat muassasasi

“Yashil hudud” DUK va uning hududiy filiallari

“Ekoturizm va ovchilikni rivojlantirish departamenti” davlat muassasasi**

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari*

“Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasi **

“Beldirsoy-Chimyon-Nanay” xalqaro umummavsumiy kurortini qurish va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha loyiha ofisi

“Yashilloyiha”loyihalash instituti**

Tuman (shahar) ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limlari

“Eko-Media markazi” davlat muassasasi**

Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi**

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, o‘rmon sohalaridagi NNTlar

Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Ijro qilish muddati

Mas’ul bo‘lgan tashkilotlar

Bajariladigan ishlarning pirovard natijasi

I. Bioxilma-xillikni asrash va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar faoliyatini takomillashtirish

1.

O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobining yangi nashrini tayyorlash. Bunda:

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobining oltinchi nashri Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi (IUCN) toifalari va mezonlari asosida tayyorlanadi.

Qizil kitobga kiritilgan turlarning muhofazasi borasidagi maqomi xalqaro standartlarga moslashtiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobini Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqining (International Union for Conservation of Nature) talablari bo‘yicha tayyorlash yuzasidan “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish;

2023-yil II chorak

O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobining yangi nashrini zamonaviy metodlar va Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi (IUCN) Qizil ro‘yxatida nazarda tutilgan toifalar va mezonlar asosida tayyorlash hamda chop etish.

2025-yil I chorak

2.

Yovvoyi holda o‘suvchi dorivor va oziq-ovqatbop o‘simliklarni, jumladan, ularning eksportbop turlarini yetishtirish va ko‘paytirish choralarini ko‘rish. Bunda:

plantatsiyalarni tashkil etish uchun aniq hisob-kitoblar asosida ekish materiallari (urug‘ va/yoki qalamcha) yig‘ib olish uchun kvota ajratish;

shirinmiya, shumg‘iya, na’matak, kovul va sassiq kavrak kabi dorivor va oziq-ovqatbop o‘simlik turlari bo‘yicha har yili kamida 25 ming gektar maydonda madaniy plantatsiyalarni tashkil etish.

2023-yil noyabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Respublikada mavjud yovvoyi holda o‘suvchi dorivor va oziq-ovqatbop o‘simliklar 19,5 ming gektar madaniy plantatsiyalari doimiy monitoringi olib boriladi.

Yovvoyi holda o‘suvchi dorivor va oziq-ovqatbop o‘simliklar, jumladan, ularning eksportbop turlarining madaniy plantatsiyalari ko‘paytiriladi.

Ushbu o‘simliklarning tabiiy populyatsiyasi ortadi va yo‘qolib ketish xavfining oldi olinadi.

Madaniy plantatsiyalarni ko‘paytirish natijasida 2026-yildan boshlab:

sohada eksport salohiyati 3 baravarga ortadi;

doimiy 500 nafar, mavsumiy 20 mingnafar aholi bandligi ta’minlanadi.

3.

“O‘zbekiston ekologiyasi va tabiiy resurslari atlasi”ni yaratish. Bunda:

tegishli vazirlik va idoralar mutaxassislaridan iborat idoralararo ishchi guruh tuzish;

tabiiy resurslar va ekologiya bo‘yicha ma’lumotlarni to‘plash va umumlashtirish;

tegishli masshtabdagi tabiiy resurslar va ekologiya bo‘yicha xaritalar tuzish;

“O‘zbekiston ekologiyasi va tabiiy resurslari atlasi”ni nashr etish.

2023 — 2025-yillar

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

O‘zbekiston Respublikasining tabiiy resurslari, iqlimi va ekologik holatini aks ettiradigan yagona jamlangan xarita shakllantiriladi.

Xaritada quyidagilar aks ettiriladi:

hayvonot dunyosi obyektlari;

o‘simliklar;

tuproq;

yer usti suvlari;

iqlim;

landshaft va tabiiy geografik rayonlashtirish;

muhofaza etiladigan tabiiy hududlar;

o‘rmon xo‘jaliklari;

yer ostining geologik tuzilishi va boshqa ma’lumotlar.

4.

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maydonlarini kengaytirish. Bunda:

“Zarafshon” milliy tabiat bog‘ini 2 ming gektarga, “Surxon” va “Nurota” davlat qo‘riqxonalari hududini 4-5 ming gektargacha kengaytirish bo‘yicha o‘rganish ishlarini amalga oshirish;

ilmiy asoslangan taklif va xaritalarni tayyorlash;

muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maydonini kengaytirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2023-yil dekabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Ushbu muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning kengaytirilishi natijasida noyob hayvonlarning soni ortib, o‘simlik qoplami tiklanishiga erishiladi. Jumladan, Buxoro bug‘usining soni Zarafshon milliy tabiat bog‘ida besh yil muddatda 200 boshdan, Surxon davlat qo‘riqxonasida morxo‘rlar 800 boshdan, Buxoro tog‘ qo‘yi 200 boshdan, Nurota davlat qo‘riqxonasida Qizilqum qo‘yi soni 2,5 ming boshdan ortadi. Shu bilan birga ushbu hududlardagi noyob o‘simlik turlarini genetik baza sifatida saqlab qolinishiga erishiladi.

5.

Milliy tabiat bog‘lari faoliyatini muvofiqlashtirish. Bunda:

“Zomin”, “Ugom-Chotqol”, “Orolqum”, “Orolbo‘yi”, “Pop”, “Omonqo‘ton”, “Yuqori To‘palang” va “Bobotog‘” milliy tabiat bog‘larini Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish departamenti huzuriga o‘tkazish;

Yuridik maqomga ega muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning tashkiliy-huquqiy masalalariga oid hujjatlarini xatlovdan o‘tkazish va ularga o‘zgartirishlar kiritish.

2023-yil avgust

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirishda yaxlitlik, yagona boshqarish siyosati ta’minlanadi. Ularning faoliyati, amalga oshirilayotgan tadbirlar tizimi yagona xalqaro standartlar asosida amalga oshiriladi.

Ilmiy-tadqiqot ishlari va tabiat majmualari monitoringi yuritilishining sifati oshiriladi, belgilangan muhofaza rejimining ta’minlanishida samaradorlik ortadi.

6.

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash. Bunda:

1) 2023-yilda “Surxon”, “Nurota” va “Hisor” davlat qo‘riqxonalari, “Zarafshon” milliy tabiat bog‘i va “Jayron” pitomnigini boshqarish va monitoring tizimiga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish hamda ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

2) 2024-yilda “Markaziy Qizilqum” “Pop”, “Omonqo‘ton”, “Bobotog‘” va “Yuqori To‘palang” milliy tabiat bog‘lari, “Oqtog‘-Tomdi”, “Qizilqum” davlat qo‘riqxonalari, “Borsakelmas” va “Sudochye-Akpetki” davlat buyurtma qo‘riqxonalarini boshqarish va monitoring tizimiga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish hamda ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;

3) 2025-yilda “Saygachiy” majmua buyurtma qo‘riqxonasi, “Orolqum”, “Orolbo‘yi”, “Xorazm”, “Janubiy Ustyurt”, “Zomin” va “Ugom-Chotqol” milliy tabiat bog‘lari, “Zomin” davlat qo‘riqxonasi va “Chotqol” davlat biosfera qo‘riqxonasi, Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervatini boshqarish va monitoring tizimiga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish hamda ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;

2023 — 2025-yillar

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar uchun dron, kuzatish kamerasi, fotoqopqonlar xarid qilish, onlayn nazorat tahlil markazini tashkil qilish, aerokosmik kuzatish ma’lumotlaridan foydalanish orqali monitoring tizimiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish choralari ko‘riladi.

Natijada hududlarning antropogen tahdid darajasi yuqori bo‘lgan manzillarini va tahdid turlarini (chorva mollarining noqonuniy boqilishi, brakonyerlik, mahalliy aholi tomonidan qo‘riqxona yerlarining o‘zlashtirilishi) tezkor aniqlash va bartaraf etish imkoniyati yaratiladi.

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda qo‘riqlash va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va monitoring ishlari samaradorligi ortadi hamda huquqbuzarliklar sonining keskin kamayishiga erishiladi. Inson omilining ishtiroki maksimal darajada kamayadi.

7.

“Chotqol” davlat biosfera va “Oqtog‘-Tomdi” davlat qo‘riqxonalarining qo‘riqlanma zonalarini belgilash. Bunda:

“Chotqol” davlat biosfera va “Oqtog‘-Tomdi” davlat qo‘riqxonalarining qo‘riqlanma (bufer) zonalarini belgilash uchun hududni xatlovdan o‘tkazish;

“Chotqol” davlat biosfera va “Oqtog‘-Tomdi” davlat qo‘riqxonalarining qo‘riqlanma (bufer) zonalari xaritalarini tayyorlash;

“Chotqol” davlat biosfera va “Oqtog‘-Tomdi” davlat qo‘riqxonalarining qo‘riqlanma (bufer) zonalarini belgilash yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2023-yil dekabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

“ Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 47-moddasi talablari bajariladi. Bunda:

ushbu muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga salbiy ta’sirning oldini olish maqsadida qo‘riqlanma zonalarda xo‘jalik faoliyati va boshqa faoliyat cheklanadi yoki taqiqlanadi;

qo‘riqlanma zonalarning bir qismida ekologik turizmni tashkil etish, mazkur hudud uchun xos bo‘lgan kamyob hamda yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan o‘simliklar va hayvonlarning turlarini ko‘paytirish maqsadida tabiiy pitomniklar barpo etish imkoniyatlari yaratiladi.

8.

Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervatida Amudaryodan nasos orqali suv chiqarish ishlarini hamda uning hududidagi 2 gektar maydonda Buxoro bug‘usi uchun volyer va tashrif markazini tashkil etish. Bunda:

Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervatidagi Buxoro bug‘ularining ozuqa bazasini yaxshilash, o‘simliklarni nobud bo‘lishdan saqlash va qayta tiklanishini ta’minlash maqsadida Amudaryodan nasos orqali suv chiqarish ishlarini yakuniga yetkazish;

biosfera rezervatining qo‘riqlanma (bufer) zonasidagi 2 gektar maydondaBuxoro bug‘usi uchun volyer va tashrif markazini qurish.

2023-yil dekabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Amudaryodan nasos orqali suv chiqarish ishlari va Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervatining qo‘riqlanma (bufer) zonasidagi 2 gektar maydonda Buxoro bug‘usi uchun volyer va tashrif markazi qurilishini yakuniga yetkazish orqali:

biosfera rezervatidagi Buxoro bug‘ularining ozuqa bazasi yaxshilanadi;

o‘simlik qoplamasining qayta tiklanishi ta’minlanadi.

Mazkur hududlarda ekologik turizmni tashkil etish imkoniyatlari yaratiladi.

9.

Hisor davlat qo‘riqxonasining “Suvtushar sharsharasi” ekoturistik obyekti infratuzilmasini yaxshilash. Bunda:

Hisor davlat qo‘riqxonasining “Suvtushar sharsharasi” ekoturistik obyektiga sayyohlarni jalb qilish imkoniyatlarini hamda xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida uning atrofida turistik infratuzilma barpo etish;

“Suvtushar sharsharasi” ekoturistik obyektiga olib boruvchi 60 km yo‘lni ta’mirlash.

2023-yil dekabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Tashrif buyuruvchilarning ekoturistik maskanga borishi uchun qulay yo‘l infratuzilmasi yaratiladi.

Hisor davlat qo‘riqxonasining “Suvtushar sharsharasi”da tashrif buyuruvchilarga tegishli sharoitlar, jumladan, kuzatuv maydonchasi, ayvonlar (besedkalar), dam olish va to‘xtash joylari, ekoturistik marshrutlar yaratilishi natijasida yiliga 10 ming nafar sayyoh jalb etiladi.

Sayyohlarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq 50 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

10.

Farg‘ona va Namangan viloyatlarida bioxilma-xillikni saqlash, tabiiy majmualarni qayta tiklash hamda ekoturizmni rivojlantirish maqsadida muhofaza etiladigan tabiiy hudud tashkil etish.

2024-yil aprel

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Namangan va Farg‘ona viloyatlari hokimliklari

bilan birgalikda

Farg‘ona viloyatining Yozyovon tabiiy yodgorligi, So‘x, Sho‘rsuv, Qayroqqum, Kattaturk va Namangan viloyatining Mingbuloq va Pop adirliklari tabiiy hududlarida bioxilma-xillikni saqlash, tabiiy majmualarni qayta tiklash hamda ekoturizmni rivojlantirish maqsadida umumiy maydoni 100 gektardan ortiq bo‘lgan milliy tabiat bog‘ini tashkil etish yuzasidan qaror loyihasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi. Ushbu hududlarda muhofaza etiladigan tabiiy hudud tashkil etish natijasida qayd etilgan tabiiy maskanlardagi tabiat majmualari, noyob va endemik hisoblangan 15 dan ortiq hayvon turi, 20 dan ortiq o‘simlik turlarining yashash hamda o‘sish joylari muhofazaga olinadi.

Ekoturizmni rivojlantirish maqsadida infratuzilma va ekoturistik marshrutlar yaratiladi.

Natijada yiliga 2 mingdan ortiq sayyohlar hududga jalb etiladi. Sayyohlarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq 50 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

11.

Yovvoyi qushlar va sut emizuvchi hayvonlar turlari hisobini yuritish. Bunda:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Jizzax, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlarida iqtisodiy ahamiyatga ega hayvonot dunyosi obyektlari turlarini xatlovdan o‘tkazish va ularning sonini aniqlash;

iqtisodiy ahamiyatga ega yovvoyi qushlar va sut emizuvchi hayvonlar turlarini saqlash va ulardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.

2023-yil dekabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Jizzax, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlaridagi yovvoyi qushlar va sut emizuvchi hayvonlarning turlari sanoqdan o‘tkaziladi.

Ularning hisobi, tarqalish areali, yashash muhiti, xo‘jalikda foydalanish bo‘yicha hamda boshqa sifat tavsiflari bo‘yicha ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi.

Qizil kitobga kiritilgan yovvoyi hayvonlar hisobi xatlovdan o‘tkaziladi.

Yovvoyi hayvonlarning kadastri shakllantiriladi.

Olingan ma’lumotlar asosida hayvonot dunyosidan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.

12.

Istiqbolli xomashyobop o‘simlik turlari hisobini yuritish. Bunda:

Sirdaryo, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida tabiiy holda tarqalgan xomashyobop o‘simliklar ro‘yxatini shakllantirish;

dorivor, ozuqa va texnik o‘simliklarning yovvoyi holda o‘suvchi turlari tabiiy zaxiralarini xatlovdan o‘tkazish;

viloyatlar kesimida qishloq xo‘jaligi, o‘rmon fondi va zaxira yerlarida o‘rganiladigan o‘simlik turlarining tarqalish maydonlarini, xomashyobop turlarning biologik va ekspluatatsion zaxiralarini aniqlash.

2023-yil dekabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Sirdaryo, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida tabiiy holda tarqalgan xomashyobop o‘simliklar hisobdan o‘tkaziladi.

Ularning tarqalishi, populyatsiya holati, soni va sifat tavsiflari, o‘sadigan umumiy muhiti bo‘yicha ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi. Ulardan xo‘jalikda foydalanish hajmlari, ularni saqlash va iqtisodiy baholash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi. Xomashyobop o‘simliklarning kadastri shakllantiriladi.

13.

Yovvoyi o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlarini muhofazasini tizimli tashkil etish. Bunda:

Bosh prokuratura va Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda yovvoyi o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlarini noqonuniy olib kirish va chetga olib chiqib ketish, saqlash, ruxsatsiz tabiatdan ajratib olish holatlari ustidan ta’sirchan nazorat tizimini o‘rnatish;

Davlat bojxona qo‘mitasi va Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda yovvoyi o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlari va ularning qismlarini chetga olib chiqish va chetdan olib kirish jarayonlarining elektron nazoratini ta’minlash maqsadida idoraviy axborot tizimlarini integratsiya qilish orqali o‘zaro elektron axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish.

2023-yil oktabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Yovvoyi o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlarini chetga olib chiqishda ularni bojxona hududidan olib o‘tishning elektron nazorati yo‘lga qo‘yiladi.

Buning natijasida, kavrak o‘simligi ildizi, na’matak mevalari va shirinmiya ildizi kabi yovvoyi o‘simliklarni, shuningdek, hayvonot dunyosi obyektlarini tegishli ruxsatnomasiz olib chiqib ketish holatlariga chek qo‘yiladi.

14.

Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg‘on tumani, “G‘ur-G‘ur” mahallasidagi, “Oqtepa” tabiat bog‘i hududini Vazirlik balansiga bepul o‘tkazish hamda bepul o‘tkazib berish bo‘yicha qabul qilish-topshirish dalolatnomasini rasmiylashtirishni ta’minlash.

2023-yil iyul

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Surxondaryo viloyati hokimligi

O‘rmon resurslarining boy salohiyatidan to‘la-to‘kis va oqilona foydalanishni ta’minlash, ulardan foydalanish samaradorligini oshirish yo‘lga qo‘yiladi.

15.

Gidrometeorologiya xizmati agentligi joylashgan Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Bodomzor yo‘li 1-tor ko‘chasi, 72-uyga tutash hududda yashil jamoat parkini tashkil qilish.

2023-2024-yillarda

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Toshkent shahar hokimligi

Aholi uchun qulay yashil hududda dam olishlari uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratiladi.

16.

Akademik F. Rusanov nomidagi Botanika bog‘i faoliyatini takomillashtirish, shu jumladan, ilmiy salohiyatini kuchaytirish, moddiy-texnik bazasini yaxshilash, hududlarda ularning tajribasini qo‘llash va filiallarini tashkil etish.

2023-yil 1-oktabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Fanlar akademiyasi

Akademik F. Rusanov nomidagi Botanika bog‘ining imkoniyatlaridan keng foydalangan holda respublikada bioxilma-xillik sohasini ilmiy jihatdan o‘rganish tizimi takomillashtiriladi.

II. Atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilarni boshqarish faoliyatini takomillashtirish

17.

Yirik va o‘rta toifaga kiruvchi sanoat obyektlarida chang-gaz tozalash uskunalarini modernizatsiya qilish va yangilarini o‘rnatish. Bunda, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning o‘z mablag‘lari hisobidan 145 ta sanoat korxonalarida 714 ta chang-gaz tozalash uskunalarini yangilash va modernizatsiya qilish.

2023-yil dekabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Hududlardagi sanoat obyektlari tashlamalari ekologik normalarga moslashtiriladi.

Atmosfera havosiga 10 ming tonnadan ortiq sanoat tashlamalari tashlanishining oldi olinadi.

Aholi uchun musaffo havo va qulay ekologik muhit yaratiladi.

18.

Transport vositalarining atmosfera havosiga ta’sirini kamaytirish choralarini ko‘rish. Bunda:

avtotransport vositalari ustidan ekologik nazoratni o‘rnatish hamda tashlamalarning belgilangan me’yor darajasida bo‘lishini ta’minlash maqsadida ikki bosqichli “Toza havo” oyligini o‘tkazish;

300 mingta avtotransport vositalarining atmosfera havosiga ta’sirini aniqlash.

2023-yil avgust-sentabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Avtotransport vositalarining atmosferaga tashlamalari me’yor darajasiga keltiriladi hamda ular ustidan ekologik nazorat o‘rnatiladi.

265 ta kuzatuv va o‘lchash nuqtalari tashkil etilib, avtotransportlar ustidan ekologik nazorat o‘rnatiladi.

Yo‘llarda atmosfera havosining ortiqcha ifloslantirilishiga barham beriladi.

19.

Belgilangan ekologik me’yorlarga javob bermaydigan transport vositalarini harakatlanishini cheklash. Bunda:

Toshkent shahrining 4 ta kirish (Uchqaxramon, Erkin, Sharq, Bektemir) yo‘l patrul maskanlarida doimiy (tunu-kun) ekologik postlarni tashkil etish;

ekologik me’yorlarga javob bermaydigan transport vositalariga cheklovlar joriy etish.

2023-yil dekabr

Ichki ishlar vazirligi,Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Ekologik me’yorlarga javob bermaydigan transport vositalari harakati tartibga solinadi. Atmosfera havosiga zararli tashlamalar tashlanishi oldi olinadi.

20.

Toshkent shahrida “№-2” (yuk tashish quvvati — 3,5 — 12,0 tonna) va “№-3” (yuk tashish quvvati — 12,0 tonnadan yuqori) toifasiga kiruvchi transport vositalarining harakatini tartibga solish. Bunda:

o‘rnatilgan standartlarga javob bermaydigan transport vositalarini kichik avtomobil halqa yo‘li orqali harakatlanishini ta’minlash;

aholi gavjum va yashil hududlarni “Ekologik hudud” etib belgilab, ushbu hududlarda transportlar harakatini to‘liq cheklash va maxsus jarima miqdorlarini belgilash;

kunning ma’lum vaqtlarida shahar markaziy ko‘chalarida avtomobil harakatlanishiga taqiq o‘rnatish tizimini joriy qilish.

2023-yil dekabr

Ichki ishlar vazirligi, Transport vazirligi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

“№-2” (yuk tashish quvvati — 3,5 — 12,0 tonna) va “№-3” (yuk tashish quvvati — 12,0 tonnadan yuqori) toifasiga kiruvchi transport vositalarining Toshkent shahrida harakatini tartibga solinadi.

21.

Toshkent shahridagi qurilish maydonlaridan atmosferaga chiqayotgan changlarni kamaytirish choralarini ko‘rish. Bunda:

Toshkent shahridagi qurilish maydonlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazish;

belgilangan qonun talablarini buzgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan tegishli choralarni ko‘rish.

Doimiy

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Qurilish vazirligi

Atmosferaga qurilish jarayonlaridan chiqayotgan chang va zararli moddalar kamayishiga erishiladi.

22.

Sanoat korxonalarida 80 ta lokal oqova tozalash inshootlarini qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish. Bunda:

me’yoridan ortiqcha ifloslangan ishlab chiqarish oqova suvlarini hosil qiluvchi korxonalar bilan lokal oqova tozalash inshootlarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash;

dastur ijrosini ta’minlash yuzasidan ekologik nazorat tadbirlarini amalga oshirish.

2023-yil dekabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

2023 yilda 80 ta sanoat korxonalarida lokal tozalash inshootlari quriladi va rekonstruksiya qilinadi.

Dasturga kiritilgan korxonalarda ekologik nazorat tadbirlari amalga oshiriladi va ularning nazorati kuchaytiriladi.

Buning natijasida kunlik hosil bo‘layotgan 73,2 ming metr kub yoki yillik 21,9 mln metr kub ifloslangan oqova suvlarning atrof-muhitga tozalanmasdan tashlanishining oldi olinadi, ochiq suv havzalarining suv sifati yaxshilanadi. Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 3 ta, Andijonda — 6 ta, Buxoroda — 2 ta, Jizzaxda — 7 ta, Qashqadaryoda — 4 ta, Navoiyda — 7 ta, Namanganda — 6 ta, Samarqandda — 8 ta, Sirdaryoda — 8 ta, Surxondaryoda — 4 ta, Toshkentda — 13 ta, Xorazmda — 4 ta va Toshkent shahrida — 7 ta korxonada lokal tozalash inshootlari qayta tiklanadi.

23.

Respublikada 7 mingga yaqin sanoat va ijtimoiy obyektlar ko‘mir yoqilg‘isiga o‘tishi munosabati bilan ko‘mir qazib olish va uni boyitish bo‘yicha atrof-muhitga kam ta’sirli usullarni joriy etish.

2023-yil dekabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Energetika vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 16-fevraldagi PQ-57-son qarori ijrosi doirasida atrof-muhitga kam ta’sirli usullar joriy etiladi.

24.

Respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan yirik sement ishlab chiqarish zavodlarida atmosferaga tashlama tashlovchi manbalarida yuqori samarador chang-gaz tozalash uskunalarini o‘rnatish.

2023-2024-yillar davomida

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

aloqador vazirlik va idoralar

Atrof-muhitga zararli tashlamalar kamayadi.

25.

Foydali qazilmalarni qazib olish natijasida buzilgan 6 075 gektar yer maydonlarini rekultivatsiya qilish. Bunda:

yer osti boyliklarini qazib olish tufayli buzilgan yerlarning xatlovi natijasida aniqlangan maydonlarni 2023 — 2025-yillarda hududlar kesimida rekultivatsiya qilish reja jadvaliga muvofiq, 2023-yilda tog‘-kon sanoati va geologiya korxonalari tomonidan buzilgan yer maydonlarini o‘rganish;

1 410 gektar buzilgan yer maydonlarining rekultivatsiya qilinishini ta’minlash yuzasidan ekologik nazorat tadbirlarini amalga oshirish.

2023 — 2025-yillar davomida

(har yili o‘rtacha 2 000 gektar)

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Navoiy viloyatining tumanlarida, jumladan Uchquduqda — 8 minggektar, Tomdida — 3 ming gektar, Konimexda — 4,7 ming gektar; Samarqand viloyatining tumanlarida, jumladan, Nurobodda — 2,4 ming gektar, Paxtachida 1, 5 ming gektar, Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida 854 ga va Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida 348 gektar;

shuningdek, korxonalar kesimida “Navoiy KMK” AJ — 36,6 ming gektar, “Olmaliq KMK” AJ — 8,5 ming gektar, “O‘zbekneftgaz” AJ — 7,6 ming gektar, Davlat geologiya qo‘mitasi — 3,5 ming gektar, “O‘zqurilishmateriallari” uyushmasi — 2,2 ming gektar, “O‘zbekko‘mir” AJ — 2,1 ming gektar va boshqalar — 532 gektar rekultivatsiya qilinishi kerak bo‘lgan yer maydonlari mavjud.

2023-yildan boshlab yiliga o‘rtacha 2 000 gektar maydonlarni rekultivatsiya qilish hisobiga 6 075 gektar qo‘shimcha yer maydonlari qayta tiklanadi, ushbu yer maydonlaridan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish imkoniyati yaratiladi.

26.

Sirdaryo havzasi daryolari (Norin, Qoradaryo, Chirchiq, Ohangaron)da ifloslantiruvchi manbalarni aniqlash va ularni bartaraf qilish yuzasidan ekologik nazorat tadbirlarini olib borish. Bunda:

Sirdaryo havzasi daryolari suvining sifatini aniqlash bo‘yicha boshlang‘ich, oraliq va quyilish nuqtalaridan olingan suv namunalari tahlilini o‘tkazish;

ochiq suv havzalariga oqova chiqarayotgan sanoat korxonalari monitoringi asosida ustuvor ifloslantiruvchi manbalarni aniqlash va bartaraf qilish.

2023-yil sentabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Transchegaraviy Sirdaryo daryosining chegara nuqtalaridan olingan suv namunalarining tahlili bo‘yicha ma’lumotlar almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi.

Andijonda — 26 ta, Farg‘onada — 23 ta, Sirdaryoda — 8 ta, Toshkent viloyatida — 17 ta sanoat korxonalari va Namangan viloyatidagi 2 ta kommunal oqova tozalash inshootlari monitoring qilinadi.

Sirdaryo havzasi daryolari bo‘lgan Norin, Qoradaryo, Chirchiq, Ohangaron daryolari bo‘ylab xatlov o‘tkazilishi natijasida suvni ifloslantiruvchi qo‘shimcha manbalar aniqlanadi.

Ochiq suv havzalariga salbiy ta’sir ko‘rsatish holatlarni bartaraf etish choralari ko‘riladi, monitoring qilinadigan obyektlar soni va geografiyasi ortadi, suv ifloslanishining oldi olinadi.

27.

Daryo va soylar o‘zanlarini tozalash va ruxsatnoma asosida qum shag‘al qazib olish bilan shug‘ullanib kelayotgan subyektlar faoliyatini tanqidiy o‘rganish. Bunda:

ekologik nazorat tadbirlarini tezkorlik bilan o‘tkazish imkonini yaratish maqsadida malakali ekolog va marksheyderlik ishi mutaxassislaridan iborat “Qum-shag‘al qazib olinishi bo‘yicha nazorat guruhi”ni tashkil qilish;

daryo va soylarda o‘zan tozalash va ruxsatnoma asosida qum-shag‘al qazib olish ishlari olib borayotgan subyektlar faoliyatini tanqidiy o‘rganish;

noqonuniy qum-shag‘al qazib olish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyatini bosqichma-bosqich tugatish va quruqlikda joylashgan konlarga yo‘naltirish.

2024-yil iyul

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Chirchiq, Ohangaron, Zarafshon, Oqdaryo va Qoradaryo, Sangzor daryolari o‘zanlarida ruxsatnoma asosida qum-shag‘al qazib olish bilan shug‘ullanib kelayotgan subyektlar faoliyati ustidan nazorat kuchaytiriladi. Qonunbuzilishi holatlari aniqlangan taqdirda, shartnoma va ruxsatnomalar bekor qilinadi hamda ular quruqlikda joylashgan konlarga yo‘naltiriladi.

Buning natijasida tabiiy suv havzalarining ekologik holati yaxshilanadi, yer osti suvlarining ifloslanishi, ko‘p yillik o‘rtacha sathi pasayishining oldi olinadi.

28.

Respublika hududida amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa turdagi faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini belgilash yuzasidan davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish. Bunda:

amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatning atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatish toifasini aniqlash yuzasidan xatlov o‘tkazish;

xatlov natijalari asosida xo‘jalik yurituvchi subyektlarni davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazish va ularning faoliyatini ekologik talablarga muvofiqlashtirish;

xo‘jalik yurituvchi subyektlarga berilgan davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosalarida belgilangan talablarning bajarilishini nazorat qilish.

2023-yil davomida

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Respublika hududida 20 mingga yaqin xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazish orqali ekologik talablarga muvofiqlashtiriladi.

Samarali ekologik nazorat tizimi tashkil etiladi.

29.

Respublika bo‘yicha 34 ta yer usti tabiiy suv obyektlari (daryolar, kichik daryolar va tabiiy ko‘llar)ning sanitariya-muhofaza zonalari va sohil bo‘yi mintaqalarini belgilash. Bunda davlat budjeti mablag‘lari hisobidan:

“O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti bilan shartnoma asosida tabiiy suv havzalari uchun suvni muhofaza qilish zonalari va qirg‘oqbo‘yi mintaqalarini belgilash loyihalarini ishlab chiqish;

tegishli mahalliy hokimiyat organlari qarorlari bilan suvni muhofaza qilish zonalarini belgilash.

2023 — 2025-yillar

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

2023-yil 14 ta, 2024-yilda, 2025-yilda 10 ta yer usti tabiiy suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalari va sohil bo‘yi mintaqalari belgilanadi va ushbu hududda joylashgan ifloslantiruvchi manbalar aniqlanib, ularni bartaraf qilish choralari ko‘riladi.

Suvni muhofaza qilish zonalari va sohil bo‘yi mintaqalarida suv sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi obyektlarni joylashtirish, qurish holatlarining oldi olinadi.

30.

Mavjud avtomobil yuvish shoxobchalarida bosqichma-bosqich suv aylanma tizimini joriy etish hamda ularni zamonaviy suv tindirgichlar va suv tejovchi uskunalar bilan jihozlash, shuningdek, avtomobil yuvish shoxobchalarining o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatadigan turlarini kengaytirish.

2024-yil yanvardan boshlab

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda

Suv resurslari tejalishiga va iqtisod qilinishiga erishiladi.

31.

Qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlarini ko‘rsatish sohasida shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish.

Bunda, yuridik shaxslarni qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlari bo‘yicha qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda shartnoma tuzishini rag‘batlantiruvchi mexanizmlar (iqtisodiy yoki ma’muriy ta’sir choralari) yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2023-yil iyul

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Aholi yashash punktlarida belgilanmagan joylarga maishiy chiqindilarni tashlash holatlari keskin kamayadi.

Aholi yashash punktlarida maishiy chiqindilarning atrof-muhitga salbiy ta’siri kamayadi va ekologik vaziyat sezilarli darajada yaxshilanadi.

Sanitar tozalash sohasida xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarning moliyaviy holatiga ijobiy ta’sir qiladi.

Shartnoma taraflari o‘rtasida huquq va majburiyatlar hamda boshqa huquqiy munosabatlar vujudga keladi.

32.

Qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari bo‘yicha shakllangan debitor qarzdorlikni Vazirlik va sanitar tozalash korxonalari o‘rtasida tuziladigan kelishuvga muvofiq 5 yilgacha bo‘lib-bo‘lib qaytarish choralarini ko‘rish.

2023-yil avgust

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari bo‘yicha shakllangan debitor qarzdorlikni kamaytirishga erishiladi.

33.

Fosforli o‘g‘itlarni ishlab chiqarish jarayonida yig‘ilib qolgan fosfogips chiqindilarini qayta ishlash tizimini joriy qilish. Bunda, fosfogips chiqindisidan sement ishlab chiqarishda foydalanish uchun fosfozol qo‘shimchasini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2023-2024-yillar

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,

“O‘zkimyosanoat” AJ

Sanoat chiqindilarini qayta ishlash hisobiga ikkilamchi resurslarni imkon qadar ko‘proq xo‘jalik aylanmasiga jalb qilish, ulardan bozorbop yangi raqobatbardosh, sifatli va ekologik toza mahsulotlarni ishlab chiqarish hamda qayta tiklanmaydigan manbalardagi tabiiy xom ashyo tejalishi ta’minlanadi.

34.

Eski saqlagichlarda saqlanayotgan qoldiqlarni qayta ishlash loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2023-2024-yillar

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Qurilish vazirligi,

“O‘zkimyosanoat” AJ

Chiqindilarni qayta ishlashning samarali va zamonaviy tizimini yaratilib, eski saqlagichlardagi chiqindilarni qayta ishlash hisobiga, atrof-muhitga yetkazilishi mumkin bo‘lgan zararlarning oldini olish choralari ko‘riladi.

35.

Elektromobillarni tez quvvatlantirish stansiyalarini barpo etish talab etiladigan hududlar ro‘yxatini shakllantirish hamda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish.

2023-yil iyun

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

“Yashil” texnologiyalarni barcha sohalarga faol joriy etish, elektromobillar va ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash orqali havoga chiqariladigan zararli gazlar hajmini qisqartirish, ekologik tavsiflari yaxshilangan avtotransport vositalari, elektromobillar, gibrid dvigatelli avtomobillar va gaz yoqilg‘isida ishlaydigan avtomobillar ishlab chiqarish va ulardan foydalanishni kengaytirishga erishiladi.

III. Gidrometeorologik kuzatuv, iqlim o‘zgarishi va atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringini yuritish

36.

Hududlarda aholini xavfli gidrometeorologik hodisalardan barvaqt ogohlantirish darajasini oshirish.

Bunda, kuzatuv stansiyalari va postlar sonini 323 tadan 370 taga yetkazish. Xususan:

meteorologik stansiyalarni — 86 taga;

qor ko‘chki stansiyalarini — 8 taga;

agrometeorologik postlarni — 40 taga;

gidrologik stansiya va postlarni — 141 taga;

meteorologik lokatorlarni — 6 taga;

atmosfera havosi ifloslanishi monitoringi punktlarini — 68 taga;

atmosfera havosi ifloslanishi monitoringi laboratoriyalarini — 21 taga;

meteorologik stansiyalar, agrometeorologik postlar va atmosfera havosi ifloslanishi monitoringi punktlarining avtomatlashtirish darajasini 100 foizga yetkazish.

Shuningdek, xodimlarda avtomatlashtirilgan stansiyalar bilan ishlash ko‘nikmasini shakllantirish.

2023-yil davomida

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Gidrometeorologik axborotni tayyorlash (kuzatish, yig‘ish, unga ishlov berish, uni tahlil qilish, saqlash va undan foydalanish), shuningdek, uni tarqatish jarayonida gidrometeorologik faoliyatning natijadorligi ortadi.

Jumladan:

a) turli barvaqtlikdagi ob-havo prognozlari ishonchliligi ortadi;

sutkalik 93 foizga;

2-3 sutkalik 92 foizga;

4-5 sutkalik 90 foizga;

b) shtorm ogohlantirishlar oqlanish darajasi 94 foizgacha ortadi;

v) gidrologik prognozlarning ishonchliligi 96 foizga yetkaziladi.

37.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga yuqori texnologik 6 ta atmosfera havosi ifloslanishini avtomatlashtirilgan kuzatuv uskunasini o‘rnatish.

Respublika hududidagi atmosfera havosi ifloslanishini kuzatish avtomatlashtirilgan monitoring stansiyalari sonini mavjud 2 tadan 8 taga oshirish. Bunda:

6 ta viloyat shaharlarida havo ifloslanishini avtomatik nazorat qiluvchi stansiyalarni yetkazib berish loyihasining ikkinchi bosqichini yakunlash;

8 ta viloyat markazida avtomatlashtirilgan stansiyalarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash;

8 ta avtomatlashtirilgan stansiyani uchun aniqlangan ifloslantiruvchi moddalarni tanlash;

avtomatlashtirilgan stansiyalarni xarid qilish uchun texnik topshiriq loyihasini ishlab chiqish.

2023-yil davomida

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Qoraqalpog‘istonRespublikasi, Xorazm, Samarqand, Surxondaryo, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida atmosfera havosining ifloslanishi monitoringini avtomatlashtirish manfaatdor vazirlik va idoralarni, shuningdek, aholini tegishli choralar ko‘rish uchun o‘z vaqtida xabardor qilish maqsadida respublika bo‘ylab onlayn kuzatuvlar o‘tkazish va atmosfera havosining ifloslanishini baholash hamda atmosfera havosining ifloslanishi prognozini tuzish imkoniyati yaratiladi.

38.

Namangan viloyati hududida meteorologik radiolokator uskunasini o‘rnatish orqali Farg‘ona vodiysi hududini 200 km radiusda qamrab oluvchi yer usti meteorologik radiolokatorlar yagona tarmog‘ini tashkil etish hamda mavjud lokatorlar ma’lumotlari bilan integratsiya qilish. Bunda:

Namangan viloyatining (To‘raqo‘rg‘on) tumanida meteorologik radiolokator o‘rnatish;

o‘rnatilgan radiolokator ma’lumotlarini mavjud lokatorlar ma’lumotlari bilan integratsiya qilish.

2023-yil avgust

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Global iqlim o‘zgarishi sharoitida tez-tez takrorlanadigan sel, kuchli shamol va yomg‘irlar, do‘l, chaqmoq, qor bo‘roni kabi xavfli gidrometeorologik hodisalardan Farg‘ona vodiysi aholisini, energetika, kommunal, qishloq va suv xo‘jaliklari hamda ijtimoiy obyektlarni barvaqt ogohlantirish darajasi 90 foizdan 92 foizga yetkaziladi.

39.

Atrof-muhit ifloslanishi monitoringini olib borish. Bunda, ekologik monitoring o‘tkaziladigan jami 790 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlarida:

oqova suvlarni nazorati bo‘yicha har chorakda 272 ta;

atmosfera havosiga tashlama manbalar monitoringi bo‘yicha har oyda 368 ta;

tuproq ifloslanishini nazorat qilish bo‘yicha yiliga ikki marotaba (bahor va kuz fasllarida) 150 ta atrof-muhit ifloslanishi monitoringini olib borish.

2023-yil davomida

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Ekologik monitoring o‘tkaziladigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar qamrovi 769 tadan 790 taga yetkaziladi.

Jumladan:

oqova suvlar nazorati bo‘yicha 266 tadan 272 taga;

atmosfera havosiga tashlama manbalar monitoringi bo‘yicha 357 tadan 368 taga;

tuproqning ifloslanishini nazorat qilish 146 tadan 150 taga yetkaziladi.

40.

Respublikada sanoat tashlamalari yuqori bo‘lgan va havoda doimiy tutun (smog) hosil qiluvchi (Toshkent, Angren, Bekobod, Olmaliq, Ohangaron, Chirchiq shaharlari), shu bilan birga, sanoati rivojlangan (O‘zbekiston, Ohangaron, Navoiy, Qorako‘l, Qorovulbozor, G‘uzor, Muborak, Sergeli, Yashnobod va Yangihayot tumanlari) hududlarda atmosfera havosi holatini baholash bo‘yicha raqamli monitoring tizimini joriy etish.

2023-2024-yillar

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Hududlarda atmosfera havosi holatini baholash bo‘yicha raqamli monitoring tizimi joriy etiladi.

41.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tizimida radiatsiyaviy vaziyat monitoringini olib borish yo‘nalishida ishlarni jadallashtirish. Bunda:

1) radionuklidlarning asboblar yordamida tahlillarini olib borish usuli shart-sharoitlarga ega bo‘lgan laboratoriyalar bilan ta’minlash;

2) radionuklidlar nazoratini olib borish uchun zamonaviy o‘lchov asbob-uskunalari va jihozlar bilan yetarli darajada ta’minlash;

3) radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasida malakali kadrlarni tayyorlash;

4) atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan analitik nazorat markazining sinov laboratoriyalari majmuasining vakolatini O’z DSt ISO/IEC 17025:2019 davlat standarti talablariga muvofiq akkreditatsiyadan o‘tkazish.

2023-2024-yillar

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining Navoiy, Namangan va Toshkent viloyatlari bo‘linmalari qoshidagi analitik laboratoriyalar hamda atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan analitik nazorat markazi negizida 4 ta radiologik tadqiqot markazlari tashkil qilinadi.

Radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish, barvaqt aniqlash, ularning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va bartaraf etish, shuningdek, radiatsiyaviy vaziyat monitoringi ma’lumotlari almashinuvida Mustaqil Davlat Hamdo‘stligi davlatlari bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatiladi.

42.

Xavfli kimyoviy moddalar milliy reyestrini yaratish. Bunda:

respublikada ishlab chiqarilayotgan, hududga olib kirilayotgan va foydalaniladigan kimyoviy moddalar, shuningdek, ulardan foydalanish bilan bog‘liq xavflarto‘g‘risida ma’lumotlarni to‘plash;

xavfli kimyoviy moddalarning milliyreyestrga kiritilishi bo‘yicha mezonlarni ishlab chiqish, kimyoviy moddalar va ma’lumotlar ro‘yxatini tuzish;

Xavfli kimyoviy moddalar milliy reyestriningloyihaviy va operatsiontuzilmasiniyaratish hamda o‘rnatilgan tartibda kelishish.

2023-2024-yillar

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Zaharli moddalarni ishlab chiqarish, olib kirish va ulardan foydalanishni cheklash va taqiqlash ijtimoiy-iqtisodiy baholanadi.

Kimyoviy moddalar savdosi bilan bog‘liq masalalar, shu jumladan, noqonuniy savdo masalalari hal etiladi.

Respublika ishtirok etayotgan xalqaro konvensiya va protokollarning ijrosini ta’minlashga xizmat qiladi.

Favqulodda vaziyatlarda ishonchli ma’lumotlarni tezkor aniqlash imkoni yaratiladi.

43.

Toshkent shahri havosining sifat ko‘rsatkichini doimiy e’lon qilib boradigan tablo va monitorlar o‘rnatish. Bunda:

tablo va monitorlar o‘rnatish nuqtalarini aniqlash;

tablo va monitorlar o‘rnatish ishlarini tashkillashtirish.

2023-yil oktabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Aholi uchun poytaxt havosining sifat ko‘rsatkichini doimiy e’lon qilib borish imkoniyati yaratiladi.

IV. O‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ko‘paytirish, qayta tiklash, mahsuldorligini oshirish va ulardan oqilona foydalanishni ta’minlash

44.

O‘rmon xo‘jaligi tadbirlari uchun daraxt va buta urug‘larini tayyorlash. Bunda:

qurg‘oqchilik va suvsizlikka chidamli daraxt-buta o‘simliklarining urug‘lik turlarini ko‘paytirish, onalik daraxtlarni aniqlash, urug‘lik tayyorlash mumkin bo‘lgan hududlarni aniqlash;

urug‘ beradigan daraxt va butalarning onalik plantatsiyalarini ko‘paytirish;

o‘rmonlarni kengaytirish, ko‘chatxonalar tashkil etish maqsadida cho‘l va boshqa turdagi daraxt va butalarning 1 100 tonna urug‘ini jamg‘arish.

2023-yil davomida

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Daraxt va butalarning jami 1 100 tonna urug‘lari jamg‘ariladi. Jumladan, 800tonna cho‘l o‘simliklarining urug‘lari jamg‘arilib, 188 ming gektar maydonda “yashil qoplamalar” barpo etiladi.

O‘rmon fondi yerlarida niholxonalar maydoni 500 gektarga yetkaziladi.

O‘rmon fondi yerlarida sifatli urug‘ olish maqsadida 262 gektar maydonda daraxt va buta urug‘larining doimiy va vaqtinchalik onalik uchastkalari ajratiladi va seleksion urug‘chilik bazasi yaratiladi.

45.

O‘rmon xo‘jaligi tadbirlari va hududlarni ko‘kalamzorlashtirish maqsadida daraxt va butalarning nihol va ko‘chatlarini yetishtirish. Bunda:

yer maydonlarini tanlash, talab etiladigan urug‘larni jamg‘arish, vegetativ ko‘payishga moyil daraxt va butalarning qalamchalarini tayyorlash, yosh nihollarni tarbiya bo‘limiga ko‘chirish;

niholxona va ko‘chatxonalar tashkil etish;

niholxona va ko‘chatxonalarda agrotexnik tadbirlarni, jumladan sug‘orish, mineral va mahalliy o‘g‘itlar bilan oziqlantirish, begona o‘tdan tozalash va boshqa tadbirlarni amalga oshirish;

tuproq-iqlim sharoitiga mos 120 mln dona daraxt va butalarning nihol va ko‘chatlarini yetishtirish.

2023-yil davomida

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Jami 120 mln dona, jumladan 7 mln dona pavloniya, 15 mln dona terak, 32 mln dona tut, 12 mln dona mevali, 25 mln dona yaproqbargli va tez o‘suvchi, 2,6 mln dona manzarali daraxt va butalar hamda 31 mln dona cho‘l o‘simliklarining nihol va ko‘chatlari yetishtiriladi.

Yetishtirilgan nihol va ko‘chatlar o‘rmonlarni kengaytirish tadbirlari uchun, shuningdek, ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari uchun yetkazib beriladi.

46.

O‘rmon-meliorativ tadbirlarini amalga oshirish orqali o‘rmonzorlar maydonini kengaytirish. Bunda:

o‘rmon fondi yerlarida o‘rmon-meliorativ tadbirlarini amalga oshirish uchun yer maydonlarini tanlash va ekishga tayyorlash;

235 ming gektar maydonda o‘rmon barpo etish tadbirlarini amalga oshirish.

2023-yil davomida

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Jami 235 ming gektar, jumladan, Orolbo‘yi hududlarida 221 ming gektar yashil qoplamalar, tog‘ va tog‘oldi hududlarida 2 500 gektar yong‘oq mevali, 1 600 gektar tez o‘suvchi va yog‘ochbop daraxtzorlar, 10 000 gektar maydonda boshqa turlar bo‘yicha tabiiy tiklanishga ko‘maklashish va qayta tiklash tadbirlari olib boriladi.

Mintaqadagi ekologik muvozanat yumshatilib, xalq xo‘jaligi obyektlari, aholi yashash hududlari va sug‘oriladigan yerlarni qum bosishidan, garmsel shamollari va boshqa tabiatning salbiy ta’sirlaridan himoya qiladi. Cho‘l yaylovlarining mahsuldorligi oshirilishi ta’minlanadi.

47.

O‘rmon fondi yerlaridan samarali foydalanish maqsadida dorivor va ozuqabop o‘simliklar xomashyosini yetishtirish. Bunda:

o‘rmon fondi yerlarida 5,2 ming gektar maydonda dorivor o‘simliklar plantatsiyalarini tashkil etish;

9 000 tonna turli dorivor va ozuqabop o‘simliklar xomashyosini tayyorlash.

2023-yil davomida

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Dorivor va oziq-ovqatbop o‘simliklarni madaniy holda yetishtirish hisobiga 1 400 ta yangi ish o‘rni yaratiladi hamda 21,2 mlrd so‘m daromad olishga erishiladi.

48.

O‘rmon fondi yer maydonlarini o‘zlashtirib, foydalanishga kiritish. Bunda:

o‘rmon xo‘jaligida foydalanilmayotgan yerlarning suv ta’minotini yaxshilash orqali o‘zlashtirish bo‘yicha tashabbuskorlarni aniqlash;

tashabbuskorlar tomonidan foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritib, o‘rmonzorlar barpo qilish.

2023-yil davomida

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

2023 yilda 7 000 gektar foydalanilmay bo‘sh turgan yer maydonlari foydalanishga kiritiladi.

5 000 gektar yerda yangi o‘rmonzorlar barpo etiladi.

1 000 gektar oziq-ovqat mahsulotlari yetishtiriladi.

1 000 gektar dorivor o‘simliklar yetishtiriladi hamda 4 mingta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

49.

2019 — 2022-yillar davomida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va o‘rmon xo‘jaliklari hududlaridan foydalanilishini quyidagi masalalar yuzasidan o‘rganib chiqish:

shartnomalar, shu jumladan, ijara shartnomalari qonunchilik talablariga muvofiq tuzilganligi va tegishli tartibda ro‘yxatga olinganligi;

shartnoma shartlari bajarilganligi, shu jumladan, to‘lovlar vaqtida va to‘laqonli amalga oshirilganligi;

hududlarda yerlardan noqonuniy ravishda foydalanish, qonunchilikda taqiqlangan bino-inshootlarini qurish holatlari.

2023-yil noyabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Bosh prokuratura

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va o‘rmon xo‘jaliklarining hududlaridan foydalanishda qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish.

50.

Relyef, mikroiqlim, shamol yo‘nalishini hisobga olgan holda, Toshkent shahri atrofida shamol tezligini pasaytiradigan va tuproq zarralarining birikishini oshiradigan ilmiy va puxta loyihalar asosida “yashil belbog‘” tashkil etish.

2023 — 2025-yillar

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Shahar atrofida shamol tezligi pasayadi va chang-to‘zon ko‘tarilishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

51.

Davlat o‘rmon fondi yer maydonlari hamda davlat o‘rmon fondidan tashqari hududlarda mavjud o‘rmon bilan qoplangan (daraxtzor) maydonlarni o‘rmon kadastriga kiritish ishlarini tashkillashtirish.

Bunda:

davlat o‘rmon fondi yer maydonlaridagi o‘zga yerdan foydalanuvchilar, jumladan, fermer, dehqon, tomorqa xo‘jaliklari va boshqa yerdan doimiy foydalanuvchilar va ular egallagan yer maydonlarini xo‘jaliklar kesimida xatlovdan o‘tkazish;

xatlov natijasiga ko‘ra o‘rmon bilan qoplangan (daraxtzor) maydonlar kadastrini va u yerda joylashgan daraxtlar turi, soni va ular haqida ma’lumotlarni shakllantirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish nazarda tutiladi.

2024-yil iyul

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Davlat o‘rmon fondi yer maydonlaridan foydalanishni takomillashtirish hamda ular joylashgan hududlarning aniq ma’lumotlari shakllantirilishiga erishiladi.

52.

“Yashil hudud” davlat unitar korxonasining Toshkent shahridagi filialini tashkil etish.

2023-yil sentabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Toshkent shahar hokimligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Toshkent shahrida yashil jamoat parklari obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari takomillashtiriladi.

V. Davlat ekologik nazoratini takomillashtirish va moddiy-texnika bazasini kuchaytirish

53.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi organlari tomonidan ko‘rib chiqiladigan huquqbuzarliklar uchun javobgarlik choralarini takomillashtirish. Bunda, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi organlari tomonidan ko‘rib chiqiladigan ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish va ularni ixchamlashtirish.

2023-yil sentabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi davlat inspektorlari vakolatiga kiradigan ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik choralari kuchaytiriladi.

54.

Ekologik nazorat inspeksiyasi va uning hududiy bo‘linmalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

Bunda, davlat inspektorlarini avto- va mototransport vositalari, katerlar, planshetlar, bodikameralar, dronlar, kompyuter jihozlari, elektroshokerlar, ratsiya, GPS-uskunalar va boshqalar bilan ta’minlash.

2023-2024-yillar

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi xodimlarining ish samaradorligi oshadi, xodimlar o‘zini o‘zi himoya qilishi ta’minlanadi, brakonyerlik holatlariga olib kelayotgan shart-sharoitlarning bartaraf etilishiga erishiladi.

Davlat inspektorlarining tezkor tadbirlar amalga oshirish bo‘yicha moddiy-texnika bazasi yaxshilanadi va suv havzalari, cho‘l hududlarida brakonyerlikka qarshi samarali nazorat o‘rnatilib, huquqbuzarlik holatlarining oldini olish samarali tashkil etiladi.

55.

Davlat ekologiya nazoratini amalga oshirishda bevosita ishtirok etuvchi xodimlarni rag‘batlantirish tizimini tashkil etish.

Bunda, ekologiya nazoratini amalga oshirishda bevosita ishtirok etuvchi xodimlar (inspektorlar) faoliyati natijalariga ko‘ra eng yaxshi inspektor, eng faol jamoa hamda namunaviy hudud nominatsiyalari bo‘yicha rag‘batlantirish tizimini joriy qilish.

Doimiy ravishda

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish mexanizmlari orqali davlat ekologiya nazoratini amalga oshirishda bevosita ishtirok etuvchi xodimlarning oylik ish haqlarini oshirish imkoniyati yaratiladi.

Qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish manbalari belgilanadi.

Mehnat unumdorligi ortadi.

Korrupsion holatlarning oldi olinadi.

Huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rish va inspektorlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash imkoniyati yaratiladi.

56.

Tezkor nazorat tadbirlarini o‘tkazish. Bunda:

tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik talablari buzilishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qo‘yish bo‘yicha ekologik reyd nazoratini o‘tkazish.

atrof-muhit holatini kuzatib borish;

atrof-muhitning ifloslanishiga, tabiiy resurslardan nooqilona foydalanilishiga olib kelishi, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga tahdid solishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarni aniqlash;

OAV vakillari ishtirokida tabiatni muhofaza qilish faoliyatining samaradorligini oshirishdagi joriy holatni yoritish maqsadida reydlar o‘tkazish;

tabiatni muhofaza qilish sohasidagi huquqbuzarlarni aniqlash va ularga nisbatan ta’sir choralarini ko‘rish.

Doimiy ravishda

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

100 mingdan ortiq profilaktik tadbirlar o‘tkaziladi.

Barcha muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda ekologik nazoratni olib borishda “Smart eko-patrul” tizimi faoliyati takomillashtiriladi.

Qo‘llanilgan jarima va zararlar, shuningdek, atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlari bo‘yicha mavjud qarzdorliklarni undirish ishlari amalga oshiriladi.

Ichki ishlar va Milliy gvardiya organlari hamkorligida “Ekologik patrul”ishlash tizimi samaradorligi oshiriladi.

57.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish.

Davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi xodimlar va huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha chora ko‘rish vakolatiga ega bo‘lgan davlat inspektorlarining o‘z ishiga qanchalik halol va vijdonan yondashayotganligini o‘rganish hamda korrupsion xavflarni barvaqt aniqlash va ularni minimallashtirish choralarini ko‘rish maqsadida “sirli mijoz” tadbirlarini o‘tkazish amaliyotini joriy etish. Bunda, “Sirli mijoz” institutidan foydalanishda huquqbuzarliklar va vakolatni su�iste’mol qilishga undovchi usullarni qo‘llash taqiqlanadi.

Ma’lumotlarni yig‘ish uchun haqiqiy “mijoz” ko‘rinishida monitoringni amalga oshiruvchi xodimlar va boshqa shaxslar (“sirli mijozlar”)dan foydalanish.

Doimiy ravishda

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

“Sirli mijoz” institutini joriy etish orqali Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi organlari, shuningdek, ularning xodimlari tomonidan davlat ekologik nazoratini amalga oshirish va davlat xizmatlarini ko‘rsatishda normativ-huquqiy hujjatlar talablari, xodimlarning professionalligi va tezkorligi, ularning aholi bilan muomala qilish etiketi darajasini baholash imkoniyati yaratiladi.

“Sirli mijoz” monitoringi natijalariga ko‘ra xodimlar tomonidan amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilinmaganligi hamda qonunbuzilish yoki salbiy holatlarga olib kelganligi tasdiqlangan taqdirda, mazkur xodimlar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.

58.

Vazirlik markaziy apparatiga 9 ta shaxsan biriktirilgan (xorijiy maslahatchilarga biriktirilganlarni hisobga olmagan holda), 2 ta maxsus (yo‘lsiz joylarda yura oladigan 1 ta, mehmonlar kutib olish uchun 1 ta), 2 ta navbatchi avtotransport vositasi va 1 ta mikroavtobus uchun limit ajratish.

Bunda, Vazirlikka tegishli xizmat avtotransport vositasiga Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan yillik kilometr masofa limiti tatbiq etilmaydi.

2023-yil iyun,

doimiy ravishda

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Vazirlikda mehnat unumdorligi oshadi, belgilangan vazifalarni sifatli va o‘z vaqtida ta’minlash bo‘yicha samarali ish yo‘lga qo‘yiladi.

59.

Vazirlik markaziy apparati va tizim tashkilotlari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning yangi mexanizmlarini joriy qilish. Bunda, Vazirlik nizomi tasdiqlangunga qadar:

yagona tarif setkasi razryadlari Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq to‘lashning tarif setkasini joriy etish to‘g‘risida” 1996-yil 12-apreldagi 147-son qarorining 3-ilovasida nazarda tutilgan miqdorlarda belgilanadi;

Vazirlik markaziy apparati Ekologiya jamg‘armasi hisobidan, hududiy va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar (o‘rmon fondi yerlaridan tashqari) xodimlari tegishli mahalliy budjetlar daromadlar rejasini orttirib bajarilgan qismi hisobidan quyidagi miqdorlarda:

1 yildan 3 yilgacha — 0,3;

3 yildan 5 yilgacha — 0,6;

5 yildan 10 yilgacha — 0,8;

10 yildan 15 yilgacha — 1,0;

15 yildan 20 yilgacha — 1,2;

20 yildan yuqori — 1,5 baravar ko‘p yillik ishlaganlik uchun har oylik ustama to‘lanadi (rag‘batlantirish koeffitsiyentini inobatga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda) hamda ko‘p yillik ishlaganlik uchun har oylik ustama to‘lovlari koeffitsiyentini hisoblashda xodimlarning tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, barcha budjet tashkilotlardagi rasmiy mehnat faoliyati davri hisobga olinadi;

Vazirlik huzuridagi budjetdan tashqari jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qonunchilikda belgilangan bayram kunlarida va boshqa muhim sanalarda mukofotlash, shuningdek, ustama, rag‘batlantirish va qo‘shimcha haq, mukofotlar va ish haqiga boshqa to‘lovlar miqdori Vazir tomonidan belgilanadi.

2023-yil may,

doimiy ravishda

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Vazirlik markaziy apparati va tizim tashkilotlari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning yangi mexanizmlarini joriy qilish vazirlik va tizimdagi xodimlarning oylik ish haqlarini oshirish imkoniyati yaratiladi.

Qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish manbalari belgilanadi.

Mehnat unumdorligi ortadi va korrupsion holatlarning oldi olinadi.

60.

Vazirlikning moddiy-texnika ta’minotini yaxshilash maqsadida Vazirlikning markaziy apparati joylashgan Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh ko‘chasi, 7a-uyda joylashgan binoning “Davlat ekologik sertifikatlashtirish va standartlashtirish markazi” MChJdagi Vazirlikning ulushiga 2022-yil yakunlari bo‘yicha hisoblangan dividend hisobidan kapital ta’mirlash ishlarini yakunlash, obodonlashtirish, issiqlik, ventilyatsiya va sovutish tizimini ta’mirlash. Bunda, dividenddan yetmagan qismi Ekologiya jamg‘armasi mablag‘laridan qoplab berish.

2023-yil iyun

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

“Davlat ekologik sertifikatlashtirish va standartlashtirish markazi” MChJ

Xodimlarning ish samaradorligiga havo haroratining ta’sirini minimallashtirishga erishiladi.

61.

Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi joylashgan Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Sayram ko‘chasi, 15-uy va Gidrometeorologiya xizmati agentligi joylashgan Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Bodomzor yo‘li 1-tor ko‘chasi, 72-uyning bino-inshootlarini (tutash hududi bilan birgalikda) operativ boshqaruv huquqi bilan beg‘araz asosda Vazirlikka topshirilishi va qabul qilinishini ta’minlash.

Bunda Vazirlik tomonidan ushbu bino-inshootlar tizim tashkilotlariga bepul foydalanishga beriladi.

2023-yil iyun

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Vazirlik va uning tizimidagi tashkilotlar binolarini tizimlashtirishga erishiladi.

VI. Davlat-xususiy sheriklik va autsorsing mexanizmlarini keng joriy qilish

62.

Sanitar tozalash xizmatlari ko‘rsatishni davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish. Bunda:

jami 7 ta, shu jumladan, Sirdaryo viloyatida — 1 ta, Jizzax viloyatida — 1 ta, Samarqand viloyatida — 5 ta loyihani amalga oshirish ishlarini davom ettirish;

loyiha konsepsiyalarini ishlab chiqish;

loyihani davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiruvchi xususiy sheriklarni aniqlash;

loyihani amalga oshirish.

2023-yil davomida

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish natijasida 55 125,6mln so‘m xususiy investitsiya mablag‘lari jalb qilinadi va quyidagilar amalga oshiriladi:

65 ta maxsus texnika xarid qilinadi;

3 ta chiqindilarni saralash uskunalari va 1 ta chiqindilarni qayta ishlash uskunalari ishga tushiriladi;

3 ta chiqindilarni qayta yuklash stansiyalari barpo etiladi;

103 ta chiqindi yig‘ish shoxobchalari quriladi va 558 ta chiqindi konteynerlari o‘rnatiladi;

1 393 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

63.

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda xususiy sektorni jalb etgan holda ekoturizm va rekreatsion xizmatlarni tashkil etish. Bunda:

Buxoro ixtisoslashtirilgan “Jayron” pitomnigi;

“Hisor” va “Surxon” davlat qo‘riqxonalari;

Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati;

“Sudochye-Akpetki” davlat buyurtma qo‘riqxonasi hududlarida xususiy sektorlarni jalb etgan holda ekoturizm va rekreatsion xizmatlar tashkil etilishi bo‘yicha loyiha konsepsiyalarini ishlab chiqish.

2023-yil dekabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Surxon davlat qo‘riqxonasida Zarautsoy, “Janubiy Ustyurt” milliy tabiat bog‘ida Sariqamish ko‘li, “Saygachiy” majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonasida Beleuli, “Hisor” davlat qo‘riqxonasida “Hazrati Sulton” ekoturizm maqsadlaridagi maskanlarni, shuningdek, “Jayron” ekomarkazi va “Markaziy Qizilqum” milliy tabiat bog‘larida ekoturistik maskanlarni tashkil etish hamda ularni barpo etishga investorlarni jalb qilish choralari ko‘zda tutiladi.

“Sudochye dam olish maskani”dagi tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatish obyektlarini va tashrif buyuruvchilarni manfaatdor shaxslarga davlat-xususiy sherikchiligi asosida foydalanishga berish imkoniyatlari o‘rganiladi.

64.

Yovvoyi hayvonlarni saqlash va sog‘lomlashtirish (reabilitatsiya) markazlarini xususiysektorlarni jalb etgan holda tashkil etish. Bunda:

musodara qilingan va jarohatlangan yovvoyi hayvonlarni saqlash va sog‘lomlashtirish (reabilitatsiya) markazlarini xususiy sektorlarni jalb etgan holda tashkil etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish;

Toshkent, Nukus, Termiz va Farg‘ona davlat hayvonot bog‘larida reabilitatsiyamarkazlarini tashkil etish.

2023-yil noyabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Toshkent, Nukus, Termiz va Farg‘ona davlat hayvonot bog‘larida reabilitatsiya markazlari tashkil etiladi. Natijada:

reabilitatsiya markazlaridagi O‘zbekiston faunasiga mansub bo‘lgan yovvoyihayvonlarparvarishlanadi va bosqichma-bosqich tabiiyyashashmuhitigachiqaribyuboriladi;

tabiiy yashash muhitiga chiqarib yuborilgan yovvoyihayvonlarninghisobiyuritiladi va ma’lumotlar elektronbazasigakiritiladi;

O‘zbekiston faunasiga begona bo‘lgan (invaziv) yovvoyi hayvon turlarini parvarishlash va keyinchalik hayvonot bog‘larining ekspozitsiya volyerlariga chiqarish ta’minlanadi.

65.

Xususiy sektor subyektlari bilan birgalikda o‘rmon fondi yerlarida chorvachilik, parrandachilik va asalarichilikni rivojlantirish. Bunda:

foydalanilmayotgan o‘rmon fondi yer maydonlarini xususiy sektor subyektlariga ijaraga berishni tashkil etish;

xususiy sektor subyektlari bilan birgalikda chorva bosh sonini 170 ming boshga, parranda bosh sonini 1,2 mln boshga va asalari oilasi sonini 220 ming donaga yetkazish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish.

2023-yil davomida

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Foydalanilmayotgan o‘rmon fondi yer maydonlarini xususiy sektor subyektlariga ijaraga berish hisobiga aholi turmush tarzi yaxshilanadi.

Xususiy sektor subyektlari bilan birgalikda chorvachilik, parrandachilik va asalarichilikni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish natijasida chorvachilik yo‘nalishi bo‘yicha 1 000 ta, parrandachilik yo‘nalishi bo‘yicha 1 000 ta, asalarichilik yo‘nalishi bo‘yicha 2 000 ta — jami 4 000 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

VII. Sohani raqamlashtirish

66.

Atrof-muhitga ta’sirni baholashning elektron tizimini (eco-service.uz) tegishli axborot tizimlari bilan integratsiya qilish.Bunda:

atrof-muhitga ta’sirni baholashning elektron tizimini (eco-service.uz) Davlat xizmatlari agentligi, Statistika agentligi, Soliq qo‘mitasi, Markaziy bank hamda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining axborot tizimlari bilan integratsiya qilish;

xo‘jalik yurituvchi subyektlarning davlat ro‘yxatidan o‘tish jarayonidan boshlab faoliyat turiga muvofiq ekologik baholash va me’yorlash talablari haqida xabardor qilish tizimini joriy etish;

atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar reyestrini (davlat hisobini) shakllantirish choralarini ko‘rish.

2023-yil oktabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Idoralararo axborot almashuvi tizimini joriy etish quyidagilarga zamin yaratadi:

tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tish jarayonidan boshlab faoliyat turiga muvofiq ekologik baholash va me’yorlash talablari haqida xabardor qilish;

faoliyat turlarini ekologik me’yoriy hujjatlar bilan qamrab olish;

tadbirkorlarning asoslanmagan moliyaviy xarajatlari sarflanishining oldini olish;

byurokratik to‘siqlarni qisqartirish va shaffof tizim yaratish.

67.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida respublikadagi daraxtlarni to‘liq raqamlashtirish orqali xatlovdan o‘tkazish. Bunda:

aerokosmik tasvirlar va dasturiy vositalardan foydalangan holda respublikadagi davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlarni raqamlashtirish yo‘li bilan xatlovdan o‘tkazish;

xatlov natijasida olingan ma’lumotlarni “Yashil makon” elektron platformasiga kiritish va Milliy geoaxborot tizimiga integratsiya qilish;

aerokosmik tasvirlar va dasturiy vositalardan foydalangan holda respublikadagi o‘rmon fondi daraxtlarini raqamlashtirish yo‘li bilan xatlovdan o‘tkazish;

xatlov natijasida olingan ma’lumotlarni “Yashil makon” elektron platformasiga kiritish va Milliy geoaxborot tizimiga integratsiya qilish.

2023 — 2025-yillar

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Daraxtlar soni, joylashuvi, turi, yoshi, diametri va holati bo‘yicha aniq ma’lumotlar shakllantirilib, doimiy yangilab boriladi.

Daraxtlarning soni, joylashuvi va holatiga qarab ularni ekish, almashtirish va tur tarkibi bo‘yicha qarorlar qabul qilish imkoni yaratiladi.

Daraxtlarning sonini nazorat qilish va bu orqali noqonuniy kesish holatlarini kamaytirishga erishiladi.

Shaharsozlik va qurilish ishlarini loyihalashtirish uchun yer ajratish jarayonida maydonlardagi daraxtlarni hisobga olish imkoni yaratiladi.

68.

Atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi bo‘yicha idoraviy elektron axborot ma’lumotlar bazasini takomillashtirish.

Bunda, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida ekologik monitoring natijalarini atrof tabiiy muhit davlat monitoringi tizimining Yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasiga (YAGMB) idoralararo integrallashuvini va tezkor axborot almashinuvini ta’minlash.

2024-yil yanvar

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasini takomillashtirish, o‘zgarishlar va atrof-muhit ifloslanishining haqiqiy holatini onlayn ko‘rish, shuningdek, aniq ma’lumotlar hisobotini (xarita, grafik va jadv�llar ko‘�inishida) shakllantirish imkonini beradi.

69.

Atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlarini hisoblashda inson omilini kamaytirish.

Bunda, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining rasmiy veb saytida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlarini inson omilisiz hisoblash imkonini beradigan “Ekokalkulyator” axborot tizimini ishga tushirish.

2023-yil sentabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlarini hisoblashda inson omili kamaytiriladi.

Byurokratiya va korrupsiya holatlarining yuzaga kelishi bartaraf etiladi.

70.

Ekologiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan har yili:

sohada raqamli texnologiyalar, innovatsion g‘oyalar va startaplarni qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan, uglerod izi va chiqindilarni kamaytirishga qaratilgan platforma hamda mobil ilovalarni yaratishga 5 mlrd so‘mgacha grant ajratish;

sohaga oid yoziladigan ilmiy-ommabop asarlarning muallif yoki mualliflar jamoasiga qalam haqi va chop etish uchun 5 mlrd so‘mgacha grant ajratish;

ekologiya masalalarida fotoalbom, katalog, atlas, xarita, ensiklopediya, tabiat lug‘atlari, tabiat muhofaza etiladigan hududlar xaritasini yaratish va nashr etishga 10 mlrd so‘mgacha grant ajratish;

tabiat va san’atga bag‘ishlangan xalqaro plener, haykallar simpoziumini tashkil etishga 10 mlrd so‘mgacha mablag‘ ajratish;

ommaviy axborot vositalari, ekoblogerlar bilan turli media loyihalarni moliyalashtirishga 10 mlrd so‘mgacha ajratish;

qarovsiz hayvonlarni vaqtinchalik saqlash va parvarishlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xususiy pitomniklarni faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga 10 mlrd so‘mgacha grant ajratish.

2023-yil iyundan boshlab, doimiy ravishda

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlari, qo‘riqlanadigan tabiat hududlari to‘g‘risida ma’lumotlar yaratiladi hamda ularni muhofaza qilish va oqilona foydalanish tizimi takomillashtiriladi.

71.

Ekologiya jamg‘armasi va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar mablag‘lari hisobidan ovga ruxsat berish va hayvonlarni ovlash (shu jumladan, baliq) uchun berilgan kvotalarni, yo‘llanma va ruxsatnomalarni berish hamda nazorat qilish bo‘yicha mobil ilovani ishlab chiqish.

2023-yil oktabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Ov qilish tartibi takomillashtiriladi.

72.

Ekologiya, atrof-muhitni himoya qilish, gidrometeorologiya va o‘rmon sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishni yanada rivojlantirish maqsadida quyidagilarni amalga oshirish:

tabiiy resurslarni muhofaza qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishini nazorat qilish, yerni masofadan zondlash va uchuvchisiz uchish apparatidan foydalanish;

“O‘zgidromet” tomonidan davlat kuzatuv tarmog‘ini rivojlantirish doirasida statsionar va harakatlanuvchi kuzatuv punktlaridan ma’lumotlarni yig‘ish va uzatish samaradorligini oshirish;

katta hajmli va tahliliy ma’lumotlarni qayta ishlash — mavjud davlat axborot tizimlari va raqamli platformalardagi ma’lumotlarni to‘plash, saqlash, tahlil qilish va qayta ishlash;

ekotizimlarning yangi avlodi, shu jumladan, yer osti boyliklari, suv xususiyatlari, o‘rmonlar, hayvonot dunyosining yashash joylari to‘g‘risida ma’lumotlar bazasini yaratish.

2023-yil maydan boshlab, doimiy ravishda

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Vazirlikning asosiy faoliyat yo‘nalishlarini amalga oshirishda zamonaviy axborot texnologiyalari joriy etiladi.

73.

“EcoFund” elektron dasturiga kiritilgan korxonalar qamrovini oshirish maqsadida ma’lumotlar bazasini o‘zaro integratsiyalash.

2023-yil dekabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar

“EcoFund” elektron dasturiga kiritilgan korxonalar qamrovi kengayadi va ma’lumotlar bazasi o‘zaro integratsiyalashadi.

VIII. Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish

74.

Cho‘llanishga qarshi kurashish konvensiyasi ijrosini ta’minlash.

Bunda, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Cho‘llanishga qarshi kurashish konvensiyasi bajarilishini ko‘rib chiqish qo‘mitasining 21-yig‘ilishini tashkil etish (Samarqand shahri).

2023-yil oktabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Ushbu tadbir MDH davlatlari hududida va Markaziy Osiyoda ilk bor o‘tkaziladi.

Mazkur tadbirning o‘tkazilishi quyidagilarga zamin yaratadi:

tadbirda dunyoning 196 ta davlatidan keladigan vakillar va xalqaro donorlar ishtirokida bir hafta davomida cho‘llanish, qurg‘oqchilik, chang bo‘ronlari, yerlardan barqaror foydalanish va yerlarni tiklash masalalari muhokama qilinadi;

mamlakatimizda yer degradatsiyasi, cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlar bilan dunyo hamjamiyatini tanishtirish imkoniyati yaratiladi;

tadbirning O‘zbekistonda o‘tkazilishi mamlakatimizning xalqaro miqyosdagi obro‘sini mustahkamlaydi, salohiyatli donor tashkilotlarning faollashuviga va sohaga yangi loyihalar kirib kelishining jadallashuviga xizmat qiladi;

mamlakatimizning sayyohlik salohiyatini ommalashtirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

75.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlab qolishga doir konvensiyasi ijrosini ta’minlash.

Bunda, BMTning Yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlab qolishga doir Konvensiyasi (CMS)ning 14-tomonlar konferensiyasini tashkil etish (Samarqand shahri).

2023-yil oktabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Ushbu tadbir MDH davlatlari hududida va Markaziy Osiyoda ilk bor o‘tkaziladi hamda quyidagilarga zamin yaratadi:

O‘zbekistonning xalqaro imijini yaxshilash, ekologiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarga jahon e’tiborini qaratish;

xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash;

sohaga beg‘araz grant va texnik ko‘mak mablag‘larini jalb qilish;

mamlakatning turizm sektori salohiyatini namoyon qilish, xorijiy turistlar oqimini ko‘paytirish.

76.

Toshkent, Nukus, Termiz va Farg‘ona davlat hayvonot bog‘lari hududlarida, 2025-yil yakuniga qadar respublikaning boshqa viloyatlarida ham musodara qilingan tirik namunalar va hayvonlarni vaqtinchalik saqlash, ularni davolash va parvarish qilish bo‘yicha reabilitatsiya markazlarini tashkil etish.

2025-yil yanvar

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Hayvonlarni reabilitatsiya qilish tizimi takomillashtiriladi.

77.

Buxoro ixtisoslashtirilgan Jayron pitomnigi misolida safari turizmi (yovvoyi hayvonlarning erkinligini cheklamagan holda) va “hayvon qafasda emas, inson qafasda” yondashuvi asosida pilot loyihasini amalga oshirish.

2024-yil mart

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Yovvoyi hayvonlarni kuzatish tizimi zamon talablari asosida tashkil qilinadi hamda hayvonlarning tabiiy muhitdagi hayot tarzi yengillashtiriladi.

78.

Atrof-muhit bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilish jarayonida jamoatchilikning axborot olish imkoniyati, ishtiroki va odil sudlovga erishish imkoniyati to‘g‘risidagi Konvensiyaga (Orxus konvensiyasi, Orxus shahri, Daniya, 1998-yil 25-iyun) qo‘shilishning maqsadga muvofiqligini o‘rganib chiqish. Bunda:

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasi, Orxus konvensiyasi kotibiyati vakillari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasida “Orxus markazi”ni tashkil etish bo‘yicha xalqaro davra suhbatini o‘tkazish;

zarur tahliliy materiallarni tayyorlash va o‘rganib chiqish, iqtisodiy va huquqiy oqibatlarini prognoz qilish va o‘rganish natijalari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2023-yil noyabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Quyidagilar amalga oshiriladi:

O‘zbekistonning xalqaro imijini yaxshilash, atrof-muhitga ta’sirni baholash jarayonlariga jamoatchilikni keng jalb qilish masalalari bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarga jahon e’tibori qaratiladi;

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasi, Orxus konvensiyasi kotibiyati ko‘magi bilan O‘zbekiston Respublikasida “Orxus markazi” tashkil etiladi;

ushbu yo‘nalishda xalqaro hamkorlik rivojlantiriladi va mustahkamlanadi;

sohaga beg‘araz grant va texnik ko‘mak mablag‘lari jalb qilinadi;

normativ-huquqiy baza xalqaro talablarga muvofiqlashtiriladi.

79.

Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish yo‘nalishida rivojlangan davlatlar bilan hamkorlikda malaka oshirish va tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish.

Bunda, ekologiya va tabiatni muhofaza qilish yo‘nalishida rivojlangan davlatlarning tajribalarini o‘rganish maqsadida soha mutaxassislarini xorijiy davlatlarda malaka oshirishga yuborish.

2023 — 2025-yillar davomida

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xodimlarining ekologiya va tabiatni muhofaza qilish yo‘nalishida xorijiy davlatlarda malaka oshirishi quyidagilarga zamin yaratadi:

ilg‘or xorijiy innovatsion g‘oyalarni o‘rganish va O‘zbekistonda joriy etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;

xodimlarning atrof-muhit muhofazasi sohasida yetakchilik qilish qobiliyatlarini oshirish va soha manfaatlari yo‘lida to‘g‘ri qaror qabul qilish;

xalqaro hamkorlar bilan ikki tomonlama manfaatli muzokaralar o‘tkazish salohiyatini oshirish;

istiqbolli xalqaro hamkorlar ro‘yxatini shakllantirish.

80.

Davlat ekologik ekspertizasi tizimini xalqaro talablarga muvofiqlashtirish.

Bunda:

Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati hududlarida strategik ekologik baholash (SEA) pilot loyihasini amalga oshirish ishlarini tashkil etish;

Fransiya taraqqiyot agentligi bilan hamkorlikda strategik ekologik baholash (SEA) pilot loyihasini amalga oshirish ishlarini tashkil etish;

strategik ekologik baholash tizimi bo‘yicha soha mutaxassislari uchun maxsus seminar va treninglarni amalga oshirish;

strategik ekologik baholash tizimining huquqiy asoslari hamda institutsional va kadrlar salohiyatini yaratish;

Iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning uzoq muddatli dasturiy hujjatlari, konsepsiyalari va strategiyalarini, shu jumladan, ularni strategik jihatdan ekologik baholash tartibini joriy etish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-2024-yillar davomida

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Xalqaro ekspert va konsultantlar ko‘magida strategik ekologik baholash bo‘yicha loyihasi quyidagilarga xizmat qiladi:

strategik ekologik baholash bo‘yicha protokolga a’zo bo‘lishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan o‘rganishlar olib borish va asosli takliflar ishlab chiqishga;

iqtisodiyot sektorlarini rivojlantirishni rejalashtirishda ekologik tarkibiy qismni hisobga olish orqali ifloslanish hajmlarini kamaytirish va ekologik vaziyatni yaxshilashga;

strategik ekologik baholash tizimining huquqiy asoslari hamda institutsional va kadrlar salohiyatini oshirish bo‘yicha asos yaratilishiga.

81.

Jizzax shahri Hamid Olimjon bog‘i hududida joylashgan sobiq “Vatan” kinoteatri binosida zamonaviy talablarga mos keladigan “Ekologiya va tabiat muzeyi”ni, shuningdek, unga tutash hududdagi Cherkov binosida “Tabiat va san’at” muloqot markazi faoliyatini tashkil qilish. Bunda:

2023-yil dekabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Madaniy meros agentligi,

Jizzax viloyati hokimligi

Aholi, ayniqsa, yoshlarda tabiatni asrab-avaylash, hududdagi mavjud flora va fauna haqida bilimlarini oshirish, ko‘rgazmalardagi buyumlar bilan tanishish orqali tashrif buyuruvchilarni tabiatga mehr berishni oshishiga erishiladi.

“Ekologiya va tabiat muzeyi” va “Tabiat va san’at” muloqot markazini tashkil qilish xarajatlari mahalliy budjet va Ekologiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan teng ulushlarda moliyalashtiriladi.

muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini elektron identifikatsiya qilish muzey fondi elektron katalogini shakllantirish va samarali yuritish;

muzey fondi elektron katalogida noyob muzey ashyolarining yuqori sifatdagi fotosuratlari va 3D ko‘rinishlarini joylashtirish;

muloqot markazida yoshlarning ijodiy ko‘rgazmalarini tashkil qilish ishlari amalga oshiriladi.

2024 — 2026-yillarda

82.

O‘zbekiston Respublikasida atrof-muhit holati to‘g‘risidagi Milliy ma’ruzani chop etish.

Xalqaro tashkilotlar, xususan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining tegishli tuzilmalari bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasida atrof-muhit holati to‘g‘risidagi Milliy ma’ruza loyihasi yuzasidan maslahat uchrashuvining birinchi davrasini tashkil etish.

O‘zbekiston Respublikasida atrof-muhit holati to‘g‘risidagi Milliy ma’ruzaning birlamchi loyihasini ishlab chiqish.

O‘zbekiston Respublikasida atrof-muhit holati to‘g‘risidagi Milliy ma’ruzani tayyorlashni nihoyasiga yetkazish va uni chop etish.

2023-yil noyabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Xalqaro metodologiya bilan yangi formatda ma’ruza ishlab chiqish orqali xorijiy tajriba asosida hisobot topshirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Xalqaro o‘lchov standartlariga o‘tish jarayoni osonlashadi.

Atrof-muhit holati bo‘yicha uzluksiz ma’lumot tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.

IX. Ilm-fan va innovatsiyalar, xodimlar malakasini oshirish hamda mutaxassislarni tayyorlash

83.

O‘sib kelayotgan yosh avlodning ekologik ongi va ekologik madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish, fuqarolarning ekologik savodxonligini oshirish, ekologik ta’lim va tarbiya jarayonini samarali tashkil etish. Bunda, quyidagilarni nazarda tutuvchi “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash:

barcha darajalardagi ta’lim o‘quv dasturlariga ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish masalalarini kiritish orqali uzluksiz ekologik ta’lim tizimini takomillashtirish;

ekologik muammolarni va tabiatdan to‘g‘ri foydalanish zaruratini yanada chuqur anglab yetishga yordam beruvchi ekologiya bo‘yicha yangi umumta’lim va maxsus o‘quv rejalari (dasturlari)ni joriy etish hamda mavjudlarini yaxshilash;

ta’lim tizimining barcha bosqichlari uchun ekologiya sohasida mutaxassislar tayyorlash, shuningdek, mavjud kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi uzluksiz ta’lim jarayonida ishtirok etuvchi pedagog kadrlarning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish.

2023-yil iyul

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Ta’lim muassasalarining o‘quv reja va dasturlariga ekologik ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi bilimlar singdirilib, o‘quvchilarda ekologik ong, ekologik madaniyat to‘g‘risida bilim, ko‘nikma va malakalar shakllantiriladi.

Aholining ekologik madaniyati va huquqiy ongi va savodxonligini oshirishga erishiladi.

Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi kadrlarning malakasini oshirish jarayonida ishtirok etuvchi professor-o‘qituvchilarni xalqaro grantlar mablag‘lari asosida rivojlangan xorijiy davlatlarda malakalari oshiriladi va kurslarga jalb qilingan tinglovchilarning ekologiya yo‘nalishidagi bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga erishiladi.

84.

Atrof-muhitga ta’sirni baholash va davlat ekologik ekspertizasi yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar va ekspertlarning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv-seminarlari va treninglar o‘tkazish. Bunda:

atrof-muhitga ta’sirni baholash bo‘yicha ko‘p yillik tajribaga ega xalqaro konsultant va ekspertlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va mustahkamlash;

xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda o‘quv-seminarlari va treninglar tashkil etish;

xodimlarning xorij mamlakatlaridagi xalqaro o‘quv seminarlari va treninglarda ishtirokini ta’minlash.

2023-yil davomida

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Xalqaro standartlar va ilg‘or xorijiy tajribalar asosida tizimdagi yosh mutaxassislar tayyorlashning samarali tizimi yaratiladi.

Xodimlarning malakasini oshirishga va pirovardida davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazishning samarali, zamonaviy va shaffof tizimini yaratishga erishiladi.

85.

Atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatuvchi tashkilotlarning ekolog mutaxassislari malakasini oshirishning majburiy tizimini yo‘lga qo‘yish.

Bunda, atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishning I va II toifalariga mansub korxona va tashkilotlarining ekolog mutaxassislarini atmosfera havosini tozalash, oqova suvlarni tozalash tizimi va tuproq zararlanishining oldini olish maqsadida o‘rnatilgan yangi jihozlardan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha majburiy malaka oshirish tizimini yo‘lga qo‘yish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2023-yil avgust

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Atrof-muhitga ta’siri bo‘yicha I va II toifaga kiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ekologiya yo‘nalish� bo‘yicha mutaxassislarining malakasini oshirishga majburiy jalb qilish orqali atrof-muhitga chiqarilayotgan zararli chiqindilarning oldini olish maqsadida zamonaviy yangi texnologiyalarni joriy etish va ulardan foydalanish tizimi bilan tanishtirilib, ularning bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalari shakllantiriladi.

86.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, o‘rmonchilik, gidrometeorologiya yo‘nalishlari bo‘yicha xodimlarni “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali xorijiy davlatlarda bilim va malakasini oshirish hamda Ekologiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 20 nafar xodimlarning xalqaro o‘quv seminar va treninglarda ishtirokini ta’minlash.

2023-yil davomida

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

“El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali vazirlik tizimi xodimlarining xorijiy mamlakatlarda malakasini oshirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish maqsadida rivojlangan davlatlar universitetlari va ilmiy-tadqiqot markazlariga yuborish orqali soha xodimlarining xorij tajribasi bo‘yicha ilmiy salohiyati va ko‘nikmasi oshadi hamda hamkorlikda ilmiy-tadqiqotlar olib borishga yo‘naltiriladi.

X. Jamoatchilik va fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni ta’minlash

87.

Inspeksiya va chiqindi masalalari bo‘yicha quyidagi qisqa umumrespublika telefon raqamiga ega bo‘lgan Call-markazning faoliyatini tashkil etish:

1207 — Inspeksiya;

1205 — chiqindi masalalari bo‘yicha.

Bunda, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Call-markazga murojaat qilgan fuqarolarga tezkor yordam ko‘rsatish masalalarida idoralararo o‘zaro hamkorlik ta’minlanadi.

2023-yil iyun

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Aholiga chiqindilar bog‘liq ishlarni tashkil etishda tezkor yordam ko‘rsatish amalga oshiriladi.

Sohada vujudga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning tezkorlik bilan yechimini topish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

88.

Tabiatni muhofaza qilish sohasida alohida tashabbus ko‘rsatgan yoshlarni taqdirlash uchun “Yosh ekolog” ko‘krak nishonini ta’sis etish. Bunda:

“Yosh ekolog” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizom hamda ko‘krak nishoni tasnifini tasdiqlashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish;

hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil oktabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

“Yosh ekolog” ko‘krak nishonini ta’sis etish va faol ekolog yoshlarni taqdirlab borish orqali o‘quvchilar va talabalarda tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni tejash borasida tashabbusni uyg‘otishga erishiladi.

89.

“Yoshlar ekologik harakati”ni tashkil etish. Bunda:

respublikadagi ekologik muammolar yechimiga o‘z hissasini qo‘shishga tayyor faol yoshlarni birlashtirish;

yoshlarning tabiatni asrashdagi faol ishtirokini ta’minlash;

ekologik lagerlar tashkil etish;

yosh ekologlar sonini ko‘paytirishni rag‘batlantiruvchi mexanizmlarni yaratish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2023-yil avgust

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

“Yoshlar ekologik harakati”ni tashkil etish orqali respublikamizdagi ekologik muammolar yechimiga o‘z hissasini qo‘sha oladigan yoshlarni birlashtirish hamda tabiatni asrashda ularning faol ishtiroki ta’minlanadi.

Ekologik muammolarni va tabiatni asrashda faol ishtirok etayotgan yoshlar rag‘batlantiriladi.

90.

Atmosfera havosi tozaligini ta’minlashni keng targ‘ib etish.

Bunda, atmosfera havosi tozaligini ta’minlash, elektromobillar, elektrobuslardan keng foydalanishni targ‘ib etish maqsadida:

velomarafonlar tashkil etish;

“22 sentabr — avtomobilsiz kun”, “10 ming qadam piyoda” kabi aksiyalarni tashkil etish.

2023-yil sentabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Atmosfera havosi tozaligini ta’minlashni keng targ‘ib etish orqali aholining ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishga doir bilim-ko‘nikmalari va xabardorligi oshiriladi.

Velomarafon va 10 ming qadam piyoda yurish kabi aksiyalarini o‘tkazish orqali atmosfera havosining tozaligi ta’minlanadi.

Bugungi kunda atmosfera havosini ifloslantirishda yetakchilik qilayotgan transport vositalaridan o‘z o‘rnida foydalanish bo‘yicha tushuncha va ko‘nikmalar shakllantiriladi.

91.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va innovatsion texnologiyalarni keng targ‘ib etish.

Bunda, qayta tiklanuvchi energiya manbalari va innovatsion texnologiyalar ixtirosi ustida ish olib borayotgan zamondosh olimlar, yosh tadqiqotchilarning ish faoliyatini keng jamoatchilikka yetkazish.

2023-yil davomida

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Aholiga qayta tiklanuvchi energiya manbalari va innovatsion texnologiyalardan unumli foydalanishning afzalliklari haqida keng tushunchalar berilib, tabiiy resurslardan samarali foydalanish bo‘yicha ko‘nikma shakllantiriladi.

Ushbu yo‘nalishda ilmiy izlanishlar olib borayotgan olimlar, yosh tadqiqotchilarning ish faoliyati keng jamoatchilikka yetkaziladi.

Bu orqali ushbu yo‘nalishda ilmiy izlanishlarga qiziqish uyg‘otilib, yosh tadqiqotchilarning safi kengayadi.

92.

Aholining sanitariya-ekologik va huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli axborot kampaniyasini olib borish.

Bunda, aholining ekologik savodxonligini oshirish maqsadida bosma va elektron ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishning dolzarb masalalarini keng yoritib borish.

Doimiy ravishda

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Aholining sanitariya-ekologik va huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida bosma va elektron ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishning dolzarb masalalarini keng yoritib borilishi natijasida aholining ekologik ongi va madaniyati yuksaltirilib, maishiy chiqindilarni belgilanmagan joylarga joylashtirishning oldi olinadi.

93.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning markaziy shaharlari, yirik aholi punktlari hamda Toshkent shahrida quyidagilarni nazarda tutuvchi “Bike Tashkent/Velo-Toshkent”, “Bike Samarkand/Velo-Samarqand” va boshqalar dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish:

velo-markaz, velo-yo‘laklar, velo-parkovkalarni qurish hamda velosipedlarni ijaraga berish va ta’mirlash dasturini ishlab chiqish;

velosipeddan foydalanishda fuqarolarning xabardorligini oshirishga qaratilgan ta’lim dasturi;

har yilgi velomarafon, velofestival va boshqa turdagi tadbirlarni nazarda tutuvchi kalendar rejani ishlab chiqish va tasdiqlash.

2023-2025-yillar

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Hududlarda velosiped infratuzilmasini yanada rivojlantirish, fuqarolar orasida velosipeddan foydalanish madaniyatini oshirish, uning aholi sog‘lig‘iga foydali tomonlari to‘g‘risida axborot berishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshiriladi.

94.

Har yili ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishi, o‘rmon xo‘jaligi va gidrometeorologiya mavzulariga oid bo‘lgan ekologiya o‘yinlari (“Green” Eco Games) musobaqalarini tashkil etish va o‘tkazish.

2023-yil oktabr oyidan boshlab,

har yili

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Aholi va keng jamoatchilik orasida atrof-muhitni himoyalash va sog‘lom turmush tarzini kechirishga bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirishga erishiladi.

95.

Aholining maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi bilim darajasini oshirish bo‘yicha tadbirlarn� (profila�tika chora-tadbirlarini) o‘tkazish.

Bunda:

aholi va tadbirkorlik subyektlari orasida maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasi hamda mazkur sohadagi qonunbuzarliklar uchun javobgarlik masalalarini tushuntirishga qaratilgan uchrashuvlar, seminarlar, treninglar va davrasuhbatlarini o‘tkazish;

ommaviy axborot vositalarida maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish masalalari yuzasidan axborot va maqolalar tayyorlash.

Doimiy ravishda

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Aholi va tadbirkorlik subyektlari orasida uchrashuvlar, seminarlar, treninglar va davra suhbatlarini o‘tkazish orqali global ekologik muammolardan biri bo‘lgan chiqindilar insoniyat va yer strukturasi uchun katta zarar ekanligi tushuntiriladi.

96.

Aholi va tadbirkorlik subyektlarining ekologik madaniyati va bilim darajasini oshirish.

Bunda, ommaviy axborot vositalarida daraxtlarni noqonuniy kesish oqibatida tabiatga yetkaziladigan zararlar, iqlim o‘zgarishi, suv tanqisligi, cho‘llanishning ortib borishi, atmosfera havosining ifloslanishi, ekologik muhitga yetkazilgan boshqa salbiy ta’sirlarni ilmiy-tahliliy asosda keng yoritib borish.

Doimiy ravishda

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Aholi va tadbirkorlik subyektlarining ekologik madaniyati va bilim darajasini oshirish orqali “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonun talablari buzilishining oldi olinadi.

97.

“Yashil makon” umummilliy loyihasini keng targ‘ib qilish.

Bunda, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida targ‘ibot roliklari, ko‘rsatuv, reportaj, jonli efirlar, maqolalar, tezkor xabarlar, mutaxassis va mas’ul rahbarlar munosabatlarini tayyorlash va ularni ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish.

Doimiy ravishda

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

“Yashil makon” umummilliy loyihasini keng targ‘ib qilish orqali yurtimizda yashil hududlarni kengaytirishga qaratilgan ezgu tashabbusning ahamiyati, ko‘zlangan maqsadi keng jamoatchilikka tushuntirib boriladi.

Ushbu jarayonda xalqimizning daraxt ekish bilan bog‘liq qadriyatlari haqida ham so‘z yuritilib, nihollarni hududlar iqlimiga moslashtirib ekish, parvarish qilish bo‘yicha tushunchalar beriladi.

98.

Ekoturizmni keng targ‘ib qilish.

Bunda:

“Ekspeditsiya” ko‘rsatuvini press-tur shaklida tashkil etish;

yurtimizning noyob va o‘ziga xos tabiatiga ega ekoturistik hududlarini mahalliy va xorijiy sayyohlarga keng targ‘ib etish.

Doimiy ravishda

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Ko‘rsatuvda yurtimizning noyob va o‘ziga xos tabiatiga ega ekoturistik hududlari haqida keng ma’lumot beriladi. Ko‘rsatuv namoyishi orqali ekoturistik maskanlar mahalliy va xorijiy sayyohlarga targ‘ib etiladi.

99.

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan Xorazm viloyatida amalga oshirilayotgan kalsiy karbonatli g‘isht ishlab chiqarish loyihasini eksperiment tariqasida yo‘lga qo‘yish uchun 3 mln AQSh dollari miqdorida kredit ajratish.

2023-yil iyun

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

“O‘zsanoatqurilish-bank” ATB

Ushbu loyihani to‘laqonli ishga tushirish uchun moliyaviy ta’minot talab qilmagan holda kredit liniyasi ajratiladi.

100.

Atrof-muhitni muhofaza qilishga oid badiiy, hujjatli, qisqa metrajli filmlar hamda videoroliklar yaratish.

Bunda, mamlakatimizda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, tabiiy resurslardan tejamkorlik bilan foydalanishning mazmun-mohiyatini xalqimizga xos qadriyat darajasida aks ettiruvchi badiiy va hujjatli filmlar, qisqa metrajli roliklar yaratish ishlarini tashkil etish.

2023 — 2025-yillar

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Atrof-muhitni muhofaza qilishga oid badiiy, hujjatli, qisqa metrajli filmlar hamda videoroliklar yaratish aholi, ayniqsa, yoshlarning ekologik bilim va madaniyatini oshirishga, yurtimiz haqida keng ma’lumotga ega bo‘lishiga va ularni tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishiga chorlaydi.

XI. Tabiatni muhofaza qilish sohasini institutsional va huquqiy jihatdan takomillashtirish

101.

Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarining ikkinchi bosqichi — mahalliy davlat hokimiyati organlarini isloh qilish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqilishida mahalliy ijro hokimiyati organlarida hududning ekologik siyosatini ishlab chiqish, uni amalga oshirish va ekspertizadan o‘tkazish vazifalari yuklatiladigan mas’ulni belgilash.

2023-yil avgust

Adliya vazirligi,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning ekologiya va atrof-muhitga ta’sirini baholashning ta’sirchan choralari ishlab chiqilishiga erishiladi.

102.

Madaniyat va turizm vazirligi bilan birgalikda ekoturizm, ov va safari turizm sohasini yanada rivojlantirish, o‘rmon xo‘jaliklari va milliy tabiat bog‘larining (qo‘riqxonaga aylantirilgan zonalari bundan mustasno) imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda tegishli infratuzilma obyektlarini yaratish, xorijiy va ichki sayyohlarga munosib shart-sharoit va xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash.

2023 — 2026-yillar davomida

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Mazkur chora-tadbirlarni amalga oshirish natijasida:

mahalliy hokimliklar bilan birgalikda bosqichma-bosqich “Chorvoq” va “Zomin” turistik-rekreatsion zonalari, o‘rmon xo‘jaliklari va milliy tabiat bog‘lari hududlarida piyodalar va otliqlar uchun yo‘lakchalar, panorama maydonchalari tashkil etiladi;

tabiat bog‘lariga xorijiy va mahalliy sayyohlar tashriflari, tabiiy muhofaza qilish zonalaridagi dam olish maskanlarida hordiq chiqarishlarini tashkil etish orqali kelib tushadigan mablag‘larning 30 foizi tabiat bog‘larini himoya qilish, daraxt va ko‘chatlarni ekish, chiqindilardan tozalash ishlariga yo‘naltiriladi;

xorijiy sayyohlar hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan birgalikda mehnat jamoalari uchun daraxt ko‘chatlarini ekish bo‘yicha “Planting Tour” tadbirlari muntazam o‘tkaziladi;

2023 yil yakuniga qadar tabiat bog‘lari va o‘rmon xo‘jaliklari hududlarida zamonaviy kempinglar, osma dor yo‘llari, ko‘ngilochar turizm maskanlari, tematik ovqatlanish shoxobchalari, turizm axborot markazlari tashkil etishni nazarda tutuvchi 10 yilga mo‘ljallangan ekoturizmni rivojlantirish bo‘yicha menejment rejalari ishlab chiqiladi;

2023 yil dekabr oyidan boshlab fotoovlashni keng targ‘ib qilish, tabiatga do‘stona va ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish madaniyatini shakllantirish maqsadida, xalqaro tajribani o‘rgangan holda tegishli jamoat birlashmasi tashkil etiladi;

20232026 yillar davomida alohida dastur asosida “Tabiat bilan uyg‘unlik”, “Qizilqum sahrosining noyob tabiati”, “Tyan-Shan, Hisor va Chotqol tog‘ tizimlarining tabiati va dunyosi”, “Orolbo‘yi fojiasi”, “Mintaqadagi o‘simliklar va yovvoyi hayvonlar dunyosi” kabi muzeylar va ekspozitsiyalari tashkil etiladi.

103.

Atrof tabiiy muhit davlat monitoringini moliyalashtirish va tashkil etishni quyidagicha amalga oshirish:

Vazirlik — “Situatsion markaz”ni faoliyati uchun zarur texnika va uskunalar bilan ta’minlaydi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari — avtomatik stansiyalar uchun yer uchastkalarini auksion savdolarisiz bepul ajratadi, doimiy faoliyat olib borishini ta’minlash ishlarini tashkil etadi;

Raqamli texnologiyalar vazirligi — avtomatik stansiyalarni doimiy aloqa bilan bepul ta’minlaydi hamda ma’lumotlar uzatish, saqlash imkoniyatini yaratish choralarini ko‘radi.

2023-yil may,

doimiy ravishda

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Atrof tabiiy muhit davlat monitoringi ishlarini amalga oshirish uchun “Situatsion markaz” faoliyati to‘liq yo‘lga qo‘yiladi.

104.

Hududiy atrof-muhit ifloslanishi monitoringi bo‘limlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

Bunda, ajratiladigan 35 mlrd so‘m mablag‘ doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar atrof-muhit ifloslanishi monitoringi bo‘limlari uchun laboratoriya jihozlarini xarid qilish.

2023-yil davomida

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Davlat budjetidan ajratiladigan 35 mlrd so‘m mablag‘ doirasida hududiy atrof-muhit ifloslanishi monitoringi bo‘limlarining moddiy-texnika bazasi mustahkamlanadi hamda sanoat korxonalarini monitoring qilish bo‘yicha qamrov darajasi 43 foizdan 60 foizga yetkaziladi.

105.

Turg‘un organik ifloslantiruvchi moddalar monitoringini ta’minlash. Bunda:

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining Qoraqalpog‘istonRespublikasi, Navoiy, Surxondaryo va Farg‘onaviloyati bo‘linmalari qoshidagi analitik laboratoriyalar hamda atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan analitik nazorat markazi negizida 5 ta xromatografik tadqiqot markazini tashkil qilish;

xromatografik tadqiqotlar markazlarini 1 ta xromatomass spektrometr va 4 ta gaz xromatograflar bilan ta’minlash;

xromatografiya o‘lchovlarini bajarish uslubiyatlarini ishlab chiqish/joriy etish, mutaxassislarni o‘qitish va tajribasini oshirish.

2023-2024-yillar

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Atrof-muhit obyektlarida turli toifadagi pestitsidlar, turg‘unorganikifloslantiruvchimoddalar, jumladan, furan va dioksinlarni, shuningdek, elektron jihozlardagi polixlorlangandifenillar miqdorini o‘lchash uchun moddiy-texnika baza mustahkamlanadi.

Ushbu laboratoriyalardan keng foydalangan holda ilmiyishlanmalar yaratiladi.

Zaharli kimyoviy va boshqa toksikmoddalar ko‘milgan hamda saqlanayotgan maxsus ombor va poligonlar atrofida zaharli moddalarning tarqalish holatlari bartaraf etiladi.

106.

Vazirlik va uning tizim tashkilotlari tomonidan ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari jarayonlarini loyiha boshqaruvi tizimi asosida yo‘lga qo‘yish hamda uning eng yaxshi tajribalarini hisobga olgan holda reyinjiniring qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2023-yil avgust

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Vazirlik va uning tizim tashkilotlari tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatishni soddalashtirish, byurokratik to‘siqlarni qisqartirish hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini rivojlantirishga erishiladi.

Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbir nomi

Ijro muddati

Ijro uchun mas’ullar

1.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

a) ekologiya va atrof-muhitga zarar yetkazish, o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlarini nobud qilish yoki ularga shikast yetkazish bilan bog‘liq jinoyatlarni og‘ir jinoyatlar toifasiga kiritish;

b) davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga qo‘yilgan moratoriy talablarini buzganlik uchun ma’muriy jarimalar miqdorini 5 baravarga oshirish. Bunda, qo‘shimcha ravishda noqonuniy kesilgan daraxt o‘rniga kompensatsiyaviy daraxt ko‘chatlarini aynan daraxt kesilgan joyga ekish majburiyatini belgilash hamda yuridik shaxslarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan 300 baravarigacha bo‘lgan miqdorda moliyaviy jarimalar qo‘llashni joriy etish;

v) O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan hayvonlarning noqonuniy ovlanishi oqibatida hayvonot dunyosiga yetkazilgan zarar uchun undirish summalarini 10 baravarga hamda o‘simliklarni o‘sishdan to‘xtash darajasigacha shikastlantirish yoki yo‘q qilish bilan ularga yetkazilgan zarar uchun undirish summalarini 5 baravarga oshirish;

g) sanoat, maishiy va boshqa chiqindilarni to‘plash, tashish, joylashtirish, zararsizlantirish, saqlash, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va realizatsiya qilish chog‘ida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzish, shuningdek, qattiq maishiy chiqindilarni va qurilish chiqindilarini belgilanmagan joylarga tashlash hamda suyuq maishiy chiqindilarni to‘kkanlik uchun ma’muriy jarimalar miqdorini 10 baravarga oshirgan holda qo‘llash.

Bunda, qo‘shimcha ravishda yuridik shaxslarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan 300 baravarigacha bo‘lgan miqdorda moliyaviy jarimalar qo‘llashni joriy etish;

d) suvlarni ifloslantirish yoki bulg‘atish, suvto‘plagich inshootlarida suvni muhofaza qilish rejimini buzish, shuningdek, suv obyektlariga oqindi suvlarni oqizishga yo‘l qo‘yish shartlari to‘g‘risidagi talablarni buzganlik uchun ma’muriy jarimalar miqdorini 5 baravarga oshirish;

e) o‘rmon fondi:

yerlarini noqonuniy berish va ulardan foydalanish bo‘yicha alohida ma’muriy va jinoiy javobgarlikni belgilash;

yerlarida noqonuniy bino-inshootlar va imoratlarni qurish bo‘yicha alohida jinoyat tarkibini kiritish hamda uning sanksiyalarini sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olganlik uchun belgilangan sanksiyalarga tenglashtirish;

j) hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganlik uchun ma’muriy jarimalar miqdorini 10 baravarga oshirish va ushbu huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslarni hayvonlarni boqish huquqidan mahrum etish;

z) O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi hamda chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlarini belgilash va qo‘llash tartibini qonun darajasida tartibga solish hamda berilgan imtiyozlarni bekor qilish;

i) barcha o‘simlik va hayvonot dunyosidan foydalanish kvotalarini o‘rnatish masalasini qonun darajasida tartibga solish.

2023-yil avgust

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Bosh prokuratura,

Ichki ishlar vazirligi,

Mudofaa vazirligi

2.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

aholi punktlari va shahar markazlarida oldindan mavjud bo‘lgan ariqlar, irrigatsiya tizimlarini o‘zboshimchalik bilan ko‘mib tashlaganlik uchun javobgarlikni belgilash;

Atrof tabiiy muhit davlat monitoringi tizimining yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasiga avtomatik integratsiya qilmaganlik va (yoki) bazaga noto‘g‘ri ma’lumotlar kiritganlik uchun javobgarlikni belgilash;

loyihalarni davlat ekologik (sanitariya-ekologik) ekspertizasining ijobiy xulosasisiz yoxud unga rioya qilmagan holda ro‘yobga chiqarganlik, shuningdek, bunday xulosasi bo‘lmay turib obyektlarni mablag‘ bilan ta’minlaganlik uchun ma’muriy jarimalar miqdorini 5 baravarga oshirish;

taqiqlangan qurollar yoki vositalar bilan (portlovchi va kimyoviy moddalar, biologik preparatlar, leskali baliq tutish to‘rlari, elektr qarmoqlar va boshqa brakonyerlik ov qurollarini qo‘llagan holda) ov qilganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish;

suvlarni ifloslantirish yoki bulg‘atish, suvto‘plagich inshootlarida suvni muhofaza qilish rejimini buzish, shuningdek, suv obyektlariga oqindi suvlarni oqizishga yo‘l qo‘yish shartlari to‘g‘risidagi talablarni buzganlik uchun ma’muriy jarimalar miqdorini 5 baravarga oshirish;

ov qilish va baliq ovlash qoidalarini buzish uchun ma’muriy jarimalar miqdorini 2 baravarga oshirish.

2023-yil oktabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Bosh prokuratura,

Ichki ishlar vazirligi,

Mudofaa vazirligi

3.

Tovar va xizmatlarni realizatsiya qilishda iste’molchilarga ixtiyoriy ravishda “yashil to‘lov”ni amalga oshirish orqali “Yashil makon” umummilliy loyihasini qo‘llab-quvvatlash tizimini joriy etish.

2023-yil sentabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

4.

Chang-gaz tozalash uskunalari, lokal suv tozalash inshootlari va avtomatik monitoring tizimlarini o‘rnatish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarga Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tijorat banklari orqali kredit liniyasi ochishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqish.

2023-yil avgust

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Markaziy bank

5.

Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish. Bunda:

Inspeksiya nizomini tasdiqlash va xodimlariga mehnatga haq to‘lashning yangi mexanizmlarini joriy qilish;

Inspeksiyaga ishga qabul qilingan xodimlar tomonidan qasamyod qabul qilish qoidalari;

xodimlarning formali kiyimi va farqlash belgilari, namunalari va ularning tasnifi;

xodimlarga ajratilgan maxsus yashil rangli mayoqcha (migalka) va tovushli signal (sirena), radioaloqa va boshqa vositalar bilan jihozlangan logotip tushirilgan avtotransport vositalarini belgilash;

xodimlarni formali kiyim bilan ta’minlashning moliyalashtirish manbalari;

xodimlarga belgilangan tartibda va muddatlarda maxsus unvonlar berish tizimi joriy etish;

hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil avgust

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

6.

Qurilish chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni real vaqt rejimida nazorat qilishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. Bunda:

ma’lumot va tasdiqnomalarda xato va kamchiliklar aniqlangan hollarda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining hududiy organlari bu haqida xabar qabul qilib olingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida, asosli kamchiliklarni ko‘rsatgan holda uni taqdim etgan tashkilotni xabardor qilinadi;

ma’lumot va tasdiqnomani taqdim etuvchi tashkilot aniqlangan kamchiliklarni o‘n ish kuni mobaynida bartaraf qilib qayta taqdim etadi.

qurilish chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish, qurilish chiqindilarini to‘plash va vaqtincha saqlash, tashish, chiqindi poligoniga joylashtirish uchun topshirish (qabul qilish) tartiblarini buzish tabiiy muhitga zararli ta’sir ko‘rsatish oqibatlarini bartaraf etish choralarini ko‘rmaganlik hisoblanadi hamda ma’muriy javobgarlikka tortishga sabab bo‘lishini belgilanadi.

Vazirlik tomonidan tabiiy obyektlarga yetkazilgan zararni hisoblash tartibi talablari asosida chiqindilarni atrof-muhitga zarari miqdori aniqlanadi va tartibga solinadi.

2023-yil sentabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

7.

Hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlarini olib kirish va olib chiqish uchun ruxsat berish tartib-taomillarini tizimlashtirish. Bunda:

1) quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish:

yovvoyi hayvonlar va o‘simliklarni, ularning qismlarini, shuningdek, yashash faoliyati mahsulotlarini olib kirish va olib chiqish uchun ruxsat berish tartib-taomillarini O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiqlashtirish;

sohadagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni “Litsenziya” axborot tizimi, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshirish;

2) hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil oktabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Adliya vazirligi,

Bojxona qo‘mitasi

8.

Ekologik toza hudud rejimini joriy qilish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

bir martalik plastik mahsulotlar, shu jumladan stakanlar, plastik naychalar, muzqaymoq tayoqchalari, paxta tayoqchalari, qadoqlash plyonkasi va ayrim turdagi polietilen paketlarini olib kirish, sotish va ishlab chiqarishni taqiqlash;

qishloq xo‘jaligida organik o‘g‘itlardan foydalanishni rag‘batlantirish;

faoliyati natijasida oqova suv hosil qiluvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarni markazlashtirilgan oqova suv tizimiga ulash yoki muqobil tozalash uskunalari bilan jihozlash majburiyatini kiritish. Bunda, ushbu majburiyatni bajarmagan jismoniy shaxslarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha, yuridik shaxslarga nisbatan — bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan 300 baravarigacha bo‘lgan miqdorda moliyaviy jarimalar qo‘llash;

avtotransport vositalari bilan kirish uchun ekologik yig‘im undirish, bundan elektromobillar, maxsus transport vositalari va ekologik toza hudud rejimi joriy qilingan hududda yashovchi fuqarolarning avtotransport vositalari mustasno;

ekologik toza hudud rejimi tatbiq etiladigan hududlarning tashkil etilishi hamda boshqa shartlari va talablarini belgilash.

2023-yil oktabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Bosh prokuratura,

Ichki ishlar vazirligi

9.

Vazirlik tizimida innovatsion faoliyatni joriy qilish maqsadida Texnologik rivojlanish va innovatsiyalar bo‘yicha sohaviy ekspert kengash faoliyatini tashkil etishni nazarda tutuvchi qaror loyihasini ishlab chiqish. Bunda:

Texnologik rivojlanish va innovatsiyalar bo‘yicha sohaviy ekspert kengash tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanishi va unga Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri rahbarlik qilishi;

Texnologik rivojlanish va innovatsiyalar bo‘yicha sohaviy ekspert kengash tarkibiga ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishi, o‘rmon xo‘jaligi, qurilish, kimyo, energetika, sanoat va ishlab chiqarish sohalarida ilmiy va amaliy tajribaga ega shaxslar kiritish talabini belgilanishi;

ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, shu jumladan, chiqindilarni qayta ishlash, iqlim o‘zgarishi, o‘rmon xo‘jaligi, qurilish, kimyo, energetika, sanoat va ishlab chiqarish sohalariga ekologik innovatsion texnologiya va loyihalarni joriy qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish Texnologik rivojlanish va innovatsiyalar bo‘yicha sohaviy ekspert kengashining asosiy vazifalaridan biri etib belgilanishi nazarda tutiladi.

2023-yil sentabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

10.

Qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan zaharli kimyoviy va boshqa toksik moddalar ko‘milgan hamda saqlanayotgan maxsus obyektlarni tasarruf etish, shuningdek, obyektlarni konservatsiya va rekonstruksiya qilish bilan bog‘liq ishlarni tashkil etish ishlarini takomillashtirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil sentabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

11.

O‘rmon fondi yer maydonlaridan foydalanishda ijara munosabatlarini takomillashtirish. Bunda:

o‘rmon fondidagi foydalanilmayotgan yer maydonlarini ijaraga berishda imtiyozlarni qo‘llash va ijara munosabatlarini takomillashtirish hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni kengaytirish va ekoturizmni rivojlantirish masalalarini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish;

hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil sentabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

12.

Davlat fuqarolik xizmatchilarining energiya tejamkor kiyinish madaniyatini shakllantirish bo‘yicha choralar ko‘rish.

2023-yil avgust

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

13.

Yirik shaharlarda “Yashil makon” umummilliy loyihasini yanada ommalashtirish va o‘rmon xo‘jaligi sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Farmon loyihasini ishlab chiqish. Bunda:

Buxoro, Nukus, Xiva va Urganch shaharlari atrofida “yashil belbog‘lar” barpo etish bo‘yicha 2020-2021-yillarda boshlangan ishlarni uzviy davom ettirish;

“yashil belbog‘lar” va daraxtzorlarni faqat loyiha hujjatlari asosida tashkil etish;

mavjud daraxtlarni to‘liq xatlovdan o‘tkazish, kam suv talab etadigan daraxt va buta ko‘chatlari turlarini tanlash, ular ekiladigan yer maydonlarini va moliyalashtirish manbalarini oldindan aniq belgilash nazarda tutiladi.

2023-yil avgust

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

O‘rmon xo‘jaligi agentligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

14.

“Yashil” subsidiyalarni berish uchun maxsus “Ekosubsidiya” platformasini yaratish.

2023-yil sentabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

15.

Tibbiyot chiqindilarini utilizatsiya qilishni tartibga solish, moliyalashtirish hamda zamonaviy infratuzilmani yaratishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini kiritish.

2023-yil oktabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi

16.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Tabiatga sayohat” ekoturizmini rivojlantirish Milliy dasturini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish:

qonunchilik talablariga qat’iy rioya etgan holda har bir davlat qo‘riqxonalari, milliy tabiat bog‘lari, pitomniklar, o‘rmon va o‘rmon-ov xo‘jaliklari, tog‘li va cho‘l hududlar hamda suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalari (keyingi o‘rinlarda — ekohududlar)da turizm xizmatlari turlarini kengaytirish va infratuzilmasi rivojlantirish;

ekohududlarning brendini yaratish va uning asosida targ‘ibot kampaniyalarini tashkil etish;

ekohududlarga investitsiyalarni jalb qilgan holda “piknik” zonalar, manzarali tomosha qilish maydonchalari, ekouylar majmuasi, o‘tovlar, “glemping” va kemping lagerlari hamda tashrif markazlari (“Visitor center”) tashkil etish;

tadbirkorlik subyektlarini jalb qilgan holda osma dor yo‘llari, elektromotorli qayiq, qorda harakatlanishga mo‘ljallangan maxsus transport vositalari va kvadrotsikllar, “banji-jamping” va “ziplayn” attraksionlar, aerostatlar, “rafting” va “flaybording”, g‘ildirak ustidagi uylar va yer usti transport vositalari kabi turizm xizmatlarini yo‘lga quyish;

yovvoyi hayvonlarni saqlash va ko‘paytirish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan pitomniklarni tashkil etish;

tog‘li va cho‘l hududlarda ekstremal turizmni rivojlantirish;

ekohududlarga yangi turizm xizmatlarini (shu jumladan, Planting Tour, Plogging Tour va boshqalar) va ekoaksiyalarni tashkil qilish.

2023-yil oktabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Madaniyat va turizm vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

17.

Milliy tabiiy meros obyektlari ro‘yxatini shakllantirishda quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish:

ro‘yxatga kirgan obyektlarni hududlari va chegaralarini belgilash;

obyektlar hududlarida faoliyat yuritadigan jismoniy va yuridik shaxslarning majburiyatlarini belgilash;

xalqaro standartlarga ko‘ra taqiqlangan va bufer zonalarini belgilash;

obyekt bilan bog‘liq har qanday qurilish ishlarini Vazirlik bilan kelishish.

2023-yil sentabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari

18.

Milliy yashil farovonlik fondini tashkil qilish. Bunda:

respublikadagi, shu jumladan, davlat o‘rmon fondiga kiradigan daraxtlar va butalarning Fondga kiritgan holda davlat kadastrini shakllantirish;

Fondga kiritilgan daraxtlar va butalarni davlat tomonidan himoyaga olinishini belgilash;

har bir daraxt va buta farovonlik garovi ekanligini nazarda tutuvchi tushuntirish-targ‘ibot kampaniyalarini tashkil qilib borish.

2023-yil oktabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

19.

Suv resurslarini tejash maqsadida quyidagilarni nazarda tutuvchi qaror loyihasini ishlab chiqish:

birinchi bosqichda — vazirlik va idoralar, davlat ulushi ellik foizdan ortiq bo‘lgan tashkilotlar hududidagi (atrofidagi) ko‘kalamzorlashtirish, shu jumladan, daraxt va butalarni sug‘orish tizimini to‘liq tomchilab sug‘orish tizimiga o‘tkazish;

ikkinchi bosqichda — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlarning markaziy shaharlari va Toshkent shahrida ko‘kalamzorlashtirish tizimini tomchilab sug‘orish tizimiga o‘tkazish.

2023-yil oktabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

20.

Qarovsiz qolgan uy hayvonlarini chiplar o‘rnatish, identifikatsiyalash, vaksinatsiyalash, kastratsiya yoki sterilizatsiyalashni tadbirlarini amalga oshirishning mutlaqo yangi tizimini joriy qilish, shuningdek, ushbu jarayonlarni to‘liq raqamlashtirish nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2023-yil sentabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

21.

Majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalari va davlat buyurtma qo‘riqxonalarida ilmiy tadqiqotlar, o‘simlik va hayvonot dunyosi monitoringi hamda kadastrini yuritish maqsadida ularning tuzilmasida ilmiy bo‘limlar tashkil qilish bo‘yicha qaror loyihasini ishlab chiqish.

2023-yil sentabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

22.

Maishiy chiqindilarni utilizatsiya qilish va biogazni qayta ishlash orqali ishlab chiqariladigan elektr energiyasiga “yashil tarif” joriy etishning huquqiy asoslarini yaratish. Bunda:

1) maishiy chiqindilarni utilizatsiya qilish orqali ishlab chiqariladigan elektr energiyasini qayta tiklanuvchi energiya sifatida e’tirof etish, shuningdek, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ishlab chiqariladigan elektr energiyasiga doir “yashil tarif” joriy etish va maishiy chiqindilarni utilizatsiya qilish va biogazni qayta ishlash orqali ishlab chiqariladigan elektr energiyasining uzoq (loyiha davridan kam bo‘lmagan) muddat “yashil tarif” bo‘yicha kafolatlangan tarzda sotib olishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish;

2) hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil oktabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Energetika vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi

23.

Atrof-muhit muhofazasi uchun xayriya o‘tkazmalarini ko‘zda tutuvchi “Yashil to‘lov” turini joriy qilish. Bunda:

1) quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish:

elektron to‘lov tizimlaridan foydalanuvchilar va boshqa iste’molchilar uchun xayriya o‘tkazmalarini ko‘zda tutuvchi, tovar va xizmatlarga ixtiyoriy “Yashil to‘lov” ustama turini joriy qilish;

“Yashil to‘lov” mablag‘larini jamoatchilik nazorati ostida tashkil etiladigan va boshqariladigan Xayriyajamg‘armasiga yo‘naltirish tartibini belgilash;

mablag‘larning tushishi va undan foydalanilishi bo‘yicha ochiqlik va jamoatchilikka hisobdorlik tamoyillari asosida amalga oshirish;

2) hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil oktabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

24.

Qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish, saqlash, tashish, utilizatsiya qilish va qayta ishlash tizimini rag‘batlantirishga qaratilgan quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish:

“Chiqindilar to‘g‘risida”gi qonunning yangi loyihasini;

“Tabiatni muhofaza qilishni ta’minlashning iqtisodiy tartibotlarini takomillashtirish” to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni loyihasini;

2023-yil oktabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

“Maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida” Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini kiritish.

Bunda:

obodonlashtirish boshqarmalari, xususiy korxonalar hisobidagi shuningdek, maishiy chiqindilarni boshqarish sohasidagi davlat-xususiy sheriklik loyihalari doirasida xususiy sheriklarga vaqtinchalik beg‘araz foydalanishga berilgan qattiq maishiy chiqindi poligonlarini xatlovdan o‘tkazish;

xatlov natijalariga ko‘ra, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini muvofiqlashtirish va takomillashtirish bo‘yicha respublika komissiyasining tegishli bayoni bilan qattiq maishiy chiqindi poligonlarini Vazirlik balansiga o‘tkazish.

2024-yil yanvar

25.

Davlat ekologiya nazoratini amalga oshirishda foydalaniladigan transport vositalarini qo‘shimcha jihozlash.

Bunda, ekologik nazoratni samarali tashkil etish uchun maxsus avtomashinalar mansubligini anglatuvchi maxsus chiroqli signallar hamda maxsus texnik jihoz (elektroshoker, rezina o‘qli qurollar, to‘r otuvchi qurol, ratsiya, sirena, tovush chiqarish moslamalar, yoritgichlar va boshqa)larni o‘rnatish yuzasidan tartib ishlab chiqish.

2023-yil noyabr

Transport vazirligi,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

26.

Umumiy ovqatlanish sohasida oziq-ovqat chiqindilari hosil bo‘lishini kamaytirish va ortiqcha isrofgarchiliklarni oldini olishga qaratilgan “Oqilona iste’mol” (“Save food”) dasturini amalga oshirish. Bunda:

1) quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish:

umumiy ovqatlanish sohasidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar va iste’molchilarningoziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan mas’uliyatini oshirish;

ortiqcha isrofgarchiliklarning oldini olish;

aholida to‘g‘ri ovqatlanish odatlarini shakllantirish;

me’yoridan ortiq iste’molni targ‘ib qilishni cheklash;

isrofgarchilikka yo‘l qo‘ygan shaxslarga nisbatan nazorat mexanizmlarini o‘rnatish;

2) hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil oktabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

27.

Tabiatni muhofaza qilish sohasida alohida tashabbus ko‘rsatgan yoshlarni taqdirlash uchun “Yosh ekolog” ko‘krak nishonini ta’sis etish. Bunda:

alohida tashabbus ko‘rsatgan yoshlar uchun “Yosh ekolog” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizom hamda ko‘krak nishoni tasnifini tasdiqlashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish;

hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil oktabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

28.

Gidrometeorologiya faoliyati samaradorligini oshirish, gidrologik kuzatuvlar tizimini takomillashtirish maqsadida quyidagilarni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish:

respublika hududi bo‘ylab to‘liq yer usti suvlari hisobini yuritish, qo‘shimcha gidrologik stansiya va postlar tashkil qilish hamda barcha kuzatuvlarni bosqichma-bosqich avtomatik stansiyalar orqali amalga oshirishni;

daryo havzalarida yuz berayotgan suvning ko‘tarilishi, sel-toshqin holatlari bo‘yicha tezkor kuzatuv ma’lumotlarini yetkazishda zamonaviy axborot almashish texnologiyalaridan foydalanish;

daryolardagi nazorat suv o‘lchash nuqtalari (gidropost)da transchegaraviy suv resurslarini obyektiv hisobga olish va ushbu suv o‘lchash nuqtalari orqali o‘tadigan suv miqdori to‘g‘risida ishonchli ma’lumotlar almashinuvini ta’minlash va transchegaraviy daryolar suv sarfi ma’lumotini onlayn kuzatib borish axborot platformasini yaratish.

2023-yil oktabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Gidrometeorologiya xizmati agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

29.

Sirdaryo viloyatida qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarida shamol eroziyasiga qarshi va suv xo‘jaligi obyektlarini qum bosishining oldini olish maqsadida himoya o‘rmonzorlari barpo etishning eksperiment tartibini joriyqilishni nazardatutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. Bunda:

sinov tariqasida Sirdaryo viloyatidagi qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini shamol eroziyasiga qarshi va suv xo‘jaligi obyektlarini qum bosishining oldini olish maqsadida himoya o‘rmonzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilishning 10 yillik Yagona dasturini ishlab chiqish;

Yagona dastur asosida amalga oshiriladigan tadbirlarni respublika budjeti va Sirdaryo viloyatining mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish;

sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlarining shamol eroziyasiga qarshi kurashish hamda suv xo‘jaligi obyektlarini qum bosishini oldini olish maqsadida himoya daraxtzorlari barpo etilayotganda yoki rekonstruksiya qilinayotganda yer egalariga kompensatsiya to‘lab berish sharti bilan olib qo‘yilayotgan ekin yerlarida yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi ekinlari uchun sarflangan xarajatlarni qoplab berishni nazarda tutish.

2023-yil noyabr

Sirdaryo viloyati hokimligi,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

30.

Davlat buyurtma qo‘riqxonalari va davlat tabiiy pitomniklarining qo‘riqlash xodimlari vakolatlarini kengaytirish. Bunda, yuridik maqomga ega bo‘lgan davlat buyurtma qo‘riqxonalari va davlat tabiiy pitomniklarining qo‘riqlash xodimlarini ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari davlat inspektorlariga tenglashtirish va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzish vakolatini berishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish.

2023-yil noyabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

31.

Foydalanishda bo‘lgan gaz, benzin va dizel dvigatellari bilan jihozlangan transport vositalarining atmosfera havosiga tashlamalarini aniqlash uslubiyatlarini yaratish. Bunda:

1) quyidagilarni nazarda tutuvchi milliy standart loyihasini ishlab chiqish:

yoqilg‘i va transport vositasi turiga nisbatan belgilangan tashlamalar me’yorlari;

belgilangan me’yorlarni o‘lchash uslubiyatlari, vositalari va shartlari;

tashlamalar miqdorlarini o‘lchash faoliyatini olib boruvchi organlar va ularning personaliga talablar;

2) hujjat loyihasini belgilangan tartibda O‘zbekiston standartlar institutiga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun kiritish.

2023-yil noyabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

32.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish. Bunda 2024-yil 1-yanvardan boshlab:

atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar (atrof-muhitga ta’siri bo‘yicha I-II toifalar) hamda vazirlik va idoralar, shuningdek, ustav fondida (ustav kapitalidagi) davlat ulushi ellik foizdan ortiq bo‘lgan tashkilotlarning faoliyati (bino-inshootlari) natijasida hosil bo‘ladigan issiqxona gazlari miqdori hamda uglerod izini (carbon footprint) hisoblash metodikasini ishlab chiqish;

tashkilotlarning faoliyati natijasida hosil bo‘ladigan issiqxona gazlari miqdori hamda uglerod izi ko‘rsatkichlari pasportini ishlab chiqish majburiyatini belgilash;

belgilangan ko‘rsatkichlar asosida uglerod izini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish;

tashkilotlarning faoliyati natijasida hosil bo‘ladigan issiqxona gazlari miqdori hamda uglerod izi ko‘rsatkichlari pasportini binoga kirish qismi va o‘zining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilib borish majburiyatini belgilash.

2023-yil dekabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

33.

Orol dengizidagi artemiya sistasini ovlash va qayta ishlashni kompleks rivojlantirishni nazarda tutuvchi qaror loyihasini ishlab chiqish. Bunda:

artemiya sistalari olishga kvota berish masalasini tartibga solish;

artemiya sistasi resurslaridan oqilona foydalanish tartibini takomillashtirish;

artemiya sistasini ovlash va qayta ishlash jarayonini nazorat qilish tartibini rivojlantirish nazarda tutiladi.

2023-yil sentabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

34.

O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan transport vositalarining ekologik toifa talablariga muvofiqligini “yashil” sertifikatlash tartibini takomillashtirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2023-yil oktabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Transport vazirligi,

Bojxona qo‘mitasi

35.

Davlat buyurtma qo‘riqxonalari va davlat tabiiy pitomniklarining qo‘riqlash xodimlari vakolatlarini kengaytirish. Bunda:

1) yuridik maqomga ega bo‘lgan davlat buyurtma qo‘riqxonalari va davlat tabiiy pitomniklarining qo‘riqlash xodimlarini ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari davlat inspektorlariga tenglashtirish va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzish vakolatini berishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish:

2) hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil noyabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

36.

Transport vositalarining atmosfera havosiga tashlamalarini kamaytirishning iqtisodiy mexanizmlarini joriy etish. Bunda:

1) quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish:

2024-yil 1-yanvardan boshlab davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari va ustav kapitalida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarda foydalanishda bo‘lgan gaz, benzin va dizel dvigatellari bilan jihozlangan transport vositalarini milliy standart talablari asosida majburiy ekologik sertifikatlash tartibini va talablarni bajarmaganlik uchun kompensatsiya miqdori va to‘lovlarini belgilash;

2024-yil 1-iyuldan boshlab yuridik shaxslar va 2025-yil 1-yanvardan boshlab jismoniy shaxslarda foydalanishda bo‘lgan gaz, benzin va dizel dvigatellari bilan jihozlangan transport vositalarini milliy standart talablari asosida ixtiyoriy ekologik sertifikatlash tartibi belgilash. Bunda, xizmatlar hamda ekologik sertifikatlash sohasiga xususiy biznesni jalb qilish maqsadida ixtiyoriy ekologik sertifikatlashni belgilangan talablar asosida faoliyatini tashkil qilgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilishi nazarda tutiladi;

belgilangan me’yorlarga mos kelmagan transport vositalariga nisbatan atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun kompensatsiya to‘lovlari miqdori va undirish tartibi;

tashlamalar miqdorlarini o‘lchash va nazorat qilish bo‘yicha zamonaviy laboratoriyalar infratuzilmasi va tarmog‘ini tashkil etish bosqichlari;

transport vositalari tashlamalarini ekologik nazoratini takomillashtirish chora-tadbirlari;

2) hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil dekabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi

Transport vazirligi

37.

Tokning kimyoviy manbalari (akkumulyator, batareya va boshqalar) ishlab chiqaruvchilariga kengaytirilgan javobgarlikni joriy qilish hamda ularning aylanmasi va chiqindilarini joylashtirishning amaliy nazorat tizimini o‘rnatish. Bunda:

1) quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish:

tokning kimyoviy manbalari ishlab chiqaruvchilarining kengaytirilgan javobgarlikka tortishning tartib va tamoyillari;

respublika hududiga olib kiriladigan barcha turdagi tokning kimyoviy manbalarida xavfli moddalarning me’yorlarini belgilash va majburiy tartibda ekologik sertifikatlash va markirovkalash tizimini joriy qilish;

ishlab chiqaruvchilar va importyorlarga nisbatan foydalanuvdan chiqqan tokning kimyoviy manbalarini utilizatsiya qilish yig‘imini joriy etish;

foydalanuvdan chiqqan tokning kimyoviy manbalari chiqindilarini utilizatsiya qilish korxonalariga nisbatan talablar va utilizatsiya tartibini belgilash;

foydalanuvdan chiqqan kimyoviy tok manbalari chiqindilarini noqonuniy joylashtirish, utilizatsiya qilish, yo‘q qilishni man etish, bunday holatlarga nisbatan ta’sirchan choralar qo‘llash mexanizmini joriy etish;

2) hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil dekabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

38.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihalarini ishlab chiqish:

tibbiyot muassasalari, veterinariya va farmatsevtika sohasi tashkilotlarining soha chiqindilarini tartibga solish;

biologik chiriydigan (100 foiz kraxmal, laktoza yoki boshqa organik moddalar) materiallarni ishlab chiqaruvchi korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash;

tendersavdolarini o‘tkazishda ekologik markirovkalangan mahsulot va xizmatlarga ustuvorlik berish.

2023-yil dekabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

39.

O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va respublika hududidan olib chiqishda ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilarni majburiy ekologik sertifikatlash tartibini takomillashtirish. Bunda:

1) quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish:

majburiy ekologik sertifikatlanishi lozim bo‘lgan xavfli mahsulotlar va chiqindilar ro‘yxatini O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar doirasidagi majburiyatlaridan va milliy qonunchilikda belgilangan boshqa talablardan kelib chiqib qayta shakllantirish;

majburiy ekologik sertifikatlashtirish lozim bo‘lgan oldi-sotdi obyekti bo‘lgan, xavfli mahsulotlar va chiqindilar, shuningdek, tashilishi kerak bo‘lgan xavfli chiqindilar ro‘yxatini tasdiqlash;

respublika hududiga olib kirilishi man etilgan xavfli mahsulotlar va chiqindilar (xavfsiz qayta ishlanmaydigan) ro‘yxatini tasdiqlash;

xavfli mahsulotlar va chiqindilarni ekologik sertifikatlashtirish tartibini, uning aniq mezonlarini belgilash orqali optimizatsiya qilish;

2) hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil dekabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

40.

Mahalliy va xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda milliy qonunchilikda “yashil iqtisodiyot” va “yashil moliyalashtirish” mexanizmlarini, shuningdek, ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) tamoyillarini joriy qilish yuzasidan qonunchilik bazasini yaratish.

2023-yil dekabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

41.

Asalarilar nobud bo‘lishining oldini olish maqsadida quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

pestitsidlar qo‘llanilishi ustidan davlat nazoratini o‘rnatish bo‘yicha qonunchilik mexanizmlarini takomillashtirish;

sotilgan pestitsidlar uchun to‘lovlar miqdori qonunchilikda belgilanishi va ushbu to‘lovlar hisobiga kimyolashtirish vositalar bilan bog‘liq xavflarni baholash hamda bartaraf qilish, ularni atrof-muhitga ta’siri kam bo‘lgan ekologik vositalar bilan almashtirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar amalga oshirishga yo‘naltirish;

pestitsidlar bilan ishlash sohasidagi Xalqaro kodeksi talablarini milliy qonunchilikka tatbiq qilish masalasini ko‘rib chiqish;

qishloq xo‘jaligida xavfsizroq kimyolashtirish vositalarni qo‘llashga bosqichma-bosqich o‘tishni ko‘zda tutuvchi aniq strategiya ishlab chiqish;

“o‘simliklarni integrallashgan holda himoya qilish” amaliyoti tatbiq etish.

2023-yil dekabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

42.

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maydonlarini kengaytirish. Bunda:

“Zarafshon” milliy tabiat bog‘ini 2 ming gektarga, “Surxon” va “Nurota” davlat qo‘riqxonalari hududini 4-5 ming gektargacha kengaytirish bo‘yicha o‘rganish ishlarini amalga oshirish;

ilmiy asoslangan taklif va xaritalarini tayyorlash.

muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maydonini kengaytirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga qaror loyihasini kiritish.

2023-yil dekabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Kadastr agentligi

43.

Chotqol” davlat biosfera va “Oqtog‘-Tomdi” davlat qo‘riqxonalarining qo‘riqlanma zonalarini belgilash. Bunda:

“Chotqol” davlat biosfera va “Oqtog‘-Tomdi” davlat qo‘riqxonalarining qo‘riqlanma (bufer) zonalarini belgilash uchun hududni xatlovdan o‘tkazish;

“Chotqol” davlat biosfera va “Oqtog‘-Tomdi” davlat qo‘riqxonalarining qo‘riqlanma (bufer) zonalari xaritalarini tayyorlash;

“Chotqol” davlat biosfera va “Oqtog‘-Tomdi” davlat qo‘riqxonalarining qo‘riqlanma (bufer) zonalarini belgilash yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga qaror loyihasini kiritish.

2023-yil dekabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Kadastr agentligi,

Toshkent viloyati hokimligi,

Navoiy viloyati hokimligi

44.

Mahsulot va xizmatlarni ixtiyoriy ekologik markirovkalash tizimini takomillashtirish. Bunda:

1) quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish:

xususiy sektor ishtirokini kengaytirish orqali ekologik markirovkalash tizimini shakllantirish;

ekologik markirovkaga ega mahsulotlar va xizmatlar turlarini kengaytirishga yo‘naltirilgan rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy etish;

mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqish va realizatsiya qilishda ularning ekologik ta’siri to‘g‘risida iste’molchilarning to‘g‘ri axborot olish huquqlarini ta’minlash;

2) hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil yanvar

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

45.

Farg‘ona va Namangan viloyatlarida bioxilma-xillikni saqlash, tabiiy majmualarni qayta tiklash hamda ekoturizmni rivojlantirish maqsadida muhofaza etiladigan tabiiy hudud tashkil etish.

Farg‘ona viloyatining Yozyovon tabiiy yodgorligi, So‘x, Sho‘rsuv, Qayroqqum va Kattaturk hamda Namangan viloyatining Mingbuloq va Pop adirliklari tabiiy hududlarida bioxilma-xillikni saqlash, tabiiy majmualarni qayta tiklash hamda ekoturizmni rivojlantirish maqsadida umumiy maydoni 100 ming gektar bo‘lgan milliy tabiat bog‘ini tashkil etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga qaror loyihasini kiritish.

2024-yil aprel

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Kadastr agentligi

46.

Respublika hududlarida maishiy chiqindi poligonlarini rekultivatsiya qilish va yangi poligonlar qurish loyihasini amalga oshirish. Bunda:

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati hududlarida maishiy chiqindi poligonlarini rekultivatsiya qilish va yangi poligonlar qurish” loyihasini amalga oshirish;

Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan “Qattiq maishiy chiqindilarni barqaror boshqarish” loyihasini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish;

2) hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil avgust

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar hokimliklari

47.

O‘zbekiston Respublikasida sanoat chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish strategiyasini tasdiqlash nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil dekabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

48.

Foydalanish xususiyatini yo‘qotgandan so‘ng atrof-muhitga zarar yetkazuvchi ayrim qadoqlash materiallari va tovarlarini ishlab chiqaruvchi (eksport qilinadigan tovarlar bundan mustasno) hamda O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qiluvchilarning “kengaytirilgan majburiyati” tizimini joriy etishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil avgust

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

49.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishga oid qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish va ixchamlashtirish. Bunda:

1) quyidagilarni nazarda tutuvchi Ekologiya kodeksi loyihasini ishlab chiqish:

atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida jamoatchilik nazoratining roli va ta’sirini tubdan oshirish;

bioxilma-xillikni asrash, tiklash va ko‘paytirishning aniq mexanizmlari va rag‘batlantirish tizimini joriy etish;

atrof-muhitni muhofaza qilishda davlat tashkilotlari hamda fuqarolarning huquq va majburiyatlari;

ekologik nazorat va monitoring turlarini amalga oshirish tartibi, shu jumladan, “yashil iqtisodiyotni” rag‘batlantirish choralari;

ekologik ekspertizani amalga oshirish tartibi;

2) hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil dekabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Adliya vazirligi,

Bosh prokuratura,

Ichki ishlar vazirligi