24.05.2023 yildagi PF-76-son
Hujjat 25.05.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 6-ilovaga muvofiq qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilsin.

T/r

Tashkilotning amaldagi to‘liq (rasmiy) nomi

Qayta tashkil etilayotgan va nomlanayotgan tashkilotning to‘liq (rasmiy) nomi

Qayta tashkil etilayotgan tashkilotning faoliyatiga oid qoidalar va izohlar

1.

Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi

Nomi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamg‘armasi etib o‘zgartirilmoqda.

Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘laridan samarali
va maqsadli foydalanilishini ta’minlash maqsadida boshqaruv apparatining amaldagi maqomi saqlab qolingan holda uning mablag‘larini shakllantirish manbalari, j�mg‘arma mablag‘laridan foydalanish yo‘nalishlari normativ-huquqiy hujjat bilan qayta ko‘rib chiqiladi.

2.

“Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi

Nomi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi etib o‘zgartirilmoqda.

3.

“Aloqaloyiha”davlat unitar korxonasi

Raqamlashtirish vazirligi muassisligidagi “Aloqaloyiha” mas’uliyati cheklangan jamiyati etib qaytatashkil etilmoqda.

Negizida Raqamlashtirish vazirligi muassisligidagi “Aloqaloyiha” mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkil etilib, ustav fondidagi 49 foiz davlat ulushi xususiylashtiriladi.

4.

“Xabar” gazetasi tahririyati” davlat unitar korxonasi

Raqamlashtirish vazirligi muassisligidagi “Xabar” gazetasi tahririyati” mas’uliyati cheklangan jamiyati etib qaytatashkil etilmoqda.

Negizida “Xabar” gazetasi tahririyati” mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkil etilib, ustav fondidagi 49 foiz davlat ulushi xususiylashtiriladi.

5.

“UNICON.UZ” fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi” davlat unitar korxonasi

Raqamlashtirish vazirligi muassisligidagi “UNICON.UZ” fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyati etib qaytatashkil etilmoqda.

Negizida Raqamlashtirish vazirligi muassisligidagi “UNICON.UZ” fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi”mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkil etiladi.

6.

“Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonasi

Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi muassisligidagi “Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyati etib qaytatashkil etilmoqda.

Negizida Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi muassisligidagi “Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkil etiladi.

7.

“Kosmik monitoring va geoaxborot texnologiyalari markazi” davlat unitar korxonasi.

Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi muassisligidagi “Kosmik monitoring va geoaxborot texnologiyalari markazi”mas’uliyati cheklangan jamiyati etib qaytatashkil etilmoqda.

Negizida “Kosmik monitoring va geoaxborot texnologiyalari markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkil etilib, ustav fondidagi 15 foiz davlat ulushi xususiylashtiriladi.

Raqamli texnologiyalar vazirligi

“Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi

“Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” davlat unitar korxonasi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamg‘armasi

Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi

“Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasasi

“O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” davlat unitar korxonasi

Toshkent shahridagi Inxa universiteti

Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi

Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti

Toshkent shahridagi Amiti universiteti

“Respublika maxsus aloqa bog‘lamasi” davlat unitar korxonasi

“Binolardan foydalanish va kapital qurilish direksiyasi” davlat muassasasi

“Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi” mas’uliyati cheklangan jamiyati

“UNICON.UZ” fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyati

“Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi

“Xabar” gazetasi tahririyati” mas’uliyati cheklangan jamiyati

Davlat feldyegerlik xizmati

“UZINFOCOM” davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator” mas’uliyati cheklangan jamiyati

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKT yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab

Hududiy bo‘linmalar

“Aloqaloyiha” mas’uliyati cheklangan jamiyati

Aksiyadorlik tijorat “Aloqabank”*

“Universal Mobile Systems” mas’uliyati cheklangan jamiyati

“O‘zimpeksaloqa” mas’uliyati cheklangan jamiyati

“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi*

“ALSKOM” sug‘urta kompaniyasi aksiyadorlik jamiyati

“O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati*

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish muddati

Mas’ul ijrochilar

Moliyalashtirish manbasi

Bajarilgan ishlarning pirovard natijasi

I. Sifatli telekommunikatsiya xizmatini taqdim etish

1.

Mobil internet foydalanuvchilari sonini oshirish. Bunda:

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

mobil aloqa operatorlari

Ijrochilar mablag‘lari

Mobil internet foydalanuvchilari soni 31 million 500 ming nafarga yetkaziladi. Shuningdek, mobil aloqa qamrovi hamda sifati oshirilishi hisobiga aholining mobil internet va ilovalar orqali interaktiv davlat xizmatlari va boshqa onlayn xizmatlardan foydalanish imkoniyati kengaytiriladi.

1) mobil internet bilan qamrab olinmagan aholi maskanlari ro‘yxatini yangi tashkil etilayotgan aholi maskanlarini inobatga olgan xolda qayta ko‘rib chiqish;

2023-yil sentyabr

2) xizmat ko‘rsatuvchi mobil aloqa operatorlari bilan internet qamrovini kengaytirish rejasini tasdiqlash;

2023-yil oktyabr

3) mobil internet qamrovini kengaytirish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;

4) mobil aloqa operatorlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar to‘g‘risida ma’lumotlarni keng jamoatchilikka yetkazib borish.

2023-yil davomida

2.

Keng polosali simli internetga ulanish imkoniyati yaratilgan xonadonlar qamrovini oshirish. Bunda:

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

operatorlar va provayderlar

Ijrochilar mablag‘lari

Keng polosali simli internetga ulanish imkoniyati yaratilgan xonadonlar qamrovi 75 foizga yetkaziladi. Bunda, xonadonlar, tadbirkorlik subyektlari va yuridik shaxslarning Internet orqali interaktiv davlat xizmatlari va boshqa onlayn xizmatlardan foydalanishlari, biznes jarayonlarni va ma’lumotlar almashishni avtomatlashtirish uchun sharoit yaratiladi.

1) simli internet bilan qamrab olinmagan aholi maskanlari ro‘yxatini yangi tashkil etilayotgan aholi maskanlarini inobatga olgan holda qayta ko‘rib chiqish;

2023-yil sentyabr

2) xizmat ko‘rsatuvchi operator va provayderlar bilan simli internet qamrovini kengaytirish rejasini tasdiqlash;

2023-yil oktyabr

3) simli internet qamrovini kengaytirish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;

2023-yil davomida

4) operator va provayderlar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar to‘g‘risida ma’lumotlarni keng jamoatchilikka yetkazib borish.

3.

Internet tarmog‘iga keng polosali ulanishni tashkil etish maqsadida keng polosali portlarning umumiy sonini oshirish. Bunda:

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

operatorlar va provayderlar

Ijrochilar mablag‘lari

Internet tarmog‘iga keng polosali ulanishni tashkil etish maqsadida keng polosali portlar umumiy soni 5 million 300 mingtaga yetkaziladi.

1) xizmat ko‘rsatuvchi operator va provayderlar bilan keng polosali ulanishni tashkil etish maqsadida portlarni o‘rnatish rejasini tasdiqlash;

2023-yil sentyabr

2) keng polosali ulanishni tashkil etish maqsadida o‘rnatiladigan umumiy sig‘imi 700 ming portli qurilma va uskunalarni montaj qilish.

2023-yil davomida

4.

Telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish maqsadida quyidagilarni nazarda tutgan holda optik tolali aloqa liniyalarini tashkil etish:

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

operatorlar va provayderlar

Ijrochilar mablag‘lari

Telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish maqsadida optik tolali aloqa liniyalarining umumiy uzunligi 220 ming kilometrga yetkazilishi orqali telekommunikatsiya tarmoqlari qamrovioshiriladi.

1) aholiga keng polosali tarmoq xizmatlarini ko‘rsatish uchun operator va provayderlar tomonidan qo‘shimcha optik tolali aloqa liniyalarini qurish rejasini tasdiqlash;

2023-yil sentyabr

2) aholi maskanlarida optik tolali aloqa liniyalari qamrovini kengaytirish maqsadida operator va provayderlar tomonidan qo‘shimcha 50 ming kilometr optik tolali aloqa liniyalarini qurish;

2023-yil davomida

3) zamonaviy yuqori tezlikda ishlovchi qurilmalarni o‘rnatib, ishga tushirgan holda aloqa qamrovini 88 foizga yetkazish.

2023-yil dekabr

5.

Xalqaro paketli kommutatsiya markazining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish. Bunda:

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

“O‘zbektelekom” AK

Ijrochilar mablag‘lari

Xalqaro paketli kommutatsiya markazining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini 3,6 Tbit/sekundga yetkazish orqali operator va provayderlarning xalqaro kanallari kengaytiriladi.

1) Xalqaro paketli kommutatsiya markazining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini kengaytirish yuzasidan amalga oshirilayotgan loyiha doirasida qurilmalarni joylarga yetkazib berish, o‘rnatish ishlari bo‘yicha tarmoq grafigini tasdiqlash;

2023-yil oktyabr

2) Xalqaro paketli kommutatsiya markazining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish.

2023-yil dekabr

6.

Mobil aloqa tayanch stansiyalarining sonini oshirish. Bunda:

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

mobil aloqa operatorlari

�jrochilar mablag‘lari

Mobil aloqa tayanch stansiyalarining jami sonini 57 mingtaga yetkazish orqali mobil aloqa xizmatlarining qamrovi hamda sifatini yanada yaxshilashga imkoniyat yaratiladi.

1) xizmat ko‘rsatuvchi mobil aloqa operatorlari bilan keng polosali mobil aloqa qamrovini oshirish maqsadida mobil aloqa tayanch stansiyalarini o‘rnatish rejasini tasdiqlash;

2023-yil oktyabr

2) keng polosali mobil aloqa qamrovini oshirish maqsadida o‘rnatiladigan 3 mingta tayanch stansiyalari va uskunalarini montaj qilish.

2023-yil davomida

7.

Xalqaro ahamiyatga ega magistral avtomobil yo‘llari bo‘ylab yuqori tezlikdagi mobil internet qamrovini ta’minlash. Bunda:

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

mobil aloqa operatorlari va internet provayderlari

Ijrochilar mablag‘lari

Xalqaro ahamiyatga ega magistral avtomobil yo‘llari bo‘ylab yuqori tezlikdagi mobil internet qamrovi darajasi 80 foizga yetkaziladi.

Uzunligi 5 108 kilometr bo‘lgan xalqaro va davlat ahamiyatiga molik avtomobil yo‘llari hamda Toshkent-Samarqand-Buxoro yo‘nalishidagi uzunligi 605 kilometr bo‘lgan temir yo‘llar yuqori tezlikdagi mobil internet bilan to‘liq qamrab olinadi.

1) xizmat ko‘rsatuvchi mobil aloqa operatorlari tomonidan xalqaro ahamiyatga ega magistral avtomobil yo‘llari bo‘ylab yuqori tezlikdagi mobil internet qamrovi darajasini oshirish maqsadida mobil aloqa tayanch stansiyalarini o‘rnatish rejasini tasdiqlash;

2023-yil oktyabr

2) xalqaro ahamiyatga ega magistral avtomobil yo‘llari bo‘ylab keng polosali mobil aloqa qamrovini oshirish maqsadida o‘rnatiladigan qo‘shimcha tayanch stansiyalari va uskunalarini montaj qilish.

2023-yil davomida

8.

Aholi yashash maskanlarida zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlari qamrovini oshirish. Bunda:

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Adliya vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklari,

mobil aloqa operatorlari va internet provayderlari

Ijrochilar mablag‘lari

146 ta aholi maskanlarida telekommunikatsiya xizmatlari qamrovini oshirish choralari ko‘riladi.

1) keng polosali internet qamrovi qoniqarli bo‘lmagan 146 ta aholi maskanlarini o‘rganish bo‘yicha hududlar kesimida tarmoq grafigini tasdiqlash;

2) tasdiqlangan tarmoq grafigiga asosan aholi maskanlarini telekommunikatsiya xizmati bilan ta’minlash.

2023-yil davomida

9.

Respublika hududlarida (Toshkent, Buxoro va Farg‘ona viloyatlarida) ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazlarini tashkil etish.

2024-2025-yillar

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

“O‘zbektelekom” AK

Ijrochilar mablag‘lari

Ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash infratuzilmasi rivojlantiriladi.

II. “Raqamli fuqaro” tamoyili asosida aholiga sifatli raqamli davlat xizmatlarini taqdim etish

10.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — Yagona portal) hamda uning mobil ilovasining foydalanuvchilar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish, qayta aloqa qilish, shuningdek, imkoniyati cheklangan insonlar uchun xizmatlardan foydalanish jarayonlarini yengillashtirish va boshqa qo‘shimcha imkoniyatlarni nazarda tutuvchi yangi talqinini ishlab chiqish. Bunda:

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

“Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi

Ijrochilar mablag‘lari

Yagona portal hamda uning mobil ilovasining yangi talqini ishga tushiriladi va joriy etilgan xizmatlardan imkoniyati cheklangan insonlar va aholining boshqa qatlamlari uchun foydalanishda sodda va tushunarli ko‘rinishda taqdim etish yo‘lga qo‘yiladi.

1) Yagona portalning yangi talqinini sinov tarzida ishga tushirish, uni vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilish reja-jadvalini tasdiqlash;

2023-yil dekabr

2) Yagona portal va uning mobil ilovasining yangi talqinini ishga tushirish.

2024-yil may

11.

Raqamli xizmatlarni aholiga qulay holda foydalanish uchun maqbullashtirish. Bunda:

Ijrochilar mablag‘lari

Raqamli xizmatlar aholiga qulay holda foydalanish uchun maqbullashtirilib, xizmat ko‘rsatuvchi vazirlik va idoralar tomonidan “3 qadam” tamoyili asosida xizmat ko‘rsatishga o‘tiladi.

1) yagona portalda joriy etilgan raqamli xizmatlarni xatlovdan o‘tkazish va foydalanish bosqichlari 3 ta qadamdan ortiq bo‘lgan xizmatlar bo‘yicha (“Digital by default” tamoyili asosida) ma’muriy jarayonlarni maqbullashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va Raqamli texnologiyalar vazirligiga kiritish;

har yili 20-dekabrga qadar

Davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi vazirlik va idoralar

2) takliflar asosida ma’muriy jarayonlari maqbullashtiriladigan xizmatlar bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

har yili 10-fevralga qada

Adliya vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

12.

Aholining ayrim hujjatlari amal qilish muddati tugayotgani, qarzdorlik va jarimalar mavjudligi hamda amalga oshirish zarur bo‘lgan eslatmalar haqida xabardor qilishni yo‘lga qo‘yish. Bunda:

O‘ziga tegishli qismida barchasi asosiy ijrochi

“O‘zsuvta’minot” AJ

Ichki ishlar vazirligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Adliya vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

-

Aholining ayrim hujjatlari amal qilish muddati tugatayotgani, qarzdorlik va jarimalar mavjudligi va boshqa eslatmalar haqida xabardor qilish mexanizmi joriy etiladi.

1) “Raqamli hukumat” xizmatlari haqida axborot berish va xabardor qilish tizimiga integratsiya qilish bo‘yicha texnologik yo‘riqnomani ishlab chiqish va tasdiqlash;

2023-yil avgust

2) belgilangan tartibda tasdiqlangan texnologik yo‘riqnoma asosida axborot tizimlarini integratsiya qilish.

Reja-jadval asosida

13.

Ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan aholi va tadbirkorlarga ko‘rsatilayotgan raqamli xizmatlar bo‘yicha 26 ta axborot tizimlarini Yagona portalga birlashtirgan holda Yagona portalni barcha raqamli xizmatlar va servislarni ko‘rsatish va ularning natijasini olishning yagona nuqtasi e�ib belgilash. Bunda:

O‘ziga tegishli qismida barchasi asosiy ijrochi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Mudofaa vazirligi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Transport vazirligi,

Madaniyat va turizm vazirligi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,

Tabiat resurslari vazirligi,

“O‘zdonmahsulot” AJ,

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi,

O‘rmon xo‘jaligi agentligi,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi,

“O‘zarxiv” agentligi,

Kinematografiya agentligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi,

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ

Ijrochilar mablag‘lari

Vazirliklar tomonidan aholi va tadbirkorlarga ko‘rsatilayotgan Raqamli xizmatlar bo‘yicha 26 ta axborot tizimi (my.soliq.uz, singlewindows.uz, magistr.edu.uz va boshqalar)ni Yagona davlat xizmatlari portaliga birlashtiriladi.

Bunda, Yagona portal barcha raqamli xizmatlar va servislarni ko‘rsatish va ularning natijasini olish uchun yagona foydalanish nuqtasi etib belgilanadi.

1) aholi va tadbirkorlik subyektlariga raqamli xizmatlar ko‘rsatilayotgan nuqtalarda (veb-sayt, portal, platforma va boshqalar) mavjud xizmatlarni tahlil qilish va ularning ro‘yxatini Raqamli texnologiyalar vazirligiga kiritish;

2023-yil avgust

2) raqamli xizmatlarni qo‘shimcha tarzda Yagona portalda joriy etish hamda zaruratga ko‘ra mavjud normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan loyihalarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritish.

2023-yil dekabr

14.

Yagona portalda xizmatlardan foydalanish jarayonini onlayn tarzda monitoring qilish. Bunda:

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

davlat xizmatlarni ko‘rsatuvchi vazirlik va idoralar

Ijrochilar mablag‘lari

Yagona portalda xizmatlardan foydalanish jarayonidagi kamchiliklar va muammolar yuzasidan foydalanuvchilardan shikoyatlarni onlayn tarzda qabul qilish hamda faol foydalanuvchilarni rag‘batlantirish yo‘lga qo‘yiladi.

1) Yagona portalda joriy etilgan xizmatlardan foydalanish jarayoning barcha bosqichlarida kelib chiqadigan kamchiliklar va muammolar bo‘yicha foydalanuvchilardan shikoyatlarni qab�l qilish yuzasidan portalni takomillashtirish;

2024-yil fevral

2) Yagona portalda xizmatlar ko‘rsatishdagi kamchiliklarni aniqlash va portalni takomillashtirish maqsadida foydalanuvchilar bilan real vaqt rejimida qayta aloqani yo‘lga qo‘yish;

3) faol foydalanuvchilarni rag‘batlantirishni yo‘lga qo‘yish.

2024-2025-yillar

15.

Fuqarolar raqamli xizmatlardan mustaqil ravishda foydalanishlari uchun imkoniyat yaratish maqsadida davlat xizmatlari markazlarida birinchi bosqichda 14 ta raqamli xizmatlar nuqtalari tashkil etish. Bunda:

Bunda:

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Adliya vazirligi

Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamg‘armasi

Joylarda fuqarolar raqamli davlat xizmatlaridan mustaqil ravishda foydalanadigan 14 ta raqamli xizmatlar nuqtalari tashkil etiladi.

1) davlat xizmatlari markazlarida raqamli xizmatlar nuqtalari uchun joylarni aniqlab zarur infratuzilma bilan ta’minlash;

2023-yil dekabr

2) raqamli xizmatlar nuqtalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish;

3) “Raqamli hukumat” tizimifoydalanuvchilari uchun tunu-kun ishlaydigan Call-markaz xizmatini ishga tushirish.

2024-yil may

16.

Vazirlik va idoralar tomonidan bir birini takrorlovchi funksiyalarga ega billing tizimlari ishlab chiqilishini oldini olish hamda ushbu maqsadlarga yo‘naltirilayotgan mablag‘larni maqbullashtirish maqsadida barcha xizmatlarni majburiy ravishda “Raqamli hukumat”ning yagona billing tizimiga ulash.

O‘ziga tegishli qismida barchasi asosiy ijrochi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi

-

Davlat organlari va idoralarida davlat boji, yig‘imlar, jarima va boshqa to‘lovlarni amalga oshirishni raqamli ko‘rinishga o‘tkazish orqali aholi va tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lovlarni raqamli ko‘rinishda amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.

Bunda, “Raqamli hukumat”ning yagona billing tizimiga integratsiya qilish bo‘yicha texnologik yo‘riqnomani belgilangan tartibda ishlab chiqish va axborot tizimlarini integratsiya qilish.

2023-yil oktyabr

17.

Ko‘chmas mulkdan tekin foydalanish shartnomasi, er-xotinning umumiy mol-mulki to‘g‘risidagi guvohnoma, sudda qatnashish uchun ishonchnoma, avtotransport oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirish uchun ariza berish kabi 8 turdagi notarial harakatlarni onlayn shaklga o‘tkazish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2023-yil sentyabr

Adliya vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Onlayn shaklga o‘tkaziladigan 8 turdagi notarial harakatlarni aniqlanadi va rejalar belgilab olinadi.

III. Raqamli hukumat tizimini rivojlantirish

18.

Raqamli hukumat” tizimining raqamli ma’lumotlar platformasi orqali ma’lumotlar almashuvini yagona nuqtada tizimlashtirish. Bunda:

Vazirlik va idoralar tegishliligi bo‘yicha

-

Raqamli hukumat” tizimining raqamli ma’lumotlar platformasi orqali davlat organlari va tashkilotlari hamda xususiy sektor o‘rtasida ma’lumotlar almashinuvini yagona nu�tada tizimlashtiriladi.

1) davlat axborot tizim va resurslari ma’lumotlarini davlat organi va tashkiloti bo‘lmagan uchinchi shaxslarning axborot tizimlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri integratsiya qilinishi holati bo‘yicha xatlov o‘tkazish va ma’lumotlarni Raqamli texnologiyalar vazirligiga kiritish;

2023-yil dekabr

2) davlat organi va tashkiloti bo‘lmagan uchinchi shaxslarning axborot tizimlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqdim etilayotgan ma’lumotlarni “Raqamli hukumat” tizimining raqamli ma’lumotlar platformasi “digitaldata.uz”ga taqdim etish bo‘yicha texnologik yo‘riqnoma ishlab chiqish va tasdiqlash;

2024-yil yanvar

3) texnologik yo‘riqnoma asosida raqamli ma’lumotlar platformasi “digitaldata.uz”ga ma’lumotlarni taqdim etishni yo‘lga qo‘yish hamda davlat axborot tizimlari va resurslari ma’lumotlarining davlat organi va tashkiloti bo‘lmagan uchinchi shaxslarning axborot tizimlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri integratsiya qilinishini bosqichma-bosqich to‘xtatish.

2023-2024-yillar

19.

“Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasiga taqdim etilayotgan jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli ma’lumotlarga o‘zgartirishlar (F.I.Sh., pasport ma’lumotlari, hisob varaqlari, kadastr raqami, egalik huquqi, taqiq va boshqalar) kiritilganda inson omilisiz real vaqt rejimida yangilanishini yo‘lga qo‘yish. Bunda:

Barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan Markaziy bank, sud va prokuratura organlari hamda ularning tarkibiy bo‘linmalari, shuningdek, ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari hamda davlat unitar korxonalari (keyingi o‘rinlarda — davlat organlari va tashkilotlari)

-

“Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasiga taqdim etilayotgan ma’lumotlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritilganda inson omilisiz real vaqt rejimida yangilash imkoni yaratiladi.

1) idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanish bo‘yicha texnologik yo‘riqnomalarga qo‘shimchalar kiritish va belgilangan tartibda tasdiqlash;

2023-yil avgust — oktyabr

2) idoralararo integratsiyalashuv platformasiga taqdim etilayotgan ma’lumotlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritilgan holda avtomat tarzdama’lumot (PUSN-servis) yuborilishini yo‘lga qo‘yish.

2023-yil dekabrdan boshlab doimiy

20.

Yagona portal orqali foydalanilgan xizmatlar natijasida taqdim etilgan hujjat va ma’lumotlarni hamda axborot tizimlarini o‘zaro integratsiya qilish orqali olinayotgan hujjatlarni (tegishli normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan) fuqarolar va tadbirkorlik subyektlaridan talab qilish amaliyotini bekor qilish. Bunda:

Davlat organlari va tashkilotlari

-

Yagona portal orqali raqamli xizmatlarning natijasi hisoblanadigan hujjatlarni (ma’lumot, ma’lumotnoma va boshqalar) hamda axborot tizimlarini o‘zaro integratsiya qilish orqali raqamli tarzda olinayotgan hujjatlarni fuqarolar va tadbirkorlik subyektlaridan talab qilish amaliyoti bekor qilinadi va aholining ortiqcha ovoragarchiligiga yo‘l qo‘yilmaydi.

1) fuqaro va tadbirkorlik subyektlaridan talab etiladigan hujjatlarni xatlovdan o‘tkazish va talab etish zarurati bo‘lmagan hujjatlar ro‘yxatini belgilash;

2023-yil sentyabr

2) talab etish zarurati bo‘lmagan hujjatlarni talab etish amaliyotini bekor qilish.

2023-yil noyabr

21.

Raqamli ma’lumotlar bazalarini o‘z vaqtida va sifatli shakllantirish, ma’lumotlarni raqamlashtirish, ma’lumotlar hamda raqamli ko‘rinishdagi hujjatlarni muddatida berish yuzasidan shaxsiy javobgarlikni belgilash. Bunda:

Davlat organlari va tashkilotlari

Ijrochilar mablag‘lari

Vazirlik va idoralar rahbarlari zimmasiga ma’lumot bazalarini o‘z vaqtida va sifatli shakllantirish, ma’lumotlarni raqamlashtirish, ma’lumotlar hamda raqamli ko‘rinishdagi hujjatlarni muddatida ta’minlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklanadi.

1) aholi, tadbirkorlik subyektlari va davlat organlari uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni doimiy ravishda raqamlashtirish ishlarini olib borish;

Doimiy ravishda

2) raqamli ma’lumotlar bazalarini va ularning zaxira nusxalarini shakllan�irish;

2023-yil avgustdan doimiy

3) raqamli ma’lumotlar bazalaridagi ma’lumotlarni Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga doimiy asosda taqdim etish;

Doimiy ravishda

4) axborot tizimlarida profilaktik tadbirlar haqida kamida 3 kun oldin Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazini ogohlantirishni tizimini yo‘lga qo‘yish.

2023-yil oktyabrdan doimiy

22.

Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari markaziy apparatlari, hududiy bo‘linmalari, tizim tashkilotlari va ularning hududiy bo‘linmalarida hujjatlar almashinuvini “qog‘ozsiz ish yuritish” tamoyili asosida amalga oshirish. Bunda:

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

davlat organlari va tashkilotlari

-

Barcha davlat organlari va tashkilotlari o‘rtasida hujjatlar almashinuvi hamda o‘zaro yozishmalar ichki raqamli hujjat almashinuv tizimlarini “Raqamli hukumat” tizimi bilan integratsiya qilgan holda “qog‘ozsiz ish yuritish” tamoyili asosida amalga oshiriladi.

1) “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimining takomillashtirilgan talqini “edo.ijro.uz” elektron hujjat aylanish moduliga ulash;

2023-yil sentyabrdan boshlab

2) “edo.ijro.uz” elektron hujjat aylanish moduli orqali qabul qilingan barcha turdagi buyruq, qaror va farmoyishlarni “E-qaror” elektron tizimi orqali e’lon qilib borish amaliyotini yo‘lga qo‘yish. Bunda, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining barcha turdagi ichki hujjatlari (xatlar, murojaatlar, bayonlar, buyruqlar, qaror va farmoyishlar) “edo.ijro.uz” elektron hujjat aylanish moduli orqali ishlab chiqiladi va imzola�adi;

2023-yil sentyabrdan boshlab doimiy

Raqamli texnologiyalar vazirligi, Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari

3) raqamli ish joyi — “Digital office” tizimi va davlat xizmatchilarining o‘zaro yozishmalari uchun mo‘ljallangan himoyalangan milliy messenjerni joriy etish. Bunda, “Digital office” tizimi doirasida respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining barcha xodimlari uchun profil yaratish;

2023-2024 yillar davomida

4) xodimlar haqida ma’lumotlar, lavozimlar va bog‘lanish ma’lumotlari aktualligini ta’minlash maqsadida “Digital office” tizimini “hrm.argos.uz” axborot tizimi bilan integratsiya qilish;

2023-yil dekabr

5) “Ijro.gov.uz” tizimida davlat organlari va tashkilotlari majlis va yig‘ilishlarini o‘tkazish modulini ishga tushirish;

2023-yil dekabr

6) “edo.ijro.uz” va “hrm.argos.uz” tizimlarini o‘zaro integratsiya qilish va tasdiqlangan hujjatlarni tizimlarda aks ettirish;

2023-yil dekabr

7) elektron hujjat aylanish tizimlarini respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarida yuritishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil aprel

Raqamli texnologiyalar vazirligi

23.

Ijro.gov.uz” ijro intizomi tizimini yanada takomillashtirish. Bunda:

1) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi uchun monitoring, Vazirlar Mahkamasi va Adliya vazirligi uchun kelishish, monitoring va nazorat, Hisob palatasi uchun monitoring va nazorat, markaziy muassasalar, vazirlik va idoralar uchun topshiriqlarni ijro etish va boshqa qo‘shimcha modullarni yaratish;

2) tizimning himoyalangan messenjer (messenger.ijro.uz) modulini ishlab chiqish va ishga tushirish;

3) tizimning mobil ilovasini yaratish va ishga tushirish.

2023-yil davomida

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Ijro.gov.uz” tizimining mobil ilovasi, messenjeri va yangi modullarini yaratish orqali tizimdan foydalanish imkoniyatlari kengaytiriladi hamda qo‘shimcha funksiyalarni amalga oshirish imkoniyatlari yaratiladi.

Shuningdek, har bir vazifa va topshiriqlarning o‘z vaqtida sifatli bajarilishi ustidan samarali nazorat va monitoring qilish, ijro hujjatlarini kelishish yo‘lga qo‘yiladi.

24.

Ishonchli uchinchi taraf” tamoyili asosida O‘zbekiston Respublikasi hududida berilgan raqamli imzo bilan tasdiqlangan raqamli hujjatlarning haqiqiyligini tasdiqlash imkonini beruvchi “Yagona raqamli hujjatlar” ma’lumotlar bazasini yuritish. Bunda:

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

-

Ishonchli uchinchi taraf” tamoyili asosida O‘zbekiston Respublikasi hududida berilgan raqamli imzo bilan tasdiqlangan raqamli hujjatlarning haqiqiyligini tasdiqlash imkonini beruvchi “Yagona raqamli hujjatlar” ma’lumotlar bazasi yaratiladi va uni yuritish tartibi belgilanadi.

Bunda, “Raqamli hukumat” tizimining ma’lumotlarni qayta ishlash markazida saqlanayotgan hujjatlar, jumladan arxiv hujjatlarini “Ishonchli uchinchi tomon” tamoyili asosida tasdiqlash vazifasi Raqamli texnologiyalar vazirligi zimmasiga yuklanadi.

1) normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish;

2024-yil mart

2) “Yagona raqamli hujjatlar” ma’lumotlar bazasini joriy etish.

2024-yil iyul

25.

O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi Qonunini so‘nggi yillarda amalga oshirilgan o‘zgarishlarni inobatga olgan holda takomillashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2023-yil dekabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

-

Quyidagilarni nazarda tutgan holda takliflar ishlab chiqiladi:

xizmat va servislarni to‘liq raqamli va proaktiv shaklda ko‘rsatish;

“Raqamli hukumat” tizimining yangi arxitekturasi va infratuzilmasini belgilash va samarali boshqarish;

“Raqamlihukumat” loyihalarini barqaror moliyalashtirish manbalarini belgilash;

idoralararo, aholi va tijorat tashkilotlari o‘rtasidagi axborot almashinuvi va hamkorlik tartibini belgilash;

raqamli xizmatlar ko‘rsatish va ularning natijasini olishning yagona nuqtasini belgilash.

26.

Quyidagilarni nazarda tutgan holda, barcha davlat organlari va tashkilotlari axbo�ot tizimlarining “Raqamli hukumat” tizimiga integratsiya qilinishiga faqatgina “Raqamli hukumat” tizimining yagona identifikatorlari hamda ma’lumotnomalar va tasniflagichlar registri axborot tizimida joylashtirilgan yagona umumdavlat ma’lumotnomalar va tasniflagichlardan foydalanilganidagina yo‘l qo‘yish:

O‘ziga tegishli qismida barchasi asosiy ijrochi

Statistika agentligi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

Markaziy bank,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Energetika vazirligi,

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi,

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Tashqi ishlar va�irligi,

Adliya vazirligi,

Transport vazirligi,

Madaniyat va turizm vazirligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,

Tabiat resurslari vazirligi,

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

-

Barcha davlat organlari va tashkilotlari axborot tizimlarining “Raqamli hukumat” tizimiga integratsiya qilinishiga faqatgina “Raqamli hukumat” tizimining yagona identifikatorlari hamda ma’lumotnomalar va tasniflagichlar registri axborot tizimida joylashtirilgan yagona umumdavlat ma’lumotnomalar va tasniflagichlardan foydalanilganidagina yo‘l qo‘yiladi.

Bunda, boshqa turdagi ma’lumotnomalar va tasniflagichlar qo‘llanilgan taqdirda, davlat organlari ularni “Raqamli hukumat” tizimining ma’lumotnomalar va tasniflagichlar registri axborot tizimida joylashtiradi va muntazam ravishda yangilab boradi.

1) vazirlik va idoralar tomonidan o‘zlarining faoliyatiga doir barcha turdagi ma’lumotnomalar va tasniflagichlarni xatlovdan o‘tkazish, ularni joylashtirish va yuritishga mas’ul bo‘lgan xodimlarni belgilagan holda Raqamli texnologiyalar vazirligiga ki�itish;

2023-yil dekabr

2) xatlov natijalariga ko‘ra aniqlangan hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan kelishilgan tegishli ma’lumotnomalar va tasniflagichlarni “Raqamli hukumat”ning ma’lumotnomalar va klassifikatorlar registriga joylashtirish va veb-xizmat orqali muntazam ravishda yangilab borish.

2024-yil martdan boshlab doimiy

27.

Har yili kelgusi yil uchun raqamlashtirish dasturlarini ishlab chiqish. Bunda:

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

-

Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan har yili kelgusi yil uchun raqamlashtirish dasturlari shu yil uchun dolzarb masalalar bilan qamrab olinadi va idoralar o‘rtasidagi raqamli tafovut kamaytirilishiga erishiladi.

1) raqamli texnologiyalarni rivojlantirish, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini quyidagi yo‘nalishlarda joriy etish dasturlarini, aniq hisob-kitoblar asosida ularga sarflanadigan xarajatlarni asoslovchi hujjatlarni (texnik va moliyaviy hujjatlar) ishlab chiqish va kelishish uchun Raqamli texnologiyalar vazirligiga kiritish:

axborot tizimlari va resurslarini ishlab chiqish va joriy etish;

raqamli xizmatlarni joriy etish;

raqamli infratuzilmani rivojlantirish va axborot xavfsizligini ta’minlash;

raqamli texnologiyalar yo‘nalishida xodimlarning bilim va ko‘nikmasini oshirish;

Har yili aprel

2) Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda raqamlashtirish dasturini tasdiqlash;

Har yili iyun

3) raqamlashtirish dasturiga kiritilgan tadbirlarni kelgusi yil uchun shakllantiriladigan Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutish uchun kelgusi yil uchun budjet buyurtmasini asoslangan hisob-kitoblar bilan taqdim etish.

Har yili iyul-avgust oylarida

28.

Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organi tomonidan kadastr pasportini rasmiylashtirish bilan bog‘liq to‘lovlarni ikki yil davomida teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lash tizimini yo‘lga qo‘yish. Bunda:

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,

Kadastr agentligi,

Adliya vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

-

Ko‘p kvartirali uy joylashgan va unga tutash yer uchastkasi hamda ko‘p kvartirali uylardagi umumiy mol-mulkka bo‘lgan huquqlarni joylar mulkdorlarining nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan to‘lovlarni (shu jumladan, kadastr pasportini rasmiylashtirish uchun to‘lovlarni) joylar mulkdorlari yoki tegishli ko‘p kvartirali uyning boshqarish organi tomonidan ikki yil davomida teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

1) to‘lovlarni (shu jumladan, kadastr pasportini rasmiylashtirish uchun to‘lovlarni) joylar mulkdorlari yoki tegishli ko‘p kvartirali uyni boshqarish organi tomonidan ikki yil davomida teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lashni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish;

2023-yil avgust

2) raqamli ma’lumot almashinuvini ta’minlash maqsadida tegishli axborot tizimlarini “Raqamli hukumat”ning idoralararo integratsiyalashuv platformasiga integratsiya qilish bo‘yicha texnik hujjatlarni ishlab chiqish;

2023-yil iyul

3) texnik hujjatlarga asosan tizimlarni o‘zaro integratsiya qilish;

2023-yil avgust

4) to‘lovlarni raqamli shaklda ikki yil davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini yaratish.

2023-yil dekabr

29.

Barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan Markaziy bank, sud va prokuratura organlari hamda ularning tarkibiy bo‘linmalari (keyingi o‘rinlarda — davlat organlari)da raqamli texnologiyalarni joriy etishga doir loyihalarni amalga oshirish hisobiga iqtisod qilingan mablag‘larning 50 foizini kelgusida mazkur ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatida raqamli texnologiyalarni rivojlantirishga yo‘naltirish. Bunda:

Davlat organlari,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

-

Raqamlashtirish hisobiga iqtisod qilingan mablag‘larning 50 foizini IT-sohasini rivojlantirish uchun davlat organlariga kelgusi moliya yili mobaynida qaytarib berish yo‘lga qo‘yiladi.

1) davlat organlarida raqamlashtirish hisobiga iqtisod qilingan mablag‘larni hisob-kitob qilish;

Har yili iyun oyida

2) ushbu iqtisod qilingan mablag‘larning 50 foizini IT-sohasini rivojlantirishga yo‘naltirish uchun davlat organlariga kelgusi moliya yilida qaytarib berishni Davlat budjeti parametrlarida inobatga olish;

Har yili avgust oyida

3) davlat organlari tomonidan Davlat budjetidan qaytarib berilgan mablag‘larning IT-sohasini rivojlantirishga maqsadli yo‘naltirilishini ta’minlash.

Yil davomida

30.

Byurokratik to‘siqlarga chek qo‘yish hamda inson omilini qisqartirish maqsadida vazirlik va idoralarning kadrlar bilan ishlash yo‘nalishidagi faoliyatini yagona avtomatlashtirilgan tizim “hrm.argos.uz” platformasi orqali yuritish. Bunda platforma orqali quyidagilar amalga oshiriladi:

tarkibiy tuzilma, shtatlar, lavozimlar va xodimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yagona elektron bazaga jamlagan holda axborotni to‘plash va unga ishlov berish;

“hrm.argos.uz” va “edo.ijro.uz” axborot tizimlarining o‘zaro integratsiyasini ta’minlagan holda kadrlarga oid ish yurituv hujjatlarini elektron shaklda yuritish;

xodimlarning ish faoliyati samaradorligini avtomatik baholash;

kadrlar bo‘yicha ma’lumotlarning elektron arxivini yuritish.

2023-yil avgust

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi,

“Uzinfocom” davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator” MChJ

-

Vazirlik va idoralarning kadrlar bilan ishlash faoliyati to‘liq raqamlashtiriladi.

31.

Tizimlarni o‘zaro integratsiya qilgan holda “hrm.argos.uz” tizimi orqali “UzASBO” dasturiy majmuasi, “E-qaror” tizimi va “E-huquqshunos” tizimlariga ma’lumot kiritish imkoniyatini yaratish. Bunda:

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Adliya vazirligi,

“Uzinfocom” davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator” MChJ

-

hrm.argos.uz” tizimi orqali zarur ma’lumotlarni raqamli tarzda olish imkoni yaratiladi.

1) texnologik yo‘riqnoma loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash;

2023-yil iyul

2) tizimlarining o‘zaro integratsiyasini amalga oshirish.

2023-yil oktyabr

32.

Amaliyotdagi ijobiy tajribalarni inobatga olgan holda lavozimlar va xodimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash va ularga ishlov berish, kadrlarga oid ish yurituv hujjatlarini, shu jumladan “edo.ijro.uz” axborot tizimi bilan elektron hamkorlik orqali zarur ma’lumotlarni olgan holda “hrm.argos.uz” tizimida yuritish tartibi loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil iyul

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

-

Inson resurslarini boshqarishga qaratilgan elektron dastur — “hrm.argos.uz” platformasi amaliyotdan kelib chiqqan holda yanada takomillashtiriladi.

33.

Magistral gaz quvurlarini raqamlashtirish bo‘yicha takliflar kiritish. Bunda:

1) magistral gaz quvurlarining raqamlashtirilganlik darajasini o‘rganish;

2) gaz quvurlaridagi yo‘qotishlarni kamaytirish bo‘yicha raqamlashtirish jarayonini takomillashtirish yuzasidan aniq takliflar shakllantirish va “yo‘l xaritasi” shaklida Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil avgust

“O‘ztransgaz” AJ

-

Magistral gaz quvurlarini raqamlashtirish bo‘yicha takliflar kiritiladi.

34.

Sog‘liqni saqlash tizimidagi axborot tizimlarini o‘zaro integratsiya qilishga sharoit yaratish uchun xalqaro tajriba asosida zarur bo‘lgan standartlar, klassifikator va ma’lumotnomalar hamda nomenklaturalarni ishlab chiqish va tasdiqlash. Bunda:

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash tizimidagi axborot tizimlarida qo‘llaniladigan yagona standartlar, klassifikator va ma’lumotnomalar hamda nomenklaturalar shakllantiriladi.

1) jahon standartlari va klassifikatorlarni o‘rganish;

2023-yil iyul

2) o‘rganish natijasi bo‘yicha milliy standartlari va klassifikatorlarni ishlab chiqish;

2023-yil oktyabr

3) ishlab chiqilgan standartlar va klassifikatorlarni “Raqamli hukumat”ning ma’lumotnomalar va tasniflagichlar registriga joylash;

2023-yil dekabr

35.

Ichki ishlar vazirligining “E-ma’muriy ish” axborot tizimi bilan Bosh prokuraturaning “E-material” dasturiy ta’minotini o‘zaro integratsiya qilish.

“E-ma’muriy ish” axborot tizimini “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasiga integratsiya qilish.

2023-yil sentyabr

Ichki ishlar vazirligi,

Bosh prokuratura

Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar va budjetdan tashqari mablag‘lar

Davlat organlari axborot tizimlari o‘rtasida idoralararo elektron �amkorlik yo‘lga qo‘yilib, ortiqcha sarsongarchilik va xarajatlar oldi olinadi.

36.

“Raqamli geologiya” tizimini yaratish doirasida elektron geologik ma’lumotlar bazasini shakllantirish va zamonaviy dasturiy ta’minotlarda foydalanishni ta’minlash. Bunda:

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi

Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar va budjetdan tashqari mablag‘lar

Ishonchli va sifatli elektron geologik ma’lumotlar bazasini shakllantirish imkoniyati yaratiladi.

1) raqamli ko‘rinishga o‘tkaziladigan ma’lumotlar ro‘yxatini tuzish va tegishli uskunalar bilan ta’minlash;

2023-yil avgust

2) raqamli geologik axborot resurslarini shakllantirish bo‘yicha texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish va amaliyotga joriy etgan holda samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish.

2023-yil noyabr

37.

Raqamli geologik axborotlardan foydalanish imkoniyatlarini oshirish, uning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash maqsadida davlat geologiya fondini raqamli bazaga o‘tkazish. Bunda:

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi

Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar va budjetdan tashqari mablag‘lar

Raqamli baza shakllantirilishi natijasida geologik hisobotlarni elektron shaklda yuritish yo‘lga qo‘yiladi.

1) geologik hisobotlar xatlovini yakunlash va ustuvor raqamli asosga o‘tkaziladigan manbalar ro‘yxatini shakllantirish;

2023-yil avgust

2) ro‘yxat asosida geologik hisobotlarni raqamli ko‘rinishga o‘tkazish bo‘yicha tegishli texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2023-yil dekabr

38.

Geologiya sohasidagi davlat kadastrlari hamda foydali qazilmalar bo‘yicha davlat balansini yuritish jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etish. Bunda:

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi

Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar va budjetdan tashqari mablag‘lar

Geologiya sohasidagi davlat kadastrlari hamda foydali qazilmalar bo‘yicha davlat balansining doimiy onlayn ma’lumotlari shakllantiriladi.

1) geologiya sohasidagi davlat kadastrlari va foydali qazilmalar bo‘yicha davlat balansini yuritish jarayonini tahlil qilish;

2023-yil avgust

2) tahlil natijasida ushbu jarayonlarni axborot tizimlarini joriy etish orqali takomillashtirish choralarini ko‘rish.

2023-yil dekabr

39.

Qishloq xo‘jaligi yerlari unumdorligini oshirish maqsadida “E-IJARA” axborot tizimi imkoniyatlaridan foydalanishni kengaytirish. Bunda:

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar va budjetdan tashqari mablag‘lar

Qishloq xo‘jaligi yerlari unumdorligini oshirish imkoniyati kengayadi.

1) tizim orqali aholiga 96,6 ming gektar yer maydonlarini 400 mingdan ortiq dehqon xo‘jaligini tashkil etish maqsadida ochiq elektron tanlov orqali ajratish, hisobotlar va texnik imkoniyatlarni takomillashtirish;

2023-yil avgust

2) yerlarni aholiga, jumladan, ehtiyojmand oilalarga ajratishda shaffoflikni oshirish, idoralarga yagona va aniq ma’lumotlarni taqdim etishni yo‘lga qo‘yish;

2023-yil dekabr

3) vazirlikning hududiy bo‘linmalari va Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligida tizim yordamida samarali ishlashni tashkil etish.

Doimiy

40.

Toshkent davlat agrar universitetining (TDAU) Samarqand filialida talabalar va yosh olimlarning startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Inkubatsiya markazini tashkil etish. Bunda:

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar va budjetdan tashqari mablag‘lar

Talabalarning startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va hayotga joriy etish bo‘yicha ishlar jadallashadi.

1. TDAU Samarqand filialida Inkubatsiya markazini tashkil etish uchun zarur maydonlarni ajratish, zamonaviy uslubda ta’mirlash;

2023-yil avgust

2. Inkubatsiya markazi faoliyatini tashkil etish uchun zarur kompyuter, kommunikatsiya texnikalari va boshqa vositalar bilan jihozlash;

2023-yil oktyabr

3. Inkubatsiya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

2023-yil dekabr

IV. “Raqamli hudud” loyihasini amalga oshirish

41.

“Raqamli Toshkent” tajribasini Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda joriy etish. Bunda:

Mahalliy budjet mablag‘lari

“Raqamli Toshkent” tajribasi bosqichma-bosqich Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda joriy etiladi va buning natijasida aholi muammolarini hal qilishning yangi mexanizmi yaratilishiga hamda kommunal xo‘jalik infratuzilmasiga ajratiladigan budjet mablag‘lari manzilli sarflanishiga erishiladi.

1) “Xalq nazorati” portalini joriy etish, shuningdek, u orqali kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari hamda ularga mas’ul bo‘lgan vazirlik va idoralar, shu jumladan, ularni nazoratdan yechishga vakolatli idorani belgilashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat (reglament) loyihasini ishlab chiqish;

2023-yil avgust

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Raqamli rivojlanish departamenti

O‘ziga tegishli qismida barchasi asosiy ijrochi

Toshkent viloyati hokimligi,

Jizzax viloyati hokimligi,

Xorazm viloyati hokimligi,

Raqamli rivojlanish departamenti

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimliklari

2) ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish;

2023-yil sentyabr

3) “Raqamli geoportal” axborot tizimi va “Xalq nazorati” platformasini:

2023-yil avgust

birinchi bosqichda — Angren, Ohangaron, Yangiyo‘l, Chirchiq va Nurafshon shaharlarida ishga tushirish;

ikkinchi bosqichda — Jizzax va Urganch shaharlarida ishga tushirish;

2023-yil dekabr

4) “Kommunal xatlov” axborot tizimini Angren, Ohangaron, Yangiyo‘l, Chirchiq, Nurafshon, Jizzax va Urganch shaharlarida ishga tushirish;

2024-yil dekabr

5) yuqoridagi axborot tizimlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda ishga tushirish.

2025-yil dekabr

42.

“Raqamli hudud” dasturi doirasida Raqamli rivojlanish departamenti so‘roviga asosan quyidagi ma’lumotlarning dolzarbligini ta’minlagan holda muntazam ravishda taqdim etib borilishini yo‘lga qo‘yish:

1) ma’muriy-hududiy birliklar, mahalla fuqarolar yig‘inlari va sektorlarning chegaralari, ko‘chmas mulk obyektlari, ularning yer uchastkalari chegaralarining raqamli xaritalari hamda ularning geografik joylashuvi;

2) Davlat kartografiya-geodeziya fondida va boshqa tashkilotlarida saqlanayotgan aerosuratlar, kosmik suratlar va ular asosida yaratilgan ortofotoplanlar, shuningdek boshqa arxiv xaritalar;

3) Davlat kadastrlari palatasi tomonidan yuritilayotgan Davlat kadastrlari yagona tizimi ma’lumotlar bazasi ma’lumotlari.

2023-yil avgustdan doimiy

Kadastr agentligi, Raqamli rivojlanish departamenti

-

“Raqamli hudud” dasturi doirasida Raqamli rivojlanish departamenti aktual ma’lumotlar bilan ta’minlanadi.

43.

Axborot tizimlaridagi mavjud ma’lumotlarga noyob identifikatorlar (JShShIR, STIR, kadastr raqami, geografik kod, transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgisi) kiritish. Bunda:

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

-

Hududlarni raqamlashtirish loyihalari doirasida joriy etilgan axborot tizimlariga taqdim etiladigan vazirlik va idoralarning tegishli axborot tizimlaridagi mavjud ma’lumotlar tarkibiga majburiy ravishda noyob identifikatorlar (JShShIR, STIR, kadastr raqami, geografik kod, transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgisi) kiritiladi.

1) hududlarni raqamlashtirish loyihalari doirasida joriy etilgan loyihalarda qo‘llanilayotgan noyob identifikatorlar, kataloglar va tasniflagichlardan foydalanilishi bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarini to‘liq xatlovdan o‘tkazish;

2023-yil sentyabr

2) xatlov natijasi bo‘yicha aniqlangan kamchil?klarni bartaraf etishga qaratilgan vazifalarni belgilash;

2023-yil noyabr

3) kamchiliklarni bartaraf etish.

2023-yil dekabr

V. IT-industriyani yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish, IT-xizmatlar eksporti hajmini oshirish

44.

IT-parkda xorijiy kompaniyalar uchun Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi faoliyatini tashkil etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish. Bunda:

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Investitsiyalar sanoat va savdo vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Markaziy bank,

Adliya vazirligi

Ijrochilar mablag‘lari

Innovatsion ekotizimni yaratish hamda respublikaga yetakchi xorijiy IT-kompaniyalar, venchur jamg‘armalar va moliya texnologiyalari sohasidagi startap loyihalarni jalb qilish maqsadida IT-parkda xorijiy kompaniyalar uchun Raqamli texnologiyalar markazini tashkil etish chora-tadbirlari ishlab chiqiladi.

Bunda, O‘zbekiston IT-bozoriga yirik xorijiy kompaniyalarni keng jalb etish, O‘zbekistonning jahon maydonida investitsion jozibadorligini oshirish, shuningdek innovatsion loyihalar amalga oshirilishini rag‘batlantirish imkoniyati yaratiladi.

1) O‘zbekiston Respublikasi Prezident� huzuridagi Xorijiy investorlar kengashi qoshida maxsus ishchi guruh shakllantirish hamda uning faoliyatini ekspert-maslahat jihatdan ta’minlash uchun ishchi guruhga xorijiy va mahalliy ekspertlarni jalb etish;

2023-yil iyul

2) loyiha guruhi tomonidan amaldagi qonunchilik, moliya texnologiyalar mahalliy bozori hamda soliq rejimi va bank sohasida tartibga solishning joriy holatidan kelib chiqib,xorijiy tajribani o‘rganish hamda uni amaliyotga joriy qilish imkoniyatini kompleks tahlil qilish;

2023-yil oktyabr

3) Raqamli texnologiyalar xalqaro markazida xorijiy kompaniyalar uchun qo‘llaniladigan maxsus huquqiy rejimni joriy qilish, ularning moliyaviy faoliyatini tartibga solish, “tartibga solish qumdoni”ni joriy etish kabi masalalarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil dekabr

45.

“ICT WEEK UZBEKISTAN 2023” haftaligini tashkil etish. Bunda:

1) haftalik doirasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash;

2) xalqaro tadbirni tashkil etish uchun eng yaxshi takliflar asosida tashkilotchini aniqlash va shartnoma imzolash.

2023-yil dekabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Toshkent viloyati hokimligi

Ijrochilar mablag‘lari

“ICT WEEK UZBEKISTAN 2023” haftaligi tashkil etiladi. O‘zbekistonning IT-bozorida erishgan natijalari va yutuqlarini xalqaro maydonda namoyish etish, shuningdek xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish imkoniyati yaratiladi.

46.

IT-park rezidentlari tomonidan amalga oshirishga ruxsat etilgan faoliyat turlari ro‘yxatini kengaytirish uchun quyidagilarni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish:

1) multimedia va dizayn sohasining veb-dizayn, grafika dizayni, kompyuter o‘yinlari dizayni, vektor grafikasi, 3D-grafika, vizuallashtiruvchi dizayn, interfeys dizayni, texnik dizayn, moushn-dizayn sohasida xizmat ko‘rsatish;

2) dasturiy ta’minotdan foydalangan holda multiplikatsiya mahsulotlarini ishlab chiqarish;

3) IT-park va uning filiallari hududida joylashgan va yuridik manzilda ro‘yxatdan o‘tgan tashkilotlar tomonidan axborot texnologiyalari sohasidagi loyihalarni venchur moliyalashtirish hamda akseleratsiya dasturlarini amalga oshirish faoliyati bilan shug‘ullanish;

4) IT-park rezidentlarining axborot tizimlarini davlat organlarining axborot tizimlari bilan majburiy integratsiya qilish talabini bekor qilish;

5) IT-park rezidentlari “Virtual ofis” xizmatidan foydalanganda ijara shartnomasini tuzish tizimini takomillashtirish.

2023-yil avgust

Raqamli texnologiyalar vazirligi

-

IT-park rezidentlari tomonidan amalga oshirishga ruxsat etilgan faoliyat turlari ro‘yxati kengaytiriladi.

47.

Yuridik shaxslarning IT-park rezidenti maqomini olish tartibini va IT-park rezidentlarining hisobotlarini soddalashtirish va ularni soliq va statistika organlari axborot tizimlari bilan integratsiya qilish. Bunda:

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Statistika agentligi

-

Yuridik shaxslarning IT-park rezidenti maqomini olish tartibi va IT-park rezidentlarining IT-parkka hisobot taqdim etish tartibi soddalashtiriladi va ularning axborot tizimlarini soliq organlari axborot tizimlari bilan integratsiya qilish orqali ular faoliyati avtomatlashtiriladi, IT-park rezidentlarining faoliyati yanada takomillashtiriladi.

1) hisobot shaklini qayta ko‘rib chiqish va soddalashtirish hamda soliq va statistika organlari axborot tizimlari bilan integratsiya qilish;

2023-yil avgust

2) normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil mart

48.

IT-park majmuasi binolari qurilishi bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlariga belgilangan tartibda taklif kiritish.

2023-yil dekabr

Raqamli texnologiyalari vazirligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,

Toshkent shahri hokimligi

-

IT-park majmuasi binolari qurilishi bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlariga taklif kiritiladi.

49.

Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimidagi faoliyati tugatilayotgan quyidagi axborot texnologiyalari texnikumlari binolarini maqsadli tarzda joylarda raqamli industriyani rivojlantirish uchun IT-park balansiga o‘tkazish:

Raqamli texnologiyalar vazirligi

-

Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimidagi faoliyati tugatilayotgan axborot texnologiyalari texnikumlari binolari negizida IT-park loyihalari doirasida 500 dan ortiq ish o‘rinlari yaratiladi, viloyatda faoliyat yuritmoqchi bo‘lgan chet el kompaniyalari uchun ofis binolari ajratiladi.

1) Farg‘ona axborot texnologiyalari texnikumi;

2) Urganch axborot texnologiyalari texnikumi.

2024-yil mart

50.

2023-yil 1-oktabrdan boshlab tadbirkorlik subyektlariga elektron tijorat faoliyati doirasida erkin ombor bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlar bilan chakana savdo operatsiyalarini amalga oshirishga ruxsat berish choralarini ko‘rish. Bunda:

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

-

Elektron tijorat sohasini rivojlantirish orqali savdo aylanmasi hajmini 2023-yilda 500 million AQSh dollariga yetkazish, shuningdek, iqtisodiyotda xufiyona aylanmani qisqartirish uchun sharoit yaratiladi.

1) ayrim qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha qonun loyihasi, shuningdek, ushbu tartibni amalga oshirish uchun zaruriy mexanizmlarni joriy etishga doir normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish;

2023-yil iyun

3) qonun va normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil avgust

51.

Raqamli texnologiyalar sohasida IT-ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish hamda eksportga yo‘naltirish bo‘yicha startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun tanlov �sosida 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan grantlar ajratishni IT-park orqali amalga oshirish. Bunda:

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi

Raqamli texnologiyalar sohasida IT-ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish hamda eksportga yo‘naltirish bo‘yicha startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun tanlov asosida 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan grantlar ajratish IT-park orqali amalga oshiriladi.

Bunda, grant mablag‘lari ijtimoiy hayotdagi muammolarni hal etish hamda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda qulaylik va imkoniyatlar yaratish, shu jumladan, inson hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish, ta’lim, madaniyat, yoshlar, xotin-qizlar, sport, sun’iy intellekt, jamoat tartibini ta’minlash uchun ularning kelgusida amaliyotga joriy etilgan holda mustaqil faoliyat ko‘rsata olishi inobatga olinib ajratiladi.

1) ilg‘or xorijiy tajriba asosida ushbu grant mablag‘larini olish uchun axborot platformasi orqa�i murojaat qilish, murojaat qilish jarayonini kuzatib borish, loyihaning moliyaviy va texnik jihatdan baholanishi hamda grant mablag‘lar ajratilishi tartibi loyihasini ishlab chiqish;

2023-yil avgust

2) grant mablag‘larini ajratishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va kelishish;

2023-yil oktyabr

3) Hukumat qarori loyihasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil noyabr

VI. “Raqamli ta’lim” dasturini amalga oshirish

52.

“Bir million dasturchi” loyihasining navbatdagi bosqichini amalga oshirish. Bunda:

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

mahalliy davlat hokimiyati organlari,

manfaatdor vazirlik va idoralar

Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamg‘armasi,

IT-park mablag‘lari, hisob-kitoblarga asosan

“Bir million dasturchi” loyihasining navbatdagi bosqichi amalga oshiriladi.

1) Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan xorijiy nufuzli ta’lim platformalarida onlayn o‘quv kurslarda tahsil olish imkoniyatini yaratish;

2023 — 2025-yillar

2) masofaviy ta’lim platformalari afzalliklarini ommaviy axborot vositalari orqali keng targ‘ib qilish, yoshlarni o‘qitish hamda loyiha doirasida rag‘batlantirish choralarini ko‘rish.

2023 — 2025-yillar

53.

Yoshlarga kompyuter xaridlari uchun ajratiladigan mablag‘lar hisobidan mikroqarz shaklida hamda “Yoshlar daftari” hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi jamg‘armalari hisobidan beriladigan subsidiya mablag‘larini ijtimoiy shartnoma asosida yoshlar xohishiga ko‘ra alohida ochilgan bank kartasiga (naqdlashtirish imkoniyatisiz) o‘tkazish mexanizmini joriy etish. Bunda:

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Markaziy bank,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Davlat budjetidan Yoshlar ishlari agentligiga ajratilgan mablag‘lar

Kredit mablag‘larini yoshlarning xohishiga ko‘ra plastik kartasiga o‘tkazishga ruxsat beriladi.

1) subsidiyalar bo‘yicha ijtimoiy kontraktda o‘zini o‘zi band qilish, yakka tartibdagi tadbirkorlik, mehnat shartnomasi asosida ishlash, ta’lim olish, “Coursera” ta’lim platformasida muvaffaqiyatli o‘qishni yakunlagan va tegishli sertifikatga ega yoshlarga kompyuter xaridiuchun iste’mol kreditlari ajratilishi amaliyotini davom ettirish kabi masalalarni nazarda tutuvchi takliflarini ishlab chiqish;

2023-yil iyun

2) tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan loyiha ishlab chiqish;

3) normativ-huquqiy hujjat loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish hamda belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil iyul

54.

Til bilish darajasi hamda IT-sohasida bilimlar darajasini tasdiqlovchi xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarini qoplab berishning mavjud tartiblariga qo‘shimcha ravishda Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ingliz tilida B2 darajasiga ega bo‘lgan yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarini to‘liq qoplab berish. Bunda:

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi

Davlat budjeti mablag‘lari

Til bilish darajasi hamda IT-sohasida bilim darajasini tasdiqlovchi xalqaro IT-sertifikatlar xarajatlarini qoplab berishning mavjud tartiblariga qo‘shimcha ravishda davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ingliz tilida B2 darajasiga ega bo‘lgan yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi.

1) tegishli normativ-huquqiy hujjatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha loyihani ishlab chiqish;

2024-yil iyun

2) normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil avgust

55.

Davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining raqamlashtirishga mas’ul o‘rinbosarlari va xodimlari uchun raqamlashtirish sohasidagi qoidalar va qonunchilik talablarini o‘z ichiga olgan “hayot davomida ta’lim olish” tamoyili asosida o‘qitishning maxsus axborot platformasini yaratish. Bunda:

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

vazirlik va idoralar

Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamg‘armasi, hisob-kitoblarga asosan

Maxsus axborot platformasi orqali davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining raqamlashtirishga mas’ul o‘rinbosarlari va xodimlarini raqamlashtirish sohasidagi qoidalar va qonunchilik talablariga “hayot davomida ta’lim olish” (Life Long Learning) tamoyili asosida o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi.

1) maxsus platforma yaratish bo‘yicha texnik talablarni ishlab chiqish;

2023-yil oktyabr

2) maxsus plaftormani ishga tushirish;

2024-yil mart

3) platformani kontent (videokontent, matnli darslar, FAQ, forum, testlar) bilan to‘ldirish choralarini ko‘rish.

Doimiy ravishda

56.

Bitiruvchisi IT-xizmatlarni eksport qiluvchi IT-park rezidenti bo‘lgan kompaniyalarga ishga joylashgan nodavlat o‘quv markazlariga har bir bitiruvchi uchun Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 75 baravarigacha, nogironligi bo‘lgan yoshlar uchun esa 105 baravarigacha bir martalik subsidiya ajratish tizimini yo‘lga qo‘yish. Bunda:

Raqamli texnologiyalar vazirligi

-

Bitiruvchisi IT-xizmatlarni eksport qiluvchi IT-park rezidenti bo‘lgan kompaniyalarga ishga joylashgan nodavlat o‘quv markazlariga har bir bitiruvchi uchun Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 75 baravarigacha, nogironligi bo‘lgan yoshlar uchun esa 105 baravarigacha bir martalik subsidiya ajratish orqaliyoshlarni IT sohasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda IT sohasida eksportni rag‘batlantirish imkoni yaratiladi.

1) tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish;

2023-yil sentyabr

2) normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil oktyabr

57.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti faoliyatini transformatsiya qilish dasturini ishlab chiqish. Bunda:

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

-

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti faoliyatini, jumladan quyidagilarni nazarda tutgan holda transformatsiya qilish dasturi ishlab chiqiladi:

nufuzli xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining ax?orot texnologiyalari sohasidagi o‘quv dasturlarini joriy etish;

Universitet filiallarini 2024 — 2027-yillarda bosqichma-bosqich mustaqil oliy ta’lim muassasalari sifatida qayta tashkil etish;

startap loyihalarni bitiruv malakaviy ish sifatida qabul qilish;

ta’lim va amaliyot uyg‘unligi asosida raqamli texnologiyalar va axborot tizimlarining innovatsion yechimlarini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish laboratoriyasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

1) Universitet faoliyatini transformatsiya qilishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish;

2023-yil iyul

2) normativ-huquqiy hujjat loyihasini vazirliklar va idoralarga kelishish uchun kiritish;

2023-yil oktyabr

3) normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil oktyabr

58.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida nufuzli xorijiy oliy ta’lim tashkilotining axborot texnologiyalari sohasidagi o‘quv dasturlarini joriy etish.

Bunda:

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Universitet mablag‘lari va boshqa manbalar

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida xorijiy oliy ta’lim tashkiloti bilan hamkorlikda o‘quv dasturlari joriy etiladi.

nufuzli xorijiy universitetlar bilan hamkorlik qilish;

hamkorlik shartnomalarini (memorandum) ishlab chiqish va kelishuvga asosan imzolash;

nufuzli xorijiy universitetning IT-o‘quv dasturlarini xorijiy davlatning standartlariga muvofiq mazkur IT-o‘quv dasturlariga qo‘yilgan talab va qoidalar asosida joriy qilish;

talabalarni o‘qitishni ingliz tilida, O‘zbekiston Respublikasi Davlat ta’lim standartlari talablarini hisobga olgan holda, xorijiy oliy ta’lim tashkilotining o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq olib borish.

2023/2024 o‘quv yili davomida

59.

Surxondaryoviloyatida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining filialini tashkil etish bo‘yicha takliflar kiritish. Bunda:

Surxondaryo viloyati hokimligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

-

Surxondaryo viloyatida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining filialini tashkil etish bo‘yicha tahlil amalga oshiriladi va asoslangan takliflar ishlab chiqiladi.

1) filial tashkil etish bo‘yicha ishchi guruh tuzgan holda talabni o‘rganish;

2023-yil oktyabr

2) Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Surxondaryo filialini tashkil etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2023-yil dekabr

60.

Xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish borasidagi ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2023 — 2025-yillar davomida

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari,

Toshkent shahridagi Inxa universiteti,

Davlat boshqaruvi akademiyasi

Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamg‘armasi va boshqa manbalar

Xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda, �espublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish borasidagi amaliy ko‘nikmalari oshiriladi.

61.

Iqtidorli yoshlarni saralash, qo‘shimcha o‘qitish hamda xalqaro mehnat bozoriga tayyorlash “IT Skills” tizimini joriy etish. Bunda:

1) IT sohasiga qiziquvchi yoshlar bazasini shakllantirish mexanizmini yaratish;

2) yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini aniqlashga qaratilgan baholash mexanizmini ishlab chiqish;

3) yoshlarni ularning bilim va ko‘nikmalarida aniqlangan bo‘shliqlarni rivojlantirish maqsadida o‘qitishni nazarda tutish.

2024-2025-yillar

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamg‘armasi, hisob-kitoblarga asosan

Mamlakatda malakali IT kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish maqsadida yosh kadrlarni tayyorlash va IT sohasida malaka va ko‘nikmalarni baholash tizimi joriy qilinadi.

62.

Toshkent moliya instituti va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari uchun universal bank kartasini yaratish maqsadida “Talaba kartasi” tajriba sinov loyihasini amalga oshirish.

2024-yil avgust

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

AT “Aloqabank”,

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Toshkent moliya instituti

Ijrochilar mablag‘lari

Toshkent moliya instituti va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari uchun universal bank kartasi joriy etiladi.

63.

O‘zbekistonda qizlarni raqamli texnologiyalar sohasiga yanada kengroq jalb etish va ularning IT-ko‘nikmalarini rivojlantirish.

2023 — 2025-yillar

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamg‘armasi va boshqa manbalar

Loyiha 14 va undan katta yoshdagi qizlarni qamrab oladi.

Loyiha doirasida ishtirokchi qizlarning IT sohasidagi bilim va ko‘nikmalari shakllantiriladi.

64.

“Foreign language” telekanalida IT-sohasiga o‘qitish bo‘yicha o‘quv kurslari va qiziqarli kontent joylashtirishni yo‘lga qo‘yish. Bunda:

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

MTRK

Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamg‘armasi va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Xorijiy tillarga o‘rgatish uchun “Foreign language” telekanalida IT-yo‘nalishda o‘qitish bo‘yicha o‘quv kurslari va qiziqarli kontent joylashtirish yo‘lga qo‘yiladi.

1) “Foreign language” telekanalida raqamli texnologiyalardan foydalangan holda xorijiy tillar va dasturlashni yoshlarga sodda va kreativ ko‘rinishda yetkazib, ularning dunyoqarashini kengaytiradigan va kreativ fikrlashga undaydigan mazmunli va foydali kontent shakllantirish bo‘yicha mediadastur ishlab chiqish;

2024-2025 yillar

2) teledasturlarni tayyorlash va efirga berish;

3) Raqamli texnologiyalar vazirligiga “Foreign language” telekanali uchun xorijiy tillarda (subtitr bilan) zamonaviy kontent yaratish va ularni efirga uzatish uchun taqdim etish.

2023-yil sentyabr

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi

Ijrochilar mablag‘lari

65.

Andijon axborot texnologiyalari texnikumi bazasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Andijon filialini yoki xorijiy hamkorlar bilan oliy ta’lim muassasasini tashkil etish.

Bunda:

Andijon viloyat hokimligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Ijrochilar mablag‘lari

Andijon axborot texnologiyalari texnikumi bazasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Andijon filiali yoki xorijiy hamkorlar bilan oliy ta’lim muassasasi tashkil etiladi.

tashkil etiladigan oliy ta’lim tashkilotining binosini ta’mirlash, moddiy texnika infratuzilmasini shakllantirish;

2024-yil avgust

institutni o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlash;

2025-yil avgust

2025/2026 o‘quv yilidan boshlab tashkil etiladigan institutga talabalarni qabul qilish.

2025/2026 o‘quv yili

66.

Axborot texnologiyalari sohasida o‘zini-o‘zi band qilish orqali daromad topishga o‘rgatadigan, dasturlash va raqamli mahsulot yaratishda foydalaniladigan darslik va adabiyotlar yaratish, ularni tarjima qilish va moslashtirish hamda foydali (raqamli) kontent yaratish.

2023-2025-yillar

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Toshkent shahridagi Inha universiteti

Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamg‘armasi

Mamlakatning IT-xizmatlar eksporti potensialini oshirish va axborot texnologiyalarini keng targ‘ib qilish hamda o‘rganish uchun tegishli o‘quv qo‘llanma darsliklar yaratiladi va moslashtiriladi.

67.

Axborot texnologiyalari yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkaziladigan xalqaro fan olimpiadalari va musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish ishlarini tashkil etish, raqamli texnologiyalar va boshqa sohalarda yoshlarga yaratilgan imkoniyatlarni yetkazish mexanizmini yaratish. Bunda:

1) iqtidorli yoshlarni saralash, mahalliy trenerlar va xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil qilish;

2) axborot texnologiyalari yo‘nalishi bo‘yicha olimpiada va musobaqalarga mustaqil tayyorlanish uchun iqtidorli o‘quvchilar va o‘qituvchi-trenerlarga mo‘ljallangan o‘quv qo‘llanmalari, raqamli kontent va boshqa qo‘shimcha materiallar ishlab chiqish va ularni erkin foydalanish uchun ochiq elektron resurslarga joylashtirish;

3) raqamli texnologiyalar va boshqa sohalarda yoshlarga yaratilgan imkoniyatlarni yetkazish maqsadida raqamli kontent yaratish choralarini ko‘rish.

2024-2025-yillar

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamg‘armasi va boshqa manbalar

Axborot texnologiyalari yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkaziladigan xalqaro fan olimpiadalari va musobaqalarga yoshlar maqsadli tayyorlanadi, shuningdek, yoshlarni IT-musobaqalarga tayyorlanishlari uchun zarur o‘quv materiallar ishlab chiqilib, amaliyotda foydalanish imkoniyati yaratiladi.

68.

Zaxira (kvota) ish o‘rinlariga ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlarni muvofiqlashtirish. Bunda:

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar va budjetdan tashqari mablag‘lar

Zaxira (kvota) ish o‘rinlariga ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslarni ishga joylashtirishning shaffof tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

1) “YaMMT” IDAKda tuman, shahar hokimlarining qarori bilan tasdiqlangan, ish o‘rinlarini zaxiralagan korxona va tashkilotlarning manzilli ro‘yxatini shakllantirish.

2023-yil sentyabr

2) “Bandlik xizmati” ATda YaMMT orqali ish o‘rinlarini zaxiralagan korxonalar hamda ushbu ish o‘rinlariga ishga joylashtirilgan fuqarolar to‘g‘risida hisobotni yuritish.

2023-yil noyabr

3) hisobotlarga asosan toifalar bo‘yicha ishga joylashtirilgan fuqarolar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tuman, shahar va korxonalar kesimida doimiy tahlil qilish hamda aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha hududiy boshqarmalarga tegishli ko‘rsatmalar berib borish.

2023-yil dekabr

69.

“Bandlik xizmati” ATda fuqarolar tomonidan imzolanadigan hujjatlarni rasmiylashtirish va xizmatlarni imzolash uchun elektron imzolarni kiritish qurilmalaridan foydalanishni joriy qilish. Bunda:

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Hisob kitoblarga asosan

“Bandlik xizmati” ATda fuqarolar tomonidan imzolanadigan hujjatlarni rasmiylashtirish va xizmatlardan foydalanish qulayligi oshiriladi.

1) elektron imzolash qurilmasini tizimga moslash va o‘rnatish hamda sinov tariqasida ishga tushirish;

2023-yil sentyabr

2) tuman, shahar mehnat organlarini elektron imzolash qurilmalari bilan ta’minlash;

2023-yil oktyabr

3) elektron imzolash qurilmasini to‘liq ishga tushirish.

2023-yil noyabr

70.

Har bir mahalla kesimida tadbirkorlikning rivojlanganligi, kambag‘allik, ishsizlik darajasidan kelib chiqib “Mahallalar reytingi”ni ishlab chiqish va Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining saytida e’lon qilib borish.

Shuningdek, Vazirlikning hukumat portali negizida tashkil etilib, yangilangan veb-saytida “Mahallalar reytingi” modulini ishlab chiqish.

2023-yil avgust

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi

-

Har bir mahalla kesimida tadbirkorlikning rivojlanganligi, kambag‘allik, ishsizlik darajasidan kelib chiqib “Mahallalar reytingi” shakllantirilishi natijasida tegishli yo‘nalishlarida chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.

VII. Axborot texnologiyalarini joriy etish va ko‘rsatilayotgan Raqamli xizmatlar sifati ustidan samarali “Raqamli nazorat”ni yo‘lga qo‘yish

71.

“O‘zkomnazorat” inspeksiyasi xodimlarining belgilangan umumiy cheklangan soni doirasida yuridik maqomga ega bo‘lmagan “Raqamli nazorat” vaziyatlarni kompleks nazorat qilish markazini (mustaqil tashkiliy-huquqiy maqomga ega bo‘lmagan) tashkil qilish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2024-yil oktyabr

“O‘zkomnazorat” inspeksiyasi

Ijrochilar mablag‘lari

Davlat idoralari va tashkilotlari tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishda haqqoniy raqamlar, ma’lumotlar va ko‘rsatkichlarga erishish hamda telekommunikatsiya tarmoqlarining holati, operator va provayderlar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati ustidan real vaqt rejimida tizimli monitoring olib borish imkonini beruvchi yuridik maqomga ega bo‘lmagan “Raqamli nazorat” vaziyatlarni kompleks nazorat qilish markazini tashkil qilish bo‘yicha takliflar kiritiladi.

72.

Axborot tizimlari va resurslarini integratsiya qilish orqali “IT-monitoring” tizimini ishga tushirish. Bunda:

“O‘zkomnazorat” inspeksiyasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

Ijrochilar mablag‘lari

Axborot tizimlari va resurslarini integratsiya qilish orqali “IT-monitoring” tizimi ishga tushiriladi.

1) integratsiya qilinishi lozim bo‘lgan axborot tizimlari va ma’lumotlar ro‘yxatini shakllantirish;

2024-yil noyabr

2) tizimlarni integratsiya qilish bo‘yicha texnologik yo‘riqnoma ishlab chiqish va tasdiqlash;

2024-yil dekabr

3) modulni sinov tariqasida amaliyotga joriy etish.

2025-yil avgust

73.

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari hamda pochta xizmatlarini ko‘rsatish sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini ta’minlash bo‘yicha tartiblarni takomillashtirish hamda raqamli xizmat va servislar texnik faoliyati sifati va barqaror ishlashi hamda ishonch telefonlari (idoraviy aloqa markazlari)va portallar faoliyati ustidan nazorat o‘rnatish bo‘yicha taklif kiritish.

2023-yil sentyabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

“O‘zkomnazorat” inspeksiyasi

-

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari va pochta xizmatlarini ko‘rsatish sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini ta’minlash bo‘yicha tartiblar takomillashtiriladi.

74.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi raqamli xizmatlar va servislardan qoniqish darajasining inson omilisiz avtomatlashtirilgan holda reytingini shakllantirish hamda har yarim yillikda e’lon qilib borish.

Bunda:

1) xizmat va servislardan qoniqish darajasini baholash mezonlarini ishlab chiqish;

2) aholi va tadbirkorlik subyektlarining raqamli xizmatlar va servislardan qoniqish darajasining inson omilisiz avtomatik rejimdagi reytingini shakllantirish tartibini ishlab chiqish;

3) inson omilisiz avtomatlashtirilgan holda reytingni shakllantirish axborot tizimini ishlab chiqish va ishga tushirish.

2024-yil yanvar oyidan boshlab doimiy

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

“O‘zkomnazorat” inspeksiyasi

Ijrochilar mablag‘lari

Aholi va tadbirkorlik subyektlarining raqamli xizmatlar va servislardan qoniqqanlik darajasining inson omilisiz avtomatik rejimdagi reytingi shakllantiriladi hamda har yarim yilda e’lon qilib boriladi.

75.

Jamoat, sanoat, turar-joy, ma’muriy binolar va inshootlarni (keyingi o‘rinlarda — obyektlar) loyihalash, qurish hamda foydalanishga qabul qilish jarayonida muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlari, shu jumladan kabel kanalizatsiyasi, past tokli kabel shaxtalari, abonent pochta javonlari, telekommunikatsiya qurilmalarini o‘rnatish uchun maydonlar va infratuzilmalar bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2023-yil avgust

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

-

Jamoat, sanoat, turar-joy, ma’muriy binolar va inshootlarni loyihalash qurish hamda foydalanishga qabul qilish jarayonida muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlari, shu jumladan kabel kanalizatsiyasi, past tokli kabel shaxtalari, abonent pochta javonlari, telekommunikatsiya qurilmalarini o‘rnatish uchun maydonlar va infratuzilmalar bilan ta’minlanish tartibi takomillashtiriladi.

76.

Pochta aloqasi va kuryerlik xizmatlarini taqdim etish faoliyatini xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turlari qatoriga kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish. Bunda:

Bunda:

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Adliya vazirligi,

Raqobatni rivojlantirish

va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi

-

Pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish qoidalari, shu jumladan insonlarning hayoti, sog‘lig‘i, atrof-muhit hamda pochta aloqasi sirini himoya qilish, pochta va kuryerlik jo‘natmalarining but saqlanishi bo‘yicha qonunchilik talablarini ta’minlash maqsadida pochta aloqasi va kuryerlik xizmatlarini taqdim etish faoliyati xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turlari qatoriga kiritiladi.

1) pochta aloqasi va kuryerlik xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxonalar tomonidan vakolatli organni xabardor qilish bo‘yicha Qonun loyihasini ishlab chiqish;

2023-yil oktyabr

2) qonun loyihasini tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish;

2023-yil dekabr

3) qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil mart

77.

“O‘zkomnazorat” inspeksiyasining ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalari ko‘rib chiqilmaganligi holati yuzasidan ta’sirchan javobgarlik choralarini belgilash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2023-yil oktyabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi

-

Raqamli iqtisodiyot va raqamli hukumat sohasini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarida, shu jumladan mavjud axborot tizimlari va dasturiy-apparat komplekslari hamda raqamli xizmatlardan foydalanish (yoki samarasiz qo‘llash) borasida aniqlangan qonun buzilishlari, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish uchun ta’sirchan nazorat o‘rnatiladi.

78.

Raqamlashtirish yo‘nalishida faoliyatga ko‘maklashish hamda mavjud muammolar va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan tavsiyalarni shakllantirish maqsadida respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari, davlat unitar korxonalari va uyushmalarini mustaqil “IT-audit”dan o‘tkazish tartibini yo‘lga qo‘yish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2024-yil mart

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

“O‘zkomnazorat” inspeksiyasi

-

Raqamlashtirish yo‘nalishida faoliyatga ko‘maklashish hamda mavjud muammolar va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan tavsiyalarni shakllantirish maqsadida davlat va xo‘jalik boshqaruvi hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarini mustaqil “IT-audit”dan o‘tkazish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.

79.

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida joriy etilgan axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarning foydalanish samaradorligi ustidan tizimli monitoringni yo‘lga qo‘yish va natijasi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga batafsil axborot kiritish.

Har yarim yillikda

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

“O‘zkomnazorat” inspeksiyasi

-

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarini joriy etish va ulardan foydalanish samaradorligi oshiriladi.

VIII. Kosmik faoliyatni yanada takomillashtirish

80.

Hududlarning raqamli xaritalarini yaratish uchun sarflanadigan moliyaviy mablag‘larni optimallashtirish maqsadida davlat kosmik monitoringini o‘tkazish doirasida olinadigan kosmik suratlarni markazlashgan holda tegishliligi bo‘yicha vazirlik va idoralarga taqdim etish. Bunda:

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

“O‘zbekkosmos” agentligi

Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida

Hududlarning raqamli xaritalarini yaratish uchun sarflanadigan moliyaviy mablag‘larni optimallashtirish maqsadida davlat kosmik monitoringini o‘tkazish doirasida olinadigan kosmik suratlar markazlashgan holda tegishliligi bo‘yicha vazirlik va idoralarga taqdim etiladi.

1) vazirlik va idoralarning davlat kosmik monitoringi doirasida olingan kosmik suratlarga bo‘lgan ehtiyojini o‘rganish;

har yili iyul oyiga qadar

2) o‘rganishlar natijasida ehtiyojlar ro‘yxatini shakllantirish;

har yili sentyabr oyiga qadar

3) ehtiyojlar ro‘yxatiga muvofiq kosmik suratlar bilan ta’minlab borish.

2024-yildan boshlab har yili dekabr oyida

81.

“ArcGIS” geoaxborot tizimidan foydalanish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash ishlarini tashkil etish.

shartnoma asosida

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

“O‘zbekkosmos” agentligi

Vazirlik va idoralar, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar, hisob-kitoblarga asosan

“Davlat uchun yagona litsenziya” tamoyili asosida geoaxborot tizimlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish hamda mazkur tizimlarda ishlash uchun zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash ishlari amalga oshiriladi.

82.

O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasini ishlab chiqib, o‘rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil fevral

Raqamli texnologiyalar vazirligi

-

So‘nggi yillarda respublikaning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasining xodimlarini rag‘batlantirish orqali ular faoliyatining samaradorligi oshiriladi.

a) 6-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
b) 1-ilovaning 8-bandi quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
uchinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishincha to‘rtinchi — to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
a) 3-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
b) 22-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

1.

A.N. Aripov

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Komissiya raisi

2.

Sh.X. Shermatov

raqamli texnologiyalar vaziri, Komissiya raisining o‘rinbosari

3.

Sh.D. Kudbiyev

iqtisodiyot va moliya vaziri

4.

A.D. Tashkulov

adliya vaziri

5.

H.O‘. Umarova

maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

6.

I.Y. Abdurahmonov

oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri

7.

A.Sh. Inoyatov

sog‘liqni saqlash vaziri

8.

J.T. Mirzamahmudov

energetika vaziri

9.

A.B. Voitov

qishloq xo‘jaligi vaziri

10.

Sh.R. Xamrayev

suv xo‘jaligi vaziri

11.

B.A. Musayev

kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi vaziri

12.

B.I. Zakirov

qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri

13.

I.R. Maxkamov

transport vaziri

14.

B.F. Islamov

tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri

15.

A.A. Abduxakimov

tabiat resurslari vaziri

16.

A.I. Ikramov

yoshlar siyosati va sport vaziri

17.

O.A. Nazarbekov

madaniyat va turizm vaziri

18.

P.R. Bobojonov

ichki ishlar vaziri

19.

M.B. Nurmuratov

Markaziy bank boshqaruvi raisi

20.

A.J. Ortiqov

Davlat aktivl�rini boshqarish agentligi direktori

21.

A.D. Xadjayev

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi

22.

O.A. Pekos

raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari

23.

A.A. Abdullayev

Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha inspeksiyasi boshlig‘i

24.

Sh.M. Kadirov

Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi direktori

25.

A.X. Muxitdinov

“Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi direktori, komissiya kotibi

b) beshinchi-oltinchi xatboshilar tegishincha yettinchi va sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
birinchi va uchinchi xatboshilarda “iste’mol kreditlari” so‘zlaridan keyin “va mikroqarzlar” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
b) 7-bandning “b” kichik bandi hamda 8-bandida “iste’mol kreditlari” so‘zlaridan keyin “va mikroqarzlar” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
a) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
b) 18-bandning ikkinchi xatboshisidagi “2023-yil 1-iyulga qadar” va “10 foizi” so‘zlari tegishincha “2023-yil 1-sentabrdan boshlab” va “2 foizi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisidagi “axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatov” so‘zlari “Raqamli texnologiyalar vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisidagi “Bosh vaziriga” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 1-ilovaning 66-pozitsiyasi “Muddati” ustunidagi “2023-yil iyul” so‘zlari “2023-yil sentyabr” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) 2-ilovaning 46-pozitsiyasi “Mas’ul ijrochilar” ustunidan “Xavfsiz shahar” markazi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
e) 3-ilovaning 23-pozitsiyasi “Muddati” ustunidagi “2023-yil oktyabr”, “2023-yil noyabr” va “2023-yil dekabr” so‘zlari tegishincha “2023-yil dekabr”, “2024-yil avgust” va “2025-yil iyul” so‘zlari bilan almashtirilsin;
j) 8-ilovaning 6-pozitsiyasi “Muddati” ustunidagi “2023-yil may” so‘zlari “2023-yil noyabr” so‘zlari bilan almashtirilsin.