07.04.2023 yildagi PQ-114-son
Hujjat 22.01.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-yanvardagi PF-18-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 06/24/18/0054-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-yanvardagi PF-18-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 06/24/18/0054-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-yanvardagi PF-18-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 06/24/18/0054-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PQ-422-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-yanvardan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-yanvardagi PF-18-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 06/24/18/0054-son)

T/r

Tashkilotning amaldagi to‘liq (rasmiy) nomi

Tashkilotning taklif qilinayotgan to‘liq (rasmiy) nomi

Qayta tashkil qilinayotgan tashkilotning faoliyatiga oid qoidalar va izohlar

1.

Respublika oliy sport mahorati maktablari

Sport turlarini rivojlantirish respublika markazlarietib qaytatashkil qilinmoqda

a) Sport turlarini rivojl�ntirish respublika markazlari (keyingi o‘rinlarda — Markazlar) Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimidagi davlat muassasalari shaklida saqlab qolinadi hamda Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi;

b) Markazlar faoliyati tegishli sport federatsiya (assotsiatsiya)lari faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, milliy terma jamoalar uchun sportchilar tayyorlash tizimini muvofiqlashtirish hamda bu boradagi ishlarni tizimlashtirish va natijadorlikni ta’minlashga yo‘naltiriladi;

v) hududlardagi ixtisoslashtirilgan sport maktablari Markazlarning zaxira sportchilarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib beruvchi hududiy tuzilmasi sifatida faoliyat yuritadi;

g) Markazlarga sport turlari bo‘yicha amaldagi trenerlar kontingenti doirasida faqatgina milliy terma jamoa bosh treneri, katta treneri va trenerlari fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida jalb etilishiga ruxsat beriladi;

d) Markazlar boshqa xodimlarining ish haqlari respublika oliy sport mahorati maktablari xodimlari uchun belgilangan amaldagi miqdorlarda saqlab qolinadi va ularga, shuningdek, trenerlarga ustamalar faqatgina Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari, olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha jahon chempionatlari va kuboklari, Osiyo va Paraosiyo chempionatlari va kuboklari g‘olib va sovrindorlari uchun to‘lanadi.

Bunda, ayrim sport turlari bo‘yicha tabaqalashtirilgan to‘lov tizimi joriy etiladi, shuningdek, istisno tariqasida jamoaviy sport turlari bo‘yicha hududiy Osiyo chempionatlari xam hisobga olinadi.

Markazlarga Respublika oliy sport mahorati maktablarining barcha huquq va majburiyatlari hamda tovar-modd�y boyliklari o‘tkaziladi.

2.

“Raqamlashtirish va sertifikatlash markazi” DUK

Yoshlar siyosati va sport vazirligi muassisligidagi Raqamlashtirish va sertifikatlash markazi MChJ etib qaytatashkil qilinmoqda

Axborot xavfsizligi siyosatini saqlab qolgan holda uning ustav kapitalidagi davlat ulushining 3/1 qismi xususiy sektorga o‘tkaziladi.

3.

“Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish direksiyasi” DUK

Xususiy sektorga o‘tkaziladi

“Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish direksiyasi” DUK faoliyati tugatilib, uning funksiya va vazifalari hamda ko‘rsatadigan xizmatlari to‘liq xususiy sektor orqali amalga oshiriladi.

4.

“Sport” gazetasi tahririyati” DUK

Ommaviy savdolar orqali to‘liqligicha sotiladi

“Sport” gazetasi tahririyati” DUKning davlat ulushi ommaviy savdolar orqali to‘liqligicha xususiy sektorga sotiladi.

Ushbu yo‘nalishdagi xizmatlarni xususiy sektor ishtirokida tashkil etish orqali, iste’molchilarga yo‘naltirilgan zamonaviy, ochiq, shaffof sportga oid islohot va axborotlarni yetkazib berish yo‘lga qo‘yiladi.

Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-yanvardagi PF-18-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 06/24/18/0054-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-yanvardagi PF-18-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 06/24/18/0054-son)

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish muddati

Mas’ul bo‘lgan vazir o‘rinbosarlari

Bajarilgan ishlarning pirovard natijasi

I. Yoshlar siyosati va sport vazirligining asosiy faoliyat yo‘nalishlarini belgilash, qabul qilingan rivojlantirish dasturlari, strategiyalar va konsepsiyalarni amalga oshirish

1.

Vazirlikning yoshlar siyosati va sport sohalaridagi faoliyat yo‘nalishlari, vazifalari, funksiyalari hamda huquq va majburiyatlarini belgilash. Bunda:

yoshlar siyosati va sport sohalaridagi vazirlik zimmasiga yuklatilgan asosiy vazifalarni (10 dan ortiq) belgilash;

vazirlikka yuklatilgan asosiy vazifalardan kelib chiqib, markaziy apparat, tarkibiy tuzilmalar, hududiy bo‘linmalar va tizim tashkilotlarining funksiyalarini (150 ga yaqin)belgilash;

vazirlik hamda uning hududiy bo‘linmalari va tizim tashkilotlarining huquq va majburiyatlarini belgilash.

Vazirlik va Yoshlar agentligining mazkur normalarni o‘zida aks ettirgan nizomlarini tasdiqlash bo‘yicha tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil 2-chorak

A. Sa’dullayev

M. Ismailov

Sh. Maxmudov

D. Raximova

Vazirlik hamda hududiy bo‘linmalar va tizim tashkilotlarining birlashtirilishi va qayta tashkil etilishi munosabati bilan ularning vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari aniq belgilanadi.

Bir-birini takrorlovchi, bugungi kunda amalda bo‘lgan, lekin o‘z ahamiyatini yo‘qotgan 10 ga yaqin funksiyalar chiqarib tashlanadi.

Yoshlar siyosati va sport sohalarida vakolatli organ va uning tarkibiy bo‘linmalari faoliyati to‘g‘ri yo‘lga qo‘yiladi.

2.

Yoshlar siyosati va sport sohalarini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan konsepsiya, strategiya va “yo‘l xaritalari”ni qayta ko‘rib chiqib, tahlil qilish hamda ularni Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlariga muvofiqlashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

2023-yil 3-chorak

A. Sa’dullayev

M. Ismailov

Sh. Maxmudov

D. Raximova

Yoshlar siyosati va sport sohalarini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan konsepsiya, strategiya, “yo‘l xaritalari” qayta ko‘rib chiqiladi va tahlil qilinadi hamda ular Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlariga muvofiqlashtiriladi.

II. Sohalarda hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalarga yechim topishga yo‘naltirilgan tashkiliy-huquqiy va moliyaviy chora-tadbirlar, aholi uchun qulay sharoitlar yaratish, fuqarolarning tizimli muammolarini hal etish

3.

“Sport sohasida huquqiy ko‘mak markazi” muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkilotinitashkil etish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda moliyalashtirish manbalari etib quyidagilarni belgilash:

davlat ijtimoiy buyurtmasi doirasida Yoshlar siyosati va sport vazirligi, boshqa davlat organlari hamda tashkilotlarining shartnoma asosida Markazga ajratiladigan budjetdan tashqari mablag‘lari;

shartnoma (pullik) asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar;

yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan norezidentlarning homiylik xayriyalari;

xalqaro va chet el tashkilotlarining grantlari;

qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.

2023-yil 2-chorak

Sh. Maxmudov

M. Ismailov

Sport sohasida huquqiy munosabatlar rivojlantiriladi, sportchi va trenerlarning professional faoliyati davomida qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish yanada kuchaytiriladi hamda ularni huquqiy maslahat xizmati bilan ta’minlash tizimi joriy qilinadi.

4.

Sport arbitraji sohasini rivojlantirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish.

Bunda, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi bilan birgalikda sport arbitraji sohasini tartibga solish bo‘yicha qonunchilik bazasini shakllantirish hamda uni takomillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga tegishli hujjat loyihasini kiritish.

2024-yil 1-chorak

Sh. Maxmudov

M. Ismailov

Sport arbitraji tartibga s�linadi hamda sport sohasida kelib chiqqan nizolarni tez fursatda hal qilish takomillashtiriladi.

5.

Sport turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktablari negizida Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan Sport turlarini rivojlantirish respublika markazlarini(keyingi o‘rinlarda — Markazlar) tashkil etish.

Bunda:

Markazlar faoliyatini tegishli sport turlari bo‘yicha federatsiya va assotsiatsiyalar faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, milliy terma jamoalar uchun sportchilar tayyorlash tizimini muvofiqlashtirish hamda bu boradagi ishlarni tizimlashtirish va natijadorlikni ta’minlashga yo‘naltirish;

hududlardagi sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktablarining Markazlarning zaxira sportchilarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib beruvchi hududiy tuzilmasi sifatida faoliyat yuritishini belgilash;

Markazlarga sport turlari bo‘yicha amaldagi trenerlar kontingenti doirasida faqatgina milliy terma jamoa bosh treneri, katta treneri va trenerlarini fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida jalb etishga ruxsat berish;

Markazlar boshqa xodimlarining ish haqlarini sport turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktablari xodimlari uchun belgilangan amaldagi miqdorlarda saqlab qolish;

ularga va trenerlarga ustamalar faqatg�na Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari, olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha jahon chempionatlari va kuboklari, Osiyo va Paraosiyo chempionatlari va kuboklari g‘olib va sovrindorlari uchun to‘lashni nazarda tutish hamda ushbu musobaqalarda g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar, shuningdek, ularni tayyorlagan trenerlarni Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan rag‘batlantirish tartibinibelgilash;

sportning ayrim turlari bo‘yicha tabaqalashtirilgan to‘lov tizimini joriy etish, shuningdek, istisno tariqasida jamoaviy sport turlari bo‘yicha hududiy Osiyo chempionatlari (futbol bo‘yicha Osiyo kuboklari)ning ham hisobga olinishini nazarda tutish;

Markazlarga sport turlari bo‘yicha federatsiya va assotsiatsiyalarni biriktirish;

Markazlar faoliyatini tashkil etish hamda sportchi va trenerlarni rag‘batlantirish tartibini belgilash bo‘yicha yuqoridagi normalarni o‘zida aks ettirgan Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil 3-chorak

Sh. Maxmudov

M. Ismailov

D. Raximova

Sport turlarini rivojlantirish respublika markazlarini tashkil etish hisobiga milliy terma jamoalar bilan ishlash tizimi yaxshilanadi, natijadorlik o‘sadi.

G‘olib va sovrindor sportchilar hamda ularni tayyorlagan trenerlarni Davlat budjeti hisobidan rag‘batlantirish tartibi belgilanadi.

Sport turlari bo‘yicha federatsiya va assotsiatsiyalar ushbu Markazlarga biriktiriladi.

6.

Yoshlar ishlari agentligi tizimida Raqamlashtirilgan situatsion-tahliliy markazni tashkil etish. Bunda:

Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti huzurida ushbu markazning yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan bo‘lim sifatida faoliyatini yo‘lga qo‘yish;

markaz faoliyatini yoshlar bilan ishlash sohasida tadqiqotlar olib borish, tizimli muammolar yechimiga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish va ushbu takliflarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha Yoshlar ishlari agentligiga taqdim etib borishga yo‘naltirishni nazarda tutish.

2023-yil 3-chorak

A. Sa’dullayev

Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti huzurida Raqamlashtirilgan situatsion-tahliliy markaz faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali yoshlar muammolarini o‘rganish, istiqbolli yo‘nalishlarni oldindan belgilash hamda sohada ilmiy tadqiqotlar jarayonlarini yuqori darajada tashkil etish imkoniyatlari kengaytiriladi.

III. Budjet mablag‘laridan maqsadli va oqilona foydalanish, davlat xaridlari shaffofligini oshirish, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari uchun teng imkoniyatlar yaratish orqali davlat xaridlari jarayonida raqobatni rivojlantirish

7.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Musulmonlar idorasi va Davlat xavfsizlik xizmati Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda Turkiya Respublikasining “Sportloto” tizimini O‘zbekistonga joriy etish yuzasidan joyida o‘rganishlar olib borish va yakuni yuzasidan Hukumatga axborot kiritish.

Bunda, ushbu tizimni O‘zbekistonga joriy etish maqsadga muvofiq deb topilgan taqdirda, tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil 3-chorak

M. Ismailov

Natijada jamg‘arilgan mablag‘lar evaziga sport maydonchalari, sport zallari va inshootlari qurilishiga yo‘naltiriladi.

8.

Davlat organlari tomonidan yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish doirasida o‘tkaziladigan yoshlar festivallari, forumlar, loyihalar, tanlovlar va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlar yagona kalendar reja asosida o‘tkazilishini yo‘lga qo‘yish. Bunda:

davlat organlarining takliflari asosida Yoshlarga oid tadbirlarning yillik kalendar rejasini shakllantirish;

tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish, shuningdek, ishtirokchi yoshlarni rag‘batlantirish ishlarini Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy Nizom asosida amalga oshirish;

kalendar reja doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yoshlarportali.uz yagona elektron platformasiga joylashtirib borish hamda tadbirlarda ishtirok etadigan yoshlarni ushbu tizim orqali elektron ro‘yxatga olishni yo‘lga qo‘yish;

manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan o‘zlarining yoshlar bilan ishlash yo‘nalishidagi faoliyati bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yoshlarportali.uz yagona elektron platformasiga integratsiya qilinishini ta’minlash.

Mazkur normalarni o‘zida aks ettirgan tegishli nizom loyihasini tasdiqlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil 4-chorak

A. Sa’dullayev

D. Raximova

Vazirlik va idoralar tomonidan yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yagona tizimga birlashtiriladi.

Shuningdek, joylarda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish doirasida o‘tkaziladigan turli tadbirlar rejali amalga oshiriladi hamda sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqiladi.

9.

Yoshlar siyosatini amalga oshirish hamda sportni rivojlantirish uchun davlat budjetidan ajratilayotgan mablag‘larning sarflanish jarayoni samaradorligi va hisobdorligini oshirish maqsadida sohani moliyalashtirish tizimini takomillashtirish.

Bunda:

yoshlar bilan ishlash va sport tadbirlarini moliyalashtirish jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish, ajratilayotgan mablag‘lar manzilliligi va ulardan oqilona foydalanish bo‘yicha onlayn nazoratni yo‘lga qo‘yish;

sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasini shakllantirish va sport tadbirlarini o‘tkazishning ilg‘or xorij tajribasiga asoslangan zamonaviy mexanizmlarini joriy etish;

nufuzli xalqaro musobaqalarda g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar hamda ularni tayyorlagan trenerlarni rag‘batlantirish tartibini tizimlashtirish;

tizimni moliyalashtirish, infratuzilmani yaratish, sport ta’lim muassasalarini inventarlar bilan jihozlash jarayonlarini to‘liqraqamlashtirish;

Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan joylarda sport obyektlari va inshootlarini barpo etishni ovoz berish yo‘li bilan aholining haqiqiy ehtiyojini aniqlash orqali amalga oshirish;

sport turizmini rivojlantirish bo‘yicha sohaga homiylik va xayriya ko‘rsatgan shaxslarning xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etishlari uchun ular o‘rtasida lotereya o‘yinlarini tashkil etish.

2024-yil 4-chorak

M. Ismailov

Sh. Maxmudov

Davlat budjetidan sportga ajratilayotgan mablag‘larning maqsadliligi va samarali nazorat tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Ushbu jarayonlar to‘liq raqamlashtiriladi va yagona “shaffof sport” elektron platformasi ishga tushiriladi.

Mazkur platformaga budjetdan mablag‘ oluvchi barcha davlat va nodavlat sport tashkilotlari ulanadi.

Jismoniy tarbiya va sport sohasida o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga start berilib, bosqichma-bosqich budjetdan mablag‘ olish kamaytirib boriladi.

10.

Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimida sifatli va maqbul sport jihozlari hamda boshqa inventarlarni xarid qilishning amaldagi tizimi hamda bu borada yuzaga kelayotgan muammo va masalalar yechimi yuzasidan davlat xaridi tizimini takomillashtirish bo‘yicha Hukumatga puxta ishlangan takliflarni kiritish. Bunda:

buyurtmachilar tomonidan taqdim etilgan texnik talab va topshiriqlarga asosan tovarlar narxini o‘rganish va xulosa berish bo‘yicha davlat ekspertiza xulosasi yakuniy bo‘lishini ta’minlash;

xarid.uzex.uz portalida toifalar bo‘yicha tovarlarning o‘rtacha narxini e’lon qilib boruvchi interaktiv xizmatni joriy etish;

xarid.uzex.uz portalida ro‘yxatdan o‘tkazilgan mahalliy tovar, ish va xizmatlarning texnik talablari bo‘yicha interaktiv xizmatni joriy etish;

davlat xaridlarida raqobatni ta’minlash uchun tadbirkorlarning mavjud salohiyati, moliyaviy imkoniyati, bajargan ishlari va sifati bo‘yicha ularning reytingini joriy etish. Bunda:

yetkazib berilgan tovar, ish va xizmatlar sifati, maqbulligi, shartnoma majburiyatining o‘z muddatida bajarilishi kabi muhim mezonlarni inobatga olish;

tovar, ish xizmatlarning sifatliligi, belgilangan talablar va shartnoma shartlarini ta’minlamagan yetkazib beruvchilarga nisbatan shartli jarima ballarini qo‘llash va buni reyting ballaridan kamaytirib borish tizimini yo‘lga qo‘yish;

tovar, ish va xizmatlarni maqbul bo‘lmagan sun’iy narxlarda yetkazib berish taklifini takroriy bildirgan yoki shartnoma-shartlarini buzgan yetkazib beruvchilarga yo‘l qo‘ygan kamchiliklari va buning takroriyligidan kelib chiqib, ularni davlat xaridlari tizimida 6 oydan 3 yilgacha ishtirok etishdan chetlatish bo‘yicha normalarni belgilash.

2023-yil 2-chorak

M. Ismailov

Tizimda davlat xaridlarini amalga oshirish tartibi takomillashadi hamda budjet mablag‘laridan foydalanishda ochiqlik va shaffoflik ta’minlanadi.

11.

Sport turlari bo‘yicha sport jihozlari, uskunalar va anjomlar bilan jihozlash (zaruriy jihozlar va anjomlar va boshqa vositalarning eng kam miqdori, nomenklaturasi, shuningdek, ulardan foydalanish muddatlari) me’yorlarini belgilash bo‘yicha idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish hamda o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanishini ta’minlash.

2023-yil 3-chorak

M. Ismailov

Tizim tashkilotlarini sport jihozlari, uskunalar va anjomlar bilan jihozlashda noaniqliklar bartaraf etiladi.

IV. Energiyani tejash, uning samaradorligini oshirish va sohaga qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng jalb qilish

12.

Davlat budjeti mablag‘lari hamda boshqa manbalar hisobidan namunaviy tarzda har bir hududda kamida 5 tadan yoshlar siyosati va sport sohasi tizimidagi tashkilotlar balansidagi bino-inshootlarga quyosh panellari va quyosh suv isitish qurilmalarini o‘rnatish.

2023-yil davomida

M. Ismailov

Namunaviy tarzda har bir hududda tizimdagi binolarga quyosh panellari va quyosh suv isitish qurilmalari o‘rnatiladi.

Kelgusi yillardan boshlab, ushbu amaliyot kengaytirib boriladi.

13.

Hududlarda barpo etilayotgan barcha tipdagi sport maydonchalarini yoritish uchun sarflanadigan an’anaviy elektr energiyasidan butunlay voz kechgan holda, uning o‘rniga zamonaviy muqobil energiya manbalaridan foydalanish tizimini yo‘lga qo‘yish.

2024-yildan boshlab

M. Ismailov

Tizimdagi bino va inshootlarda energiya sarfini kamida20 foizga qisqartirishga erishiladi.

V. Tegishli sohalarda davlat-xususiy sheriklik va autsorsing mexanizmlarini keng joriy qilish, 2023-yildan boshlab vazirlik va idoralar hamda ularning tizim tashkilotlarining ayrim funksiyalarini bosqichma-bosqich xususiy sektorga o‘tkazish

14.

Har bir hududda tajriba-sinov tariqasida kamida 1 tadan davlat sport ta’lim muassasasini bosqichma-bosqich qisman o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2023-yil 4-chorak

M. Ismailov

Sport ta’lim muassasasida xizmat ko‘rsatish ko‘lami va sifatini oshirish, budjet mablag‘larini tejash, korrupsiya va suiiste’molchilik holatlarini minimallashtirishga erishiladi.

15.

Davlat sport ta’lim muassasalarida xo‘jalik, jumladan sportchi-o‘quvchilarni ovqatlantirish xizmatlarini autsorsing asosida amalga oshirishni yo‘lga qo‘yish.

Bunda, sport sohasidaautsorsing xizmatlarini ko‘rsatish tartibini belgilovchi tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil 3-chorak

M. Ismailov

Ushbu tizimni yo‘lga qo‘yish orqali sport ta’lim muassasalarida sportchilarni maqbul ovqatlantirish hamda korrupsion holatlarning oldini olish imkoniyatlari kengayadi.

16.

Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda uning tizim tashkilotlarining ayrim funksiyalarini bosqichma-bosqich xususiy sektorga o‘tkazish.

Bunda:

tizimdagi sport maktablarining yopiq va ochiq suzish havzalarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida xususiy sektorga berish hamda ushbu yo‘nalishda sportchilar tayyorlash tizimini takomillashtirish;

“Yoshlar daftari”ga kirish bo‘yicha murojaatlar bilan ishlaydigan “1093qisqa raqamli Call-markaz faoliyatini autsorsingga berish orqali tashkil etish;

yoshlar bilan ishlash sohasida o‘tkaziladigan forum, tadbir, yarmarka va boshqa shu kabi tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan xizmatlarni xususiy sektor orqali amalga oshirish;

davlat sport ta’lim muassasalarining sportchi-o‘quvchilarini oziq-ovqat bilan ta’minlash va ovqatlantirish xizmatlari;

sohaga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish va tizimni raqamlashtirish bo‘yicha xizmatlar;

yoshlar ongida milliy g‘ururni shakllantirish hamda mustahkamlashga qaratilgan publitsistik chizma, foto va video materiallar tayyorlash kabi xizmatlarni xususiy sektor orqali amalga oshirish.

2023 — 2026-yillarda

A. Sa’dullayev

M. Ismailov

Sport maktablarida mavjud bo‘lgan 100 dan ortiq yopiq va ochiq suzish havzalari faoliyati xususiy sektor ishtirokida yangidan yo‘lga qo‘yiladi.

Ushbu xizmatlar bo‘yicha o‘zini-o‘zi moliyalashtirish tizimiga bosqichma-bosqich o‘tiladi va budjetdan moliyalashtirish qisqartiriladi.

Tadbirlarni o‘tkazish xususiy sektor ishtirokida sog‘lom raqobat asosida amalga oshiriladi.

VI. Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish (ularga xizmat ko‘rsatish, davlat tomonidan subsidiya, imtiyoz berish va boshqacha tartibda qo‘llab-quvvatlash) hamda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish

17.

“O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining stipendiyasi”ni ta’sis etish hamda stipendiyani tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash.

2023-yil 4-chorak

Sh. Maxmudov

M. Ismailov

Stipendiya miqdori mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 3 baravari etib belgilanadi.

Mablag‘lar sportchi lavozimi uchun belgilangan ish haqi, �erma jamoalar va ularning zaxirasi, sportchilar energiya sarfini qoplash va jismoniy resurslarini tiklash uchun ajratiladigan maqsadli to‘lovlarni maqbullashtirish hisobiga amalga oshiriladi.

18.

“Yoshlar daftari” orqali yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish tizimini takomillashtirish.

Bunda:

yoshlarga ko‘rsatiladigan yordam turlarini 30 taga yetkazish (2022-yilda 20 ta);

nogironligi bo‘lgan 500 nafargacha yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish orqali ularning bandligini ta’minlash (2022-yilda 240 nafar);

ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bilan birga iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirish tizimini yo‘lga qo‘yish;

“Yoshlar daftari” axborot tizimini raqamlashtirish darajasini 80 foizga yetkazish (2022-yilda 60 foiz);

ijtimoiy-iqtisodiy xizmatlarni ko‘rsatishda ularning iqtidoridan unumli foydalanishga qaratilgan ijtimoiy majburiyatlarni qo‘llash amaliyotini joriy etish;

“Yoshlar daftari” orqali ko‘rsatiladigan ijtimoiy-iqtisodiy xizmatlar, jumladan yoshlarga subsidiya, kompensatsiya va moddiy yordam berish tartibini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2023-yil davomida

A. Sa’dullayev

D. Raximova

“Yoshlar daftari” tizimi takomillashtirilishi natijasida 300 ming nafar yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolari hal etiladi hamda iqtidorli yoshlar rag‘batlantiriladi.

19.

Yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularning ilmiy faoliyati va chet tillarini o‘rganishini rag‘batlantirish hamda iqtidorini qo‘llab-quvvatlash. Bunda:

intellektual o‘yinlarni ommalashtirish orqali 1 mln nafar yoshlarni qamrab olish (2022-yilda 1,3 mln nafar);

xalqaro imtihon tizimlari (IELTS, TOEFL, GMAT, GRE, SAT va b.) bo‘yicha yuqori ball (daraja) to‘plagan 10 ming nafar yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini qoplab berish;

chet tillarini o‘rganishni ommalashtirishga qaratilgan loyihalar orqali 50 ming nafar yoshlarni qamrab olish (2022-yilda 30 ming nafar);

onlayn fan olimpiadalarini tashkil etish orqali nufuzli xalqaro fan olimpiadalariga 300 ming nafar yoshlarni tayyorlash (2022-yilda 246 ming nafar);

ta’lim muassasalari o‘quvchi-talabalarining liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, istiqbolli g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Yoshlar stipendiyasi”ni joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2023-yil davomida

A. Sa’dullayev

1,4 mln nafar yoshlarning intellektual salohiyati oshiriladi, ularning ilmiy faoliyati va chet tillarini o‘rganishi rag‘batlantiriladi.

VII. Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimidagi davlat unitar korxonalari (muassasalari), mas’uliyati cheklangan jamiyatlar hamda davlat ulushi bo‘yicha aksiyalar paketi boshqaruviga berilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatini qayta ko‘rib chiqish, shuningdek, ulardagi davlat ulushini xususiylashtirish bo‘yicha taklif tayyorlash

20.

Vazirlik tasarrufidagi “Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish direksiyasi” davlat unitar korxonasi faoliyatini tugatish hamda uning funksiya, vazifalari va ko‘rsatadigan xizmatlarini xususiy sektor orqali amalga oshirish.

2023-yil 2-chorak

M. Ismailov

DUK faoliyatini tugatish orqali tadbirlarni o‘tkazish xususiy sektor ishtirokida sog‘lom raqobat va mablag‘larni iqtisod qilgan holda amalga oshiriladi.

21.

“Raqamlashtirish va sertifikatlash” davlat unitar korxonasi faoliyatini xususiy sektor ishtirokida qayta tashkil etish orqali sohaga zamonaviy axborot tizimlarini joriy etish va raqamlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar, donor va xalqaro moliya institutlarining texnik ko‘mak va boshqa tashqi beg‘araz ko‘mak (grant) mablag‘larini jalb etish.

2023-yil 4-chorak

M. Ismailov

DUK faoliyatini xususiy sektor ishtirokida qayta �ashkil etish orqali zamonaviy Ay-Ti tizimlari joriy etiladi.

22.

Yoshlar siyosati va sport vazirligi tasarrufidagi Sport” gazetasi tahririyati DUKningdavlat ulushini to‘laligicha xususiy sektorga sotish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2023-yil 4-chorak

M. Ismailov

DUK faoliyatini xususiy sektorga o‘tkazish orqali iste’molchilarga yo‘naltirilgan zamonaviy, ochiq, shaffof sportga oid ma’lumotlar va islohotlarni yetkazib berishga kengroq imkoniyatlar yaratiladi.

VIII. Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari va aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning modelini takomillashtirish

23.

Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimida ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ko‘lamini kengaytirish va soddalashtirish,shuningdek,sport sohasidagi boshqa xizmatlar hajmini 2 barobargacha oshirish choralarini ko‘rish. Bunda:

nogironligi bo‘lgan yoshlarga o‘qish, yashash va transport xarajatlarini qoplash hamda asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratish tizimini yanada soddalashtirish;

xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball (daraja) to‘plagan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini kompensatsiya qilish tizimini takomillashtirish;

“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan, shuningdek, IT-park rezidentining o‘quvchisi yoki bitiruvchisi bo‘lgan yoshlarga iste’mol krediti orqali kompyuter xarid qilish uchun kafillik berish hamda mazkur kreditlarning foiz to‘lovlarini kompensatsiya qilish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini yanada soddalashtirish;

jismoniy tarbiya va sport sohasida ko‘rsatilayotgan elektron davlat xizmatlari ko‘lamini 1,5 barobargacha oshirish va modelini takomillashtirish;

tizimda budjet yukini kamaytirib borish maqsadida sport ta’lim muassasalarida asosiy dars mashg‘ulotlaridan tashqari vaqtlarda aholiga pullik xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish hamda ularga qulaylik yaratish maqsadida pullik xizmatlar uchun masofadan turib to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratishni nazarda tutish.

2023-yil 4-chorak

A. Sa’dullayev

M. Ismailov

Yoshlar bilan ishlash va sport sohasida ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari yanada soddalashtiriladi va ular soni ikki barobarga oshiriladi.

IX. Vazirlik va idoralarda hamda ular tarkibiga kiradigan tashkilotlar kesimida korrupsiya avj olgan sohalarda uning rivojlanish sabablari va shartlarini o‘rganish asosida ushbu sohalarning har biriga “tashxis qo‘yish” hamda korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish

24.

Yoshlar va sport sohasi tizimi tashkilotlari hamda sport ta’lim muassasalarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan sun’iy monopoliya, yopiq sxemalar va korrupsion holatlarning oldini olishga qaratilgan huquqbuzarlik xavfini avtomatik tarzda tahlil qilish tizimini yo‘lga qo‘yish.

2023-yil 4-chorak

A. Sa’dullayev

M. Ismailov

Vazirlik va tizim tashkilotlari, qolaversa, sport ta’lim muassasalari faoliyatida ochiqlik va shaffoflik ta’minlanadi.

Davlat budjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish va aholiga xizmat ko‘rsatish samaradorligi bevosita o‘rganib boriladi.

Tizimda ochiqlik, oshkoralik va shaffoflikni ta’minlash hamda mansabdor shaxslarning aholi oldidagi hisobdorligini yo‘lga qo‘yish orqali davlat boshqaruvida samarali va ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun zarur sharoitlar yaratiladi.

25.

Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish:

tizim tashkilotlari va sport ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishda inson omilini qisqartirish hamda tegishli tartib-taomillar va funksiyalarni raqamlashtirish orqali korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish;

tizimda oldindan tashxis qo‘yish amaliyotini hamda elektron dasturiy ta’minot yordamida xavfni tahlil qilish orqali masofadan turib nazorat qilish tartibini joriy etish;

sport ta’lim muassasalari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, budjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish va aholiga xizmat ko‘rsatish samaradorligini o‘rganish natijalarini o‘zining veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlariga joylashtirib borish hamda ushbu yo‘nalishda jamoatchilik fikrini tizimli ravishda tahlil qilish;

fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq muloqotni ta’minlaydigan jamoatchilik bilan hamkorlikning zamonaviy shakllarini keng joriy etish;

tizimda korrupsiyaga moyilligi yuqori deb baholangan hamda soha yo‘nalishlari va tashkilotlari bo‘yicha elektron reyestr yuritilishini tashkil etish hamda ularning profilaktikasini amalga oshirish.

Doimiy

A. Sa’dullayev

M. Ismailov

Sh. Maxmudov

D. Raximova

X. Sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, shu jumladan vazirlik va idoralarning ish jarayonini raqamlashtirish

26.

Yoshlar siyosati va sport sohasini 24 ta yo‘nalishda raqamlashtirish bo‘yicha “ERP Sport” yagona elektron platformasini to‘liq ishga tushirish.

2024-yil 1-chorak

M. Ismailov

Yoshlar bilan ishlash va sport tizimini raqamlashtirish uchun zarur axborot tizimlari ishga tushiriladi hamda tizimda ochiq va shaffof ma’lumotlar bazasi yaratiladi.

Shuningdek, ushbu elektron platformani “UzASBO” dasturiga integratsiya qilish orqali Davlat budjeti mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanish ta’minlanadi.

27.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida sog‘lom turmush tarzi va sportga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otish bo‘yicha o‘yinli dasturlar, multfilmlar yaratilishini ta’minlash.

2023-yil 4-chorak

M. Ismailov

Maktabgacha va maktab ta’limi tizimiga qamrab olingan bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sog‘lom turmush tarziga o‘rgatish hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha milliy kontentlar yaratiladi.

28.

Yoshlar siyosati va sport sohasini raqamlashtirish, bu bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘nalishlar kesimida zarur axborot tizimlarini ishga tushirish, ularni tegishli davlat va nodavlat tashkilotlar elektron tizimlari bilan integratsiya qilish.

Bunda:

2023-yil 4-chorak

A. Sa’dullayev

D. Ra�imova

M. Ismailov

Yoshlar bilan ishlash va sport tizimini raqamlashtirish uchun zarur axborot tizimlari ishga tushiriladi.

Davlat sport ta’lim muassasalarining sportchi o‘quvchilarini identifikatsiya kartalar bilan ta’minlash ko‘rsatkichi amaldagi 40 foizdan 60 foizga yetkaziladi.

Jismoniy tarbiya va sport sohasida ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarini 2 barobarga oshirish orqali ular soni 12 taga yetkaziladi.

Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti va Universitet faoliyatini raqamlashtirish bo‘yicha ishlar 2023-yil yakuniga qadar o‘rtacha hisobda 50 foizga yetkaziladi.

sportni moliyalashtirishning yangi tiziminijoriy etish, jumladan Davlat budjetidan sohaga ajratiladigan mablag‘larning maqsadli sarflanishi nazorati yuritiladigan yagona elektron platformani ishga tushirish hamda ushbu platformaga budjetdan mablag‘ oluvchi barcha davlat va nodavlat sport tashkilotlarini integratsiya qilish;

davlat sport ta’lim muassasalari o‘quvchilarini identifikatsiya kartalar (ID-karta) bilan ta’minlash darajasini oshirish;

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining tashkiliy-boshqaruv jarayonini 60 foizga, o‘quv-uslubiy jarayonini 60 foizga, ilmiy-tadqiqot jarayonini 30 foizga raqamlashtirish;

Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutining o‘quv-uslubiy jarayonini 50 foizga, ilmiy-tadqiqot jarayonini 30 foizga raqamlashtirish.

2023-yil davomida

XI. Sohada faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning kasbiy mahorati va mas’uliyatini oshirish, tizim tashkilotlariga tashabbuskor, fidoyi, sadoqatli, o‘z ustida doimiy ishlaydigan kadrlarni jalb qilish hamda ularning salohiyatini doimiy ravishda oshirib borish

29.

Tizimda faoliyat yuritayotgan eng istiqbolli kadrlarni o‘qitish hamda ilg‘or xorijiy davlatlarga stajirovkaga bosqichma-bosqich yuborish bo‘yicha 2023 — 2025-yillarga mo‘ljallangan dasturni qabul qilish.

2023-yil 2-chorak

A. Sa’dullayev

Tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlarning malakasi va professionallik darajasi oshirib boriladi.

30.

Faoliyati davomida yuqori bilim va ko‘nikma orttirgan, malakali va chuqur nazariy bilimlarga ega bo‘lgan, o‘z vazifalarini samarali va mas’uliyat bilan bajarib namuna ko‘rsatgan yoshlar yetakchilarini tizim tashkilotlaridagi yuqori lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha “sotsial lift” loyihasini amalga oshirish.

2023-yil 2-chorak

A. Sa’dullayev

M. Ismailov

Sh. Maxmudov

D. Raximova

Mahallalardagi 9 370 nafar yoshlar yetakchisi faoliyati samaradorligi oshiriladi.

XII. Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimiga kiritilgan muassasalarning faoliyatini takomillashtirish

31.

Vazirlik hamda uning hududiy bo‘linmalari va tizim tashkilotlarining tuzilmalarini tasdiqlash.

Bunda:

vazirlik tizimiga kiruvchi bo‘linmalar va tizim tashkilotlari faoliyatini tahlil qilib, ularni qayta tashkil etish choralarini ko‘rish;

vazirlik markaziy apparati hamda uning hududiy bo‘linmalari va tizim tashkilotlari xodimlarini lavozimlarga tayinlash va qayta tayinlash;

vazirlik markaziy apparati hamda hududiy bo‘linmalari hamda tizim tashkilotlarini malakali, chuqur nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan, o‘z vazifalarini samarali va mas’uliyat bilan bajaradigan kadrlar bilan to‘ldirish.

2023-yil 2-chorak

A. Sa’dullayev

M. Ismailov

Vazir o‘rinbosarlari, bosh boshqarma va bo‘limlar hamda hududiy va tarkibiy tuzilmalarning yo‘nalishlar bo‘yicha aniq vazifalari belgilab beriladi.

Kadrlar tanlab olinadi, mutaxassis kadrlarning yo‘nalishi va salohiyatiga qarab ish yuritishi tartibga keltiriladi.

32.

Yoshlar siyosati va sport vazirligi tarkibiy tuzilmalariga boshqaruv, kadr, moliya va boshqa yo‘nalishlardagi vazifa va talablarni aniq belgilash orqali ularning bu boradagi mustaqilligini oshirish va mas’uliyatini kuchaytirish.

Buning uchun, tarkibiy bo‘linma va tuzilmalar Nizomlari hamda boshqa ichki me’yoriy hujjatlarini tubdan qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2023-yil 2-chorak

A. Sa’dullayev

M. Ismailov

Tizim faoliyatini samarali tashkil etishda boshqaruv, kadr, moliya va boshqa yo‘nalishlarda inson omili, sansolarlik, byurokratiya va har xil yopiq sxemalar ishlashining oldi olinadi.

Asosiy energiya va resurslar inson omilini boshqarishga emas, balki tizimni takomillashtirishga yo‘naltiriladi.

XIII. Qonunchilik hujjatlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazish, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish zarur bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir-biriga muvofiqlashtirish

33.

Yoshlar siyosati va sport sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish choralarini ko‘rish.

Bunda, quyidagilarga asosiy e’tiborni qaratish:

qonunchilik hujjatlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazish;

qonunchilik hujjatlarida takrorlanish, kolliziya, huquqiy bo‘shliqlarni aniqlash va bartaraf etish;

to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi qonunlarni ishlab chiqish hisobiga qonunosti hujjatlarning ulushini kamaytirish;

tartibga solish yukini va ortiqcha byurokratik to‘siqlarni kamaytirish hisobiga huquqni qo‘llash amaliyotini soddalashtirish.

2023-yil 4-chorak

A. Sa’dullayev

M. Ismailov

Yoshlar bilan ishlash va sport yo‘nalishiga oid normativ-huquqiy hujjatlar bazasi tizimlashtiriladi hamda bir-birini takrorlovchi hujjatlar soni qisqartiriladi.