O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
I. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 9, 344-modda) 11-moddasining ikkinchi qismidagi “inspeksiyalar” degan so‘z chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(II bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi O‘RQ-138-sonli Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
III. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Garov to‘g‘risida”gi Qonunining O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan tahriri (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 96-modda):
1) 7-moddasining birinchi qismi “mulkdorlarning” degan so‘zdan keyin “yozma” degan so‘z bilan to‘ldirilsin;
“Agar tasarrufdan chiqarilganda boshqa shaxs yoki organning roziligi yoki ruxsatini olish talab etiladigan mol-mulk ipoteka narsasi bo‘lsa, bunday mol-mulk ipotekasi uchun ham shunday rozilik yoki ruxsat olish zarur.
Davlat mulkida bo‘lgan va hech kimga xo‘jalik yuritish huquqida biriktirilmagan ko‘chmas mulk garovi to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi”;
“Shartnomada ipoteka narsasi uning nomi, turgan joyi va shu narsani o‘xshash deb topish uchun yetarli tarzdagi tavsifi ko‘rsatilgan holda belgilab qo‘yiladi.
Ipoteka to‘g‘risidagi shartnomada ipoteka narsasi bo‘lgan mol-mulk qaysi huquqqa ko‘ra garovga qo‘yuvchiga tegishli bo‘lsa, shu huquq hamda garovga qo‘yuvchining bu huquqini ro‘yxatdan o‘tkazgan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organning nomi ko‘rsatilgan bo‘lishi zarur.
Ipoteka narsasini baholash garovga qo‘yuvchi bilan garovga oluvchi o‘rtasidagi kelishuv asosida baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi, biroq bu baholash ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organ o‘tkazgan baholashdan kam bo‘lmasligi kerak”;
“Garovga oluvchi o‘ziga topshirilgan garov narsasi to‘liq yoki qisman nobud bo‘lganligi yoki shikastlanganligi uchun, agar O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 333-moddasiga muvofiq javobgarlikdan ozod etilishi mumkinligini isbotlay olmasa, javob beradi.
Garovga oluvchi nobud bo‘lgan garov narsasi uchun uning haqiqiy qiymati miqdorida, garov narsasi shikastlanganligi uchun esa garov narsasi garovga oluvchiga topshirilayotganda baholangan summaga qarab qiymat qancha summaga kamaygan bo‘lsa, shuncha summa miqdorida javob beradi.
Agar garov narsasi shikastlanish natijasida belgilangan maqsad bo‘yicha foydalanib bo‘lmaydigan darajada o‘zgargan bo‘lsa, garovga qo‘yuvchi undan voz kechishga hamda uning nobud bo‘lganligi uchun tovon to‘lanishini talab qilishga haqli, u bilan garovga oluvchi o‘rtasida nobud bo‘lgan yoki shikastlangan mol-mulkni tiklash yoki almashtirish to‘g‘risida yozma ravishda bitim tuzilgan hamda garovga oluvchi bu bitimning shartlarini lozim darajada bajarayotgan hollar bundan mustasno.
Shartnomada garovga oluvchining garov narsasi nobud bo‘lganligi yoki shikastlanganligi oqibatida garovga qo‘yuvchiga yetkazilgan boshqa zararni ham to‘lash majburiyati nazarda tutilishi mumkin.
Garov bilan ta’minlangan majburiyat bo‘yicha qarzdor garovga qo‘yuvchi garov narsasi nobud bo‘lganligi yoki shikastlanganligi oqibatida yetkazilgan zararni to‘lash to‘g‘risida garovga oluvchiga qo‘ygan talabni garov bilan ta’minlangan majburiyatlarni qoplash uchun hisobga olishga haqli”;
“Ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma shartlariga muvofiq yoki shu shartnoma bo‘yicha garovga qo‘yilgan mol-mulk asralishini ta’minlash zaruratiga ko‘ra garovga oluvchi uni asrash va (yoki) qo‘riqlash uchun yoxud garovga qo‘yuvchining bu mol-mulk bilan bog‘liq soliqlar, yig‘imlar yoki kommunal to‘lovlar bo‘yicha qarzlarini to‘lash uchun xarajatlar qilishga majbur bo‘lgan hollarda garovga oluvchining bunday xarajatlarini qoplash garovga qo‘yuvchi hisobidan ta’minlanadi”;
“Ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish garovga qo‘yuvchining arizasi asosida amalga oshiriladi. Ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun quyidagilar taqdim etilishi kerak:
Ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma uni ro‘yxatga olish uchun zarur hujjatlar ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organga kelib tushgan kundan e’tiboran uch ish kunida ro‘yxatga olinishi kerak.
Binolar va inshootlar davlat kadastriga ipoteka to‘g‘risidagi qayd yozuvi kiritilgan kun ipoteka davlat ro‘yxatiga olingan sana hisoblanadi.
Ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish oshkora tadbir hisoblanadi. Navbatdagi garovga oluvchi, huquqlardan boshqa shaxs foydasiga voz kechish bo‘yicha yangi kreditor, shuningdek huquqni muhofaza qiluvchi, soliq, bojxona organlari va sudlar ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organda tegishli mol-mulk ipotekasi to‘g‘risida qayd yozuvi bor-yo‘qligi haqidagi ma’lumot hamda ipoteka to‘g‘risidagi qayd yozuvidan tasdiqlangan ko‘chirma olishga haqlidir”;
IV. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 6-mayda qabul qilingan “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 5, 223-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda) 24-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Kasaba uyushmalari xodimlarning mehnati muhofaza qilinishiga doir huquqini qonun hujjatlariga muvofiq himoya qiladilar.
Kasaba uyushmalari mehnatni muhofaza qilishga doir normativ hujjatlarni ishlab chiqishda va kelishib olishda belgilangan tartibda ishtirok etadilar.
Kasaba uyushmalari ishlab chiqarish vositalarini sinash va foydalanishga qabul qilish davlat komissiyalari ishida, ishlab chiqarishdagi kasb kasalliklarini tekshirishda, tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi (TMEK) majlislarida ishtirok etadilar.
Xodimlarning sog‘lig‘iga mehnatda mayib bo‘lish oqibatida yoki o‘z mehnat vazifalarini bajarishlari bilan bog‘liq holda sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi sababli yetkazilgan zarar qoplanishi uchun hamda ularning sog‘lig‘i va mehnati muhofaza qilinishiga doir huquqlari kamsitilgan boshqa hollarda kasaba uyushmalari o‘z tashabbusi bilan yoki xodimlarning arizalariga binoan ularning huquqlarini himoya qilib, da’vo arizalari bilan sudga murojaat etishlari mumkin”.
V. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan yangi tahriri (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1-2, 10-modda):
“O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi, nizomi belgilangan tartibda tasdiqlanadigan maxsus vakolatli organ:
sudlarni moddiy-texnika va moliyaviy jihatdan ta’minlash hamda ularning faoliyati uchun zarur sharoitlar yaratish ishlarini tashkil qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining tushuntirishlari sudlar tomonidan bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
“Har bir sud uchun xalq maslahatchilari soni sudyalarning tegishli malaka hay’atlari tomonidan belgilanadi”;
bo‘sh sudyalik lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlar xususida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha oliy malaka komissiyasiga takliflar kiritish;
xalq maslahatchilarini tanlash va ularning saylovini o‘tkazish ishlarini tashkil qilish masalalarini ko‘rish uchun tuziladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
VI. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda):
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining yetti baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
Qonuniy tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilish, ya’ni tadbirkorlik faoliyati subyektini ro‘yxatdan o‘tkazishni g‘ayriqonuniy rad etish yoki uni ro‘yxatdan o‘tkazishdan bo‘yin tovlash, muayyan faoliyatni amalga oshirish uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) berishni g‘ayriqonuniy rad etish yoki uni berishdan bo‘yin tovlash, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish va taftish qilishning belgilangan tartibini buzish, tadbirkorlik faoliyati subyektining huquqlari va qonuniy manfaatlarini cheklash, xuddi shuningdek uning mustaqilligini boshqacha tarzda cheklash yoki uning faoliyatiga boshqacha tarzdagi g‘ayriqonuniy aralashish —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
3) 245-moddasining birinchi qismidagi “164-moddasining ikkinchi qismi” degan so‘zlar “164-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Adliya organlarining mansabdor shaxslari paxta xaridi bo‘yicha kontraktatsiya shartnomalari bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi oqibatida xo‘jalik yurituvchi subyektga mulkiy zarar yetkazilganligi fakti aniqlangan taqdirda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadilar.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma ko‘rib chiqish uchun ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda xo‘jalik sudiga yuboriladi”;
Mehnat bo‘yicha davlat huquqiy va texnik inspektorlari ushbu Kodeksning 49, 50, 51, 229-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqadilar.
Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazo chorasi qo‘llashga quyidagilar haqlidirlar:
mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun — mehnat bo‘yicha davlat huquqiy inspektorlari;
mehnat normalari va mehnat shart-sharoitlari qoidalarini buzganlik uchun — mehnat shart-sharoitlari davlat ekspertizasi mansabdor shaxslari”;
6) 264-moddasining birinchi qismidagi “164-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida” degan so‘zlar “164-moddasining birinchi va to‘rtinchi qismlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
VII. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 1-songa ilova; 1997-yil, № 2, 65-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 112, 124-moddalar, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda, № 9-10, 182-modda) 9-moddasi ikkinchi qismining 2-bandidagi “hamda ularning mehnatning huquq va texnika bo‘yicha inspeksiyalari” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
VIII. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan qonunlari bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda):
“Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan avtomototransport vositalarining oldi-sotdi shartnomasi notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilangan hollar bundan mustasno”;
“Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan avtomototransport vositalarini ayirboshlash shartnomasi notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak”;
“Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan avtomototransport vositalarini hadya qilish shartnomasi notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak”;
“Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan avtomototransport vositalarini ijaraga berish shartnomasi notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak”.
Oldingi tahrirga qarang.
(IX bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi O‘RQ-138-sonli Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(X bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 20-yanvardagi O‘RQ-401-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 3(I)-son, 32-modda)