27.02.2023 yildagi O‘RQ-819-son
Hujjat 29.08.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
Xalqaro (mintaqaviy) standartlardan texnik reglamentlar loyihalarini ishlab chiqishda to‘liq yoki qisman asos sifatida foydalanilishi kerak, bundan xalqaro (mintaqaviy) standartlar yoki ularning bo‘limlari texnik reglamentlarning ushbu Qonunning 13-moddasida belgilangan maqsadlariga erishish uchun samarasiz yoxud nomuvofiq bo‘lgan hollar, shu jumladan iqlimga oid va geografik o‘ziga xos xususiyatlar tufayli samarasiz yoki nomuvofiq bo‘lgan hollar mustasno.
Texnik reglamentlar talablari ushbu Qonunning 13-moddasida belgilangan texnik reglament maqsadlariga nisbatan ko‘proq texnik to‘siqlarni yuzaga keltirmasligi kerak.
Texnik reglamentlarni ishlab chiquvchilar bu reglamentlarning dolzarbligi va ushbu Qonunning 13-moddasida belgilangan maqsadlarga muvofiqligi nuqtai nazaridan ularni qayta ko‘rib chiqadi.
Rasmiylashtirilgan muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiya ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan shaxslarning arizasiga ko‘ra, muvofiqlik sertifikatlarining va muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyalarning reyestrida akkreditatsiya qilish doirasi mahsulotning mazkur turini o‘z ichiga olgan muvofiqlikni baholash organi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim. Muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiya muvofiqlik sertifikatlarining va muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyalarning reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran haqiqiy deb hisoblanadi.
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
xuddi shunday huquqbuzarlik ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan jarima tarzidagi moliyaviy sanksiya qo‘llanilgan kundan e’tiboran bir yil davomida takroran sodir etilganda — majburiy talablarga muvofiq bo‘lmagan, realizatsiya qilingan mahsulot qiymatining yuz foizigacha miqdorda jarima tarzidagi moliyaviy sanksiyalar qo‘llaniladi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan jarima tarzidagi moliyaviy sanksiyalar sud tartibida qo‘llaniladi, bundan mahsulotni ishlab chiqaruvchilar, ishlab chiqaruvchining vakolatli vakillari, sotuvchilar yoki import qiluvchilar sodir etilgan huquqbuzarlikda aybdorligini tan olgan va moliyaviy sanksiyalar summasi bir oy muddatda ixtiyoriy ravishda to‘langan hollar mustasno.
birinchi qismdagi “texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning” degan so‘zlar “o‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlashga doir normativ hujjatlarning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismdagi “texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning” degan so‘zlar “o‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlashga doir normativ hujjatlarning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
7) O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 23-aprelda qabul qilingan “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘RQ-213-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 4, 140-modda);
8) O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 4-oktabrda qabul qilingan “Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida”gi O‘RQ-354-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 10, 262-modda);