05.07.2005 yildagi 155-son
Hujjat 05.07.2005 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining 2002-yilgi Davlat budjeti asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va parametrlari prognozi to‘g‘risida” 2001-yil 31-dekabrdagi 490-son qarorining 20-bandida “bolalarning maktabgacha bolalar muassasalaridagi ta’minoti va” so‘zlari chiqarib tashlansin, “28 va 29-ilovalar” so‘zlari “29-ilova” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) 4-bandning “a” kichik bandi oltinchi xatboshiga “shuningdek kommunal xo‘jalik tizimi korxonalari uchun faoliyat xususiyatiga ko‘ra issiqlik energiyasi, suv va tabiiy gazning xarid qiymati hajmlari chiqarib tashlangan holda” so‘zlari qo‘shilsin;
b) qarorga 3-ilovaning 27-bandi “a” kichik bandining oltinchi xatboshidagi birinchi jumlaga “shuningdek kommunal xo‘jalik tizimi korxonalari uchun faoliyat xususiyatiga ko‘ra issiqlik energiyasi, suv va tabiiy gazning xarid qiymati hajmlari chiqarib tashlangan holda” so‘zlari qo‘shilsin.
Keyingi tahrirga qarang.