17.11.2022 yildagi 660-son
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur Qoidalarning talablari barcha fuqaro havo kemalari, O‘zbekiston Respublikasining Havo kodeksi talablari tatbiq etiladigan huquqiy munosabatlarning barcha subyektlari, aviatsiya texnikasini loyihalash, sinovdan o‘tkazish, ishlab chiqarish, sertifikatlash, ekspluatatsiya qilish va ta’mirlash ishlarini bajaruvchi, aviatsiya infratuzilmasi obyektlarini sertifikatlash, parvozlarni bajarish va ta’minlash, aviatsiya xodimlarini tayyorlash ishlarini amalga oshiruvchi tashkilotlar, fuqarolar hamda aviatsiya hodisalarini tekshirishda ishtirok etuvchilar uchun majburiydir.
Uchuvchisiz uchish apparatlariga tegishli qismida, faqat mazkur bandning “a” kichik bandida ko‘rsatilgan oqibatlarga olib kelgan aviatsiya halokatlarigina tekshirilishi lozim bo‘ladi.
9. Aviatsiya halokatlari va insidentlarini tekshirish bo‘yicha vakolatli organga 1944-yildagi Xalqaro fuqaro aviatsiyasi to‘g‘risida konvensiyaning (keyingi o‘rinlarda — Konvensiya) 13-ilovasiga muvofiq tekshiruv o‘tkazishda mustaqillik beriladi.
Aviatsiya halokati va insidentlarini tekshirish natijalari bo‘yicha Hisobotlar davlat tilida yoki Konvensiyaning 13-ilovasida ko‘rsatilgan 6 ta tildan (rus, ingliz, arab, ispan, xitoy, fransuz) birida tuzilishi mumkin.
Xabarnomada, imkon qadar, Konvensiyaga 13-ilovada nazarda tutilgan va ushbu Qoidalarning 20-bandida ko‘rsatilgan ma’lumotlar mavjud bo‘lishi kerak.
Aviatsiya halokati tekshiruvi ishtirokchilari ushbu Qoidalarga 4-ilovada belgilangan huquq va majburiyatlarga ega bo‘ladi.
40. Davlatlarning vakillari va ularning maslahatchilari Konvensiyaga 13-ilovaga binoan belgilanib, Transport vazirligi rahbariyati bilan kelishilgan holda va komissiya raisi nazorati ostida ularga quyidagi huquqlar berilishi mumkin:
57. Aviatsiya halokati sodir bo‘lgan joyda o‘tkazilayotgan tekshirish, O‘zbekiston Respublikasi Havo kodeksiga muvofiq, tabiiy ofatlar oqibatlarini tugatish ishlariga tenglashtirilgan alohida sharoitlarda bajariladigan ishlar qatoriga kiradi.
Qidirish va avariyadan qutqarish ishlari guruhi bevosita komissiya raisiga bo‘ysunadi hamda ushbu Qoidalarga 7-ilovada belgilangan vazifalarni bajaradi. Insonlar o‘limi bilan bog‘lik bo‘lmagan hollarda, bu guruh ma’muriy kichik komissiya tarkibiga kiritilishi mumkin.
94. Kichik komissiyalar va ishchi guruhlar tomonidan ushbu Qoidalarga 9, 10, 11-ilovalarda nazarda tutilgan ishlar amalga oshiriladi, ishlarning natijalari hisobotlar bilan rasmiylashtiriladi hamda ular komissiya (kichik komissiya) yig‘ilishlarida muhokama qilinadi.
177. Transport vazirligi tomonidan ushbu Qoidalarga 1-ilovadagi ro‘yxatga kiritilmagan hodisalarning tekshiruvi tayinlanishi mumkin. Bunday hodisalarni tekshirish va tasniflash aviatsiya insidentini tekshirish tartibida o‘tkaziladi.
192. Davlatlar vakillari va ularning maslahatchilari ishtirok etish darajasi Konvensiyaning 13-ilovasiga binoan belgilanadi va ularga komissiya raisi nazorati ostida Transport vazirligi rahbari bilan kelishilgan holda quyidagi huquqlar beriladi:
224. Tekshiruvda ishtirok etayotgan shaxslar mazkur Qoidalarga 4-ilovaga muvofiq ularga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi, ular tomonidan bajarilgan ishning to‘liqligi va sifati, xulosalarining asoslanganligi va xolisligi hamda materiallar sifatli rasmiylashtirilganligi uchun javobgardirlar.
b) Konvensiyaga 13-ilovasida nazarda tutilgan, shuningdek ushbu Qoidalarning 2-bobi qoidalariga muvofiq yuboriladigan har qanday xabarnomaga havola;
273. Xavfli yuklar bilan bog‘liq aviatsiya halokatini tekshirish natijalari bo‘yicha Yakuniy hisobot ushbu Qoidalarning 2-bobi talablariga muvofiq manzillarga va qo‘shimcha ravishda xavfli yuk jo‘natuvchi davlatning aviatsiya ma’muriyati manziliga yuboriladi.
274. Xavfli yuklar bilan bog‘liq aviatsiya insidentining tekshiruvi natijalari bo‘yicha Hisobot ushbu Qoidalarning 3-bobida ko‘rsatilgan tartibga muvofiq tuziladi va jo‘natiladi, tekshirish natijalari texnik yo‘riqnomalar talablaridagi (IKAO Doc 9284) kamchiliklarni ko‘rsatsa, bunday tekshirish natijalari bo‘yicha Hisobot IKAOga ham yuborilishi kerak.

Parvoz kichik komissiyasi hisoboti
quyidagi shaklda tuziladi:

20 yil “____” _________________
______________-son Bayonnoma
Komissiya yig‘ilishida ko‘rib chiqildi


tekshiruvi munosabati bilan Parvoz kichik komissiyasining amalga oshirilgan ish natijalari bo‘yicha
HISOBOT

_________________________________________________________________________________________________________
(mansubligi, rusumi, davlat registratsiyasi raqami va tanitish belgilari)

____________________________________________________________________________________ samolet (vertolet) bilan

_____________________________________________________________________________________________ sodir bo‘lgan
(aviahodisa sanasi va joyi)

_____________________________________________________________________________________________________
(aviatsiya hodisasi turi)




tekshiruvi munosabati bilan Parvoz kichik komissiyasining
amalga oshirilgan ish natijalari bo‘yicha
HISOBOT


1. KIChIK KOMISSIYA TOMONIDAN BAJARILGAN
ASOSIY IShLAR


Kichik komissiya tomonidan bajarilgan asosiy ishlarning to‘liq ro‘yxati, ilova qilinayotgan asosiy hisobot hujjatlari bilan keltiriladi.
Masalan:
ekipajning ushbu parvoz uchun tayyorgarligi va bo‘linmada parvoz ishlarini tashkil etish darajasi o‘rganildi (parvoz guruhining hisoboti ilova qilinadi);
bort yozuv uskunasi ma’lumotlarini rasshifrovka qilish natijalarining tahlili o‘tkazildi va boshqalar.


2. TAHLIL

Ushbu bo‘lim kichik komissiya hisobotining asosiy bo‘limi hisoblanib, ekipaj, parvozlarni ta’minlash xizmatlari mutaxassislari harakatlarining to‘g‘riligi, mavjud og‘ish va xatoliklarning sabablari haqidagi xulosalarni to‘liq asoslab berishi, kichik komissiyaning ishchi guruhlari tomonidan olingan natijalarni, zarur hollarda boshqa kichik komissiyalar ma’lumotlaridan foydalangan holda umumlashtirishi lozim.
Tavsiflash shaklida tuziladigan bo‘lim quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak:
ekipaj tarkibi, bajarilayotgan topshiriqning xarakteri;
ekipaj a’zolari kasbiy tayyorgarligining qisqacha tavsifi, parvozdagi harakatlarning to‘g‘riligiga ta’sir ko‘rsatgan barcha mavjud og‘ishlarni ko‘rsatgan holda uning belgilangan talablarga muvofiqligi, ushbu turdagi ishlarni bajarish uchun ruxsatnomaning mavjudligi va ushbu ruxsatnomaning asoslanganligi. Aviatsiya halokatini tekshirish natijasida parvozni ta’minlash xizmatlari faoliyatida aviatsiya hodisasiga ta’sir ko‘rsatgan kamchiliklar aniqlangan bo‘lsa, ushbu xizmatlarning xodimlari haqida shu kabi ma’lumotlar taqdim etiladi;
ekipaj, ta’minlash xizmatlari xodimlari va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan yo‘l qo‘yilgan, keyingi hodisalarga ta’sir ko‘rsatgan barcha og‘ishlar va qoidabuzilishlarni ko‘rsatgan holda ushbu parvozga tayyorgarlik ko‘rishning tavsifi;
meteosharoitlar (oddiy, murakkab), aerodromlarning holati, parvoz qilish va qo‘nish yuzasidan qabul qilingan qarorning asosliligini baholash;
alohida vaziyatning rivojlanishi boshlangunga qadar xususiyatlari va og‘ishlari ko‘rsatilgan holda parvozning qisqacha tavsifi;
ekipaj va parvozni ta’minlash xizmatlari xodimlarining harakatlari nuqtai nazaridan alohida vaziyatning yuzaga kelishi va rivojlanishi jarayonining batafsil xronologik tavsifi, bunda ushbu harakatlarning to‘g‘riligini baholash va parvoz natijalariga ta’sir ko‘rsatgan barcha og‘ishlarni ko‘rsatish;
ekipaj va ta’minlash xizmatlari xodimlarining noto‘g‘ri harakatlari sabablarini tahlil qilish va asoslash.
Tahlil jarayonida, uni tushunish va asoslash uchun zarur bo‘lgan, ishchi guruhlar tomonidan olingan barcha haqiqiy ma’lumotlar keltiriladi.


3. XULOSA

Qisqacha ko‘rinishda quyidagi ma’lumotlar keltiriladi:
ekipaj a’zolari kasbiy tayyorgarligining darajasi, ekipaj malakasining bajarayotgan topshiriqqa muvofiqligi. Ekipaj tayyorgarligida va unga parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsat berilishida mavjud barcha kamchiliklar ko‘rsatiladi;
havodagi harakatni boshqarish va parvozlarni ta’minlash xizmatlari xodimlarining kasbiy tayyorgarligi darajasi, uning belgilangan talablarga muvofiqligi. Xodimlarning tayyorgarligida va ularga ishlash uchun ruxsat berilishida mavjud barcha kamchiliklar ko‘rsatiladi;
parvoz natijasiga ta’sir ko‘rsatgan barcha og‘ishlar va qoidabuzilishlarni ko‘rsatgan holda parvozni bajarish chog‘ida, alohida vaziyatning yuzaga kelishi va rivojlanishi vaqtida ekipaj harakatlarining to‘g‘riligi;
ekipajning noto‘g‘ri harakatlari sabablarini bayon etish;
parvoz natijasiga ta’sir ko‘rsatgan, yo‘l qo‘yilgan barcha og‘ishlarni ko‘rsatgan holda havodagi harakatni boshqarish va parvozlarni ta’minlash xizmatlari xodimlari harakatlarining to‘g‘riligi;
havodagi harakatni boshqarish va parvozlarni ta’minlash xizmatlari xodimlarining noto‘g‘ri harakatlari sabablarini bayon etish;
parvoz ishining tashkil etilishi;
havodagi harakatni boshqarish, meteorologik, aerodrom ta’minoti va boshqa turdagi ta’minot ishlari tashkil etilishi va jihozlanishi holatining qisqacha bahosi.


4. TEKShIRISh DAVOMIDA ANIQLANGAN BOShQA KAMChILIKLAR

Parvozlarni ta’minlash va boshqarish xizmatlarining hamda ekipajning tayyorgarligi va harakatlarida, tegishli qonunchilik hujjatlarida tekshirish davomida aniqlangan, parvoz natijalariga bevosita ta’sir ko‘rsatmagan, ammo umuman parvozlar xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan barcha kamchiliklar va qoidabuzilishlar ko‘rsatiladi.


5. TAVSIYALAR

Parvoz kichik komissiyasining (ijrochilar va muddatlar ko‘rsatilmagan holda) tekshirish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan tavsiyalari ko‘rsatiladi. Bo‘lim quyidagi ikki qismdan iborat bo‘ladi:
parvoz natijasiga ta’sir ko‘rsatgan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan tavsiyalar;
parvoz natijasiga ta’sir ko‘rsatmagan, biroq umuman parvozlar xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan tavsiyalar.

Kichik komissiya raisi

________________________________
(F.I.O.)

________________
(imzo)

Kichik komissiya a’zolari

________________________________ (F.I.O.)

________________ (imzo)

Muhandislik-texnik kichik komissiyasi
Hisoboti quyidagi shaklda tuziladi:

20 yil “____” ______________
______-son Bayonnoma Komissiya yig‘ilishida ko‘rib chiqildi

_________________________________________________________________________________________
(mansubligi, rusumi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan raqami va tanitish belgilari)

_________________________________________________________________________ havo kemasi bilan

_____________________________________________________________________________ sodir bo‘lgan
(aviahodisa sanasi va joyi)

_________________________________________________________________________________________
(aviatsiya hodisasi turi)




tekshiruvi munosabati bilan Muhandislik-texnik kichik komissiyasining
amalga oshirilgan ish natijalari bo‘yicha
HISOBOT


1. KIChIK KOMISSIYA TOMONIDAN
BAJARILGAN ASOSIY IShLAR


Kichik komissiya tomonidan bajarilgan asosiy ishlarning to‘liq ro‘yxati, ilova qilinayotgan barcha hujjatlarni ko‘rsatgan holda keltiriladi.
Masalan:
konstruksiya elementlarining to‘liq (to‘g‘ri) tartibda joylashtirish ishlari amalga oshirildi (hisobot, sxemalar va fotosuratlar ilova qilinadi);
bort yozuv uskunasi yozuvlari bilan boshqaruv simini ajratishni imitatsiya qilish bo‘yicha eksperiment o‘tkazildi (ossillogramma protokoli ilova qilinadi) va boshqalar.


2. HAVO KEMASI HAQIDA ASOSIY MA’LUMOTLAR


Quyidagi shaklda taqdim etiladi:
_____________________________ (aviakompaniya)ga tegishli ekspluatatsiya qilinayotgan (ekspluatant-tashkilot), _____________________________ (rusumi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan raqa�i va tanitish belgisi, zavodda berilgan raqam) samolet (vertolet) ____________________________ (tashkilot nomi, sanasi) ishlab chiqargan tashkilot;
ekspluatatsiya qilinishi boshidan uchish vaqti ______ soat ______ min., ______ qo‘nishlar soni, ______ ta’mirlar soni.
Oxirgi ta’mirdan so‘ng uchgan vaqti _______ soat _______ min., _______ qo‘nishlar soni.
Oxirgi ta’mir o‘tkazilgan zavod ___________________ _____________________.

(qaysi)

(sana)

Xizmat ko‘rsatishning quyidagi manbalari va kalendar shartlariga ega: tayinlangan ___________ soat, __________ qo‘nishlar soni, __________ yil davomida; birinchi ta’mirga qadar ___________ soat, ___________ qo‘nishlar soni, ___________ yil davomida; ta’mirlararo ___________ soat, ___________ qo‘nishlar soni, ___________ yil davomida.

Amal qilish muddati (guvohnomaning amal qilish sanasi)gacha bo‘lgan, (berilgan sanasi va guvohnoma bergan organ nomi) tomonidan berilgan, _________ raqam davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaga ega.

Zarur hollarda, xuddi shunday ma’lumotlar ishdan chiqqan dvigatel (agregat) uchun taqdim etiladi.

_________________

________________________________ samolyotida (vertolyotida)

(sana)

(aviakompaniya)

quyidagi shaklda texnik xizmat ko‘rsatildi ___________________ (oxirgi davriy xizmat), keyin samolyot (vertolyot) uchgan vaqti _______ soat _______ min., _______ qo‘nishlar soni.
Oxirgi uchishdan oldin __________________________ samoletga (vertoletga)

(sana)

quyidagi shaklda __________________________________________________________

(oxirgi operativ xizmat)

______________________________________________________________ tomonidan xizmat ko‘rsatildi.

(aeroport, aviakompaniya, tashkilot nomi)


3. AVIATSIYA HALOKATI
SODIR BO‘LGAI JOYNIIG TAVSIFI

Aviatsiya halokati joyining tavsifi keltiriladi. Havo kemasining erga yoki boshqa to‘siqlarga birinchi tegish joyini, samolyot parchalari sochilgan maydonning o‘lchamlari va sochilish yo‘nalishi, yongin zonasining mavjudligi va joylashishi (mahalliy joyga bog‘langan holda) ko‘rsatiladi. Konstruksiyaning asosiy elementlari joylashuvining qisqacha tavsifi keltiriladi.
Havo kemasining yer va uning atrofidagi predmetlar bilan to‘qnashish xususiyati, konstruksiya sochilib ketishining umumiy xarakteri tariflanadi.
Bu ma’lumotlardan, shuningdek, bort yozuv uskunalari ma’lumotlaridan foydalanib, havo kemasining yer bilan to‘qnashish vaqtida havo hududidagi holati aniqlanadi. Halokat vaqtida havo kemasining konfiguratsiyasi ko‘rsatiladi.


4. TAHLIL

Ushbu bo‘lim kichik komissiya hisobotining asosiy bo‘limi hisoblanib, aviatsiya texnikasining ishlash qobiliyati haqidagi yoki ishdan chiqish holatlari mavjudligi va sabablari, havo kemasining texnik ekspluatatsiyasi sifati to‘g‘risidagi xulosalarni to‘liq asoslab berishi, kichik komissiya ishchi guruhlari tomonidan olingan natijalarni, zarur hollarda, boshqa kichik komissiyalar ma’lumotlaridan foydalangan holda umumlashtirishi kerak.
Tavsiflash shaklida tuziladigan qism quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak:
havo kemasini parvozga tayyorlashning qisqacha tavsifi (jumladan, so‘nggi davriy va operativ texnik xizmat ko‘rsatish), bunda aviatsiya texnikasi ishlash qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatgan, yo‘l qo‘yilgan barcha og‘ishlar va qoidabuzilishlarni ko‘rsatish;
alohida vaziyatning rivojlanishi boshlangunga qadar (aviatsiya texnikasi nuqtai nazaridan) parvozning qisqacha tavsifi, bunda uning xususiyatlari va og‘ishlarni ko‘rsatish;
alohida vaziyatning yuzaga kelishi va rivojlanishi jarayonida aviatsiya texnikasi ishlashining batafsil tavsifi, bunda ishdan chiqish holatlarining (mavjud bo‘lsa) ketma-ketligi va o‘zaro ta’sirini tahlil qilish;
aviatsiya texnikasi ishlash qobiliyatini quyidagi asosiy funksional tizimlar bo‘yicha batafsil tahlil qilish:
planer;
boshqaruv tizimi;
yoqilg‘i tizimi;
gidrotizim;
konditsioner tizimi;
muzlashga qarshi tizim;
dvigatellar;
aviatsiyatsion va radioelektron asbob-uskunalar.
Ishdan chiqish holatlari bo‘lmaganda, funksional tizim ishlash qobiliyati bo‘yicha mavjud bo‘lgan dalillar taqdim etiladi. Ishdan chiqish holatlari aniqlangan taqdirda, ularning sabablari batafsil tahlili keltiriladi. Aviatsiya halokati yong‘in sodir bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lsa, uning sabablari va sodir bo‘lgan joyi tahlili taqdim etilib, mavjud bo‘lgan o‘ziga xos alomatlari tavsiflanadi.
Tahlil jarayonida uni tushunish va asoslash uchun zarur bo‘lgan, kichik komissiya ixtiyorida mavjud bo‘lgan barcha haqqoniy ma’lumotlar, shu jumladan maxsus tadqiqotlar natijalari taqdim etiladi. Kichik komissiya faoliyati davomida aviatsiya texnikasining mavjud ishdan chiqish holatlariga aviatsiya texnikasiga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashdagi kamchiliklar sabab bo‘lganligi aniqlansa, bu kamchiliklarning tavsifi, zarur ho�larda esa aviatsiya texnikasini ta’mirlash yoki texnik xizmat ko‘rsatish va uni parvozga tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi xodimlar haqida ma’lumot taqdim etiladi.


5. XULOSA

Qisqacha shaklda oxirgi parvozda aviatsiya texnikasining ishlash qobiliyatiga baho beriladi. Ishdan chiqish holatlari mavjud bo‘lsa, ularning sabablari, yuzaga kelish ketma-ketligi va o‘zaro ta’siri ko‘rsatiladi.
Havo kemasiga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash sifatiga qisqacha baho beriladi.


6. HAVO KEMASINING HOLATI

Aviatsiya halokatidan so‘ng, funksional tizimlar bo‘yicha, havo kemasi holatiga qisqacha tavsif beriladi.


7. TEKShIRUV DAVOMIDA ANIQLANGAN BOShQA KAMChILIKLAR

Tekshirish davomida aviatsiya texnikasini loyihalashtirish, ishlab chiqarish, ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish, tegishli xizmatlar xodimlarini tayyorlashda aniqlangan, parvoz natijasiga bevosita ta’sir ko‘rsatmagan, ammo umuman parvozlar xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan barcha kamchiliklar ko‘rsatiladi.


8. TAVSIYALAR

Muhandislik-texnik kichik komissiya tomonidan ijrochilar va ijro muddatlari ko‘rsatilmagan holda, tekshirish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan tavsiyalar beriladi. Bo‘lim ikki qismdan iborat:
parvoz natijasiga ta’sir ko‘rsatgan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan tavsiyalar;
parvoz natijasiga ta’sir ko‘rsatmagan, biroq umuman parvozlar xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan tavsiyalar.

Kichik komissiya raisi

_____________________________
(F.I.O.)

_________________
(imzo)

Kichik komissiya a’zolari

_____________________________
(F.I.O.)

_________________ (imzo)

Ma’muriy kichik komissiyasi Hisoboti quyidagi shaklda tuziladi:

20 yil “____” _____________
_____- son Bayonnoma
Komissiya yig‘ilishida ko‘rib chiqildi

______________________________________________________________________
(mansubligi, rusumi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan raqami va tanitish belgilari)

________________________________________________ samolet (vertolet) bilan

__________________________________________________________ sodir bo‘lgan
(aviahodisa sanasi va joyi)
______________________________________________________________________
(aviatsiya hodisasi turi)


tekshiruvi munosabati bilan Ma’muriy kichik komissiyasining
amalga oshirilgan ish natijalari bo‘yicha
HISOBOT


1. KIChIK KOMISSIYA TOMONIDAN
BAJARILGAN ASOSIY IShLAR

Kichik komissiya tomonidan bajarilgan asosiy ishlarning to‘liq ro‘yxati il�va qilingan hisobot hujjatlari ko‘rsatilgan holda keltiriladi.


2. TAHLIL

Ushbu bo‘lim kichik komissiya hisobotining asosiy bo‘limi hisoblanib, tashishlarni tashkil etish xizmati, qidirish va avariyadan qutqarish xizmati xodimlari (qidirish va avariyadan qutqarish ishlari guruhi kichik komissiya tarkibiga kiritilgan bo‘lsa) harakatlarining to‘g‘riligi, shuningdek, havo kemasi yo‘lovchilarining aviatsiya halokatida omon qolishi haqidagi xulosalarni to‘liq asoslab berishi kerak.
Ta’riflash shaklida tuziladigan bo‘lim quyidagi ma’lumotlardan iborat bo‘lishi kerak:
havo kemasidagi yo‘lovchilarning umumiy soni, jumladan, kattalar va bolalar, halokat natijasida ularga ta’sir etgan oqibatlarning og‘irligini (shu jumladan, o‘lim bilan bog‘liq bo‘lgan, jiddiy, ahamyatsiz) ko‘rsatgan holda;
havo kemasi sahnidagi yuk, bagaj va qo‘l yukining umumiy miqdori, aviatsiya halokatidan keyingi holat;
tijorat yuklanishining umumiy haqiqiy miqdori va uning tashish hujjatlariga muvofiqligi;
tijorat yuklanishi miqdori, joylashtirilishi va mahkamlanishi yuklash va markazlash me’yorlariga mosligi;
havo kemasi sahnida xavfli yuklarning mavjudligi va ularning xususiyatlari;
havo kemasida rasmiylashtirilmagan yo‘lovchilarning mavjudligi;
yuklash va markazlash me’yorlaridan og‘ishlar, rasmiylashtirilmagan yo‘lovchilar yoki xavfli yuklar mavjudligi aniqlanganda, tashishlarni tashkil etish xizmati mansabdor shaxslarining bu holatlarga olib kelgan harakatlari batafsil ta’riflanadi;
noto‘g‘ri harakatlarning sabablarini tahlil qilish va asoslash;
alohida vaziyatning yuzaga kelishi va rivojlanishi jarayonida, erga qo‘nish vaqtida (er bilan to‘qnashish), halokatdan so‘ng havo kemasidan evakuatsiya qilish vaqtida halok bo‘lgan va tan jarohati olgan yo‘lovchilarning o‘lim sabablari va olingan jarohatlar xarakterini ko‘rsatgan holda soni va fuqaroligi (ularning og‘irligi ko‘rsatilgan holda);
yo‘lovchilarning yashashiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan yoki shikast yetkazgan samolyot, uchish sharoitlari, q�tqaruv vositalari va usullarining loyihaviy xususiyatlari tavsifi;
yo‘lovchilarning omon qolishiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan yoki jarohatlar olishda sabab bo‘lgan havo kemasi konstruksiyasining o‘ziga xos xususiyatlari, parvoz sharoitlari, qutqarish vositalari va metodlari ta’rifi;
aviatsiya halokatida jabrlangan yo‘lovchilar sog‘lig‘ining holati, davolanish prognozi.
Ma’muriy kichik komissiya tarkibida qidirish va avariyadan qutqarish ishlari guruhi bo‘lsa, tahlilda qidirish va avariyadan qutqarish xizmatlari harakatlarining to‘g‘riligi, qidirish va avariyadan qutqarish (qidiruv va qutqaruv) ishlarining samaradorligini baholagan holda barcha aniqlangan qoidabuzilishlar, kamchilik va xatoliklar ko‘rsatilib, qo‘shimcha ravishda ularning harakatlari batafsl ta’rifi bayon etiladi.
Tahlil qilish davomida, tahlilni tushunish va asoslash uchun zarur bo‘lgan faktlarga asoslangan barcha ma’lumotlar taqdim etiladi.


3. XULOSA

Qisqa shaklda:
tashishlarni tashkil etish xizmati xodimlari harakatlarining, yuklash va markazlashtirish, yo‘lovchilar, yuk, bagajni rasmiylashtirish normalariga rioya qilishning to‘g‘riligiga. Tashishlarni tashkil etish xizmati xodimlari harakatlarida aniqlangan, parvoz natijasiga ta’sir qilgan barcha kamchiliklar ko‘rsatiladi;
havo kemasi yo‘lovchilarining o‘limi sabablariga, havo kemasi konstruksiyasining ularning omon qolishiga ta’sir ko‘rsatgan o‘ziga xos xususiyatlariga, parvoz sharoitlariga, qutqarish vositalari va usullariga;
qidirish va avariyadan qutqarish xizmati xodimlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan, aviatsiya halokati oqibatlariga ta’sir ko‘rsatgan qoidabuzilishlar, kamchiliklar va xatoliklarni ko‘rsatgan holda qidirish va avariyadan qutqarish ishlarining samaradorligiga (qidirish va avariyadan qutqarish ishlari guruhi komissiyaga kiritilgan bo‘lsa) baho beriladi.


4. TEKShIRUV DAVOMIDA ANIQLANGAN BOShQA KAMChILIKLAR

Tashishlarni tashkil etish xizmatining tashkillashtirishda va harakatlarida aniqlangan, parvoz natijasiga bevosita ta’sir ko‘rsatmagan, ammo kelajakda parvozlar xavfsizligiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan barcha kamchiliklari ko‘rsatiladi. Qidirish va avariyadan qutqarish ishlari guruhi kichik komissiya tarkibiga kiritilgan bo‘lsa, ushbu xizmat uchun ham kamchiliklar ko‘rsatiladi.


5. TAVSIYALAR

Ma’muriy kichik komissiyaning (ijrochilari va ijro muddatlari ko‘rsatilmagan holda), tekshiruv davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan tavsiyalari beriladi. Bo‘lim ikki qismdan iborat:
parvoz natijasiga ta’sir etgan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan tavsiyalar;
parvoz natijasiga ta’sir etmagan, biroq umuman parvozlar xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan tavsiyalar.

Kichik komissiya raisi

_________________________________
(F.I.O.)

_______________
(imzo)

Kichik komissiya a’zolari

_________________________________ (F.I.O.)

_______________ (imzo)

Ma’muriy kichik komissiyaning hisobotiga quyidagilar ilova qilinadi:
ma’muriy kichik komissiya tarkibiga kiruvchi ishchi guruhlarning hisobotlari;
ma’muriy kichik komissiya a’zolari va uning ishchi guruhlari ro‘yxati;
ma’muriy kichik komissiya yig‘ilishlari bayonnomalari;
quyidagi shakllar bo‘yicha dalolatnomalar.

Havo kemadagi tijorat yuklarining holati va og‘irligi bo‘yicha
DALOLATNOMA

____________________________
(tuzilgan joy)

_________________
(sana)

Komissiya quyidagi tarkibda:______________________________________________________

(lavozimi, F.I.O.)

va ichki ishlar vazirligi vakili ___________________________________________________

(lavozimi, F.I.O.)

_____________________________________ halokatga uchragan __________________________________

(halokat sanasi va joyi)

(rusumi, davlat belgisi)
havo kemasidagi tijorat yuklari holatini tekshirdik va quyidagi ma’lumotlarni aniqladik.

Tijorat yuklarining umumiy holati
________________________________________________________________________________________
(yuklar soni, bagaj, qo‘l yuki, yuk, pochta og‘irligi)
Aviatsiya halokati joyida topilgan yo‘lovchilarning alohida shaxsiy buyumlari
RO‘YXATI

T/r

Buyumning nomi (rangi, materiali, shakli, o‘lchamlari va boshqa belgilari ko‘rsatiladi)

Soni

Og‘irligi, kg

Qanday holatda (yaxshi, qisman shikastlangan, butunlay buzilgan, kuygan va boshqa holatda)


YuK

T/r

Hujjatda ko‘rsatilgan

Aslida

Yuk kvitansiyasi raqami

Yukning nomi, qabul qiluvchi

O‘rin soni

Qadoq nomi

Og‘irligi, kg

E’lon qilingan bahosi so‘m

Soni

Og‘irligi, kg

Har bir jo‘natma uchun alohida qadoqlangan o‘rinning holati (qisman, to‘liq) singan, yongan

Havo kemasida joylashgan o‘rni



POChTA

T/r

Hujjatda ko‘rsatilgan

Aslida

Pochta nakladnoyining raqami

Qadoqlash turi (qop,jo‘natma, paketlar)

Manzil

O‘rinlar soni

Og‘irligi, kg

E’lon qilingan bahosi, so‘m.

O‘rinlar soni

Og‘irligi, kg

Har bir jo‘natma uchun alohida qadoqlangan o‘rinning holati (qisman, to‘liq) singan, yongan

Havo kemasida joylashgan o‘rni



BAGAJ VA QO‘L YuKI

T/r

Hujjatda ko‘rsatilgan

Aslida

Bagaj kvitansiyasi raqami (chipta)

Bagaj egasining familiyasi

Bagaj

Yo‘lovchida bo‘lgan buyumlar og‘irligi, kg.

Yo‘lovchida bo‘lgan buyumlar og‘irligi, kg

Har bir jo‘natma uchun alohida qadoqlangan o‘rinning holati (qisman, to‘liq) singan, yongan

Havo kemasida joylashgan o‘rni

O‘rin soni

Og‘irligi, kg

E’lon qilingan bahosi so‘m

O‘rin soni

Og‘irligi, kg


Komissiya a’zolari

_______________________________
(F.I.O.)

_________________
(imzo)

Shikastlangan bagaj, qo‘l yuki, pochta va yuklar joylarini ochish va tekshirish haqida
DALOLATNOMA

_________________________
(tuzilgan joy)

__________________
(sana)

Komissiya quyidagi tarkibda:____________________________________________________________

(lavozimi, F.I.O.)

va ichki ishlar vazirligi vakili __________________________________________________________

(lavozimi, F.I.O.)

_______________________________ halokatga uchragan _____________________________________

(halokat sanasi va joyi)

(rusumi, davlat belgisi)

havo kemasidagi tijorat yukining shikastlangan joylari ochildi, unda quyidagilar chiqdi:
BAGAJ

Bagaj kvitansiyasi raqami (chipta)Bagaj egasining familiyasiQadoqlash turiOchilganda chiqqan buyumlarning nomiOchilganda chiqqan buyumlarning holati (yaxshi, shikastlangan, yaroqsiz holatga kelgan)


YO‘LOVChINING YoNIDA TOPILGAN BUYuMLAR

Egasining F.I.O.Qadoqlash turiOchilganda chiqqan buyumlarning nomiOchilganda chiqqan buyumlarning holati (yaxshi, shikastlangan, yaroqsiz holatga kelgan)


POChTA

T/rPochta nakladnoyining raqami, belgilariPochta egasiJo‘natilgan punktManzilQadoqlash turiOchilganda chiqqan buyumlarning nomi
Ochilganda chiqqan buyumlarning holati (yaxshi, shikastlangan, yaroqsiz holatga kelgan)


YuK

T/rYuk nakladnoyining raqami, belgilariYuk egasiJo‘natilgan punktManzilQadoqlash turiOchilganda chiqqan buyumlarning nomiOchilganda chiqqan buyumlarning holati (yaxshi, shikastlangan, yaroqsiz holatga kelgan)

Komissiya a’zolari

_______________________________
(F.I.O.)

________________
(imzo)

TASDIQLAYMAN
____________________________
(lavozimi)
_________________________
(F.I.O.)
___________________________
(sana)

Tekshiruv natijalari bo‘yicha
YAKUNIY HISOBOT

_________________________________________________________________________________________
(aviatsiya halokati turi)
_________________________________________________________________________________________
samolet (vertolet)
_________________________________________________________________________________________
(rusumi, davlat belgisi va mansubligi) _________________________________________________________________________________________
(halokat sanasi va joyi)


UMUMIY MA’LUMOTLAR

Bo‘lim aviatsiya halokati holatining qisqacha bayoni bilan boshlanadi. Aviatsiya halokati yuzasidan tekshirish o‘tkazgan vakolatli organning nomi, tekshirish komissiyasi tarkibi, tekshirishga jalb qilingan vakolatli vakil (vakillar) ko‘rsatiladi.
Aviatsiya halokati haqida xabarnomalar yuborilgan manzillar ko‘rsatiladi.

_________________________________________________________________ № ___________________ son ____________________

(komissiya tayinlagan shaxsning lavozimi)

(sana)

buyruq bo‘yicha quyidagi tarkibda tekshirishni olib bordi:

Rais __________________________________________________________________________________________________________
(lavozimi, F.I.O.)

Rais o‘rinbosari ________________________________________________________________________________________________
(lavozimi, F.I.O.)

Komissiya a’zolari_______________________________________________________________________________________________
(lavozimi, F.I.O.)

Tekshiruv o‘tkazish muddati:
boshlanishi __________________________

(sana)

tugashi ___________________________________
(hisobotni tasdiqlash sanasi)
Tekshiruvda quyidagilar ishtirok etdilar:

_________________________________________________________________________________________________
(ro‘yxat bo‘yicha vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar)

______________________________________________________________________________________________________________
(muassasalar, korxonalar, tashkilotlar)

______________________________________________________________________________________________________________
(huquqni muhofaza qilish organining nomi)

tomonidan dastlabki tergov o‘tkazildi.


1. FAKTLARGA ASOSLANGAN MA’LUMOT

1.1. Parvoz tarixi

Quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan qisqacha ta’rif keltiriladi:
halokat sanasi, havo kemasi turi, davlat ro‘yxatidan o‘tish belgisi, havo kemasi va ekipaj mansubligi (aviakompaniya);
bajarilayotgan topshiriq, reys raqami, parvoz marshruti, bortdagi insonlar soni, ularning fuqaroligi, tijorat yuklanishining xarakteri, uning miqdoriy va sifat xususiyatlari;
��oxirgi uchib chiqish aeroporti, uchib chiqish vaqti (mahalliy yoki UTC), mo‘ljallangan qo‘nish punkti;
parvozning halokat sodir bo‘lgan vaqtdagi bosqichi, vaqt (mahalliy yoki UTC, kun, tun), meteosharoitlar (oddiy, murakkab);
parvozga tayyorgarlik, parvoz ta’rifi va aviatsiya halokatining sharoitlari;
oson aniqlanadigan joyga nisbatan halokat joyining geografik o‘rni (kenglik, uzunlik), uning dengiz sathidan balandligi, hududning qisqacha tavsifi.


1.2. Tan jarohatlari

Quyidagi shakl to‘ldiriladi (raqamlarda).

Tan jarohati

Ekipaj

Yo‘lovchilar

Boshqa shaxslar

O‘limga olib keladigan natija bilan
Jiddiy
Ahamiyatsiz / yo‘q
Bortdagi odamlarning o‘lim sabablari haqida ma’lumotlar beriladi, har bir sabab bo‘yicha o‘limlar soni ko‘rsatiladi.
O‘limga olib kelgan tan jarohatlari, aviatsiya halokati natijasi o‘limning bevosita sababi deb belgilangan barcha o‘lim holatlarini, o‘z ichiga oladi. Jiddiy tan jarohatlari ushbu Qoidalarning 3-bandida belgilangan. O‘lim sababi bo‘lmagan va jiddiy tasniflanmagan jarohatlar ahamiyatsiz jarohatlar hisoblanadi.


1.3. Havo kemasining shikastlanishi

Aviatsiya halokati natijasida havo kemasiga yetkazilgan shikastlanishning (bo‘laklarga ajralib ketgan, jiddiy shikastlangan, shikastlanishi jiddiy bo‘lmagan, shikastlanmagan) qisqacha tavsifi beriladi.


1.4. Boshqa shikastlanishlar

Havo kemasidan tashqari boshqa obyektlarga yetkazilgan shikastlanishlarning qisqacha tavsifi keltiriladi.


1.5. Shaxsiy tarkib to‘g‘risida ma’lumotlar

Ekipaj haqida ma’lumot. Ekipaj a’zolarining har biri haqida quyidagi ma’lumotlar keltiriladi:
lavozimi;
jinsi;
tug‘ilgan sanasi;
klassi;
umumiy va maxsus ma’lumoti (o‘quv yurtlari nomi va ularni tamomlagan yillari);
meteominimum;
umumiy uchish vaqti, ushbu turdagi havo kemasida uchgan vaqti, ushbu lavozimda, ushbu turdagi ishlarda uchgan vaqti (maxsus aviatsiya ishlari uchun);
o‘tgan vaqt davomida aviatsiya hodisalari va insidentlari (o‘rin olgan bo‘lsa, qachon va nima sababdan);
guvohnomaning raqami, berilgan sanasi va amal qilish muddati;
majburiy tekshiruvlardan o‘tish;
ish vaqti haqida ma’lumot (parvozda va umumiy ish vaqti);
ekipaj kasbiy tayyorgarligini qisqacha baholash.
Yerdagi xizmatlar va havodagi harakatni boshqarish xizmatlari xodimlari (aviatsiya halokati ushbu xizmatlarning noto‘g‘ri harakatlari bilan bog‘liq bo‘lgan hollardagina taqdim etiladi) to‘g‘risida ma’lumot:
lavozimi;
jinsi;
tugilgan sanasi;
umumiy va maxsus ma’lumoti (o‘quv yurtlari nomi va ularni tugatgan yillari);
ushbu lavozimda ishlagan vaqti, maxsus tayyorgarligi, malakasi.
Bundan tashqari, havodagi harakatni boshqarish xizmati xodimlari haqida: o‘tgan vaqt davomida havodagi harakatni boshqarish bo‘yicha qoidabuzish holatlari mavjudligi, navbatchilikdan oldin tibbiy ko‘rik va yo‘riqnomadan (instruktaj) o‘tish, nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarning oxirgi tekshiruvlari ko‘rsatiladi.
Yerdagi xizmatlar xodimlarining kasbiy tayyorgarligi darajasini qisqacha baholash.


1.6. Havo kemasi haqida ma’lumot

Havo kemasi to‘g‘risida ma’lumot:
rusumi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan va tanitish belgisi;
zavodda berilgan raqami, ishlab chiqargan zavod va ishlab chiqarilgan sanasi;
uchishga yaroqliligi bo‘yicha qisqacha ma’lumotlar (eksiluatatsiya qilishga yaroqliligi va ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma mavjudligi hamda amal qilish sanasi);
resurs: kafolatli, belgilangan, birinchi ta’mirgacha, ta’mirlararo;
eksiluatatsiya qilish boshlangandan uchish vaqti, qo‘nishlar soni;
ta’mirlar soni, ta’mirlovchi zavod va oxirgi ta’mirlash sanasi, oxirgi ta’mirdan keyingi uchish vaqti va qo‘nishlar soni;
oxirgi davriy va operativ texnik xizmat ko‘rsatishning turi;
yoqilg‘i-moylash materiallari miqdori va turi, ularning konditsiyasi;
havo kemasining massasi va tsentrovkasi haqida ma’lumot, ular maqbul chegaralar doirasida bo‘lganmi;
aviatexnika oxirgi parvozga tayyorlanishi va uning ishlashi yuzasidan ekipaj e’tirozlarining mavjudligi (yoki yo‘qligi), aviatsiya halokati bilan bog‘liq bo‘lsa, parvozdan oldin va parvoz paytida ma’lum bo‘lgan har qanday nosozliklar.
Halokat dvigatellarning nosozligi bilan bog‘liq bo‘lsa, bu dvigatellar bo‘yicha quyidagilar ko‘rsatiladi:
rusumi, zavodda berilgan raqami, ishlab chiqargan zavod va ishlab chiqarilgan sanasi;
resurs: kafolatli, belgilangan, birinchi ta’mirgacha, ta’mirlararo;
ekspluatatsiya boshlangan vaqtdan uchish soatlari, oxirgi ta’mirdan keyin uchish soatlari, ta’mirlar soni, ta’mirlovchi zavod va oxirgi ta’mirlash sanasi;
havo kemasi texnik ekspluatatsiyasi belgilangan talablarga muvofiqligining qisqacha bahosi, texnik xarakteristikalar haqida ma’lumot.


1.7. Meteorologiya ma’lumoti

Aviatsiya halokati joyida prognoz qilingan va haqiqiy ob-havo ko‘rsatiladi: aviatsiya halokati vaqtida tabiiy yorug‘lik sharoiti, gorizontal va vertikal ko‘rish imkoniyati, bulutlar qoplami, yog‘ingarchilik mavjudligi, shamol yo‘nalishi va tezligi, havo harorati, shudring nuqtasi, havo namligi, atmosfera bosimi, xavfli meteohodisalarning mavjudligi, uchish-qo‘nish yo‘lagidagi yopishuvchanligi (ssepleniye) koeffitsiyenti. Zarur hollarda asosiy va zaxira aerodromlarda, parvoz yo‘nalishi bo‘ylab prognoz qilingan va haqiqiy ob-havo ham ko‘rsatiladi va sinoptik vaziyat tahlili ilova qilinadi.
Parvoz ob-havo ta’minotining qisqacha bahosi, ekipaj uchun ob-havo ma’lumotlarining mavjudligi.


1.8. Navigatsiya, qo‘nish va havodagi harakatni boshqarish vositalari

Jihozlash tabeliga muvofiq uskunalarning mavjudligi, sozligi, ulardan foydalanish. Navigatsiya, qo‘nish va havodagi harakatni boshqarish vositalari ishdan chiqishi yoki ulardan noto‘g‘ri foydalanish holatlari qayd etiladi.


1.9. Aloqa vositalari

Aviatsiya aloqasi vositalari haqida ma’lumot, ularning faoliyatini baholash.
Aviatsiya aloqasi vositalari haqida ma’lumot, ularning ishlash qobiliyatini baholash.


1.10. Aerodrom haqida ma’lumot (aviatsiya halokati uning hududida sodir bo‘lgan bo‘lsa)

Uchish-qo‘nish yo‘lagi, oxirgi xavfsizlik yo‘lagi, yon xavfsizlik yo‘lagining holati, qoplamasining turi, qiyaligi, uzunligi va kengligi (aviatsiya halokati undan tashqariga chiqib ketish bilan bog‘liq bo‘lsa), aerodrom hududidagi to‘siqlarning joylashishi, yoritish signal uskunalari va boshqalar (halokat aerodrom hududida to‘siq bilan to‘qnashish yoki muddatidan oldin pasayish holati bilan bog‘liq bo‘lsa).


1.11. Bort yozuv uskunalari

Havo kemasida o‘rnatilgan yozish uskunalarining turlari, topilgandan keyingi holati va ular yordamida olingan ma’lumotlar.


1.12. Havo kemasi elementlarining holati va halokat joyida ularning joylashuvi haqida ma’lumot

Halokat joyi va konstruksiya elementlarining sochilishi xarakteri haqida umumiy ma’lumotlar.
Bu bo‘limga halokat sxemasi (kroki) va uning tavsifi kiritilishi mumkin.


1.13. Tibbiy ma’lumotlar va patologoanatomik tadqiqotlarning qisqacha natijalari

O‘tkazilgan tadqiqotlar natijalarining qisqacha tavsifi va bunda aniqlangan tegishli ma’lumotlar.


1.14. Yo‘lovchilar, ekipaj a’zolari va boshqa shaxslarning aviatsiya halokati vaqtida tirik qolgani haqida ma’lumotlar

Ekipaj, yo‘lovchilar va boshqa shaxslar joylashgan joy va ular olgan tan jarohatlari haqida qisqacha ma’lumot.
Tekshiruvning texnik jihatlariga tegishli quyidagi tibbiy ma’lumotlar taqdim etiladi:
havo kemasi bortidagi shaxslarga ta’sir etuvchi kuch va ortiqcha yuklanishlar:
to‘qnashish vaqtida havo kemasining holati;
tan jarohatlarining o‘rindiqlar konstruksiyasi xususiyatlari, havo kemasi konstruksiyasi elementlarining qismlarga ajralib ketishi, tutun va yonish mahsulotlari bilan nafas olish, razgermetizatsiya bilan bog‘liqligi.


1.15. Avariyadan qutqarish va o‘t o‘chirish kom�ndalarining harakatlari

Aviatsiya halokati joyini topish vaqti, avariyadan qutqarish komandasi yetib kelishi va uning tarkibi, bortda bo‘lgan shaxslarni havo kemasidan evakuatsiya qilish vaqti haqida ma’lumotlar beriladi. Yonginning kelib chiqish sabablari va xarakteri, uni bartaraf etish vaqti, o‘t o‘chirish texnikasi miqdori, avariyadan qutqarish ishlari va o‘t o‘chirish tizimlarining samaradorligi ko‘rsatiladi.


1.16. Tajriba-sinovlar va tadqiqotlar


Tajriba-sinov va tadqiqotlar natijalarining qisqacha tavsifi keltiriladi.


1.17. Halokatga aloqasi bo‘lgan tashkilotlar va ma’muriy faoliyat haqida ma’lumot


Havo kemasini ekspluatatsiyasi bilan bog‘liq tashkilotlar va ularning ma’muriy faoliyati to‘g‘risida tegishli ma’lumotlar keltiriladi.
Masalan, havo kemasi ekspluatanti va egasi, havodagi harakatni boshqarish xizmati, aerodromni ekspluatatsiya qilish xizmatlari, meteoxizmatlar va shu kabi korxonalar, shuningdek, tartibga soluvchi organlar tashkilotlar qatoriga kiradi.
Ma’lumot tashkilotlarning iqtisodiy statusi, tuzilmalari, vazifalari, resurslari, ma’muriy faoliyati va me’yoriy hujjatlari haqidagi ma’lumotlardan iborat bo‘lishi mumkin.


1.18. Qo‘shimcha ma’lumotlar

Halokat sabablari haqidagi xulosani asoslash uchun zarur bo‘lgan va hisobotning oldingi bo‘limlarida aks ettirilmagan barcha faktlarga asoslangan ma’lumotlar taqdim etiladi. Zarur hollarda, tekshiruvning boshqa materiallariga aniq havolalar qilinadi.


2. TAHLIL

Ushbu bo‘lim komissiya Yakuniy hisobotining asosiy bo‘limi bo‘lib, halokat sabablari va komissiya tavsiyalari bo‘yicha xulosani to‘liq asoslab berishi lozim.
Bo‘lim quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
alohida vaziyatning yuzaga kelishi va rivojlanishi davomida sodir bo‘lgan hodisalarning xronologik tavsifi, ular o‘rtasidagi sabablar va oqibatlarning o‘zaro bog‘liqligini ochib bergan holda;
tekshirish jarayonida mansabdor shaxslarning harakatlari, aviatexnikaning ishlashida aniqlangan og‘ishlar, loyihalash, ishlab chiqarish, ekspluatatsiya qilish normalaridan og‘ishlar, parvozlarni tayyorlash va ta’minlashdagi hamda boshqaruv hujjatlaridagi kamchiliklarni va boshqa jihatlarni tahlil qilish, bunda ushbu og‘ishlarning parvoz natijalariga ta’sir etish darajasini aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish zaruratini asoslash;
alohida vaziyatning vujudga kelishi va rivojlanishiga hamda parvoz natijalariga ta’sir etgan og‘ishlar yuzaga kelishi sabablarini tahlil qilish va asoslash.
Tahlilda parvoz natijasiga yoki aviatsiya halokati oqibatlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan omillar ham aks ettirilishi kerak.
Tahlilni tushunish va asoslash uchun zarur bo‘lgan faktlarga asoslangan barcha ma’lumotlar bevosita matnda bayon etiladi yoki Yakuniy hisobotga ilova sifatida kiritiladi. Zarur hollarda, tekshiruvning boshqa materiallariga aniq havolalar beriladi.


3. XULOSA

Aviatsiya halokati sababini (sabablar) bayon etish matni ixtiyoriy shaklda aks ettiriladi. Bayon etish matni alohida vaziyatning yuzaga kelishi va rivojlanishiga olib kelgan barcha og‘ishlarni o‘z ichiga olishi kerak.
Xulosaning matnida og‘ishlarni (sabab/omillar) bayon etish ketma-ketligi ularning a�amiyatlilik darajasini bildirmaydi.


4. TEKShIRISh DAVOMIDA ANIQLANGAN KAMChILIKLAR

Ekipaj hamda parvozlarni ta’minlash va boshqarish xizmatlari xodimlari tayyorgarligi va harakatlarida, aviatsiya texnikasini loyihalash, ishlab chiqarish va texnik ekspluatatsiya qilishda yo‘l qo‘yilgan barcha kamchilik va qoidabuzilishlar, tekshiruv davomida boshqaruv hujjatlarida aniqlangan, parvoz natijasiga be?osita ta’sir ko‘rsatmagan, ammo umuman parvozlar xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan kamchiliklar qayd etiladi.


5. TAVSIYALAR

Bo‘limda tekshirish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan tavsiyalar (ijrochilar va muddatlar ko‘rsatilmagan holda) keltiriladi. Bo‘lim ikki qismdan iborat:
alohida vaziyatning yuzaga kelishi, rivojlanishi va parvoz natijasiga ta’sir etgan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan tavsiyalar;
alohida vaziyatning yuzaga kelishi, rivojlanishi va ushbu parvoz natijasiga ta’sir etmagan, lekin umuman parvozlar xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan tavsiyalar.

Komissiya raisi

______________________________
(F.I.O.)

______________
(imzo)

Komissiya a’zolari

______________________________
(F.I.O.)

______________
(imzo)


Hisobotning alohida bo‘limlarini rasmiylashtirishga hojat bo‘lmasa, bo‘limlarda faqat ularni to‘ldirmaslik sababi ko‘rsatiladi.
Tekshiruvning Yakuniy hisobotiga aviatsiya halokatini tekshirish materiallari ilova qilinadi.
Aviatsiya halokati yig‘majildida materiallar quyidagicha joylashtiriladi:
aviatsiya halokatini tekshirish to‘g‘risida Yakuniy hisobot;
tekshirish komissiyasini tayinlash to‘g‘risidagi buyruq;
komissiya yig‘ilishlarining bayonnomalari;
kichik komissiyalar va ularning tarkibidagi ishchi guruhlarning hisobotlari, ilovalari bilan;
kichik komissiya tarkibiga kirmaydigan ishchi guruhlarning hisobotlari, ilovalari bilan;
tekshirish komissiyasining tegishli topshiriqlari ilova qilingan holda maxsus tadqiqotlarning natijalari va ekspert xulosalari.

TASDIQLAYMAN ________________________
(lavozimi)
________________________
(F.I.O.)
________________________
(sana)

____________________________________________________________________________________________
(rusumi, davlat belgisi va mansubligi)
havo kemasi bilan _____________________________________________________________________________ da
(hodisa sanasi va joyi)


sodir bo‘lgan aviatsiya insidenti (jiddiy insidenti) tekshiruvi
natijalari bo‘yicha
HISOBOT


Quyidagi tarkibdagi komissiya:

Rais: ______________________________________________________________________________________
(lavozimi, F.I.O.)
Komissiya a’zolari _________________________________________________________________________
(lavozimi, F.I.O.)

_________________dagi __________ son _____________________________________________________________________ buyrug‘i

(sana)

(komissiya tayinlagan shaxsning lavozimi)

bilan tayinlangan va _____________________________________________________________________________ havo kemasi bilan
(mansubligi, rusumi, davlat belgisi)

________________________________________________________________________da sodir bo‘lgan insident tekshiruvini o‘tkazdi.

(sana, joyi)


1. HODISA HOLATI

Ixtiyoriy shaklda quyidagi ma’lumotlar bayon etiladi:
hodisa sanasi, havo kemasi va ekipajning mansubligi, bajarilayotgan topshiriq, reys raqami, parvoz yo‘nalishi, bortdagi yo‘lovchilar soni;
oxirgi uchib chiqish punkti, uchib chiqish vaqti, qo‘nish mo‘ljallangan punkt;
parvozning hodisa sodir bo‘lgan vaqtdagi bosqichi, hodisa vaqti (mahalliy yoki UTC), sutka vaqti (kun, tun), meteosharoitlar (oddiy, murakkab);
hodisaning geografik jihatdan oson aniqlanadigan punktga nisbatan joyi, uning dengiz sathidan balandligi, hududning qisqacha tavsifi, tuproqning xususiyati;
aniq nima sodir bo‘lgani;
odamlar va havo kemasi uchun sodir bo‘lgan hodisa oqibatlari (yo‘lovchilar, alohida kattalar va bolalar, shu jumladan ekipaj a’zolari qatoridan tan jarohati olganlar soni), shuningdek, jarohatlanish darajasi, halokatga uchragan havo kemasidan evakuatsiya qilish paytida olingan jarohatlar va boshqa shaxslar, havo kemasining shikastlanish darajasi.
Boshqa zarur ma’lumotlar hodisa holatlariga qarab keltiriladi.


2. FAKTLARGA ASOSLANGAN MA’LUMOTLAR
2.1. Ekipaj haqida ma’lumot

Havo kemasi komandiri (va ekipaj a’zolari, ular insidentga aloqasi bo‘lsa) haqida quyidagi ma’lumotlar keltiriladi: lavozimi, jinsi, yoshi, malaka klassi, ma’lumoti (o‘quv muassasasining nomi va tamomlagan yili), meteominimum (havo kemasi komandiri uchun);
umumiy parvozlari vaqti, ushbu rusumda va lavozimda parvozlari vaqti, ushbu turdagi aviatsiya ishlari bo‘yicha uchgan vaqti;
o‘tgan vaqt davomida aviatsiya halokatlari yoki shunga o‘xshash insidentlar bo‘lganmi.
Ekipajning kasbiy tayyorgarligiga qisqacha tavsif beriladi.


2.2. Yerdagi xizmatlar xodimlari to‘g‘risida ma’lumotlar (hodisa ushbu xizmatlarning noto‘g‘ri harakatlari bilan bog‘liq bo‘lsa)

Quyidagi ma’lumotlar keltiriladi: lavozimi, jinsi, yoshi, ma’lumoti (o‘quv muassasasi nomi va bitirgan yili), ushbu lavozimdagi ish staji, maxsus tayyorgarligi, malakasi.
Havodagi harakatni boshqarish xizmati xodimlari haqida, bundan tashqari, o‘tgan vaqt davomida havodagi harakatni boshqarishda xatoliklarning mavjudligi, tibbiy ko‘rikdan va navbatchilikka kirishishdan oldingi instruktajdan o‘tish, nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarining oxirgi tekshiruvlari ko‘rsatiladi.
Yerdagi xizmatlar xodimlarining kasbiy tayyorgarlik darajasi baholanadi. Xodimlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatoliklar ko‘rsatiladi.


2.3. Havo kemasi haqida ma’lumot

Quyidagilar ko‘rsatiladi:
rusumi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi va tanitish belgisi;
zavodda berilgan raqami, ishlab chiqargan zavod va ishlab chiqarilgan sanasi;
resurs: kafolatli, belgilangan, birinchi ta’mirgacha, ta’mirlararo;
ekspluatatsiya qilish boshlangandan uchish vaqti, qo‘nishlar soni;
ta’mirlar soni, ta’mirlovchi zavod va oxirgi ta’mirlash sanasi, oxirgi ta’mirdan keyingi uchish vaqti va qo‘nishlar soni;
oxirgi davriy va operativ texnik xizmat ko‘rsatishning turi va sanasi;
havo kemasining massasi va tsentrovkasi haqida ma’lumot, ular maqbul chegaralar doirasida bo‘lganmi;
aviatexnika oxirgi parvozga tayyorlanishi va uning ishlashi yuzasidan ekipaj e’tirozlarining mavjudligi (yoki yo‘qligi).
Hodisa dvigatellarning nosozligi bilan bog‘liq bo‘lsa, bu dvigatellar bo‘yicha quyidagilar ko‘rsatiladi:
rusumi, zavodda berilgan raqami, ishlab chiqargan zavod va ishlab chiqarilgan sanasi;
resurs: kafolatli, belgilangan, birinchi ta’mirgacha, ta’mirlararo;
ekspluatatsiya boshlangan vaqtdan uchish soatlari, oxirgi ta’mirdan keyin uchish soatlari, ta’mirlar soni, ta’mirlovchi zavod va oxirgi ta’mirlash sanasi.
Havo kemasi texnik ekspluatatsiyasi belgilangan talablarga muvofiqligining qisqacha bahosi, texnik xarakteristikalar haqida ma’lumot beriladi.
Hodisa agregat ishdan chiqishi bilan bog‘liq bo‘lsa, bu agregat bo‘yicha ma’lumotlar ko‘rsatiladi.


2.4. Meteorologiya ma’lumoti

Hodisa joyidagi haqiqiy va prognoz qilingan ob-havo taqdim etiladi, shuningdek, havo kemasiga berilgan ob-havo ma’lumotlari ham keltiriladi. Hodisa salbiy ob-havo sharoitlari tufayli sodir bo‘lganda yoki ular hodisaga sabab bo‘lgan taqdirda, barcha zarur ma’lumotlar “Aviatsiya halokatlari va insidentlarini tekshirishda meteoma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish bo‘yicha yo‘riqnoma” talablariga muvofiq taqdim etiladi.
Parvoz ob-havo ta’minotiga qisqacha baho beriladi.


2.5. Aloqa vositalari, navigatsiya, qo‘nish va havodagi harakatni boshqarish vositalari to‘g‘risida ma’lumotlar (hodisa ular bilan bog‘liq bo‘lsa)

Jihozlash tabeliga muvofiq uskunalarning mavjudligi, sozligi, ulardan foydalanish ko‘rsatiladi. Navigatsiya, qo‘nish va havodagi harakatni boshqarish vositalari ishdan chiqishi yoki ulardan noto‘g‘ri foydalanish holatlari qayd etiladi. Parvozning radiosvetotexnik ta’minotiga qisqacha baho beriladi.


2.6. Aerodrom haqida ma’lumot

Uchish-qo‘nish yo‘lagi va uning elementlari holati, qoplamasining turi, qiyaligi, uzunligi va kengligi (agar aviatsiya insidenti undan tashqariga chiqib ketish bilan bog‘liq bo‘lsa), aerodrom hududida to‘siqlarning joylashishi, yoritishsignal uskunalarining turi, holati va boshqalar (hodisa aerodrom hududida muddatidan oldin pasayish yoki aerodrom hududida to‘siq bilan to‘qnashish, yoxud to‘qnashish tahdidi bilan bog‘liq bo‘lsa).


2.7. Avariyadan qutqarish va o‘t o‘chirish komandalarining harakatlari (hodisa havo kemasining majburiy qo‘nishi, yong‘in chiqishi bilan bog‘liq bo‘lsa)

Hodisa joyini topish vaqti, avariyadan qutqarish guruhining kelishi haqida ma’lumotlar beriladi. Yong‘inning kelib chiqish sabablari va xarakteri, uni bartaraf etish vaqti, jalb qilingan yongin o‘chirish texnikasining soni, avariyadan qutqarish ishlarining samaradorligi ko‘rsatiladi. Termik kuyishga uchragan shaxslar (ekipaj a’zolari, yo‘lovchilar, avariyadan qutqarish ishlarida ishtirok etgan shaxslar) soni ko‘rsatiladi.


2.8. Jarohatlangan yo‘lovchilar va ekipaj a’zolari haqida ma’lumotlar

Hodisadan jabrlanganlar sog‘ligiga yetkazilgan zararning og‘irligi ko‘rsatilgan holda ularning har biri uchun tashxislar keltiriladi.


2.9. Komissiya tomonidan amalga oshirilgan ishlar

Aviatexnikani tekshirish, sinovdan o‘tkazish, ko‘zdan kechirish va yoqilg‘i-moylash materiallarini tahlil qilish natijalari ko‘rsatiladi. Bort yozuv uskunalaridan ma’lumotlari bo‘yicha parvoz ma’lumotlarining tahlili beriladi.
Hodisa sabablari to‘g‘risidagi xulosani asoslash uchun zarur bo‘lgan va hisobotning oldingi bo‘limlarida aks ettirilmagan, faktlarga asoslangan barcha ma’lumotlar keltiriladi. Zarur hollarda, tekshiruvning boshqa materiallariga aniq havolalar beriladi.


3. TAHLIL

Ushbu bo‘lim komissiya hisobotining asosiy bo‘limi bo‘lib, halokat sabablari va komissiya tavsiyalari bo‘yicha xulosani to‘liq asoslab berishi lozim.
Bo‘lim quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
alohida vaziyatning yuzaga kelishi va rivojlanishi davomida sodir bo‘lgan hodisalarning xronologik tavsifi, ular o‘rtasidagi sabablar va oqibatlarning o‘zaro bog‘liqligini ochib bergan holda;
tekshirish jarayonida mansabdor shaxslarning harakatlari, aviatexnikaning ishlashida aniqlangan og‘ishlar, loyihalash, ishlab chiqarish, ekspluatatsiya qilish normalaridan og‘ishlar, parvozlarni tayyorlash va ta’minlashdagi hamda boshqaruv hujjatlaridagi kamchiliklarni va boshqa jihatlarni tahlil qilish, bunda ushbu og‘ishlarning parvoz natijalariga ta’sir etish darajasini aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish zaruratini asoslash;
alohida vaziyatning vujudga kelishi va rivojlanishiga hamda parvoz natijalariga ta’sir etgan og‘ishlar yuzaga kelishi sabablarini tahlil qilish va asoslash.
Tahlilda parvoz natijasiga yoki aviatsiya hodisasi oqibatlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan omillar ham aks ettirilishi kerak.
Tahlilni tushunish va asoslash uchun zarur bo‘lgan faktlarga asoslangan barcha ma’lumotlar bo‘lim matnida bayon etiladi. Zarur hollarda, tekshiruvning boshqa materiallariga aniq havolalar beriladi.


4. XULOSA

Aviatsiya hodisasi sababini (sabablar) bayon etish matni ixtiyoriy shaklda aks ettiriladi. Bayon etish matni alohida vaziyatning yuzaga kelishi va rivojlanishiga olib kelgan barcha og‘ishlarni o‘z ichiga olishi kerak.
Xulosaning matnida og‘ishlarni (sabab/omillar) bayon etish ketma-ketligi ularning ahamiyatlilik darajasini bildirmaydi.


5. TEKShIRISh DAVOMIDA ANIQLANGAI KAMChILIKLAR

Ekipaj hamda parvozlarni ta’minlash va boshqarish xizmatlari xodimlari tayyorgarligi va harakatlarida, aviatsiya texnikasini loyihalash, ishlab chiqarish va texnik ekspluatatsiya qilishda yo‘l qo‘yilgan barcha kamchilik va qoidabuzilishlar, tekshiruv davomida boshqaruv hujjatlarida aniqlangan, parvoz natijasiga bevosita ta’sir ko‘rsatmagan, ammo umuman parvozlar xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan kamchiliklar qayd etiladi.


6. TAVSIYALAR

Bo‘limda tekshirish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan tavsiyalar (ijrochilar va muddatlar ko‘rsatilmagan holda) keltiriladi. Bo‘lim ikki qismdan iborat:
alohida vaziyatning yuzaga kelishi, rivojlanishi va parvoz natijasiga ta’sir etgan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan tavsiyalar;
alohida vaziyatning yuzaga kelishi, rivojlanishi va ushbu parvoz natijasiga ta’sir etmagan, lekin umuman parvozlar xavfsizlig�ga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan tavsiyalar.

Komissiya raisi

______________________________
(F.I.O.)

_______________
(imzo)

Komissiya a’zolari

______________________________ (F.I.O.)

_______________ (imzo)

Hisobotning alohida bo‘limlarini rasmiylashtirishga hojat bo‘lmasa, bo‘limlarda faqat ularni to‘ldirmaslik sababi ko‘rsatiladi.
Tekshiruv Hisobotiga hodisani tekshirish materiallari ilova qilinadi.
Hodisa yig‘ma jildida materiallar quyidagicha joylashtiriladi:
tekshiruv Hisoboti;
tekshirish komissiyasini tayinlash to‘g‘risidagi buyruq;
komissiya yig‘ilishlarining bayonnomalari;
kichik komissiyalar hisobotlari, ilovalari bilan;
kichik komissiyalar tarkibiga kirmaydigan ishchi guruhlarning hisobotlari, ilovalari bilan;
tekshi�ish komissiyasining tegishli topshiriqlari ilova qilingan holda maxsus tadqiqotlarning natijalari va ekspert xulosalari.