“Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat kadastrlari yagona tizimining tashkil etilishini va amal qilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasining Davlat suv kadastrini ishlab chiqish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari I.H. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin.
1. Davlat suv kadastri (keyingi o‘rinlarda matnda DSK deb ataladi) “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, suv resurslaridan oqilona foydalanishni tashkil etish, suv xo‘jaligi munosabatlarini tartibga solish, xo‘jalik faoliyatini, ekologik vaziyatni baholash maqsadida ishlab chiqiladi va yuritiladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi.
2. Davlat suv kadastri yagona davlat suv fondini tashkil etuvchi suv obyektlari, suv resurslari, suv rejimi, sifati va undan foydalanish haqidagi, shuningdek, suvdan foydalanuvchilar to‘g‘risidagi tartibga solingan, doimiy to‘ldirib boriladigan va zarurat bo‘lganda aniqlashtiriladigan ma’lumotlar to‘plamini ifodalaydi.
3. Yer usti va yer osti suv obyektlari va ularning resurslari Davlat suv kadastrining obyektlari hisoblanadi.
4. Tabiiy suv resurslarini, ulardan miqdor va sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha foydalanishni har tomonlama o‘rganish va baholash, suvdan foydalanish huquqini va suvdan xo‘jalik maqsadlarida foydalanishni ro‘yxatdan o‘tkazish Davlat suv kadastrining predmeti hisoblanadi.
Suv resurslarini baholash deganda ham yil davomida, ham ko‘p yillar davomida standart gidrometrik asboblar bilan o‘lchash orqali ularni miqdor va sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha muntazam hisobga olish, olingan ma’lumotlarning ishonchliligi tahlili, ularni standart usullar bilan qayta ishlash va turli hududiy va vaqt birliklari bo‘yicha umumlashtirish tushuniladi.
5. Davlat suv kadastri davlat hokimiyati organlarini, yuridik va jismoniy shaxslarni suv obyektlari, suv resurslari, suv rejimi, sifati va undan foydalanish, shuningdek, suvdan foydalanuvchilar to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlar bilan ta’minlash uchun mo‘ljallangan.
6. Eng kam chiqimlar bilan zamonaviy darajada axborotlarni to‘plash, umumlashtirish, saqlash va taqdim etish texnologiyasini doimiy ravishda takomillashtirib borish yo‘li bilan suv resurslari va suv obyektlari haqida ishonchli axborotni olish va saqlash Davlat suv kadastrining asosiy vazifasi hisoblanadi.
7. Suv obyektlari va suvdan foydalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish, suv miqdori va sifatini hisobga olish, suv resurslarini va ulardan foydalanishni baholash Davlat suv kadastrining tarkibiy qismlari hisoblanadi.
9. Davlat suv kadastri respublika suv obyektlari to‘g‘risidagi axborotni qayta tiklashning to‘liq turkumini tashkil etuvchi asosiy va joriy turlarni o‘z ichiga oladi.
10. Davlat suv kadastri Davlat kadastrlari yagona tizimining asosiy tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi.
11. Belgilangan tartibda qabul qilingan suv-kadastr axboroti suv va suv xo‘jaligi munosabatlarini tartibga solishda, suvdan foydalanish bilan bog‘liq ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik vazifalarni hal etishda majburiy yuridik kuchga egadir.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Quyidagilar Davlat suv kadastrini yuritadilar: O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi — yer usti suvlari bo‘limi bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi — yer osti suvlari bo‘limi bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi — suvdan foydalanish bo‘limi bo‘yicha.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-apreldagi 200-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2021-y., 09/21/200/0318-son)
13. Respublika hududida suv obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish, suv resurslari, ularning rejimi, foydalanish, shuningdek suvdan foydalanuvchilar to‘g‘risidagi miqdor va sifat baho ko‘rsatkichlari haqida ishonchli, zamonaviy va tejamli axborotlarni olish, tartibga solish, saqlash va ularni foydalanuvchilarga berishning texnologik jarayoni Davlat suv kadastrining mazmuni hisoblanadi.
suvdan foydalanishni joriy va istiqbolli rejalashtirish hamda suvni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish;
suvdan kompleks foydalanish va uni muhofaza qilish sxemalarini hamda suv xo‘jaligi balanslarini tuzish;
suvdan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan suv xo‘jaligi, transport, sanoat korxonalari hamda boshqa korxonalar va inshootlarni loyihalashtirish;
gidrologik va gidrogeologik sharoitlar, daryolarda suv hajmi va suv sifati o‘zgarishlarini prognozlash;
suvni iste’mol qilish va chiqarib yuborishni, shuningdek, suv sifati ko‘rsatkichlarini normalashtirish;
suvdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish tadbirlari o‘tkazilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
suvdan foydalanuvchilar o‘rtasidagi, shuningdek, suvdan foydalanuvchilar bilan boshqa manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga solish;
15. Davlat suv kadastri suv va suv xo‘jaligi obyektlarining quyidagi turlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi:
Daryolar; turli suv tizimlarini birlashtiruvchi, oqar suvni hududiy qayta taqsimlashga yoki sug‘orishga xizmat qiluvchi kanallar; ko‘llar va suv omborlari; muzliklar; yer osti suvlari (havzalar, suvli gorizontlar, konlar).
Gidrouzellar va suv omborlari; suv obyektlaridan suv olishga mo‘ljallangan inshootlar (kanallar, nasos qurilmalari, foydalanish quduqlari va boshqalar); oqar suvni hududiy qayta taqsimlashga xizmat qiluvchi kanallar; foydalanilgan va shaxta suvlarini suv obyektlariga tashlash inshootlari (kollektorlar, drenaj va suv to‘planadigan kanallar, quvursimon suv chiqargichlar va boshqalar); foydalanilgan suvlarni tozalash inshootlari.
16. DSK ma’lumotlari quyidagilarga bo‘linadi: arxiv materiallari (daftarchalar, jadvallar, o‘zi yozadigan texnikaning lentalari va boshqalar); uzoq muddatli texnik manbalardagi ma’lumotlar; e’lon qilinadigan materiallar (suv va suv xo‘jaligi obyektlari kataloglari, har yilgi va ko‘p yillik ma’lumotlar va boshqalar).
Oldingi tahrirga qarang.
17. DSK ma’lumotlari tarkibi O‘zbekiston Respublikasi “O‘zgidromet” markazi, Davlat geologiya qo‘mitasi hamda Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Suv kadastri ma’lumotlari tarkibi” nomli normativ-texnik hujjat bilan belgilanadi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
18. DSK nashrlari tarkibi O‘zbekiston Respublikasi “O‘zgidromet” markazi, Davlat geologiya qo‘mitasi hamda Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan Suv kadastrining e’lon qilinadigan qismi tuzilmasi bilan belgilanadi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19. DSK ma’lumotlari foydalanuvchilarga pulli nashrlar tarzida va so‘rov bo‘yicha (belgilangan tartibda) taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
DSKning chop etilayotgan nashrlari, so‘rov bo‘yicha beriladigan ma’lumotlar turlari hamda ularni berish tartibi to‘g‘risida foydalanuvchilarga axborot berish uchun “O‘zgidromet” markazi tomonidan Davlat geologiya qo‘mitasi hamda Suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda “Suv kadastri axborotnomasi” nashr etiladi.
(19-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
20. Suv obyektlari turlariga hamda suvni va undan foydalanishni o‘rganish bo‘yicha vazifalar taqsimotiga muvofiq DSK quyidagi bo‘limlarga bo‘linadi:
21. Suv obyektlari sonini va holatini hisobga olish obyektlarning hajmi, holati, o‘rganilganlik darajasi va muhimligiga qarab kartografiya, gidrogeologiya va geodeziya usullari bilan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
22. Suv obyektlari rejimini o‘rganish tegishli idoralar tomonidan tasdiqlangan hamda “O‘zgidromet” markazi bilan kelishilgan standart usullar bo‘yicha standart asboblar vositasida olib boriladi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 14-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 15-son, 179-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
23. Davlat suv kadastri ma’lumotlari respublika, viloyatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlari, daryo havzalari, havza irrigatsiya tizimlari bo‘yicha, yer osti suvlari bo‘limi bo‘yicha esa gidrogeologiya mintaqalari bo‘yicha ham tizimlashtiriladi va nashr etiladi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24-sentabrdagi 411-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2003-y., 17-18-son, 156-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
24. Yer usti suv resurslari, ularning sifati va xo‘jalik faoliyati ta’siridagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar suv obyektlari va ularning maydonlari, davlat va davlatlararo ahamiyatga ega bo‘lgan daryo havzalari, havza irrigatsiya tizimlari, viloyatlar va umuman respublika bo‘yicha umumlashtiriladi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24-sentabrdagi 411-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 17-18-son, 156-modda)
25. Yer osti suv resurslari, ularning sifati va xo‘jalik faoliyati ta’siridagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar konlar, daryo havzalari va ularning maydonlari, suvli gorizontlar va yer osti suvlari havzalari, viloyatlar hamda umuman respublika bo‘yicha umumlashtiriladi.
26. Yer osti suvlari resurslarini baholash ularning yer usti suvlari bilan o‘zaro bog‘liqligini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
27. Suvdan foydalanish to‘g‘risidagi ma’lumotlar davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan daryo havzalari, havza irrigatsiya tizimlari, alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlari, viloyatlar va umuman respublika bo‘yicha, shuningdek, suvdan foydalanish turlari va iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha umumlashtiriladi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24-sentabrdagi 411-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 17-18-son, 156-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
28. Davlat suv kadastrini yuritish tizimining yagonaligini ta’minlash uchun Davlat geologiya qo‘mitasi hamda Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan (Davlat suv kadastrining tegishli bo‘limlari bo‘yicha) ishlab chiqiladigan Davlat suv kadastrini yuritishga oid uslubiy ko‘rsatmalar, Davlat suv kadastri nashrlari maketlari va Davlat suv kadastri bo‘yicha boshqa normativ-texnik hujjatlar “O‘zgidromet” markazi bilan kelishib olinishi kerak.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
29. Suvdan foydalanuvchilarni suv resurslari va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlar bilan ta’minlashda tezkorlikni oshirish, shuningdek, iste’molchilarning talablarini hisobga olgan holda ma’lumotlarni qayta ishlash va umumlashtirish darajasini oshirish uchun “O‘zgidromet” markazi, Davlat geologiya qo‘mitasi hamda Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan suv kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimi tashkil etiladi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
30. Davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimi “O‘zgidromet” markazi, Davlat geologiya qo‘mitasi hamda Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan yagona texnik topshiriq asosida “O‘zgidromet” markazi, Davlat geologiya qo‘mitasi hamda Suv xo‘jaligi vazirligining tarmoq axborot tizimlari negizida loyihalashtiriladi va tashkil etiladi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
31. Davlat suv kadastrini yuritish uchun yer usti suvlari, yer osti suvlari va suvdan foydalanish bo‘limlari bo‘yicha Davlat suv kadastrining idoralararo bosh markazi, Davlat suv kadastri idoralarga qarashli bosh markazlari tashkil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
32. Davlat suv kadastri idoralararo bosh markazi funksiyasini “O‘zgidromet” markazining gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti bajaradi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-avgustdagi 644-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 889-modda)
33. Davlat suv kadastrining idoralararo bosh markazlarining, Davlat suv kadastrining hududiy markazlari va mahalliy organlarining funksiyasi (“Yer usti suvlari”, “Yer osti suvlari” va “Suvdan foydalanish” bo‘limlari bo‘yicha) tegishli normativ hujjatlar bilan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(bo‘lim nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-apreldagi 200-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2021-y., 09/21/200/0318-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(34-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-apreldagi 200-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2021-y., 09/21/200/0318-son)
Oldingi tahrirga qarang.
a) Davlat geologiya qo‘mitasi hamda Suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda Davlat suv kadastrining umumiy prinsiplarini va ilmiy-uslubiy asoslarini, Davlat suv kadastrini yuritish, Davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimini loyihalash va tashkil etish tartibini ishlab chiqadi;
(34-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
b) Davlat suv kadastrini tashkil etish va yuritishga oid barcha ishlarni muvofiqlashtiradi, yo‘naltiradi va birlashtiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
v) Davlat geologiya qo‘mitasi hamda Suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda Davlat suv kadastrining idoralararo normativ-texnik hujjatlarini (shu jumladan, Davlat suv kadastrining qo‘shma nashrlari maketini), shuningdek, Davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimi uchun idoralararo loyiha hujjatlarini ishlab chiqadi;
(34-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
g) Davlat geologiya qo‘mitasi hamda Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan Suv kadastrini yuritishga oid uslubiy ko‘rsatmalarni, DSK nashrlari maketini va DSKga oid boshqa normativ-texnik hujjatlarni, shuningdek, DSKning avtomatlashtirilgan axborot tizimi uchun loyiha hujjatlarini kelishib oladi;
(34-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
d) Davlat geologiya qo‘mitasi hamda Suv xo‘jaligi vazirligi mutaxassislarini jalb qilgan holda yer usti suvlari va yer osti suvlari hamda ulardan foydalanish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ma tahlil qilishni, bog‘lashni va umumlashtirishni bajaradi, Davlat suv kadastrining qo‘shma nashrlarini chiqarishga tayyorlaydi va nashr qiladi;
(34-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
e) Davlat geologiya qo‘mitasi hamda Suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda Davlat suv kadastri axborotnomasini nashr etishga tayyorlaydi;
(34-bandning “e” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
j) “Yer usti suvlari” bo‘limi bo‘yicha Davlat suv kadastrini ishlab chiqishni va yuritishni, shu jumladan:
bo‘lim bo‘yicha Davlat suv kadastrini (jumladan, Davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimini) yuritish tizimini ishlab chiqish va takomillashtirishni;
er usti suvlari to‘g‘risidagi axborotlarni to‘plash, nazorat qilish, qayta ishlash va umumlashtirishga oid usullarni, algoritmlarni va mashinalashtirilgan dasturlarni ishlab chiqishni;
bo‘lim bo‘yicha Davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimi funksional va idoraviy kichik tizimlarni loyihalash, sinash, joriy etish va takomillashtirishni;
Suv kadastri hududiy markazlari va mahalliy organlari uchun Davlat suv kadastrini yuritishga oid uslubiy ko‘rsatmalarni, bo‘lim bo‘yicha Suv kadastri nashrlari maketlarini va boshqa normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqishni;
er usti suvlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, nazorat qilish, qayta ishlash, saqlash va ularni foydalanuvchilar so‘roviga ko‘ra berishni;
er usti suvlari resurslarini joriy va istiqbol uchun hamda ularning xo‘jalik faoliyati ta’siridagi o‘zgarishlarini baholashni;
o‘ziga qarashli muassasalar hamda tashkilotlar tomonidan bajariladigan Davlat suv kadastrini ishlab chiqish va yuritishga oid ishlarga rahbarlik qilish, rejalashtirish va ularning bajarilishini nazorat qilishni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
35. “Yer osti suvlari” va “Suvdan foydalanish” bo‘limlari bo‘yicha Davlat suv kadastrini yuritish uchun zarur bo‘lgan yer usti suvlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Davlat geologiya qo‘mitasiga hamda Suv xo‘jaligi vazirligiga berilishini ta’minlaydi.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
(bo‘lim nomi va 34-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 14-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 15-son, 179-modda)
“Yer osti suvlari” bo‘limi bo‘yicha Davlat kadastrini ishlab chiqishni va uni yuritishni, shu jumladan:
bo‘lim bo‘yicha Davlat suv kadastrini (jumladan, Davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimini) yuritish tizimini ishlab chiqish va takomillashtirishni;
yer osti suvlari to‘g‘risidagi axborotlarni to‘plash, nazorat qilish, qayta ishlash va umumlashtirishga oid usullarni, algoritmlarni va mashinalashtirilgan dasturlarni ishlab chiqishni;
bo‘lim bo‘yicha Davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimi funksional kichik tizimlarni loyihalash, sinash, joriy etish va takomillashtirishni;
Suv kadastri hududiy markazlari va mahalliy organlari uchun Davlat suv kadastrini yuritishga oid uslubiy ko‘rsatmalarni, bo‘lim bo‘yicha Suv kadastri nashrlari maketlarini va boshqa normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqishni;
yer osti suvlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, nazorat qilish, qayta ishlash, saqlash va ularni foydalanuvchilar so‘roviga ko‘ra berishni;
yer osti suvlari resurslarini joriy va istiqbol uchun hamda ularning xo‘jalik faoliyati ta’siridagi o‘zgarishlarini baholashni;
“Yer osti suvlari” bo‘limi bo‘yicha Davlat suv kadastri nashrlarini chiqarishga va e’lon qilishga tayyorlashni;
o‘ziga qarashli muassasalar hamda tashkilotlar tomonidan bajariladigan Davlat suv kadastrini ishlab chiqish va yuritishga oid ishlarga rahbarlik qilish, rejalashtirish va ularning bajarilishini nazorat qilishni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
37. Davlat suv kadastrini yuritish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar loyihalarini, Davlat suv kadastri nashrlari maketlarini va Davlat suv kadastrining boshqa normativ-texnik hujjatlarini, shuningdek, “Yer osti suvlari” bo‘limi bo‘yicha Davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimiga loyiha hujjatlarini kelishib olish uchun Gidrometeorologiya xizmati markaziga taqdim etadi.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 14-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 15-son, 179-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
38. “Yer usti suvlari” bo‘limi bo‘yicha Davlat suv kadastrining idoralararo qo‘shma nashrlarini tayyorlash va Davlat suv kadastrini yuritish uchun zarur bo‘lgan yer osti suvlariga oid materiallarning Gidrometeorologiya xizmati markaziga berilishini ta’minlaydi.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 14-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 15-son, 179-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
39. “Suvdan foydalanish” bo‘limi bo‘yicha Davlat suv kadastrini yuritish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarning Suv xo‘jaligi vazirligiga berilishini ta’minlaydi.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(bo‘lim nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(40-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
“Suvdan foydalanish” bo‘limi bo‘yicha Davlat suv kadastrini ishlab chiqishni va uni yuritishni, shu jumladan:
Davlat suv kadastrini (jumladan, Davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimini) yuritish tizimini ishlab chiqishni va takomillashtirishni;
suvdan foydalanish to‘g‘risidagi axborotlarni nazorat qilish, qayta ishlash va umumlashtirishga oid usullar, algoritmlarni hamda mashinalashtirilgan dasturlarni ishlab chiqishni;
Suv kadastri avtomatlashtirilgan axborot tizimining funksional kichik tizimlarini loyihalashni, sinashni, joriy etishni va takomillashtirishni;
Oldingi tahrirga qarang.
irrigatsiya tizimlarining havza boshqarmalari, magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalari va irrigatsiya tizimlari boshqarmalari uchun Davlat suv kadastrini yuritish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalarni, Davlat suv kadastri nashrlari maketlarini va Davlat suv kadastrining boshqa normativ-texnik hujjatlarini ishlab chiqishni;
(40-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24-sentabrdagi 411-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 17-18-son, 156-modda)
suvdan foydalanuvchilar, yer usti va yer osti suvlaridan foydalanish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, nazorat qilish, qayta ishlash, saqlash va berishni;
suvdan foydalanishni joriy va istiqbol uchun baholashni hamda suv xo‘jaligi hisobot balanslarini tuzishni;
“Suvdan foydalanish” bo‘limi bo‘yicha Davlat suv kadastri nashrlarini chiqarishga va e’lon qilishga tayyorlashni;
o‘ziga qarashli muassasa hamda tashkilotlar tomonidan bajariladigan Davlat suv kadastrini ishlab chiqish va yuritishga oid ishlarga rahbarlik qilish, rejalashtirish va ularning bajarilishini nazorat qilishni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
41. Davlat suv kadastrini yuritish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar loyihalarini, Davlat suv kadastri nashrlari maketlarini va Davlat suv kadastrining boshqa normativ-texnik hujjatlarini, shuningdek, “Suvdan foydalanish” bo‘limi bo‘yicha Davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimiga oid loyiha hujjatlarini kelishib olish uchun Gidrometeorologiya xizmati markaziga taqdim etadi.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 14-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 15-son, 179-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
42. “Yer usti suvlari” bo‘limi bo‘yicha Davlat suv kadastrining idoralararo qo‘shma nashrlarini tayyorlash va Davlat suv kadastrini yuritish uchun zarur bo‘lgan suvdan foydalanishga oid materiallarning Gidrometeorologiya xizmati markaziga berilishini ta’minlaydi.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 14-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 15-son, 179-modda)
43. “Yer osti suvlari” bo‘limi bo‘yicha Davlat suv kadastrini yuritish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarning Davlat geologiya qo‘mitasiga berilishini ta’minlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.