27.10.2022 yildagi 623-son
Hujjat 22.11.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Mamlakatimizda so‘nggi yillarda fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd etish sohasida bir qator islohotlar amalga oshirildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi PF-6191-son Farmoniga asosan fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish va nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish eksterritorial tamoyil asosida amalga oshirilishi belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi PF-6191-son Farmoniga muvofiq fuqarolik holati dalolatnomalarini eksterritorial tamoyil asosida qayd etish tartibi joriy etilganligi munosabati bilan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarining shtat birliklarini maqbullashtirish, ushbu sohada fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 30-dekabrdagi 346-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari xodimlarining sonini belgilash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-bandiga muvofiq tuman va shahar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (keyingi o‘rinlarda — FHDY) bo‘limlari, nikoh uylari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining FHDY arxivlari FHDY organlari hisoblanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
ushbu qarorning 2-bandida nazarda tutilgan FHDY bo‘limlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘rsin;
joriy yil yakuni bilan ushbu qarorning 2-bandida nazarda tutilgan FHDY bo‘limlarining ish hajmini o‘rgansin va zaruratga ko‘ra, xodimlar sonini belgilash to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 30-dekabrdagi 346-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari xodimlarining sonini belgilash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq Moliya vazirligiga kiritsin;
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2023-y., 09/23/550/0793-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2023-y., 09/23/550/0793-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2023-y., 09/23/550/0793-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2023-y., 09/23/550/0793-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 09/23/612/0874-son)